Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
HAJVIY ASARLARDA MUBOLAG'A JANRINING QO'LLANILISHI
Diyorbek Turg'unpo'latov Ozoda Abdullayeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Maqolada keng ommalashgan mubolag'a janrining ba'zi bir xususiyatlari va hajviy asarlardagi o'rni, ahamiyati to'g'risida atroflicha so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: she'riy san'atlar, hajv darajasi, g'oyaviy-badiiy maqsad, mubolag'a, lof, hajviy timsol.
KIRISH
Ming yillik tarixga ega bo'lgan adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha she'r ahlining diqqat markazida bo'lib kelgan. U yoki bu ijodkor salohiyati haqida so'z ketganda, uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga e'tibor qaratilgan. Jumladan, adabiy asarlarda she'riy san'atlardan foydalanish mahorati hamma asrlarda badiiy san'atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Mubolag'a janri nafaqat xalq og'zaki ijodi, she'riyat yo'nalishlarida, balki hajviy asarlarda ham keng qo'llaniladi. Hajvchi uning vositasida hajviy timsolning tashqi ko'rinishi, ma'naviy qiyofasi, xatti-harakati, nuqtini bo'rttirib tasvirlar ekan, asar ta'sirchanligini nihoyatda kuchaytirish, o'quvchida qahqahali kulgi qo'zg'atish imkoniga ega bo'ladi. Mubolag'aning hajviy timsol qiyofasiga nomuvofiqligi, nomutanosibligi kulgi yaratuvchi asos bo'lib xizmat qiladi. Chunonchi, Maxmurning "Avsofi qozi Muhammad Rajab Avj" hajviyasidagi qozining qiyofasini tasvirlovchi
Chiqib ar-ari qaddi chandon uzun, Bo 'lur saqfi gardung'a qilsang sutun. Buzib barcha darvozani sallasi, Eshiklarni vayron qilur kallasi kabi baytlarda qo'llangan mubolag'a lirik asarlardagiga qaraganda boshqacharoq g'oyaviy-badiiy maqsadni ko'zlashi, mubolag'aning kulgili yo'nalishi bilan farqlanadi. Bu holatda ham mubolag'aning shartlilik xususiyati saqlansa-da, u salbiy tamoyil tufayli hajv darajasini orttirishga xizmat qiladi.
Hazil (yumor) janriga mansub asarlardagi mubolag'a ham kulgi uyg'otish maqsadini ko'zlaydi. Maxmurning "Avsofi qozi Muhammad Rajab Avj" hazilida qizg'anchi ot tasviriga bag'ishlangan
Suv ham ichsa tomog'iga tiqilur,
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Pashsha gar qo 'nsa yolig'a yiqilur - baytidagi belgini kuchaytirishga qaratilgan mubolag'a shular jumlasidandir. NATIJALAR
Zamonaviy hajviyotda ham mubolag'adan keng foydalanib kelinmoqda. Said Ahmadning "Sobiq" hikoyasi qahramoni ham paxta terishda jonbozlik ko'rsatib, hech kutilmaganda dabdababozlikning nishoniga aylanadi. Eng ilg'or paxtakor deb, asosiy ishini yig'ishtirib, turli kerak-nokerak majlis, kengash, yig'ilishlarga borishga majbur bo'ladi. Yozuvchi bu xatti-harakatlarning be'manilashib ketganini ta'kidlash uchun kulgining mubolag'a, lof kabi badiiy tasvir vositalarini qo'llaydi. Ya'ni tarvuzni butun yutib o'yin ko'rsatadigan polvonni qutlashga chiqadi ... Xullas, yozuvchi kulgili vaziyatni mubolag'a usuli orqali yanada kuchaytirib, o'quvchida shodon qahqaha paydo qiladi va bu bilan jamiyat rivojiga xalaqit berayotgan mayda nuqson, kamchiliklarga e'tibor qaratadi.
Erkin Vohidovning "Boshindadir" hajviy she'rida olifta yigitcha tasviriga bag'ishlangan
Nay misol shim kiygan ul Sandiqdayin tufli bilan, Hurpayib turgan savatdek Soch aning boshindadir baytlaridagi mubolag'ali tasvir shular jumlasidandir. Muqimiyning "Tanobchilar" hajviyasidagi
Bir-birisiga solishurlar o'run, Erta-yu kech o'pishib og'iz-burun baytlaridagi kabi mubolag'alar ham hajviy timsolning kulgili qiyofasini tasvirlash maqsadiga xizmat qiladi. XULOSA
Mumtoz adabiyotimizning nafosat-u nazokatini teran anglab yetish, ulug' shoirlarimizning badiiy salohiyatlari sehrini mufassalroq o'rganish uchun she'riy san'atlar ilmidan xabardor bo'lish talab qilinadi.
REFERENCES
1.Hojiahmedov A. "She'riy san'atlar va mumtoz qofiya" - Toshkent. "Sharq", 1998.
2.V. Rahmonov. "She'riy san'atlar" 1962.
3. A. Rustamov. "Qofiya nima?" (1976), "Navoiyning badiiy mahorati" (1979).
4.A. Husayniy. "Badoyi'u-s-sanoyi" (1981)
5.Y. Is'hoqov. "Alisher Navoiyning ilk lirikasi" (1965), " Navoiy poetikasi" (1983)
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
6.O'rta ta'lim muassasalarining 10-sinfi va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining o'quvchilari uchun darslik-majmua. Birinchi nashr. Toshkent, 2017.
7.Abdullayeva, O. O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(3), 4-9.
8.Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarnmg vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciences, 2(3), 176-180.
9.Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'ljas Sulaymonov ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(4), 2013-2018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-202100834
11.Abdullayeva, O. (2021) Badiiy asarlarning inson ruhivatiga ta'siri. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)
12.Abdullayeva, O. O. Q, (2021). O'zbek tilini o'qitishda zamonaviy texnoloyiyaiaming o'rni. Scientific progress, 1(5)
13.Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник, 16(161)
14.Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,.2(1)
15.Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,2(1)
16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti vaijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)
17.Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)
18.Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)
19. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)
20. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda interaktiv usullar. Scientific progress, 2(2)