O'ZBEK OILALARIDA AXLOQIY MUNOSABATLARNING RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY MUNOSABATLAR VA MAHALLA
TIZIMINING RO'LI
Guzal Saydaxmatovna Qurbonova Toshkent davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Azaldan insoniyat doimo uyushib yashab kelgandir. Chunki bir joyda uyushib yashash turli xil xavf-xatardan himoyalashni osonlashtirgan. Shu sababli ovular, qishloqlar va shaharlar paydo bo'lgan. Ayniqsa ishlab chiqarishning o'sishi va mehnatni tashkil etish masalasi kun tartibiga qo'yilishi bilan xalqni bir joyda to'planib yashash istiqbolini yanada rivojlantirdi. Bu hol mamlakatimiz halqlari tarixiga mos bo'lib, xalqimizning turmush tarzi va tafakkurida o'chmas iz qoldirgan. ushbu maqolada o'zbek oilalarida axloqiy munosabatlarning rivojlanishida ijtimoiy munosabatlar va mahalla tizimining ro'li haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: o'zbek xalqi, tarixiy taraqqiyot jarayoni, jamoatchilik, jamiyat, jamoa, ijtimoiy munosabatlar, mahalla
THE ROLE OF SOCIAL RELATIONS AND THE NEIGHBORHOOD SYSTEM IN THE DEVELOPMENT OF MORAL RELATIONS IN UZBEK
FAMILIES
Guzal Saidakhmatovna Kurbanova Tashkent State Pedagogical University
Abstract: Humanity has always lived together. Because living together in one place made it easier to protect against various dangers. Because of this, settlements, villages and cities appeared. developed further.This situation corresponds to the history of the peoples of our country and left an indelible mark on the way of life and thinking of our people. this article talks about the role of social relations and the neighborhood system in the development of moral relations in Uzbek families.
Keywords: uzbek people, historical development process, public, society, community, social relations, neighborhood
O'zbek xalqiga xos jamoa bo'lib yashash tarzining o'ziga xos mohiyati mavjud bo'lib, bunday ijtimoiy munosabatlar tizimi kishilarning o'zaro yaqin aloqalarini aks ettiradi. Mohiyat jihatidan mahalla bo'lib yashash aslida o'zbeklar hayotining tipik shakli sifatida uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida shakillangan va bugungi kungacha yetib kelgan.
Shu boisdan, jamoa va jamoaviylik tushunchalari jamiyatda kishilar o'rtasidagi o'zaro ijtimoiy munosabatlarni ifodalaydi, ya'ni jamoa maqsadlarining o'ziga xos umumlashgan ifodasini anglatadi.
Jamoa ijtimoiy munosabatlar va voqealarga ko'pchilikning o'ziga xos munosabati sifatida yuzaga keladi. Bunda umumiy fikrlar dunyoqarashlar va axloqiy qarashlar keng jamoatchilik tamonidan e'tirof etiladi. Jamoa va jamoaviylik jamiyatida g'oyaviy o'zaro istaklari, intilishlari va maqsadlari o'z ifodasini topib, umumiy g'oyalar mushtarakligiga asoslanadi. Bunda o'zaro ijtimoiy munosabatlar tizimi jamoatchilikni yagona g'oyani amalga oshirish vositasi sifatida yuzaga keladi. Jamoada umumiy qarashlarga ega bo'lish yoki maqsadlarni amalga oshirish kishilarning nafaqat ma'naviy aloqalarida, balki moddiy munosabatlarida ham aks etadi. Bunda kishilar o'zlarining turmush tarzidagi munosabatlarini o'zaro bordi-keldi, oldi-berdi kabi amaliy harakatlari orqali namoyon etadilar. Shu munosabat bilan, jamoatchilik fikri, ya'ni uning ko'pchilikka tayanishi kishilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ta'siri kuchini belgilab, shaxsiy munosabatlarga qaraganda jamoatchilik fikri ustivor ekanligini tasdiqlaydi.
Shunday ekan, mahalladagi qo'ni-qo'shnichilikka xos turmush tarzida o'zaro yaqin ijtimoiy munosabatlar shakillanadi.Bunday xususiyat azaldan o'zbek xalqi milliy mentalitetining tarkibiy qismi sifatida shakillangan va rivojlangan. Bunda kichikning kattaga, bir kishining ko'pchilik fikriga quloq solishi va tayanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu jixatdan etnolig olim A.Ashirov qayd etganidek, o'zbeklarda jamoa insonni ijtimoiy nazorat ostida tutib turish, shaxsning jamoadagi muntazam ishtiroki uning umumiy axloqiy me'yorlari doirasida ish tutayotganing isboti sifatida talqin etiladi.[1] Demak, o'zbeklar jamoasi masalasiga umumiy nuqtai nazardan yondashsak, jamoa bu- o'zaro yaqin aloqalar va munosabatlar, qon-qarindoshlik rishtalari asosida vujudga kelgan kishilarning dastlabki rishtalari asosida vujudga kelgan kishilarning dastlabki ijtimoiy uyushmasidir. Jamiyat o'z taraqqiyotining yuqori bosqichga ko'tarila borishi, davlatning paydo bo'lishi bilan ibtidoiy qon-qarindoshlikka asoslangan jamoa yo'qolib, keyinchalik aholining qo'ni-qo'shnichilikka asoslangan jamoasi shakillangan.
Shu o'rinda o'zbeklarga xos alohida tuzilma bo'lgan "mahalla" atamasining mazmuni va lug'aviy ma'nosi arabcha joy ma'nosini anglatuvchi "mahallun" so'zidan olingan, bo'lib, shaharlarda aholi yashaydigan ma'muriy-hududiy birlik hisoblangan. XX asrning yigirmanchi yillariga qadar mahalla o'rtacha 50-60 xonadondan tashkil topgan bo'lib, shaharlarda daha tarkibiga kirgan [2]. O'tmishda dahalar tarkibida bir qancha mahallalar bo'lganligi, ushbu atama o'sha davrlar-dayoq ma'muriy birlik ma'nosida qo'llanilganligi ayon.
O'zbek tilida mahalla atamasiga mohiyatdan aynan sinonim bo'lgan, "qo'shni", "qo'shnichilik", " qo'ni-qo'shni " atamalari ham keng qo'llanilgan. "Qo'ni-qo'shni" aslida mahallaning tipik ko'rinishi sifatida, o'zbek tilidagi "qo'nmoq" fe'lidan olingan bo'lib, ya'ni uy, hovli-joylari yonma-yon yoki yaqin bo'lgan kishilar, oilalar, xonadonlar hamda "yonma-yon turgan, bir-biriga yaqin, chegaradosh" ma'nolarida qo'llaniladi. Qo'ni- qo'shnichilik bu, bir joyda muqim qo'nim tutgan qo'shnilar o'rtasidagi ma'naviy, axloqiy.
O'zbek tilida mahalla atamasiga mohiyattan aynan sinonim bo'lgan, "qo'shni", "qo'shnichilik", "qo'ni-qo'shni" atamalari ham keng qo'llaniladi "Qo'ni-qo'shni" aslida mao'allaning tipik ko'rinishi sifatida, o'zbek tilidagi "qo'nmoq" fe'lidan olingan bo'lib, ya'ni uy, hovli-joylari yonma-yon yoki yaqin bo'lgan kishilarga, oilalar, xonadonlar hamda yonma-yon turgan, bir-biriga yaqin, chegaradosh ma'nolarida qo'llaniladi. "Qo'shni - chilik esa" qo'ni-qo'shnilar "o'rtasidagi bordi-keldi munosabatlari" tarzida izohlanadi. Umuman, qo'ni qo'shnichilik bu bir joyda muhim qo'nim tutgan qo'shnilar o'rtasidagi ma'naviy, axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida uyushgan kishilar uyushmasidir. Qo'ni-qo'shnichilikda o'zaro munosabatlar asrlar davomida shakillaniyub kelgan va qo'ni-qo'shnilarning o'zaro bir-biriga nisbatan hamkor, madadkor bo'lishlari uchun ma'sulyat hissini shakillantirgan[3].
Aslida qo'ni qo'shnichilik shaharda ham qishloqda ham mohiyattan birdek mazmunga ega. Azaldan mahalladagi katta -kichik oilalar, qarindosh-urug'lar, qo'ni-qo'shnilarning o'zaro birlashuvi turmushda barcha ijtimoiy, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirgan. Qo'ni-qo'shnichilik munosabatlari u yoki bu tarizda o'zgarib, rivojlanib kelgan va insonning axloqiy, ma'naviy rivojlanishida muhim ro'l o'ynagan. Demak, mahalla O'zbekistonda oila kabi jamiyatning kichik bir bug'ini sifatida shakillangan va rivojlangan, o'zaro munosabatlarning bunday shakli oila-mahallaning mustahkam aloqasini, xo'jalik-madaniy birligini qaror toptirgan.
Shu o'rinda, o'zbeklar an'anaviy hududiy qo'ni-qo'shnichilik jamoasi, ya'ni mahalla va uning mohiyati xususida so'z yuritar ekanmiz, uning u yoki bu faoliyatini ifodalashda, birinchi navbatda, mahalladagi ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqib fikr yuritish maqsadga muvofiq. Yuqorida qayd etilganidek mahalla dastlab shaharlarning ma'muriy birligi hisoblangan. Mahalla- shaharliklarning turar joylari, xo'jalik inshoatlari joylashgan alohida hududi bo'lgan. Ushbu hududdagi mahallaning yerlari alohida jamoalar va davlatga qarashli bo'lgan.
Chunki, shahardagi mahallaning funktsiyalari qishloqdagi qo'ni- qo'shnichilik jamoasi vazifalarini ham takrorlagan[4].
Tarixiy adabiyotlarda qayd etilishicha, zardushtiylik davriga xos jamoaviy hayot tarziga ko'ra, oilalarning dastlabki birlashmasi, "nimana", katta oila jamoasi oqsoqoli "nimanapati" urug' jamoasi boshlig'i "vis", katta qishloq oqsoqoli "vispati", qabila
boshlig'i " zantupati", viloyat hokimi "daxyupati" (bir necha viloyatlarning boshlig'i va harbiy boshliq "daxyu") qonun chiqaruvchi organ, ya'ni oqsoqollar kengashi "varzanapati", deb atalgan[5]. Garchand, bunday uyushmalar o'z davrida "mahalla" deb yuritilmagan bo'lsada, albatta, unda kishilarning ma'lum hududiy hamda etnik printsiplar asosida o'zaro yaqin aloqalari alohida ahamiyat kasb etgan.
VIII-IX asrlarda O'RTA Osiyoda islom dining keng tarqalishi natijasida mahalliy xalqlarda doimiy o'troq, shaqar aholisiga nisbatan "mahalla" termini ishlatila boshlangan. Keinchalik o'zbeklar an'anaviy jamoasi negizida o'zaro etnik, hududiy, ijtimoiy va oilaviy yaqin qon-qarindoshlikka asoslangan uyushmaga nisbatan, ya'ni turmish tarzida umumiylikka ega bo'lgan qishloq aholisi uchun ham ushbu termin qo'llanilgan [6].
Mahallada yashovchi oilalar, oila-qarindosh jamoalar azaldan yagona umumiy qavmu qarindoshlik aloqalari orqali bog'langanlar. Oila a'zolarining o'zaro yaqinligi moddiy va ma'naviy manfaatlar uyg'unligini ta'minlagan. Guvohi bo'lganimizdek, mahallada joylashgan oilalarning soni va nufuzi qancha bo'lishidan qat'i nazar, bu holat ularni ijtimoiy-ma'naviy, etnik printsiplar asosidagi mushtarakligini ta'minlagan. Bu esa, mahallaning, ya'ni an'anaviy o'zbeklar jamoasining mohiyatini yanada keng tushinishga imkoniyat yaratadi.
Darhaqiqat, azaldan mahallada insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovatpeshalik kabi fazilatlar xalq milliy mentalitetiining ajralmas qismi bo'lib kelgan hamda oila va mahallada inson tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratilgan. O'zbeklarda inson oila muhitidan chiqib jamoaga qo'shiladi, qo'ni-qo'shnilar orasida, ya'ni mahallada unib-o'sadi. Shu bois, barcha davrlarda ham mahalla faoliyatini yanada kuchaytirish ishiga alohida ahamiyat qaratilgan.
O'zbeklarda inson oila muhitidan chiqib jamoaga qo'shiladi, qo'ni-qo'shnilar orasida, ya'ni mahallada unib-o'sadi. Shu bois, barcha davirlarda ham mahalla faoliyatini yanada kuchaytirish ishiga alohida ahamiyat qaratilgan. Bu o'z navbatida, fuqorolar ongida vatanparvarlik, milliy g'urur, iftixor tuyg'ularining shakillanishiga xizmat qilgan, ularni yagona ezgu g'oya va mafkura asosida birlashishga undagan.
O'zbek qishloqlarida turli marosim va to'ylarni o'tkazish uchun oqsoqollar muhim ro'l o'ynagan. Qishloq oqsoqoli obro'li, halol inson bo'lib boshqalarga o'z ta'sirini o'tkazgan. Chorvador xalqlarda ham qishgi va yozgi yaylovlarda muvaqqat ovular bo'lgan hamda ularni oqsoqollar, yurtning obro'li insonlari boshqarganlar. Shaharlarning paydo bo'lishi bilan mahallalar yuzaga kelgan. Uzoq tarixda turli xil kasb egalari alihida - alohida bo'lib birlashganlar. Natijada baqqollar, kosiblar kulollar va h.k. mahallalari paydo bo'lgan. Lekin yaqin o'tmishda barcha kasb egalari aralash-quralash bo'lib ketgandan keyin ma'lum bir hudud mahalla bo'lib shakllanadi. Mahallalar ham davrga qarab o'zgarib boradi, ularning boshqaruv shakli ham yildan - yilga takomillashib, hozirgi ko'rinishga ega bo'ldi. Mahallaning o'ziga
xos turmush tarzi bo'lib, kim bo'lishidan qat'iy nazar uning qonun-qoidalariga bo'sunadi, bir-birlariga yordam beradi, to'y - ma'raka, hasharida birga bo'ladi. Shu sababli mahallaning turmush tarzi unda yashayotganlar tafakkyrida o'ziga xos iz qoldirdi.
Mahallada norasmiy ijtimoiy aloqalar tizimi tarkib topgandir. Agar biron t o' bo'lsa, oqsoqolning biror og'iz gapi bilan barcha qo'ni-qo'shilar xizmatda bo'ladi. Kim choy qaynatadi, kim masalliq olibkeladi. Xotin-qizlar ham barchasi xizmatda bo'ladi.
Ma'raka ham xuddi shunday, bir og'iz gap-so'zsiz ijro etiladi.Hamma mahalla sha'nini saqlashga harakat qiladi. Bu yerda jamoa va oqsoqollar fikriga bo'yso'nish tamoili ustuvordir.Bu narsa sharqona ruxiyatga mosdir. Shu sababli xalqimiz orasida "Mahallang otang-onang", "Bir bolaga yeti maxilla ota-ona" iboralari paydo bo'lgan bo'lib, kishilarning eng hursanchilik va og'ir kunlarida ham maxalla insonlarning kuniga yaraydi, yordam ko'rsatadi, kishilarning ko'nglini ko'taradi. Yuqorida keltirilgan iboralarning mazmun moxiyati naqadar chuqur bo'lib tarix sinovlaridan o'tgan. Shuning uchun xalqimiz orasida hamon yangi mazmun bilan yashab kelmoqda.
Ayni paytda maxilla ko'pchilik uchun ma'naviyat muxit hisoblanadi. Chunki bu yerda iborat bo'larli voqialar ham, ogohlantiruvchi voqealar ham sodir bo'ladi. Agar mahallada ma'naviy muhit yomon bo'lsa, u yerda turli bezorilar, jinoyatchilar, noqonuniy ishlar bilan shug'ullanuvchilar ko'payadi. Agar ma'naviy muxit yaxshi bo'lsa, buning teskarisi bo'ladi, ya'ni ilimli, iymonli, mehnatkash insonlar ko'payadi. Shu sababli ma'naviy muxit shaxsnin ham, butun avlodni ham muayan yo'nalishda shakillantiradi, tarbiyalaydi, ijobiy hislatlarni yuzaga chiqaradi, ularninomaqbul ta'sirlardan himoya qiladi. Ma'naviy muhit har qanday yutuq va kashfiyotlarnig (chetdan qabul qilingan yangi qadriyatlarning ham) taqdirini belgilaydi: yo rivojlantiradi, yo unutilishiga mahkum etadi yoki deformatsiya qilib, o'ziga moslashtiradi.
Ma'naviy muhit - jamiyatning hissiy, aqliy va jismoniy kamolot borasida erishgan o'rtacha saviyasi asosida vujudga kelgan talablari va ularning amalga oshirish tartibidir. Muhit odatda, barqarorlikka bir tekislik va bir xillikka intiladi, uning talablari va t'siri hammaga birdek - o'rtacha bo'ladi. Uning talablariga javob berish uchun kimlardir o'zini tarbiyalaydi, takomillashadi, o'sadi va hokazo. Kimlar uchundir umumiy ma'naviy muhitning talablari kamlik qiladi. Bunda shxslar yoki ijodiy guruhlarning imkoniyatlari to'liq yuzaga chiqmasdan qolish xavfi tug'iladi. Shu boisdan umumiy ma'naviy muhit doirasiga nisbaran xoslashgan tabaqaviy, kasbiy-professional yoki guruhiy muhitlar-submuhit mavjud. Submuhitlar o'zaro biroz farq qiladi. Farq muayyan ijtimoiy guruh, tabaqa va sinflarning psixologiyasi va siyosiy mavqei, intilishlari ta'sirida vujudga keladi. Ammo bu farqlar ortiqcha
baholanmasligi va ma'naviyatga bolshevikchasiga тШ:^1аБШг%ап БтйуНг пид1а1 пагапёап уопёавЫвИ исИип аБОБ ЬоЧшаБ^ кегак. ЗиЬшиИй ишиттиИШап а]гаПЬ ке1а о1шау& уа р1гоуагё1ёа ипт§ 1а1аЬ1ап§а Ьо'увишвЬ§а ша]Ьиг Ьо'1а&.
Foydalanilgan adabiyotlar
[1] Аширов А.Узбек миллий менталитети хакида баъзи мулохазалар\\ Узбек халкининг келиб чикиши: илмий - методалогик ёндашувлар, этногинитек ва этник тарих. Республика илмий-назарий семинар матеряллари. -Тошкент, 2004.-Б.55.
[2] Чорийев З. Тарих атамаларининг кискача изохли лугати.-Тошкент: Шарк, 1999.-Б. 73.
[3] Толипов Ф.Нурата вохаси оилавий турмуш тарзида жамоа анъаналари (х1х аср охири-хх аср бошлари) мавзудаги номзодлик диссертацияси.- Тошкент, 2006.-б 54.
[4] Поляков С.П.Историческая этнография народов Средней Азии и Казахстана. -Москва., 1980. -С. 107-122.
[5] Ишкуватов В, Толипов Ф. Махалла: утмишда ва бугун.- Т., 2014. -б.20.
[6] Толипов Ф.Нурота вохаси ахолиси оилавий турмиш тарзида жамоа анъаналари (х1х—асрохири—хх аср бошлари ) Тарих фан. Номз.—диссертация. -Тошкент, 2006.-б 54.