YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI
O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
O'ZBEK TILI IMLO LUG'ATINING DAVRGA MOSLIGI 1Mardonqulova Nozigul, 2Muxiddinova Dilnura
1,2SamDU ning Kattaqo'rg 'on filiali talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.8051906
Annotatsiya. Maqolada imlo lug'ati va ularning shakllanishlari haqida atroflicha ma'lumotlar keltirildi. O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari, ularning tasnflanishi masalasi yuzasidan fikrlar bayon qilingan. Jumladan, o'zbek, xitoy va rus tillari imlo lug'atlari qiyosan tahlil qilingan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida iste 'molda bo'lgan so'zlar hamda imlo lug'atida mavjud bo'lmagan so'zlar misollar bilan tahlil qilindi.
Kalit so'zlar: imlo, lug'at, o'zbek tili, yozuv, iyeroglif.
Imlo lug'at so'z va gaplarning, so'z qismlarining grafika vositalari yordamida to'g'ri yozilishi, muayyan tildagi to'g'ri yozish qoidalari majmuyidir.
VII- VIII asrlarda arablar bosqini sababli O'rta Osiyoga arab yozuvi kirib keldi. Bu yozuv asosida juda ko'plab asarlar yozildi. Buning yorqin dalili sifatida Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", "Xamsa", "Muhokamat ul-lug'atayn" asarlarini misol qilsak bo'ladi.
Keyinchalik ruslar istilosi sababli ular o'z yozuvlarini xalqimizga singdirishga harakat qilishdi. Buning natijasida ikki tillik yuzaga keldi.Yozuvda o'garishlar paydo bo'ldi. Oqibatda xalq orasida savodsizlik yuzaga keldi. Bu ancha vaqt davom etdi.
Rasman 1940- yildan Kirill alifbosiga o'tishga qaror qabul qilindi.
Ikkinchi jahon urushi oqibatida imlo lug'ati ishlab chiqilmadi. 1956-yilda esa kirill alifbosiga asoslangan o'zbek imlo lug'ati tuzildi.
Kirill va lotin yozuviga asoslangan yangi va nisbatan mukammal imlo lug'atini tuzish ehtiyoji tug'ildi va 1976- yilda "O'zbek tilining imlo lug'ati" nashr etildi. Lug'atning lotin yozuvidagi variant O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-sonli « O'zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qarori bilan qabul qilindi. « O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ga asoslangan holda yaratildi.
1912- yilda rus imlosi loyihasi tayyorlandi.Yillar davomida turli xil takliflar harflar sonini kamaytirish va yangi harflar qo'shish, tinish belgilari qoidalari tahlil qilindi. 1956 -yilda ruscha imlo lug'at tuzildi. Lug'at nashrdan nashrga to'ldirilib borildi va hozirgi holatiga keldi. Bu lug'at rus tilidagi mavjud imlo lug'atlarining hajmi bo'yicha eng kattasidir.
Xitoy iyerogliflari «chiziq - grafema - murakkab belgi» dan tarkib topadi. Har qanday iyeroglifik belgi, xoh sodda, xoh murakkab bo'lsin, aniq grafik elementlardan, imlo chiziqlaridan tarkib topadi. Hozirgi xitoy tilida 23 ta bï huà imlo chizig'i mavjud bo'lib, ular to'rt xil ko'rinishga ega:
1) sodda chiziqlar: gorizontal, vertikal, chapga va o'ngga yotiq chiziqlar, shuningdek, maxsus nuqtalar;
2) ilmoqchali chiziqlar: gorizontal, vertikal (chapga yoki o'ngga ilmoqchali), o'ngga yotiq chiziq;
3) burchakli siniq chiziqlar: bir yozishda faqat bir marta singan chiziq;
4) murakkab siniq chiziqlar: yozilish davomida bir necha marta siniq konfiguratsiyaga ega chiziqlar Xitoy iyerogliflari sistemasida kalitlarni tartibga solishda 1633-yili nashr etilgan « ■^C» zî hui, 1705-yili «H^ffi» zhen zi töng nomi bilan qayta nashr qilingan lug'at katta ahamiyatga ega. Bu lug'atda kalitlar soni 214 taga keltirilgan. Shundan beri kalitlarning bu tizimi
536
YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI
O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
ko'pchilik tomonidan e'tirof etilgan bo'lib, hozirgi kungacha saqlangan. Aynan shu tizim bilan ko'pgina lug'atlar nashr etiladi. 1971-yili Xitoyda chop etilgan «Xitoy iyerogliflarining yangi lug'ati» da jami 7254 ta iyeroglif bo'lib, ulardan 258 tasi, ya'ni 8,55 foizi oddiy, 6996 tasi, ya'ni 96,45 foizi murakkab iyerogliflar ekan.
Bundan kelib chiqadiki, turli davlatlarning o'z imlo lug'atlari bor. Ular bir biridan tubdan farq qiladi. Bu imlo lug'atlar davrdan davrga o'zgarib, takomillashib,boyib boradi. O'zbek tilida shunday so'zlar borki, ular imlo lug'atiga kiritilmagan. Misol uchun: smart, etnosport, etnofestival, yuzyillik va mingyillik so'zlari. Yuzyillik so'zi ba'zan asr ma'nosida qo'llanadi. Bunda so'z qo'shib yozilishi kerak: Insoniyat yangi yuzyillikda jiddiy muammolarga duch kelyapti. Mingyillik so'zi esa o'n asrga teng vaqtni anglatadi:
Insoniyat uchinchi mingyillikda o' zaro urushlar va adovatlarga chek qo' yishi kerak. Butun dunyoda kommunizm g'alaba qozonishi uchun bizga ota-onasi noma'lum, sun'iy yetishtirilgan ikszurriyotlar kerak.
Misni to'liq qayta ishlash bo'yicha dunyoda yetakchi bo'lgan "Xinjiang Qianwei Golding Cable co.Itd" va "Amer International Group (AMER #1) rahbariyati bilan uchrashuvda esa Samarqandda misni to'liq qayta ishlash, smart uskunalar hamda avtomobillar uchun moy ishlab chiqarish bo'yicha ishlangan loyiha atroflicha muhokama etildi.
Xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" majmuasida "Besh qit'a jilosi" etnofestivali o'tkazildi. Forumda ikki mintaqa tadbirkorlari qator kelishuvlarga erishdi.
G'olib va sovrindorlar milliy terma jamoa tarkibida 2023-yil sentabr oyida etnosport turlari bo'yicha Xiva shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro festivalda Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Imlo lug'atini davrga moslab o'rganish yozma nutq madaniyati hamda savodxonlikning muhim qurolidir. U adabiy til yozma shaklining me'yorlashuvi va takomilida muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, og'zaki hamda yozma nutq orasidagi bog'liqlik va yaqinlikni mustahkamlashda asosiy o'rin tutadi.
REFERENCES
1. O'zbek tilining imlo lug'ati. Toshkent-2008.
2. https://peskiadmin.ru.:// Rus tili imlo qoidalari.
3. Hasanova F.M.Xitoy tili (Iyerografika). Toshkent -2020.
4. Hozirgi o'zbek adabiy tili (R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z,Yunusova, M.Abduzalova). Toshkent - 2009.
5. https://t.me/oriftolib. Sahifasi.
6. "Zarafshon" gazetasi 2023-yil 23-may, seshanba (61-son).