JffiTALQINVA 1
\-/TADQIQOTLAR No4 2022
ilmiy-uslubiy jumaU
TVTATTV VA T TTn' AT RTT A1V T«TTT A«TT VO'T T ART
MATN VA LUG'AT BILAN ISHLASH YO'LLARI
#
>
Khalilova Gulbahor Adilovna
Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani 15- maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7256959
1> "i Annotatsiya: maqolada darslik va u bilan ishlash, nazariy ma'lumotlar bilan
birga mavzu ko'lami keng bo'lgan matnlar, murakkab bo'lgan asarlardan olingan
parchalar va sintaktik tahlil uchun berilgan mumtoz adabiyotdan olingan gaplar
ustida ishlash yuzasidan tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: ona tili mashg'uloti, tilni o'qitish, matn va u bilan ishlash, darslik
> >i > Ma'lumki, yangi avlod darsliklari ko'p yillik an'analarga o'zgartirish kiritib,
1 o nrvnmn rr '1 itYM x rn\ 11 nn i"ro n rim rln + lnr nnnmnpi rvo mAO t*nT7ifin/in x m A^Kalr In ' 11 m 1
jahonning ta'limi rivojlangan davlatlar andazasiga mos ravishda va o'zbek ta'limi
>
*
modelining yutuqlarini o'zida aks ettirishga yo'naltirilgan.
Keyingi yillarda bosqichma-bosqich 2017-yili 6-7-10-sinf darsliklari, 2018-yili 11-sinf darsliklari, 2019-yili 8-9-sinf darsliklari yangi nashrdan chiqdi. Darsliklarda
oldingi nashrdagi yutuqlar saqlab qolinishi bilan birga, ularga yangicha yondashuv
bilan qaraldi. Har bir sinflarda nazariy ma'lumotlar uchun ajratilgan soatlar
qisqartirilib, o'rniga o'quvchi dunyoqarashi, tahliliy fikrlashi, so'z boyligiga ega
bo'lishi nazarda tutilgan " Matnlar ustida ishlash" turkum mavzular kiritilgan.
So'zlarning imlo va izohli lug'atlari berib borilgan. Buni 8-sinf ona tili darsligi
...... .., . . , ,
misolida ko'radigan bo'lsak, 102 soat yillik dars soatidan 17 soat "Matn va lug'atlar
ustida ishlash", "Mumtoz matn va lug'atlar ustida ishlash", undan tashqari 9 soat dars "Ijodiy matn. Insho va uning turlari" turkum mavzulari uchun ajratilgan. Buni raqamlar bilan ifodalasak, yillik soatning 25 foizi matnlar ustida ishlash uchun berilgan. Yangi darslik, yangicha qarashlar, yangi yondashuvlar ham o'qituvchi, ham 'M
^^^ v I J ^
o'quvchi uchun murakkablik tug'dirgani tabiiy. Hattoki shu darslik tahlili uchun ijtimoiy tarmoqlarda alohida telegram guruhlari ochilgani, unda ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari birlashib, maslahatlashib har bir mavzu ustida ishlab borishgani J-jt darslikning barcha uchun murakkablik tug'dirganidan dalolat beradi. Darslik nazariy ma'lumotlar bilan birga mavzu ko'lami keng bo'lgan matnlar, anchayin tahlili murakkab bo'lgan asarlardan olingan parchalar va sintaktik tahlil uchun berilgan mumtoz adabiyotdan olingan gaplar bilan ham o'qituvchini, ham o'quvchini o'ylantirdi. l.Topshiriq sifatida berilgan so'zlar izohini o'rganish uchun o'quvchi tugul o'qituvchilar ham "O'zbek tilining izohli lug'ati" to'liq ta'minlanmagan. Izoh sifatida: "O'zbek tilining izohli lug'ati" ning yangi nashri taqdimoti iyul oyida bo'lib
~ t „ :______,______________• < „
o'tdi, lekin u kirill yozuvida. Lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek yozuvidagi
* : j*
c o g Q IÎ..I, > ,
ü^^ftyi^i^fi is
H* M
JffiTALQINVA 1
\-#TADOIQOTLAR Nod 2022
№4 2022
ilmlyuslubly jurnali
Miiiif-iwuuif juman
1 liML 'M 1 S
nashri taqdimoti sentabr oyiga mo'ljallanibdi. Asosiy lug'atga talabgor auditoriya
keyingi avlod vakillari ekanligini inobatga olsak, nega avval lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek yozuvida nashr etilmagani hayratlanarli. 2."Mumtoz asarlar
lug'ati", "Navoiy asarlari lugati"ni topish qiyin, chunki bu lug'atlar ancha yillar avval
аи j
nashr qilingan. Qog'oz varianti hamma o'qituvchilarda ham bor emas. Dars vaqtida o'quvchi uyali aloqa vositalardan ta'lim muassasalarida ishlatishga qo'yilgan cheklov tufayli elektron variantidan foydalanish imkoniyati mavjud emas. 3.O'qituvchi
J»
salohiyatining yetarli emasligi, chunki barcha OTMlarda ham "Mumtoz adabiyot" fanlari birdek o'qitilmaydi. Ayniqsa, aruz nazariyasi barcha ona tili va adabiyot fani o'qituvchilarning og'riqli nuqtasi hisoblanadi.Darslikda berilgan ruknga bo'lib o'qish topshirig'ini bajarish uchun, avvalo, rukn nima, hijo nima kabi so'roqlarga javob bera olishi kerak. 4.Ba'zi lug'at uchun darslikda berilgan so'zlar va izohi o'rtasida nomuvofiqlik mavjud. Masalan, " Mengizlari gul-gul, mijjalari xor, Qaboqlari keng-keng, og'izlari tor" ( 85- bet, 117- topshiriq) baytida aslida "yuz" ma'nosini bildituvchi "Mengiz" so'zining izohi sifatida "yuzdagi xol" jumlasi berilgan. "Xol" so'zi "meng" so'zining muqobili hisoblanadi. Agar o'quvchi shu izoh bo'yicha tahlil qilsa, shoir nazarda tutgan badiiy go'zallikdan ancha uzoqlashgan bo'lmaymizmi?! Xuddi shunday xatolikka 101-betdagi 151-mashqda jadval asosida berilgan lug'atni
»
m?
misol keltirishimiz mumkin. Unda "meva" so'zi berilgan, lekin jadvalda uning muqobili bo'lgan "samar" so'zi yo'q. 5.O'qituvchilar uchun "O'qituvchi kitobi" qo'llanmalarining mavjud emasligi. Mening fikrimcha, o'quv dastur yaratilgach, darslik bilan bir paytda "O'qituvchi kitobi" qo'llanmasini ham yaratish, uni ham
sinovdan o'tkazish zarur. Yuqoridagi sabablarni keltirishdan maqsad darslikni , , ........... .. , , .........
qoralash emas, balki bunday darsliklar yaratishdan avval bu darslikka ilova tarzida lug'atlar, metodik 78 Май 2021 7-кисм Тошкент qo'llanmalar, darsning samarali metodologiyasini yaratish zarur ekanligini ta'kidlamoqchiman. Xo'p, darsda matnlar, lug'atlar ustida ishlandi. Yuqoridagi hech muammo mavjud emas va darsdan ko'zlangan maqsadga erishildi deylik, lekin bu topshiriqlar, matnlar o'quvchi hayotida qanchalik ahamiyatga ega? Yetarli salohiyat va mahoratga ega bo'lmagan o'qituvchi "Matn ustida ishlash" turkum mavzularini qanday o'qityapti? O'quvchi matnni o'rganayotganda unga muhim deb qarayaptimi? Shu matnlar orqali olgan J-jt bilimi, hech yo'q, OTMga kirishida asqotyaptimi? To'g'ri, o'tgan yillarda 10-11-sinfdagi lug'ati berilgan so'zlar testga qamrab olindi, lekin matnlarchi? Ular asli nima uchun darslikka kiritilgan edi? O'quvchi uchun eng zerikarli dars-matn ustida ishlangan dars. Chunki unda uqish kerak bo'lgan grammatika nisbatan kam, matnlar
s
asarlardan olingan parcha bo'lgani uchun undan olingan tushuncha ham yetarli bo'lmaydi. 8-sinf ona tili darsligida berilgan matnlar esa mumtoz adabiyot
matnlaridan parcha ekanligi yanada qiyinchilik tug'dirdi. Kitobxonlik darajasi
„ „, • „ , ,,____• .....________ u „ • • ________ ;
avvalgi avlodlarga nisbatan maqtarli bo'lmagan bugungi o'quvchiga zamonaviy
* Г j*
H*
к*
TALQIN VA TADQIQOTLAR
ilmiy-uslubry jurnali
№4 2022
badiiy adabiyotlarni o'qitish katta ish bo'lib turgan bir paytda mumtoz matn mag'zini chaqish uchun 1 soat kamlik qiladi. Sinf o'quvchilari salohiyatining turlicha ekanligini inobatga olsak, eng zerikarli, eng samarasiz darslar matn bilan ishlash soatlariga to'g'ri keladi. Chunki yuqorida sanab o'tgan muammolarni inobatga olsak, o'quvchi matnni mustaqil tahlil qilay desa, lug'at kitobi yo'q, mag'zini chaqay desa, tasavvufiy matn. Bunday matnlar alohida bilim va tayyorgarlik talab etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ne'matov va b. O'zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet, 2000
2. Mengliyev B. O'zbek tilining struktur sintaksisi. -Qarshi, 2003
3. G'ulomov A, Asqarova M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.: 1989
4. Qurbonova M. Hozirgi zamon o'zbek tili. -T.: 2002
ЭЙ*
20
q >3*
ЩУ>
Ш
i ;••»
* I • ill*
С J
>
5*M >
q > > >
л ) j
Ы:> и*-
q
Ш >
Ш >
q
Щ >
Ш >
m >
i> * q
Ц >р
q > >
q q