Научная статья на тему 'O‘ZBEK SHOMON MAROSIM FOLKLORIDA AFSUN'

O‘ZBEK SHOMON MAROSIM FOLKLORIDA AFSUN Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2553
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
afsun / shomon / marosim / uyqu / jodu. / afsun / shaman / ritual / dream / magic.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Olim Qayumov

Mazkur maqolada o‘zbek shomon marosimlari folklorining afsun janri haqida ma’lumot beriladi. Afsunlarning janr tabiati, mifologik vazifasiga ko‘ra tasnifoti o‘z ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEK SHAMON CEREMONY IN FOLKLORE

This article provides information on the genre of afsuns of Uzbek shamanistic folklore. The nature of the genre, the classification of aphsuns (spells) by their mythological function, is reflected.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK SHOMON MAROSIM FOLKLORIDA AFSUN»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ORCID - 0000-0001-7710-9256 O'ZBEK SHOMON MAROSIM FOLKLORIDA AFSUN

Olim Qayumov filologiya fanlari doktori (O'zbekiston)

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek shomon marosimlari folklorining afsun janri haqida ma 'lumot beriladi. Afsunlarning janr tabiati, mifologik vazifasiga ko'ra tasnifoti o 'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: afsun, shomon, marosim, uyqu, jodu.

Аннотация: В данной статье представлена информация о жанре афсун узбекского шаманского фольклора. Характер жанра, классификация афсун (заклинаний) по их мифологической функции, отражена.

Ключевiе слова: афсун, шаман, ритуал, сон, магия.

Annotation: This article provides information on the genre of afsuns of Uzbek shamanistic folklore. The nature of the genre, the classification of aphsuns (spells) by their mythological function, is reflected.

Keywords: afsun, shaman, ritual, dream, magic.

KIRISH

Shomoniylikda so'zning ilohiy qudratiga asoslangan kishilami yovuzlikdan, balo-qazodan asrashga xizmat qilishiga ishontiruvchi og'zaki aytimlar afsunlardir. Afsun - forscha so'z bo'lib, jodu -degan ma'noni anglatadi [9.1981.B.63]. Taniqli folklorshunos olima professor S.Mirzayevaning o'zbek xalq afsun duolariga bag'ishlangan monografiyasida qayd etilishicha, «O'zbek tilining izohli lug'ati»da «afsun» atamasi fors-tojik tilidan olingan deyiladiki, aslida bu atama arab tilidan olingan «Duo» atamasi ham arab tilidan olingan so'z bo'lib, xudoga va boshqa g'ayritabiiy kuchlarga sig'inish orqali o'zgalarga yaxshilik yohud yomonlik tilash ma'nosini anglatadi. «Dam» esa fors-tojik tiliga mansub so'z bo'lib, u nafas ma'nosini ifodalaydi. Mirzayeva[2.Mirzayeva, 2005.B.26]. O'zbek xalq afsun duolarning folklor janri sifatidagi tabiatini ochib bergan folklorshunos olima S.Mirzayeva juda to'g'ri ta'kidlaganidek, "Afsun-duolar xalq ruhiy muolajasining bir ko'rinishi bo'lib, ular o'z mazmuni, ohangi va ijrosi bilan kishil arni u yoki bu baxtsizlikdan, xastalik yoki falokatdan saqlab qolishga yo'naltirilgan. Shuning uchun ham afsun-duolar kishilarning ko'ngil yozish istaklari tug'ilgan paytlarda emas, balki hayotiy ehtiyoj tug'ilgan paytlaridagina ijro etiladi. Afsun-duolarga yuksak badiiylik talablarini qo'yib bo'lmaydi, chunki ularda badiiylik ikkinchi o'rinda turadi. Xullas: maishiy (utilitar) vazifa bajarish xalq afsun-duolariga xos yetakchi vazifa sanaladi" [Mirzayeva, 2005.B.12].

Scientific Journal Impact Factor

O

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODLAR

Afsun folklor janri sifati o'zbek folklorshunosi B.Sarimsoqov tomonidan e'tirof etilgandi. [8.Sarimsoqov, 1990.]Bu janrdagi aytimlar ba'zan she'riy, ba'zan nasriy ko'rinishda bo'lishi mumkin. Afsunlar xalq orasida duo deb ham yuritiladi. Afsunlar yangi oyni ko'rganda, uyquga yotishdan oldin, ilon, chayon yoki qoraqurt chaqqanda, ko'z tekkanda, kishining biror joyi og'riganda ijro qilinadi. Shomoniylik e'tiqodida qorong'ulik yovuz kuchlarning harakatlanadigan zamon sifatida talqin etiladi. Oy uning yorug'ligi shomonning homiy ruhlari bilan muloqot qilishida qulay sanalganligi uchun shomon aytimlarida oyga murojaat alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Xatirchilik shomon T.Mirzayeva fol ko'rishda oyga, suvga va mijozning kaftiga qarab uch unsur birligida bashorat qilishini aytgandi. [2] Xatirchilik shomonlar yangi oyni ko'rganda:

Oyni ko'rdim omonlik, Ko'rmagaylik yomonlik, Yaxshiga yondoshtir, Yomondan adashtir. Yangi oy, yangi kunlarga O'ynab kulib yetaylik,

Omin. Suf-suf-suf-suf! [3] - deb afsun aytib va chor tarafiga dam

ursa, keyingi oygacha balo-qazodan omon, yomon kishilardan yiroq, yaxshi odamlarga yo'ldosh bo'lishiga ishonadilar. Shuningdek, ishi yurishmagan, bosinqirab chiqadigan kishilarga ham afsun aytib ularning mushkullarini osonlashtirish hollari kuzatiladi. Jizmoysoylik Yu.Hasanovning ma'lumot berishicha, uning otasi usta Amir bobo bosinqiragan kishilarga quyidagi aytimni aytib dam urar ekan:

Yo, Yov pari, omonliq, Sen qilmagin yomonliq. Uyidan joyidan Bobolarim haqqi o'ynab chiq! Suf, suf, suf! [4]

Uyquga yotishdan oldin aytiladigan afsunlar S.Mirzayeva monografiyasida atroflicha tahlil qilingan. Olima afsunlarning folklor janri sifatida ilmiy asosini yaratgani uchun biz bu borada to'xtalmaslikni lozim topdik. Biroq xatirchiliklarning uyquga ketishdan oldin aytadigan bir afsunini keltirib o'tmoqchimiz:

Yotay yonim bilan Turay jonim bilan, Og'zimda Qur'onim bilan Yotdim tinch, Yostig'im kiprinch. Tilaganim imon,

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Dilim musulmon. Kechani tinchini ber, Kunduzni gashtini ber,

Suf, suf, suf![5] - deb atrofga dam urib uyquga ketilsa, kishi balo-qazodan xoli bo'larkan.

Qoraqurt chaqqanda aytiladigan afsun matniga e'tibor qilaylik: Bahaqqi Sulaymon dami bilan, Xudoning amri bilan, Yaratganning qudrati bilan

Kuf-suf, chiq! Kuf-suf chiq![1. Mirzayeva. 2005.B.16] Mazkur afsunda kishi tanasidagi qoraqurt zahrini chiqarishda afsungar "Sulaymon dami bilan chiq" degan xitobni qiladi. Ma'lumki, diniy afsonalarga ko'ra, Sulaymon alahi vassalam butun mavjudotlarni o'ziga tobe qilib olgan. Mana shu mifologik tasavvur natijasida shakllangan afsunda Sulamon nomini keltirish bilan halokatni bartaraf qilish mumkin deb ishonish yotibdi.

MUXOKAMA VA NATIJALAR 2007 yilda biz tomonimizdan Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Ingichka qo'rg'onida istiqomat qiluvchi Sanobar baxshidan ilon chaqqanda aytiladigan afsun yozib olingan edi. Baxshi afsun matni ijrosidan avval ilon pari haqidagi afsonani ham so'zlab bergandi.

Aytishlaricha, ilonlar parisi oldinda yurib, orqasidan barcha ilonlarni ergashtirib ketayotganda, ko'chib ketayotgan ko'chmanchi xalqlardan biri ilonlarning yo'lini to'sadi. Aslida ilonlarning yo'lini to'smaslik kerak. Shunda ilonlar parisi bir kishini chaqib oladi. Halokatni ko'rgan ko'chmanchi xalq orasidan bir qari kampir va yigit ot va eshaklaridan tushishib ilonlar pariga bag'ishlab duo o'qiydilar. Shunda ilonlar parisi o'zi chaqib ketgan kishining jarohatini dumi bilan silab, tuzatib ketadi. Ilon chaqqanda o'qiladigan afsun:

Qabihiy ilon vojib, Qabihi insoni vojib. Vaxshiyona hasad, Vaxshiyoni insoni hasad. Volhamdulillohi farishta, Quffoni hasad.

Valhamdilillohi pir madadkor, Valhamdilillohi pir madadkor,

Valhamdilillohi pir madadkor, - deb sovunga uchta igna suqiladi. Yuqoridagi aytimni ilonlar ruhiga bag'ishlab, ignalarni almashtirib sovunga suqish asnosida o'qiladi. Afsungar yuqoridagi aytimni qirq marta o'qigach, omin qiladi va balo daf bo'ladi.[6]

Scientific Journal Impact Factor

O

Qizil tepalik Salomat momo Taniqulovadan biz tomonimizdan yozib olingan quloq og'riganda aytiladigan afsun matni quyidagicha:

Bismillohir rohmanir-rohim.

Quloq, quloq, quloq,

Quloqlardan o'tkan buloq.

Tog'lardagi toshlarga bor,

Cho'ldagi cho'ponga bor,

Ma'rayotgan qo'ylarga bor,

Quloq, quloq, quloq,

Quloqlardan o'tkan buloq.

Onang bergan oq ko'ylakni kiydirmadimmi?

Otang bergan ko'k ko'ylakni kiydirmadimmi?

Quloq, quloq, quloq,

Quloqlardan o'tkan buloq.

Tog'lardagi toshlarga bor,

Cho'ldagi cho'ponga bor,

Ma'rayotgan qo'ylarga bor,

Suf-suf-suf, ket! - deb qulog'i og'rigan kishining quloqlari silanib,

Xullas, afsunlar qadimda qushnoch, porxon, folbin, duoxonlar tomonidan muayyan hayotiy zarurat natijasida bemorni davolash yoki balo-qazoni yiroqlashtirish maqsadida ijro qilinadigan so'zning magik qudratiga asoslangan shomon aytimlaridir. Afsunlar so'ngida dam urishni ifodalovchi "suf-suf ' taqlid so'z naqorat vazifasini bajaradi.

1. Mirzayeva S. O'zbek xalq afsun-duolarining janr xususiyatlari va badiiyati. -Toshkent.2005.-B.26.{ Mirzaeva S. Genre features and poetics of Uzbek folk spells. - Tashkent. 2005.- P.26}

2. Muallifning folklor ekspedisiyasi materiallari. Navoiy viloyati Xatirchi tumani, Jaloyer qishlog'i. Axbrotchi: baxshi To'lg'anoy Mirzayevadan 1996 yilda yozib olingan.{ Materials of the folklore expedition of the author. Khatyrchi district, Navoi region, the village of Zhaloyer. Informant: Bakhshi by Tolganoy Mirzaeva; recorded in 1996}

3. Muallifning folklor ekspedisiyasi materiallari. Navoiy viloyati Xatirchi tumani, A.Halimov hududi. Axborotchi: Jang'il baxshi Axmedova, 71 yosh. 2010 yilda yozib olingan.{ Materials of the folklore expedition of the author. Khatyrchi

dam uriladi. [7]

XULOSA VA TAKLIFLAR

REFERENCES

Scientific Journal Impact Factor

o

district, Navoi region, the village of Zhaloyer. Informant: Bakhshi Zhangil Akhmedova, 71 years old; recorded in 2010}

4. Muallifning folklor ekspedisiyasi materiallari. Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumani, Jizmonsoy qishlog'i.Axborotchi: 35 yoshli o'rta ma'lumotli Yusuf Hasanovdan 2002 yilda yozib olingan.{Materials of the folklore expedition of the author. Kattakurgan district, Samarkand region, the village of Zhizmonsoy. Informant: Yusuf Hasanov, recorded in 2002}

5. Muallifning folklor ekspedisiyasi materiallari. Navoiy viloyati Xatirchi tumani, Xonaqa qishlog'i. Axborotchi: Halima Qayumova, 72 yoshda. 2008 yilda yozib olingan. {Materials of the folklore expedition of the author. Khatyrchi district, Navoi region, Khonaqa village. Informant: Halima Kayumova, 72 years old, recorded in 2008}

6. Muallifning folklor ekspedisiyasi materiallari. Samarqand viloyati Nurobod tumani, Ingichka qo'rg'oni. Axborotchi: Sanobar baxshi. 37 yosh. 2007 y. 6 yanvarda yozib olingan.{Materials of the folklore expedition of the author. Nurabad district, Samarkand region, the village of Ingichka. Informant: Sanobar Bakhshi, 37 years old, recorded on January 6, 2007}

7. Muallifning folklor ekspedisiyasi materiallari. Navoiy viloyati Qizil tepa tumani, G'ardiyon qishlog'i Axborotchi: Salomat momo Taniqulova 64 yoshda. Qushnoch.. 5-sinf ma'lumotiga ega. 2007 yilda yozib olingan.{Materials of the folklore expedition of the author. Kyzvl Tepinsky district, Navoisky region, the village of Gardiyon. Informant: shaman Salomat Tanikulova, 64 years old, recorded in 2007}

8. Sarimsoqov B. O'zbek marosim folklori//Imomov K., Mirzaev T. va boshqalar. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. O'qituvchi, -Toshkent, 1990.{Sarimsokov B. Uzbek ritual folklore // Imomov K., Mirzaev T. and others. Uzbek oral folk art. Tashkent, Teacher, 1990}

9. O'zbek tilining izohli lug'ati. - M.: 1981.-B.63.{ Explanatory dictionary of the Uzbek language. - M.: 1981. - P.63}

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.