Научная статья на тему 'O‘ZBEK TIL LEKSIKASIDA IJTIMOIY DIALEKTLAR VA ULARDA EKSPRESSIV MA’NO XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEK TIL LEKSIKASIDA IJTIMOIY DIALEKTLAR VA ULARDA EKSPRESSIV MA’NO XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1228
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
LEKSIK QATLAM / IJTIMOIY DIALEKTLAR / EKSPRESSIV MA'NO / IJOBIY VA SALBIY MA'NO OTTENKALARI / VARVARIZMLAR / VULGARIZMLAR

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abduqahhorova X.A.

Ushbu maqolada o‘zbek til leksikasida ijtimoiy dialektlarni umumxalq tilining ma’lum bir qatlami sifatida o‘rganish hamda tilimizda ko‘p qo‘llaniladigan qo‘llanilish doirasi chegaralangan leksikaning ekspressiv ma’no xususiyatlari, shuningdek, ijobiy va salbiy ma’no ottenkasiga ega bo‘lgan so‘zlarning badiiy asarlarda qo‘llanilishi haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL DIALECTIES IN UZBEK LANGUAGE VOCABULARY AND THEIR FEATURES OF EXPRESSIVE MEANING

In this article, the study of social dialects in the Uzbek lexicon as a specific layer of the vernacular, as well as the expressive semantic features of the lexicon, which is widely used in our language, as well as the positive and negative meanings the use of words in works of art.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TIL LEKSIKASIDA IJTIMOIY DIALEKTLAR VA ULARDA EKSPRESSIV MA’NO XUSUSIYATLARI»

СОВРЕМЕННЫЕ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЕ

Abduqahhorova X.A.

Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi

O'ZBEK TIL LEKSIKASIDA IJTIMOIY DIALEKTLAR VA ULARDA EKSPRESSIV MA'NO XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek til leksikasida ijtimoiy dialektlarni umumxalq tilining ma'lum bir qatlami sifatida o'rganish hamda tilimizda ko'p qo'llaniladigan qo'llanilish doirasi chegaralangan leksikaning ekspressiv ma'no xususiyatlari, shuningdek, ijobiy va salbiy ma'no ottenkasiga ega bo'lgan so'zlarning badiiy asarlarda qo'llanilishi haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: Leksik qatlam, ijtimoiy dialektlar, ekspressiv ma'no, ijobiy va salbiy ma'no ottenkalari, varvarizmlar, vulgarizmlar.

Abdukakhorova Kh.A.

lecturer

department of uzbek linguistics Chirchik State Pedagogical Institute

Tashkent region

SOCIAL DIALECTIES IN UZBEK LANGUAGE VOCABULARY AND THEIR FEATURES OF EXPRESSIVE MEANING

Abstract: In this article, the study of social dialects in the Uzbek lexicon as a specific layer of the vernacular, as well as the expressive semantic features of the lexicon, which is widely used in our language, as well as the positive and negative meanings the use of words in works of art.

Keywords: Lexical layer, social dialects, expressive meaning, shades of positive and negative meanings, barbarisms, vulgarisms.

Ilmiy va o'quv adabiyotlarda ijtimoiy dialektlar terminini ko'plab uchratamiz. Odatda ijtimoiy dialektlar tilning shunday bir ko'rinishiki, ular adabiy til va uning normalariga mos kelmaydi. Biroq ko'pgina manbalarda ijtimoiy dialektlarni adabiy tilning u yoki bu jihatlarini ochib beruvchi, to'ldiruvchi vositalar sifatida qarashlar ham mavjud.

Ma'lumki, ijtimoiy dialektlar umumxalq tilining ma'lum bir qatlamini tashkil etadi. Shu jihatdan ham, ijtimoiy dialektlar xususida ma'lumotlar juda ko'p uchraydi. Xususan, rus tilshunosligida V.Jirmunskiy, B.Serebrennikov va V.Avrorin kabilar fikr munosabatlar bildirishsa, o'zbek tilshunosligida bu borada S.Ibragimov, E.Begmatov, A.Sobirov, D. Abdurahmonov kabilarning

ishlari diqqatga molikdir. Odatda ijtimoiy dialektlar ma'lum bir qatlamga mansub shaxslar va ularning kasb-koriga oid bo'lgan so'zlardir. Bu haqida tilshunos olimlar ko'plab fikrlar yuritishadi. Jumladan, rus tilshunosi B.Serebrennikov ularni dialektlar sifatida emas, balki ijtimoiy nutq variantlari, nutq uslublari ekanligini aytib o'tadi. Ayni paytda, bu nutq variantlarini ijtimoiy dialektlar sifatida xizmat qilishini e'tirof etar ekan, ularni fonetik sistemasi hamda grammatik qurilishi nuqtai nazardan adabiy tildan farq qilishini ham qayd etib o'tadi. Demak, ijtimoiy dialektlar ijtimoiy nutq variantlari sifatida ham nutq uslublari bo'lganda ham adabiy tildan, fonetik, leksik, grammatik jihatidan farqlanib turadi.

Shuning uchun ham bu masalada fikr yuritish qaysidir ma'noda ijtimoiy turmush tarzining u yoki bu qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Zero, bu masalalarni keng va atroflicha o'rganish tilning paydo bo'lish bosqichlaridan tortib, to hozirgi davrga qadar bo'lgan til taraqqiyotining qonuniyatlarini qamrab oladi, shunga binoan dialektik qatlamni turli davr til taraqqiyoti uchun xos ekanligini alohida qayd etish lozimdir.

Ma'lumki, o'zbek tili leksikasida ijtimoiy dialektlar turli tabaqaga mansub bo'lgan shaxslar uchun xizmat qiladi. Ularning ijtimoiy kelib chiqishi, urf -odatlari, an'analari, kasb-korlari turli xil jihatlarni ochib berishda muhim manba hisoblanadi.

Albatta, ijtimoiy dialektlar (adabiy til, hududiy dialektiklar, jonli so'zlashuv tili) ma'lum bir til ko'rinishlari bilan uzviy aloqada bo'ladi. Shunga ko'ra, ijtimoiy dialektlar turli til ko'rinishlari zamirida paydo bo'ladi. Ta'kidlash joizki, ijtimoiy dialektlar ma'lum shaxs yoki guruh vakillariga xizmat qiladi, ularning ijtimoiy kasblardagi qarashlarini, hatti-harakatlarini, belgi-xususiyatlarini o'rganishimiz uchun manba sifatida xizmat qiladi. Ko'rinadiki, ijtimoiy dialektlar turli tabaqaga mansub bo'lgan shaxslar va ularning ijtimoiy turmushdagi o'rnini ifodalashda o'ziga xos vositalar sifatida xizmat qiladi. Tilimizda shunday chegaralangan qatlam borki, biz uni noadabiy til vositalari nomi ostida o'rganamiz.

Noadabiy til vositalari deganimizda, bu adabiy tilga xos bo'lmagan, umumxalq so'zlashuv uslubida kam qo'llaniladigan yoki deyarli qo'llanilmaydigan til vositalarini tushunamiz.

Noadabiy til vositalarini leksikologik aspektda tasnif qilsak, bu fikrimiz yanada oydinlashadi. Tildagi mavjud so'zlar iste'mol doirasiga ko'ra xilma-xil bo'ladi. Ularning asosiy qismini ko'pchilik aholi kishilari bir xil qo'llasa, ba'zilarini faqat muayyan kasb-hunar egalari yoki ma'lum joyda yashaydigan kishilargina qo'llaydi, xolos.

Shu jihatdan o'zbek tili leksikasini ikki katta qismga bo'lish mumkin:

1. Umumiy iste'moldagi leksika;

2. Iste'mol doirasi chegaralangan leksika.

Umumiste'moldagi leksikaga oid bo'lgan so'zlarni ko'pchilik uchun tushunarli bo'lgan va umumqo'llanish xususiyatlariga ega bo'lgan so'zlar tashkil qiladi. Bunday so'zlarning qo'llanilish doirasi va hududiy jihatdan faoliyatning ma'lum sohasiga ko'ra chegaralangan bo'ladi. Iste'mol doirasi chegaralangan leksika esa buning aksi bo'lib, bu so'zlarni qo'llovchi kishilar ma'lum guruhga, to'daga uyushgan va insonning fe'l - atvori, ruhiy olami nuqtai nazaridan chegaralangan bo'ladi.

Bu soha tilshunoslikda hali atroflicha o'rganilib chiqilmagan va ilmiy nuqtai nazardan to'la ochib berilmagan. Shu bois bu muhim vazifalardan biridir. Biz aynan iste'mol doirasi chegaralangan leksikaning bir qismi bo'lmish varvarizm va vulgarizmlarni hozirgi tilimizda qanday qo'llanilishi va uning lingvistikada tutgan o'rnini ilmiy asoslar bilan tekshirib ko'ramiz.

Bu so'zlarning muhim bir xususiyati shundaki, bu so'zlar ma'lum bir joyda yashab, vaqt o'tishi, muhit o'zgarishi bilan ular eskirib iste'moldan chiqib semantik jihatdan o'zgarishga uchraydi, ya'ni bu so'zlarning ko'pchiligi ma'lum davrga xos bo'lib o'sha sharoit, muhit uchun xizmat qiladi. Qizig'i shundaki, bunday leksik vositalar ayrim ijtimoiy guruhlarning so'zi bo'lmay, balki keng xalq ommasi umumxalq qo'llaydigan so'z va iboralardir.

Bu so'zlar ko'pincha sitilistik (uslubiy) jihatdan ekspressiv ma'nobo'yoqdorlikni o'zida tashib yuruvchi so'zlar desak, yanglishmagan bo'lardik. Mazkur nutqiy vositalar xilma-xil ma'no ifodalash jihatidan katta imkoniyatlarga egadir.

Yozuvchi va shoirlarning varvarizm, vulgarizm materiallaridan foydalanish va ijodiy o'rganishlari, ularning o'z asarlarida xalq tili boyliklarini kesatish, pichinglardan va shu kabi tilning tasviriy detallaridan foydalanishi va ijodiy o'rganishlarida ko'rinadi.

Badiiy asardagi yozuvchi uslubiyatini o'rganish tilshunos, tadqiqotshunoslarimiz oldida turgan eng muhim va murakkab vazifadir. Ulug' rus tanqidchisi M.T.Chernishevskiy: "Badiiylik shundan iboratki, har bir so'zning faqat o'z o'rnida turishigina emas, balki zarur bo'lishi, iloji boricha kam so'z ishlatilishi kerak" - degan edi.

Davr talabi, vazifalarining tub mohiyatiga tushungan ijodkorning birinchi navbatda tilga bo'lgan talabchanligi, aytmoqchi bo'lgan fikrini hammaga birdan anglata bilishga da'vat etishi, uning yangi adabiyot vazifalarini, uning jamiyatda tutgan o'rni, rolini chuqur tushunishi natijasi bo'lib, u tasvirlayotgan har bir personajning nutqi sodda, xalqchil, leksik vositalarga (vulgarizm, varvarizm, jargotizm, argotizmlar) boy bo'lgan taqdirdagina, uning badiiylik saviyasi yanada yuqoriroq bo'ladi.

Ma'lum bir tushunchani, voqelikni ifodalab qo'shimcha emosional ekspressiv bo'yoqqa ega bo'lgan so'zlar intellektual leksika deyiladi. Masalan: yer, suv, havo, kitob, qalam, shamol, qizil kabi so'zlar, terminlar ijtimoiy-siyosiy va umumadabiy leksikaga oid ba'zi so'zlar intellektual leksikaga kiradi.

O'zbek tili leksikasining lug'at boyligida ekspressiv va emotsionallik ifodalaydigan so'zlar talaygina. Masalan: qizaloq, jonginam, sadag'angga ketay, xumpar, tajang, badbashara, nomard, yaramas kabi so'zlar. Bundan so'zlarni jamiyatning turli jabhalarida juda ko'plab uchratamiz.

Ekspressiv-lotincha "exresso" so'zidan olingan bo'lib, "ma'nodor", "ta'sirli ma'nolar" - degan ma'nolarni anglatadi. Emotsiya - lotinchadan olingan bo'lib, kishining his - tuyg'usi, kechinmasi, hissiyoti ma'nolarida qo'llaniladi. Shunga asoslanib, so'zning voqea-hodisani,tushunchani ifodalashdan tashqari, hurmat, erkalash, ko'tarinkilik, mensimaslik, masxara, kinoya kabi emotsional-ekspressiv tushunchalarni bildirishiga qarab ikki guruhga ajratamiz:

l.Ijobiy ma'no ottenkasiga ega bo'lgan so'zlar.

2.Salbiy ma'no ottenkasiga ega bo'lgan so'zlar.

Ijobiy ma'no ottenkasiga ega bo'lgan so'zlar erkalash, suyish, xushmuomalalikni bildiruvchi so'zlar (shirinim, bo'taloq, bolajon, ko'p yashang) hamda tantanali ritorik poetik so'zlar: alp (pahlavon), lofchi (yolg'onchi), oyday to'lishgan (go'zal) kabi so'zlar kiradi.

Salbiy ma'no ottenkasiga ega bo'lgan so'zlarga jirkanish, mensimaslikni ifodalovchi so'zlar kiradi. Masalan: zumrasha, so'tak, juvonmarg, gazanda kabi so'zlar.

Biz izohlab bermoqchi bo'lgan so'zlar salbiy ma'no ottenkasini ifodalovchi so'zlarning bir ko'rinishi vulgarizmlar hisoblanadi.

Vulgarizmlar 'onli xalq tilida ishlatiladigan dag'al, qo'pol, stilistik bo'yoqqa ega bo'lgan tilning leksik qatlamlaridir. Vulgar so'zlardan badiiy adabiyotda ijodkorlar tomonidan har bir obrazlarning ichki dunyosini ochishda, uning xulq-atvori, atrofdagilarining munosabatini ro'y-rost ochib tashlashda foydalaniladi. Shu bilan birga yozuvchi yoki shoir o'zi yaratgan davr va qahramonga o'z munosabatini ham shu qo'pol va dag'al so'zlar bilan ifodalashi mumkin. Masalan:

- Bilib qo'y,sening akang muttaham, noinsof bo'lmasa bir norasidaning ko'z yoshini oqizarmidi.(T.Malik "Shaytanat" 141-b).

Badiiy asarda o'zi yaratgan davr, muhit voqea-hodisaga, qolaversa, asardagi qahramonlarga o'z nuqtai nazardan yondashib qanday munosabatda ekanligini ifodalaydi, ya'ni salbiy yoki ijobiy fikrda ekanligini vulgar so'zlar vositasida ko'rsatadi.

-Hoy, qiztaloq, aroq ochib ko'rganmisan o'zi? Buyoqqa ber. (Cho'lpon "Kecha va kunduz" 134-b)

Badiiy asarlar leksikasida vulgarizmlar qo'llanilishiga ko'ra: sodda va birikmali, semantik strukturasiga ko'ra: haqorat, so'kinish, qarg'ish, dag'al so'zlarni uchratish mumkin. Sodda vulgarizmlarga bitta leksik ma'noni ifodalab bitta o'zakdan tashkil topgan so'zlar kiradi.

Bu misolda shoir Amir Olimxondek razil, pastkash, iflos odamning nafrat va g'azabini to'la-to'kis yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlab bergan.

-Ha, dedim, nalogboshing qaysi xumsa o'zi, dedim.(A.Qodiriy "Toshpo'lat tajang nima deydi? "). Bu yerda keltirilgan vulgarizm salbiy ma'no ottenkasiga ega.

Mingboshi erkin-erkin kuldi:

-Tavba de, betavfiq! Astag'furullo de! (Cho'lpon "Kecha va kunduz"). Cho'lpon varvarizmlarni ko'p qo'llamaydi, qo'llaganda ham so'z va iboralarni parafraza yo'li bilan ifodalaydi.

Ba'zan so'z ustalari, yozuchi va shoirlar qahramonning benihoya tarang, hissiy-emotsional holati, alam va qahru g'azabini ifodalash uchun noadabiy til vositalaridan foydalanadilar. Qahramonlar nutqidagi bunday so'zlar ularning ichki dunyosini, xarakterini, jamiyatdagi mavqeyini ochib berishga xizmat qiladi.

Biz shu narsaga amin bo'ldikki, o'zbek tilining lug'at tarkibida so'zlar nihoyatda ko'p va turli-tuman ekan. Bu so'zlar o'zining xilma-xil leksik semantik, gramatik va uslubiy xususiyatlariga ega. Lug'at tarkibidagi so'zlar tilning yashash formalariga ko'ra ajoyib lug'aviy qatlamlarni o'z ichiga oladi. Ma'lumki, har qanday til o'z rivojlanish tarixiga ega. Til rivojining mana shu bosqichiga uning lug'at tarkibi va grammatikasi, sturukturasiga ma'lum o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bu hol o'z-o'zidan har bir davr tilining o'ziga xos xususiyatlari va normalarini yuzaga keltiradi.

Hozirgi vaqtda til va badiiy adabiyot o'rtasidagi uzviy bog'liqlik va uning shakllari haqida masalalar birinchi o'ringa chiqdi. Shu sababli, biz ko'rib o'tgan leksik vositalar nafaqat tilning o'rganish obyekti bo'lmay, balki adabiyotning, adabiyotshunoslarning ham o'rganish manbai hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Begmatov E. Hozirgi o'zbek tilining leksik qatlamlari. - T: Fan, 1985 y.

2. Begmatov E. Boboyeva. A. Asamiddinova M. Nutq madaniyati va adabiy norma. - T: Fan, 1973 y.

3. Jo'rayev B. O'zbek adabiy tili va o'zbek dialektlari, Toshkent, 1963.

4. Tojiyev Y. O'zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari- T 1994.

5. Shomaqsudov A. O'zbek tili stilistikasi. - T. 1981.

6. Jo'rayev B. O'zbek adabiy tili va o'zbek dialektlari, Toshkent,1963 y.

7. Tursunov U va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili, Toshkent, 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.