Научная статья на тему 'ETNIK PSIXOLOGIYA VA MILLIY PSIXOLOGIK QIYOFA'

ETNIK PSIXOLOGIYA VA MILLIY PSIXOLOGIK QIYOFA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

5835
296
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnik psixologiya / milliy psixologik qiyofa / sotsium / individ / ijtimoiylashuv jarayoni.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nazokat Odiljanovna Norova, Baxtiyor Dilshatovish Bekmatov

Etnopsixologik xususiyatlarning o’ziga xos tomonlarini mujassamlashtiruvchi va uni namoyon etuvchi shu etnik birlik vakillaridir. qanday qilib etnik birlikka xos xususiyatlar ularda shakllanadi? Ma’lumki, bola o’ziga Vatanni yoki ota-onani tanlab tug’ilmaydi. Shunday ekan u o’z millatiga xos bo’lgan tayyor ruhiy xususiyatlar bilan ham tug’ilmaydi. Bola ota-onasidan avlod-ajdodidan biologik yo’l bilan faqat irqiy xususiyatlarni va ayrim ruhiy xususiyatlarnigina me’ros qilib oladi, xolos. Bola tug’ilish davrida odam bo’lishga nomzod. Lekin yakka ajralgan xolda u odam bo’la olmaydi. Jamiyatda yashab u shaxsga aylanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ETNIK PSIXOLOGIYA VA MILLIY PSIXOLOGIK QIYOFA»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270

ETNIK PSIXOLOGIYA VA MILLIY PSIXOLOGIK QIYOFA

Nazokat Odiljanovna Norova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

Baxtiyor Dilshatovish Bekmatov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

b.bekmatoff@yandex.com

ANNOTATSIYA

Etnopsixologik xususiyatlarning o'ziga xos tomonlarini mujassamlashtiruvchi va uni namoyon etuvchi shu etnik birlik vakillaridir. qanday qilib etnik birlikka xos xususiyatlar ularda shakllanadi? Ma'lumki, bola o'ziga Vatanni yoki ota-onani tanlab tug'ilmaydi. Shunday ekan u o'z millatiga xos bo'lgan tayyor ruhiy xususiyatlar bilan ham tug'ilmaydi. Bola ota-onasidan avlod-ajdodidan biologik yo'l bilan faqat irqiy xususiyatlarni va ayrim ruhiy xususiyatlarnigina me'ros qilib oladi, xolos. Bola tug'ilish davrida odam bo'lishga nomzod. Lekin yakka ajralgan xolda u odam bo'la olmaydi. Jamiyatda yashab u shaxsga aylanadi.

Калит сузлар: etnik psixologiya, milliy psixologik qiyofa, sotsium, individ, ijtimoiylashuv jarayoni.

KIRISH

Garchi har bir inson ma'lum darajada mustaqil yashash va faollik ko'rsatishiga ega bo'lsa ham, lekin hayotda u faqat o'z xohishi va tushunchasi bilan yashab qolmay, shuning bilan birgalikda o'zi yashab turgan sosial muhit va o'zi mansub bo'lgan xalqning tajriba, bilim va e'tiqodlarini ham o'zlashtirib boradi. Chunki odam o'zi yashab turgan sosial muhitdan butunlay chiqib ketib yashay olmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bola faqat milliy muhitda yashab turgandagina shu millat va elatga xos bo'lgan xususiyatlarni egallab, ayni millat vakili bo'la oladi. Bolaning ontogenetik taraqqiyoti davrida tashqi xatti-harakatlarni botiniy ya'ni, "aqliy" xususiyatlarga aylanishi davrida unda milliy psixologik qiyofa asoslari shakllana boshlaydi.

Individning ijtimoiylashishi, milliylashishi ona tilini o'zlashtirish bilan boshlanadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270

Milliy tilni bilmaslik, etnik muhitdagi jarayonlami, tilda ifodalanayotgan holat va hodisalarning mohiyatlarini anglab olishga to'sqinlik qiladi. Chunki fikr ifodasi uchun ishlatiladigan suzlarda milliy o'ziga xoslik bo'ladi. Tafakkur bilan til va nutq o'zaro bog'liq bo'lganligi uchun, ruscha tili chiqqan bolalarning fikrlash malakasi ham ruscha bo'lib o'zbeklarnikidan farqlanadi. Chunki insonning tafakkur tarzi nutqida, tilda reallashadi, moddiylashadi.

Ular o'zbekcha gaplashishga o'rganganlaridan keyin ham, ruscha fikrlab, o'zbekcha gapirishga harakat qiladi. Ruscha tafakkur tarzi bilan o'zbekcha gapirish juda kiyin.

Boshqa millat vakili vokelikni o'zbekning kuzi bilan kurib o'zbekona tafakkur tarzi bilan idrok eta olgandagina, u chinakamiga o'zbekcha fikr yuritib, o'zbekcha gapira boshlaydi.

Yukorida aytib o'tkanimizdek, ko'rgan narsalarni idrok etish va mazmunini tushunib yetish miyaning to'gma xususiyati bo'lmay, bu xususiyatni u turmush tajribasi asosida xosil qiladi. Shuning uchun ham turli tabiiy sharoitlarda va sosial muhitda yashab voyaga yetgan kishilar, turli xodisa va voqyealarni idrok etishda o'ziga xos sosial-psixologik xususiyatlarga ega bo'lishadi. Olib borilgan tekshirishlar shuni ko'rsatadiki Afrika kit'asidagi ijtimoiy tarakkiyotda qolib ketgan ba'zi qabila bolalari tajriba bilan bog'liq bo'lgan, amaliy ahamiyatga ega bo'lgan narsalarni, xodisalarni esda olib qolishda ajoyib xotira namunalarini ko'rsatishgan. Ular ov qilinadigan so'qmoqlarni topish, yovvoyi xayvonlar izini farqlash, o'rmon ichida oriyenirovka qila olishlik kabi vazifalarni bajarishda yevropalik tengdoshlariga qaraganda bir muncha ustunlik qilgan holda, geometrik shakllarni deyarli farqlay olmaganlar.

Inson sosial zot sifatida ma'lum milliy muhitda shakllanib borar ekan, shu sosial muhitda mavjud bo'lgan munosabatlarni, milliy xususiyatlarni o'z-o'zidan stixiyali ravishda o'zlashtirmasdan, balki shu jamiyatda qabul qilingan ma'lum ta'lim-tarbiya tizimi orqali, sekin-asta o'zlashtirib boradi.

Har bir avlod vakillari ajdodlaring turmush tajribalarini, til va madaniy xususiyatlarini o'zlashtirib, millat uchun umumiy bo'lgan shart-sharoitlar ostida o'sib, tarbiyalanib borishi natijasida ularning barchasida shu millatga xos bo'lgan umumiy psixologik xislatlar shakllanadi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, ijtimoiy informasiyalarni yosh avlod tomonidan o'zlashtirib borilishi, faqat ongli ravishda, ta'lim-tarbiya berish jarayonidagina bo'lib qolmasdan, shuningdek, individning o'zi bilmagan va o'zlashtirish jarayonini anglab

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270

yetmagan holda ham yuz beradi. Bu taqlid va ta'sirlanish orqali amalga oshadi. Individning taraqqiyoti, - u bevosita yoki bavosita munosabatga kirishgan boshqa individlarning taraqqiyoti bilan belgilangan bo'ladi va bir-biri bilan munosabatga kirishadigan turli avlod vakillari o'zaro bog'langan, keyingi avlodlarning jismoniy mavjudligi esa o'tmishdoshlari tomonidan belgilangan bo'ladi.

Ilg'or fan nomoyondalari insoniyat bu sosial hodisa ekanligini allaqachon isbotlab berishgan. Shu jumladan konkret bir kishi ham avvalo sosial munosabatlar mevasidir. Shuning uchun ham hatti-harakatlari mohiyatini biologik yoki irqiy xususiyatlar bilan emas, balki sosial qonunlar bilan belgilash kerak.

Inson ruhiyati faqat uni o'rab turgan tashqi muhit sharoitlariga moslashib va uning xususiyatlarini aks ettirib qolmasdan, shuningdek, doimiy taraqqiy etib turish harakteriga ega bo'lgan iqtisodiy - ijtimoiy hodisalarning o'zgarib turishiga ham moslashib turadi.

Sosial - iqtisodiy ukladning yashash sharoitlarining o'zgarishi bilan va yangi amaliy faoliyat shakllarining vujudga kelishi bilan insonning bilish bilan bog'liq bo'lgan ruhiy jarayonlarida ham o'zgarish yuz beradi. Bunda ruhiy jarayonlarda kayta qurilish sodir bo'lib, avval mavjud bo'lmagan yangi ruhiy faoliyat turlari vujudga keladi. Mexnat jarayonida odam tashqi tabiatni o'zgartirib borib, - shuning bilan bir davrda o'z tabiatini ham o'zgartiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'p ming yillik tariximiz mobaynida umummilliy komillik va butunlikka bo'lgan intilishlar ilk dafa mustaqillik tufayli xalqimizga nasib etdi. Prezidentimiz I. A Karimov tomonidan xalqimizning ma'naviy komilligi, millat butunligini tarkib toptirish va rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshlandi. O'zgarayotgan zamon va yangilangan makon mantigi xalq harakterida ilgari yetarli rivoj topmagan yangi fazilatlarni tarkib toptirish zaruratini kun tartibiga qo'yayotganligi bois, yurtboshimiz, xalqimizni ma'naviy uygonish, xushyorlik, atrofga keng nazar tashlash, kiyoslab harakat kilishga da'vat etib kelmokda. Hamma narsani inkor etaverishdan iborat nigilizmdan voz kechish, tushunib-tushunmasdan, ko'krakdan itarishdan iborat illatlarimizni tashlash, avval yuzimizni o'girib kelgan ba'zi qadriyatlarga boshqadan xolis baxo berish masalasi o'rtaga qo'yilmoqda.

Etnopsixologik xususiyatlarni o'rganishda, ayrim terminologik chalkashliklar ham mavjud. Etnopsixologiyaga oid adabiyotlarda ayrim mualliflar tomonidan etnik

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270

psixologiya bilan milliy psixologik qiyofani aynan bir ijtimoiy xodisadek, talkin kilinadi. Masalani bu xilda tushuntirish va talkin etish noto'g'ri.

Etnik psixologiya nisbatan keng tushuncha bo'lib milliy psixologik qiyofaga qaraganda voqyealikdagi ko'prok xodisalarni o'z ichiga kamrok olgan bo'ladi. U etnik xususiyatlarni millat vakillari ongida aks etishi sifatidagina namoyon bo'lib qolmasdan, shuningdek, dunyoni bilish quroli va shakli bo'lib ham namoyon bo'ladi.

Etnik psixologiyada xalqning yashash sharoitlaridan kelib chikadigan ijtimoiy va maishiy odatlar, milliy harakter, an'analar, milliy tuyg'ular, milliy - tab - did, milliy ong va milliy o'zini anglash kabi xususiyatlar aks etadi.

Milliy psixologik qiyofa etnik psixologiyaning asosiy komponentlaridan xisoblanib, milliy ong bilan birgalikda etnopsixologiyani tashkil qiladi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, yaqingacha, "Milliy psixologik qiyofa" va "Milliy harakter" terminlarini sinonim so'zlar sifatida ishlatib kelindi. Ma'lum darajada ular mazmun jixatidan va ruxiyatning asosiy xususiyatlariga taalluqligi bilan bir-biriga yaqin kelsa ham, lekin ular ayni bir tushuncha emas. Shunga qaramasdan bizdagi ayrim mualliflar (Sh.Botirov, N.Jondildin, K.Lomidze) chet eldagi deyarli barcha mualliflar "Milliy harakter" ni millatning butun psixologik xususiyatlarini ifodalash uchun qo'llashadi.

"Milliy psixologik qiyofa", "Milliy harakter" ga qaraganda keng tushuncha bo'lib, "Milliy harakter" uning tarkibiy qismiga kiradi. "Harakter" maxsus termin jixatidan, ko'pincha, barqaror ruhiy xususiyatlar majmuasi sifatida tushuniladigan "Milliy psixologik qiyofa" ga qaraganda torroqdir. Bundan tashqari milliy harakter etnik psixologiyaning milliy psixologik qiyofaga qaraganda ancha harakatchan, o'zgaruvchan elementidir. Milliy harakter asosan etnik birlikning millat sifatida shakllangan davrida vujudga kelgan bo'lsa, milliy psixologik qiyofa etnik birlikning barcha tarixiy bosqichlariga ham taalluqlidir.

Tadqiqotchilar tomonidan milliy psixologik qiyofaning nafaqat tabiati va mohiyati tahlil qilinib, sharqlanib qolmasdan shuningdek, uning tuzilmasi (strukturasi) ham o'rganilib, bu xaqda turlicha qarashlar mavjud.

Milliy psixologik qiyofaning ichki tizimi va tuzilmasi masalasi A.I.Goryacheva, S.M.Arutyunyan, A.Bagramov, S.M.Junusov, B.D.Parigin, F.N.Filatov va boshqa tadqiqotchilar asarlarida, ilmiy ishlarida atroflicha yoritilgan. Bu mualliflar milliy psixologik qiyofaning ijtimoiy xayotning real voqyealigi, millatning belgilaridan biri ekanligini tan olishda hamfikr bo'lsalar ham lekin uning strukturasini belgilashda turli-tuman qarashlarga egalar.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270

A.I.Goryacheva fikricha milliy psixologik qiyofa tizimiga milliy harakter, udumlar, odatlar, did, an'analar kiradi.

Milliy psixologik qiyofa tizimining N.Sarsenbayev o'ziga xos ravishda talqin qilib beradi. Uning fikricha milliy psixologik qiyofada o'zaro bog'langan va bir-birini taqkozo etuvchi uchta tarkibiy qism mavjud. Bu tarkibiy qismga milliy harakter, milliy tuyg'u, milliy urf-odatlar va an'analar kiradi.

Bizning fikrimizcha, milliy psixologik qiyofa, avvalo milliy harakter, milliy urf-odat va an'analar, milliy tuyg'ular va ancha barqaror bo'lgan milliy did (tab) va udumlar kabi elementlarda to'la namoyon bo'ladi va milliy ong bilan birgalikda etnik psixologiyaning betakror va o'ziga xos xususiyatlarini tashkil etadi.

Har bir viloyat xalqlarining mexnatsevarligi turli ko'rinishda kechadi. Masalan, Buxoroliklar ham, Kashkadaryo va Surxondaryoliklar ham, hammasi mexnatkash xalq. Lekin ularning shu mexnatsevarligi faoliyatning turli sohalarida turlicha namoyon bo'ladi. Buxoroda asosan dexkonchilik, bog'dorchilik bilan shug'ullanish jarayonida namoyon bo'lsa, Surxondaryoliklarda asosan chorvachilik bilan bog'liq bo'lgan mexnatda ko'rinadi.

Surxondaryo viloyati tog'li xudud bo'lib, ularning mexnatsevarligi esa chorvachilikda qilinadigan mexnatda, chorva mollarini parvarish qilishda namoyon bo'ladi. Ular chorva boqish uchun qulay va noqulay bo'lgan yaylovlarni topishda, chorva yeydigan o't-o'lanlarning xususiyatlarini farqlashda mohir bo'lishadi. Bu misollardan ko'rinib turibdiki, har bir xududning mexnatsevarligi, ular bevosita shug'ullanadigan mexnat turlarida to'la namoyon bo'ladi.

Milliy harakterni mutloklashtirib yuborish, albatta, noto'g'ri. Boshqa xalqlarda va millatlarda uchramaydigan, faqat bir xalqqagina xos bo'lgan sof milliy harakter umuman tabiatda uchramaydi. Har bir xalq butun xususiyatlari bilan olingandagina va betakror bo'lib ko'rinishi mumkin..., uning har bir etnik xususiyati aloxida olib ko'rilsa, mutloq noyob xususiyat bo'la olmaydi. Milliy harakter muammosini o'rganishdagi murakkablik va chalkashliklar, deb ko'rsatadi. I.S.Kon, ko'pincha dialektikadagi umumiylik va xususiylik, mushtaraklik va aloxidalikni tushunmaslik natijasida vujudga keladi. Uning to'g'ri ta'kidlashicha, milliy harakterning u yoki bu xususiyatini ko'rsatganda, albatta u nisbatan olib o'rganilishi kerak.

O'zbek xalqi harakterida bir qarich yeriga yopishib olishlik, "kindik qoni to'kilgan" yerni tark etmaslik xususiyatlari bor. Bu harakter xususiyatlarining vujudga kelishi o'zbek xalqi tarixiy tarakkiyotidagi o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq. Masalan, Markaziy Osiyo, xususan, xozirgi O'zbekiston xududida mavjud

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270

bo'lgan bir necha feodal davlatlar, xonliklarning siyosiy-iqtisodiy jixatdan parchalanganligi, ular o'rtasidagi tez-tez bo'lib turadigan qonli to'qnashuvlar, xo'jalik yurgizishdagi patriarxal usullarning mavjudligi, urug'-aymokchilik urf-odatlarining saqlanib qolishi va nixoyat dexkonchilik qilish uchun sug'oriladigan, yaroqli yerlarning cheklanganligi kabi omillar, o'zbek xalqi harakteridagi shu xislatlarni vujudga keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari aka-ukalar yoki qarindosh-urug'lar o'rtasidagina emas, shuningdek, quni-qo'shnilar bilan ham yaxshi munosabatlar, o'zaro yordam va hamkorlik kursatish kabi xislatlar ancha rivojlangan qadim vaqtlardayok bir urug' yoki qabila bir mahalla yoki butun bir qishloqda birgalikda yashagan. Kamdan-kam hollardagina begona urug' yoki qabila vakili notanish joylarga kuchib borgan. Hozir ham ko'p qishloqlarda mahallalar qarindosh-urug'chilik tamoyili asosida shakllanadi. Demak, yon qo'shni ayni vaqtda sizning yaqin qarindoshingiz hamdir. Shuning uchun kadim vaqtlardayoq bir oilada ovqat pishirilsa- albatta qo'shnikiga, qarindoshnikiga chiqarilgan qo'shnining yaxshi kunida ham, aziyatli kunida ham birinchi bo'lib devormiyon qo'shni xizmat qiladi, qo'shnining uyidagi marakaga qatnashmaslik, ayniqsa, taziyali marosimlarda ishtirok etmaslik, bizlar uchun katta ayb hisoblanadi. Shuning uchun ham bizda qo'shni to'g'risida juda obrazli makollar yaratilgan, "xovli olma, qo'shni ol", "uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo'shni yaxshi", "yon qo'shnim - jon qo'shnim" va hakozo. Bundan tashqari milliy tabiatimizda o'zaro mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu hayo, ibo -iffat kabi betakror fazilatlar, bag'ri kenglik, mehmondo'stlik, oqko'ngillilik xususiyatlari mavjud. Bunday hamjixatlik, bir-birini qo'llab turishlik faqat qo'shnilar o'rtasidagina bo'lib qolmasdan, butun mahalla va qishloq aholisi o'rtasida ham kuchli rivojlangan. Mahalla yoki qishloq aholisi biror xonadonda aza borligini eshitib qolsaa, vafot etgan kishini yaxshi tanish-tanimasligidan qat'iy nazar, marxum bilan vidolashmoq uchun vaqtini ayamasdan, yumushini tashlab bo'lsa ham marxumning uyiga kelib, hamdardlik bildiradi, qo'lidan kelgan yordamni kursatadi. Marxumning tobuti mozorga borguncha yelkama-yelka ko'tarilib boriladi. Yo'lda uchragan har bir kishi - u otda bo'lsa ham, mashinada bo'lsa ham tushib bir necha qadam tobutni ko'tarishib borishni o'zining insoniylik burchi, deb hisoblaydi. Qo'ni-qo'shni, mahalla - kuyni va hamqishloqlarning bunday bir-birini qo'llab-qo'ltiklab turishlari, bir-birlarining manfaatlarini himoya qilishlari kishilarning uzoq davrlar mobaynida birgalikda yashab kelishi, mahalla va qishloq axlining bir-birlariga qarindosh-urug'chilik iplari bilan bog'langanliklari natijasidir.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270

O'rta Osiyoda kichik-kichik o'ziga mustaqil bo'lgan xonliklarning mavjudligi, yirik birlashgan hokimiyat tomonidan mamlakat miqyosida ma'muriy, xujalik ishlarini rejali rivojlantirilmasligi, natijasida, kup yirik xo'jalik ishlari - kanal qazib suv chiqarish, ariqlarni tozalash, machit va boshqa binolarni qurish, hosilni yig'ib-terib olish va shunga o'xshash ko'pchilik mehnatini talab qiladigan ishlarni xalq o'zi "xashar" yordamida bajargan. Shuning uchun mahallada va qo'shnilar orasida bo'lib turadigan xasharlarga chiqish har bir keksayu yoshning muqaddas burchi hisoblangan. Milliy harakterni xalq o'zida namoyon etadi. Lekin millat harakteri ayrim shaxslar harakterining oddiy yig'indisi emas. U ommaviy fenomen sifatida, individual harakterlarning umumiy bo'lgan xislatlari ijtimoiy jihatidan qayta ishlanib, yangi, maxsus sifatga aylangan vaqtda tarkib topib namoyon bo'ladi. Masalan, xor ovozi xech bir xor qatnashchisining ovoziga o'xshamaganidek, milliy harakter ham birorta millat vakilining harakteriga o'xshamaydi yoki millat harakteri hyech bir millat vakilida tulaligicha aks etmaydi.

Milliy harakter o'zgarmas, turgun narsa ham emas. U tarix maxsuli. Shuning uchun ham uni vujudga keltirgan tarixiy, ijtimoiy -iqtisodiy sharoitlarning o'zgarishi bilan u ham ma'lum darajada o'zgaradi, xatto bir ijtimoiy tizimning o'zida ham u ayrim xislatlarni yo'qotib, yangi xislatlarni paydo qilib turishi mumkin.

"XIX asr boshlarida deb yozadi I.Kon, - nemislarni amaliy faoliyatga layoqatsiz, faqat falsafaga, musiqa va nazmga moyil bo'lgan, texnikani o'rganishga uquvsiz, kam harakat xalq, deb xisoblashgan (bu fikrga ularning o'zlari ham kushilishgan). Germaniyada sanoat to'ntarilishi bo'lishi bilan, bu stereotip tushuncha ishonchsiz anaxronizmga aylanib qoldi". Lekin bundan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar milliy harakterning barcha xislatlarini o'zgartirib yuboradi, deb xulosa qilmaslik kerak. Uning ayrim xislatlari nisbatan barqaror bo'lib, yangi ijtimoiy sharoitlarda ham o'z vorisligini yuqotmaydi ular. Keyingi avlodlarga o'tishi, ajdodlarning moddiy va ma'naviy merosini o'zlashtirib olishligi uchun xizmat qiladi.

XULOSA

Tarix - avlodlarning birini o'rniga ikkinchisining kelishidan iboratdir. Ularning har biri avvalgi avlodlar qoldirgan barcha materiallaridan, boyliklaridan, ishlab chikaruvchi kuchlardan foydalanadi. Natijada avlodlararo vorislik paydo bo'ladi. Milliy udumlar umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'lanib ketgan. Milliy harakter umumbashariy xususiyatlarga zid bo'lmaydi. Shuning uchun ham uni boshqa millat va elatlar harakteridan ajratib quyishi yoki qarama-qarshi quyish mumkin emas. Har

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270

bir xalq - boshqa xalq bilan yakin ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarga kirishganda undan o'zida yo'q narsalarni oladi va o'zidan ham ularda bo'lmagan narsalarni beradi.

Lekin boshqa xalqlardan olingan bu harakter xislatlari, millat vakillari tomonidan o'zlashtirilganda, aynan, o'zgarishsiz ko'chirma olmay, o'ziga xos milliy ifodani oladi.

REFERENCES

1. Ananyev B.G. O psixologicheskix aspektax sosializasii. - Minsk: Izd-vo "Universitetskoye", 1998.-321 s.

2. Andreyeva G.M. Sosialnaya psixologiya.-M.: Aspekt Press, 1999.-373s.

3. Aronson E., Uilson T.,Eykert R.Sosialnaya psixologiya.(Psixologicheskiye zakonbi povedeniya cheloveka v sosiume.-SPb.:Piter,2002.-464 s.

4. Karimova V.M.Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. Universitetlar va pedagogika institutlari talabalari uchun o'quv qo'llanma.Toshkent "Universitet" 1999.-95 b.

5. Karimova V.M.Psixologiya.O'quv qo'llanma-T.A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti. "O'AJBNT"markazi, 2002.-171 b.

6. Karimova V.M. O'zbek yoshlarida oila to'g'risidagi ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi. Psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya .-T.: 1994.-312 b.

7. Bekmatov, B. D., & Bekmatova, E. E. (2021). SITUATIONAL ANALYSIS METHOD. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 1035-1040.

8. Qodirova A.T. "O'smirlarda oilaviy nizolar to'g'risida ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi".,p.f.n olish uchun avtoreferat.Toshkent-2007.

9. Avloniy A.Guliston yoxud axloq.Islom odobidan mumtoz namunalar.T., 1993.-120 b.

10. Besova A.K. Duxovno-nravstvennoye vospitaniye lichnosti v prosesse literaturnogo obrazovaniya uchaщixsya: Dis. ...kand. psixol. nauk. - M., 2000. - 176 s. Str. 27

11. Bekmatov, B. D., & Bozorov, N. N. (2021). FORMATION OF SOCIAL COMPETENCE AT STUDENTS OF PROFESSIONAL COLLEGES. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 200-204.

12. Behbudiy. Tanlangan asarlar.,-T.: "Ma'naviyat",1999.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. Begmatov A.S..- "Milliy g'oyada e'tiqodni shakllantirishning psixologik jihatlari"// ADU Ilmiy xabarnomasi., 2010.- 2 son.

14. Bratus B.S. Psixologiya. Nravstvennost. Kultura. - M.: Rospedagentstvo, 1994. -346 s., str.17.

15. Buyeva L.P. Sosialnaya sreda i soznaniye lichnosti. - M.:Izd-vo "Institut prakticheskoy psixologii"; Voronej: Izd-vo NPo "MODEK", 1998.- 267 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.