Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARIDA LUG'ATLAR BILAN ISHLASH (8-SINF ONA TILI DARSLIGINING 25-26-DARSLARI ASOSIDA)'

ONA TILI DARSLARIDA LUG'ATLAR BILAN ISHLASH (8-SINF ONA TILI DARSLIGINING 25-26-DARSLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15855
559
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mumtoz matn / axborotlashgan jamiyat / malolat / afgor / shavq / mato / g’avvos / ko’shish / solik. / classical text / informative society / malalat / afgor / shavq / fabric / diver / kushish / salik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karomatov Akbar Abramat Oʻgʻli

O‘qituvchilarning o’quvchilarda mumtoz matn va lug‘atlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakillantirishlari uchun tahliliy-uslubiy materaillar va o‘qituvchilar uchun “Matn va lug’atlar bilan ishlash” mavzularini o’quv jarayonida keng ko’lamda tadbiq etolishlari uchun namunaviy-uslubiy dars tahlili haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORKING WITH DICTIONARIES IN NATIVE LANGUAGE LESSONS (BASED ON LESSONS 25-26 OF THE 8TH GRADE MOTHER TONGUE TEXTBOOK)

Analytical and methodological materials for teachers to develop students’ skills in working with classical texts and dictionaries, and for teachers to widely use the topic “Working with texts and dictionaries” in the learning process on the analysis of the samplemethodical course for.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARIDA LUG'ATLAR BILAN ISHLASH (8-SINF ONA TILI DARSLIGINING 25-26-DARSLARI ASOSIDA)»

ONA TILIDARSLARIDA LUG'ATLAR BILAN ISHLASH (8-SINF ONA TILI DARSLIGINING 25-26-DARSLARI ASOSIDA) Karomatov Akbar Abramat o'g'li

CHDPI Gumanitar fanlar fakulteti 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6635508

Annotatsiya. O'qituvchilarning o'quvchilarda mumtoz matn va lug'atlar bilan ishlash ko'nikmalarini shakillantirishlari uchun tahliliy-uslubiy materaillar va o'qituvchilar uchun "Matn va lug'atlar bilan ishlash" mavzularini o'quv jarayonida keng ko'lamda tadbiq etolishlari uchun namunaviy-uslubiy dars tahlili haqida.

Kalit so'zlar: mumtoz matn, axborotlashgan jamiyat, malolat, afgor, shavq, mato, g'avvos, ko'shish, solik.

РАБОТА СО СЛОВАРЯМИ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА (ПО МАТЕРИАЛАМ УРОКОВ 25-26 УЧЕБНИКА РОДНОГО ЯЗЫКА ДЛЯ 8

КЛАССА)

Аннотация. Аналитико-методические материалы для учителей по формированию у учащихся навыков работы с классическими текстами и словарями, а также для учителей по широкому применению темы «Работа с текстами и словарями» в учебном процессе по анализу примерно-методического курса за.

Ключевые слова: классический текст, информационное общество, малалат, афгор, шавк, ткань, водолаз, доп, налог.

WORKING WITH DICTIONARIES IN NATIVE LANGUAGE LESSONS (BASED ON LESSONS 25-26 OF THE 8TH GRADE MOTHER TONGUE TEXTBOOK)

Abstract. Analytical and methodological materials for teachers to develop students' skills in working with classical texts and dictionaries, and for teachers to widely use the topic "Working with texts and dictionaries" in the learning process on the analysis of the sample-methodical course for.

Keywords: classical text, informative society, malalat, afgor, shavq, fabric, diver, kushish,

salik.

KIRISH

XXI asrda har bir til o'z jozibasi, tasviriy ifodadalashda aniqligini, ramziylik, tarixiylik, ma'lum uslub ifodasida koloritning kuchini yo'qotmasligi uchun axborotlashgan jamiyatning negiziga tobora chuqurroq kirib borishga harakat qilmoqda. Bunday harakatlardan eng samaralsi, albatta ta'lim sohasida milliy tilning batafsil va puxta o'tilishidir. Bunday jarayonlarda mumtoz va zamonaviy lug'atlar o'rtasida aloqani yo'lga qo'yish milliy tilning va jamiyat mulaqot madaniyatining bir necha davrlarga milliy til madaniyati, e'tiqodi va boyligi bilan o'sib borishiga zamindir. Bu jabhada esa ta'lim sohasida turli unumli metod va ta'limiy o'yinlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'qituvchilarning o'rni beqiyos bo'lib, o'quvchiga mumtoz so'z va izoh talab qiluvchi so'zlarning semalari batafsil va tushunarli berilishi lozim. Bu o'rinda "O'zbek tili izohli lug'ati" va turli mumtoz adabiyotlar izohli lug'atlaridan boxabar bo'lishlari talab etiladi. "Mumtoz matn va lug'atlar ustida ishlash" mavzusi dars soatlarini quyida keltirilgan materiallar va uslubiy

qo'llanmalar asos va ko'rinishida o'tishlari maqsadga muvofiqdir. Avvalo berilgan Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" kitobidan olingan "Talab vodiysi" parchasining nasriy bayonini o'quvchilarga tanishtirish, tahlil va tavsifini to'laqonli berib o'tish bilan boshlash lozim. 65-mashq. Matnni ifodali o'qing.

TALAB VODIYSI

Chun talab vo/diysig'a qo'y/sang qadam, Ollinga har/ dam kelur yuz / ming alam.

Har dam anda/ yuz malolat/ yuzlanur, Har nafas ming/ sa'b holat/ yuzlanur.

Istamak ran/ji ko'ngulni/ zor etar, Topmomog'liq/ ruhni af/gor etar.

Jonni kuydur/mak bolub mah/rumliq, Vaslining mi'/odi noma'/lumliq.

Ranj-u ko'shish/ sanchibon jis/mingg'a nesh, Dardi noyob/ aylabon jo/ningni resh.

Istabon top/may duri no/yobni, Mundadur tar/k aylamak as/bobni.

Mol-u mulk-u/ har nedur so/likka band, Tort takbi/ri fano ur/moq baland. (Alisher Navoiy, "Lisonut-tayr")

(Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatiga qaralsin, 1, 38-39-betlar).

Talab vodiysining sifati

(Nasriy bayoni)

T al ab vodiys i g 'a q ad am qo' y sang, oldingga har dam yuz ming dard-u alam duch keladi.

Har lahza unda yuz mal ollik, har nafas yuz ming o'zga holat yuzlanadi. Istamoqlik azobi ko'ngulni zor etadi, lekin topa olmasl i k ruhni abgor etadi. Bunda jonni kuydirish mahrumlik, vaslga va'dasi muddati- noma'lumlik bo'ladi. Mashaqqat va kulfatlar jismingga nish sanchib, behad ulkan dard jismingni pora-pora qiladi. Sen noyob durni qo'lga kiritishni xohlaysan, ammo uni topa olm aysan . Buning uchun dunyo asbob-uskunalarini tark etmoq zarurdir.

Solik o' z yo'lida g'ov bo'ladigan mol-u mulk va boshqa narsalardan voz kechib, foniylikning to'rt " ALLOHU AKBAR"ini bal and ovozda aytmog'i kerak. (2, 157-bet).

"Talab vodiysi"dan olingan parcha tavsifidan so'ng esa ajratilgan so'zlarning ma'nolariga to'xtalgan holda, uni batafsil yoritish zarur. Bu mavzuning asosiy maqsadi bo'lgan g'oyani o'z ichiga oladi.

MALOLAT — [a. - zerikish; tashvish, g'ashlik] Ko'ngilg'ashligi, diltanglik.

* Amir Dushanbega kelgach.. uning - [Abdulhofizning] yosh qizini oldirib keldi, Temurshoh qizining o'lgani sababli ko'nglida paydo bo'lgan malolatni bartaraf qildi. S. Ayniy, Doxunda.

AFGOR — yaralangan, majruh] kt.

1) Jarohat olgan, majruh.

2)Ezilgan. Qullik zanjirida afgor bo'lganlar.. G'. G'ulom.

*Chori ota.. uzun, ser qadoq barmoqlari bilan chakkalarini ush lab, afgor bir holda cho'kib o'tirdi. S. Nu rov. G'

1)arvon. Afgor etmoq (yoki aylamoq) Afgor holga solmoq. Yengolmasa aqling gar, Hayoting afgor etar. Q. Muhammadiy.

*Ta'nayu malomat toshlari majruhu afgor ayladi. Habibiy.

KO'SHISH - [f. - harakat, urinish; intilish; ovoragarchilik, tashvish] - ko 'shish qilmoq (yoki ko 'rsatmoq) - kam qo'll.

*Harakat qilmoq; intilmoq, chalishmoq.

*Lekin biz deymizki, turmushimizda bir qadar isloh yuzaga chiqsin, bema'ni ishlarni yo'qotaylik, dini islomning ravnaqiga ko'shish qilaylik. Oybek, Tanlangan asarlar.

*Sal o'tmay angladiki.. bu chaqqon davlatlar shunchaki Buxoroga qayishganlari.. «insoniyatningmanfaatdorligi» uchun unga ko'shish ko'rsatishmayapti. Sh. Xolmirzaev, QU ko'prik.

* Bolam, dardni kasal odam bilsa, o'ziyam tuzalishiga ko'shish ko'rsatar ekan. Sh. Xolmirzaev, Saylanma.

SOLIK — [a. - yo'lchi, yo'ldan yuruvchi; ochiq, bo'sh yo'l;

*sufiylikda uchinchi bosqichga yetishgan zohid]

*Tasavvufda: suluk (tariqat)ni ixtiyor qilgan, lekin hali biror maqom yoki martabaga erishmagan murid

TAKBIR - [a. • - kengaytirish, kuchaytirish; ulug'lash, maqtash; xudoni ulug'lab, «Allohu akbar» iborasini aytish]

*din. Allohni ulug'lash bilan bog'liq ibora («Allohu akbar» - Alloh buyukdir)ni talaffuz etish, tilga olish.

* Xatib domla.. oq bo'yra ustidagi tobut yoniga boradi va sallasining peshini tushirib, takbir uchun qo'l ko'taradi. A. Qodiriy, Obid ketmon.

* Samad bo'qoq indamay, chetga burilib ketdi. Shukur so'fi shom namozi uchun takbir tushira boshladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.

(3, Foydalanilgan adabiyotlarga qaralsin).

66-topshiriq. Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so'zlarning ma'nosini aniqlab, lug'at daftaringizga ko'chiring va yodlang:

a)Malolat 1) malol kelish; og'rinish;

b)sa'b 9) qiyin, ogir.

s)afgor 2) xor bo'lish, ezg'in holatga tushish;

d)mi'od 3) muddat, ijro vaqti;

e)ko'shish 4) sa'y-harakat;

f)nesh 5) nish, tig';

g)resh 6) yara, j arohat;

h)solik 8) Komillik sari harakat qilayotgan kishi;

j)Takbiri fano 7) O'tkinchi dunyo uchun haqni ulug'lash;

(4,(a)219-bet,2-jild; (g)620-bet, 2-jild; (f) 454-bet, 2-jild; (d)307-bet, 2-jild; (e)158-bet, 2-jildan). 27-topshiriq. Matnni ifodali o'qing.

TALAB VODIYSI

(Nasriy bayonining davomi)

Bu yo'lda unga bo'lgan ishtiyoqdan boshqa hamma narsani tashlab, o'zni maqsad manzili tomon

boshlashi lozim. Agar olam matosidan biron ashyo qolmasa, senda u dam o'zgacha sifatlar paydo bo'ladi. U xazinadan vayroningga obodlik kelib, zoti nuridan joningga yorug'lik yetishadi. Bu yorug'lik sendagi shavq o'tini tobora alangalatib, talab ongni uchqur qiladi.

Bunda o'zingda bir talab o'rnida yuz talab topasan. Bu payt tog'lar sening ko'zingga

Kim talab raxshin sabukxez aylagay. oddiy daladek bo'lib ko'rinadi. Joningga talab rohati

Joning a yetkay talabning rohati, Qolmagay ranj-u taabning shiddati. yetadi, mashaqqat chekish shiddati sendan forig bo'ladi. Ko'ngling dur topishga qanchalik muhabbat qo'ysa, sen uchun g'avvoslik qilish shunchalik oson bo'ladi. (6, 157-bet)

Durg a topqon soyi ko nglung xosliq,

Bo 'lg 'oy osonroq sanga g^avvosliq.

(Alisher Navoiy, "Lison ut-

tayr")

(5, 38-39-betlar).

Yuqorida berilgan parchaning mazmun va mohiyatini lug'atlar asosida nasriy shakilga keltirib, ularni o'quvchilar bilan birga tahlil qilish. Ularda keltirilgan so'zlarni esa lug'at sifatida o'quvchilarga yozdirish lozim. Bundan so'ng esa o'quvchilar bilan birga quyidagi mashiqni savol berish va sinfdan javob olish shaklida bajarish mumkin.

69-topshiriq. Quyidagi izohlardan ajratilgan so'zlarning ma'nosini aniqlab, lug'at daftaringizga ko'chiring va yodlang:

1) suv tagida harakat qilish, suzish; G'avvosliq

2) sayin, sari; Soyi

3) mashaqqat, mushkullik; Tab

4) zavqli harakat; Shavq

5) ot, ulov Raxsh

6) davlat, boylik; Ganj

7) yengil, chaqqon. Sabukxez

SHAVQ a. - histuyg'u, ehtiros; kuchli orzu, havas, istak

1 kt. Kuchli havas, intilish; qiziqish, ishtiyoq. Bu g'azalda.. yosh yigitning hissi, shavqi, nash'asi yangradi. Oybek, Navoiy.

*Bu tiladabiyot muallimi ta'lim va tarbiya ishini sevar, yuragida tobora kuchaygan bir shavq bilan maktabda ishlar edi. Oybek, Nur qidirib.

2 Shunday intilish, qiziqish tufayli yuzaga kelgan ko'tarinki ruhiy holat; zavq.

*Shavqqa to'lib kuylamoq. Guli: G'azalkim, so'zlagay ishqdin, safodin. G'azaldin bu kabi shavq olmagan kim Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy.

*Garmonchi ham shavqidan beixtiyor o'rtaga tushib, o'yin ayni doliguliga kelganda, maydon gumburlab ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas.

G'A VVOS - a. - suv tagiga tushuvchi, tez-tez sho'ng'uvchi]

1). Suvga sho'ng'uvchi, suv ostida dur izlovchi shaxs.

* Yetar maqsadga mehnat birla mehnatkash qilib jur'at. Topar g'avvos bo'lib daryoi mehnatdan duri rohat. Habibiy.

2). Suv o'tkazmaydigan maxsus kiyimda suv osti ishlarini bajaruvchi shaxs. Kemaning yukini g'avvoslar necha asrlardan keyin -yaqindagina suvyuzasiga chiqardilar. H. Karimov, San'at sehri.

MATO - [a. - mol, ashyo; yuk]

1 Gazlama, material, materiya. Paxta ipdan to'qilgan mato. Bunday bo'yoq bilan bo'yalgan mato o'ngib ketmaydi. «Fan va turmush».

2 Mol, buyum, narsa.

* -Yo qudratingdan, ishonmaydi-ya! - dedi Turobjon - [xotiniga] keltirgan matoni titkilab, mana, chaynab ko 'r! A. Qahhor, Anor.

GANJ - [f. - Xazina, kon, boylik]

1). Kt. Oltin, kumush, javohir, xazina.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

(7, foydalanilgan adabiyotlarga qaralsin).

XULOSA

Yuqorida keltirilgan barcha manba va metodlardan o'qituvchilarning foydalanishi va

darslarning shu uslublar asosida puxta tayyorlashlari va ularning o'tilishi o'quvchilarda

"Mumtoz matn va lug'atlar ustida ishlash" dars soatidan keng ko'lamli bilimlarga ega

bo'lishlariga yo'l ochadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Ona tili (Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik) O'zXTaV. Toshkent - 2019.

2. Lison ut-tayr(Qush tili). Sharofiddin SHARIPOV,f.f.n. Vahob RAHMON O'zRESda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi nasriy bayoni. "Tafakkur" nashriyoti, Toshkent - 2020.

3. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", Davlat ilmiy nashriyoti - 2006.

4. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", Davlat ilmiy nashriyoti - 2006.

5. Ona tili (Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 8-sinfI uchun darslik) O'zXTaV. Toshkent - 2019.

6. Lison ut-tayr(Qush tili). Sharofiddin SHARIPOV,f.f.n. Vahob RAHMON O'zRESda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi nasriy bayoni. "Tafakkur" nashriyoti, Toshkent - 2020.

7. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", Davlat ilmiy nashriyoti - 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.