Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI FANIDA SO’Z TARKIBINI YASASHNI O’RGATISH'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI FANIDA SO’Z TARKIBINI YASASHNI O’RGATISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
618
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so’zlar yasash / aloqada bo’lish / o’zak / yasovchilar / qo’shimchalar / ma’no shakllantirish / shakl yasovchi qo’shimchalar. / word formation / communication / core / constructors / affixes / meaning formation / formative affixes.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mashhura Akmal Qizi Asqarova

Ushbu maqolada o’quvchilarning ona tilida nutq madaniyati va so’z tarkibi qismidan so’zlar yasash va erkin muloqotga kirishishda qanday usullardan foydalanish haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING WORD STRUCTURE IN THE NATIVE LANGUAGE IN PRIMARY SCHOOL

This article provides information on how students can create words and communicate freely from their native language in terms of speech culture and word structure.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI FANIDA SO’Z TARKIBINI YASASHNI O’RGATISH»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI FANIDA SO'Z TARKIBINI YASASHNI O'RGATISH Mashhura Akmal qizi Asqarova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6624477

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quvchilarning ona tilida nutq madaniyati va so'z tarkibi qismidan so'zlar yasash va erkin muloqotga kirishishda qanday usullardan foydalanish haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: so'zlar yasash, aloqada bo'lish,o'zak, yasovchilar, qo'shimchalar, ma'no shakllantirish, shaklyasovchi qo'shimchalar.

ОБУЧЕНИЕ СЛОВООБРАЗОВАНИЮ НА РОДНОМ ЯЗЫКЕ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ

Аннотация. В данной статье представлена информация о том, как учащиеся могут создавать слова и свободно общаться на родном языке из культуры речи и словосочетания.

Ключевые слова: словообразование, общение, ядро, конструкторы, аффиксы, смыслообразование, формообразующие аффиксы.

TEACHING WORD STRUCTURE IN THE NATIVE LANGUAGE IN PRIMARY

SCHOOL

Abstract. This article provides information on how students can create words and communicate freely from their native language in terms of speech culture and word structure.

Keywords: word formation, communication, core, constructors, affixes, meaning formation, formative affixes.

KIRISH

Bugungi ildamlab borayotgan yangi O'zbekiston diyorimizda farzandlarimizni bilimli va malakali kadrlar qilib yetkazish bilan bir qatorda ularning nutq madaniyatini o'stirishda ona tili fanining o'rni beqiyos hisoblanadi.Bugungi kunda boshlang'ich sinflardanoq bolaning so'z bilish qobiliyati va gapirish, o'z fikrini mustaqil bayon etish uchun boshlang'ich sinf o'qituvchilari asosiy o'rinni egallaydilar. Boshlang'ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so'zning morfemik tarkibi 3-sinfda o'rganiladi. 4-sinfda so'z turkum larini o'rganish bilan bog'liq holda so'zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko'zda tutiladi.[1] Til materialini o'rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o'zaro bog'lanishdagi bilimlar yig'indisini o'zlashtirishni ta'minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko'nikmalarni shakllantirish tushuniladi. So'zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, so'z yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o'zlashtirish tushuniladi. So'z tarkibi bosqichlari quyidagilardir.[2]

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Birinchi bosqich-so'z yasalishini o'rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning vazifasi o'quvchilarni bir xil o'zakli so'zlaning ma'no va tuzilishiga ko'ra bog'lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning qo'yilishiga sabab, birinchidan, so'zning ma'no va tuzilishi jihatidan bog'lanishini tushunish, o'zining lingvistik mohiyatiga ko'ra, bir xil o'zakli

so'zlarni va so'z yasalishini o'zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga asos bo'lgan so'zlar bir-biri bilan ma'no va tuzilishi jihatidan bog'lanadi: ish-ishchi,g'alla-g'allakor.1-sinfda kuzatish o'rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so'zlaning ma'nosini, yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog'lanadi. 1-sinfda kim?, nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni o'rganish jarayonida o'qituvchi va o'quvchilaning "Nima uchun-u yoki bu narsa shunday nomlangan?" savoliga birgalikda javob topishi ularni bir xil o'zakli so'zlar o'rtasidagi munosabatni tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga javob topish bilan o'quvchilar "Nega so'zlar o'zakdosh hisoblanadi?", "Bir so'zdan boshqa so'z qanday hosil bo'ldi?" savollariga javob berishga tayyorlanadilar.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Tilda juda ko'p so'zlar shaxs va narsaning nomi hisoblanadi. Shuning uchun o'quvchilar bilan nega shaxs yoki narsa shunday nomlanganini aniqlashdan asta-sekin tildagi bir so'z bilan ikkinchi so'z o'rtasidagi bog'lanishni aniqlashga o'tish mumkin.,. O'quvchilar so'zning yangi so'z hosil qilishga yordam beradigan qismini bilib olgan sari ularda so'z yasalishi haqidagi tasavur chuqurlasha boradi.

Ikkinchi bosqich—bir xil o'zakli so'zlarning xususiyatlari va barcha morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o'quv vazifasi -so'zlarning ma'noli qismlari sifatida o'zak, so'z yasovchi va shakl yasovchi qo'shimchalar bilan tanishtirish, "o'zakdosh so'zlar" tushunchasini shakllantirish, bir xil o'zakli so'zlarda o'zakning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi. "o'zakdosh so'zlar" tushunchasini shakllantirish ularning ikki muhim belgisini, ya'ni mazmuniy umumiylikni (ma'nosida qandaydir umumiylik borligini) va tuzilishiga ko'ra umumiylikni (umumiy o'zak mavjudligini) o'zlashtirish bilan bog'lanadi. Shuning uchun bu belgilarni o'quvchilar o'zlashtirishiga ta'lim jarayonida sharoit yaratish lozim. Bir xil o'zakli so'zlaning ma'nolaridagi umumiylik o'zakning umumiyligi tufayli vujudga keladi, ularni bir guruhga birlashtiradi; qo'shimchalar esa so'zning ma'nosiga o'ziga xos ma'no qo'shadi; ularni bir-biridan farqlaydi. Bir xil o'zakli so'zlar ustida bunday ishlash usuli o'quvchilaning bilish ko'nikmasini faollashtiradi, ularning diqqatini so'zning umumiylikka asoslangan aniq belgilariga jalb qilish imkonini beradi. XULOSA

Uchinchi bosqich — o'zak, so'z yasovchi va shakl yasovchi qo'- shimchalarning xususiyatlari hamda tildagi ahamiyatini o'rganish metodikasi. Bu bosqichning o 'quv vazifasiga "o'zak", ,,so'z yasovchi qo'shimcha" , "shakl yasovchi qo'shimcha" tushunchalarini shakllantirish, so'zning leksik ma'nosi bilan morfemik tarkibi o'rtasidagi bog'lanish haqidagi tasavvurlarni o'stirish, o'zakda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshli so'zlarni to'g'ri yozish malakasini shakllantirish, nutqda so'z yasovchi qo'shimchasi bor so'zlarni ongli ishlatish ko'nikmasini o'stirish kiradi. Bu bosqichning vazifasi bir-biri bilan ma'lum bog'lanishda hal qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ona tili o'qitish metodikasi. Ra'no Inogomova, Muhabbat Abduraimova .

Toshkent 2009

2. Qosimova K., S. Matjonov, X. G'ulomova., Sh. Yo'ldosheva., Sh. Sariyev. "Ona tili

o'qitish metodikasi". -T., 2009.

3. Abdullayeva, O. O. (2021). ABAY IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 4-9.

4. Abdullayeva, O. O. (2021). IBROYIM YUSUPOV IJODI ASOSIDA O'QUVCHILARNING VATANPARVARLIK TUYG'ULARINI O'STIRISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 176-180.

5. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'LJAS SULAYMONOV IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 2013-2018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-2021-00834

6. Abdullayeva, O. (2021) BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)

7. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). O'ZBEK TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOYIYALARNING O'RNI. Scientific progress, 1(5)

8. Abdullaeva O. O. K, Tadjibaeva D. SH. K, Shermatova U.S. (2021). From Interactive Methods In Mother Tongue Classes Use. International Journal of Academic Pedagogical Reserch (IJAPR), 5(4)

9. Abdullaeva O. O. K, Kurbanova M. F. (2021). The Role of International EGRA and EGMA Reserch in Increasing Educational Efficiency. International Journal of Academic Pedagogical Reserch (IJAPR), 5(4)

10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник, 16(161)

11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,2(1)

12. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,2(1)

13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science andeducation,2(5)

14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)

15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)

16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)

17. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda interaktiv usullar. Scientific progress, 2(2)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.