Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY QADRIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA MAHALLANING ROLI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY QADRIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA MAHALLANING ROLI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
110
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mustahkam e’tiqod / milliy qadriyatlar / milliy g‘urur / milliy qadriyatlarimizning tarbiyaviy ta’siri / ta’lim-tarbiya / rivojlantiruvchi muhit / hamkorlik samaradorligi / maktabgacha ta'lim yoshidagi bola tarbiyasi / takomillashtirish / mazmun / rivojlanish. / firm beliefs / national values / national pride / educational impact of our national values / upbringing / developing environment / effectiveness of cooperation / education of preschool children / improvement / maintenance / development.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — X. Rizayeva

Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyat tushunchalarini boyitish, takomillashtirish jarayonida oila va mahallaning rolini ochib beradi, maqoladan foydalanish orqali maktabgacha yoshdagi bolalardagi milliy qadriyat tushunchalarini takomillashtirishda oila va mahallaning tutgan o‘rni va hamkorlik ishlari samaradorligi hamda bolalarga ta’lim-tarbiya berishdagi turlicha faoliyatlar sifatini oshirishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF FAMILY AND MAKHALLA IN THE FORMATION OF NATIONAL VALUE CONCEPTS IN PRESCHOOL CHILDREN

This article reveals the role of the family and the district in the process of enrichment, improving the ideas of national values among preschoolers, through the use of the article reveals the role of the in improving the ideas of national values among preschoolers and the effectiveness of teamwork, as well as improving the quality of various activities for the upbringing and education of children.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY QADRIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA MAHALLANING ROLI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY QADRIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA MAHALLANING ROLI

X.U.Rizayeva

Nizomiy nomli TDPU "Maktabgacha ta'lim pedagogika va psixologiyasi"

kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7445004 Annotatsiya. Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyat tushunchalarini boyitish, takomillashtirish jarayonida oila va mahallaning rolini ochib beradi, maqoladan foydalanish orqali maktabgacha yoshdagi bolalardagi milliy qadriyat tushunchalarini takomillashtirishda oila va mahallaning tutgan o'rni va hamkorlik ishlari samaradorligi hamda bolalarga ta'lim-tarbiya berishdagi turlicha faoliyatlar sifatini oshirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: mustahkam e'tiqod, milliy qadriyatlar, milliy g'urur, milliy qadriyatlarimizning tarbiyaviy ta'siri, ta'lim-tarbiya, rivojlantiruvchi muhit, hamkorlik samaradorligi, maktabgacha ta'lim yoshidagi bola tarbiyasi, takomillashtirish, mazmun, rivojlanish.

РОЛЬ СЕМЬИ И МАХАЛЛИ В ФОРМИРОВАНИИ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТНЫХ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Аннотация. В данной статье раскрывается роль семьи и района в процессе обогащения, совершенствования представлений о национальных ценностях среди дошкольников, посредством использования статьи раскрывается роль махалли в совершенствовании представлений о национальных ценностях среди дошкольников и эффективности командной работы, а также в повышении качество различных мероприятий по воспитанию и просвещению детей.

Ключевые слова: твердые убеждения, национальные ценности, национальная гордость, воспитательное воздействие наших национальных ценностей, воспитание, развивающая среда, эффективность сотрудничества, воспитание детей дошкольного возраста, совершенствование, содержание, развитие.

THE ROLE OF FAMILY AND MAKHALLA IN THE FORMATION OF NATIONAL VALUE CONCEPTS IN PRESCHOOL CHILDREN Abstract. This article reveals the role of the family and the district in the process of enrichment, improving the ideas of national values among preschoolers, through the use of the article reveals the role of the in improving the ideas of national values among preschoolers and the effectiveness of teamwork, as well as improving the quality of various activities for the upbringing and education of children.

Keywords: firm beliefs, national values, national pride, educational impact of our national values, upbringing, developing environment, effectiveness of cooperation, education of preschool children, improvement, maintenance, development.

Ma'lumki, o'tmishda o'zbeklarda bola tarbiyasida jamoa, ya'ni mahallaning o'rni katta bo'lgan. Bunday an'analar o'zbeklar milliy mintalitetiga xos bzlib,bunday xususiyat fuqorolarda ma'naviy, ahloqiy ko'nikmalarni shakllantirgan. Oila o'z imkoniyati doirasida yashasada, mahalla orqali jamiyatga bog'langan. Shu sababli oilada barcha davrlarda jamoatchilik fikriga, qon-qarindoshchilik, hududiy qo'ni-qo'shnichilik aloqalariga befarq qaralmagan. Qo'ni-

2165

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qo'shnilar, qarindoshlar o'rtasidagi xududiy yaqinlik bola tarbiyasida bir-biriga ko'makdosh bo'lishga undagan. Oilalardagi bolalarning tarbiyasi, oilaning ahvolini qo'shnilardan yaxshi biladigan inson bo'lmagan.Bu esa qo'shnilarning bola tarbiyasidagi o'rni yuqori bo'lganligini ko'rsatadi. Bolalalik chog'larimizda otalarimiz o'rtoqlari bilan "gap" o'ynashar, uning asosiy taomi norin bo'lar edi. "Gap" har xaftada bo'lar va bundan biz bolalar ham juda xursand bo'lar edik. Chunki onalarimiz bir kun oldin chiqib, noringa xamir qorar, 40-50 zuvala xamirni yoyib, pishirar edilar. Albatta bunday ko'p masalliqni tayyorlash "gap" o'tkazayotgan oilaga qiyinchilik tug'dirar edi. Shuning uchun qo'ni-qo'shnilar chiqib qarashar edilar. Ularning orqasidan chiqqan biz bolalar o'z tengqurlarimiz bilan o'ynar, yuqa xamirlarni piyozdog'ga botirib mazza qilib yer edik . Bilasizmi mana shu kunlar biz uchun eng qadrli kunlar edi, ular haligacha xotiramizda bolalikni, mehribon qo'shnilarimizni bot -bot eslatadi.

Qish fasllari juda sovuq va qorli bo'lar, qo'shni bolalari bilan sirpanchiq, chana, konki uchar edik. Buni qaranki qo'shni bolalar birgalikda, ahillikda tepaliklarda sirpanchiqlarni o'zimiz tayyorlar, bir-birimizni belimizdan ushlab ko'pchilik bo'lib sirpanib pastlika, bir-birimizni suyab tepalikka chiqar edik. Birontamizga shikast yetsa hammamiz bir bo'lar va unga yordam berar edik. Yotib qolsa undan har kuni habar olib, sog'ayishini intizorlik bilan kutardik. Ba'zan o'g'il bolalar orasida janjal chiqsa onalar har ikkalasini urishib uylariga olib kirib ketar va oilaviy "tarbiya soati"o'tkazilar edi. Biron soatdan keyin urishqoqlar yana birga o'ynab ketar edilar. Bolalar orasida yosh tengligi inobatga olinmas va barcha yoshdagi bolalar uchun o'yin topilar edi.

Bahor oylari sumalaklar ko'p joyda qilinmas edi. Agar mahallada bir hovlida sumalak bo'lsa, butun mahalla o'sha hovlida bo'lar edi. Mayli bizga yarim piyola sumalak tegsa -tegmasa, bolalar bilan o'tin topib kelar edik, sumalakka solish uchun tosh terar, suv tashir edik, qo'yingchi barcha dastyorchilikka tayyor turar edik. Mahalla ayollari orasida qo'shiq, laparlar aytadiganlari ham borligi sumalak saylini yana ham qiziqarli bo'lishini ta'minlar edi. Barcha ayollar, bolalar raqsga tushishar, shunday jarayonlarda bo'yi yetgan qizlarni o'g'il uylantirish taradudida bo'lgan ayollar ko'z ostilariga olar edilar. "Yaxshi qiz mahalladan chetga chiqmas" degan maqol mana shundan kelib chiqqan bo'lsa kerak. Tayyor bo'lgan sumalakni mahalladagi biron eshikni qoldirmay tarqatishni buyurishar edi onalarimiz.

Mahalla bolalari bilan o'ynaladigan milliy o'yinlar bugungi kunda bolalarimiz, nabiralarimiz tomonidan o'ynalmaydi. Biz esa uy ishlarini ham qilar edik, maktabga ham borar edik , uy vazifalarini ham o'z vaqtida qilib, ko'chada o'ynash uchun vaqt topar edik. O'ynaganda ham bir ko'cha bo'lib o'ynar edik. "Chillak", "Oshiq", "Lanka tepish", "Lafta", "Besh tosh", "Uch tosh", "Ketka", "Quvlashmachoq", "Bekimachoq", "Mehmon-mehmon" o'yinlari bizni eng sevimli o'yinlarimiz edi. Mahallamizda bor yo'g'i ikki nafar bolada velosiped bor bo'lib, velosiped bizni ko'pligimizdan ularning o'ziga tegmas, lekin ular shikoyat qilishmas, balki biz bilan o'ynagani, do'stlik uchun xursand bo'lar edilar. Kimni uyida tansiq yegulik bo'lsa, hammaga olib chiqar va birgalikda baham ko'rar edik. Onalarimiz tandirda issiq non yopishar, kimnikida non yopilgan bo'lsa, ko'chaga olib chiqar va onalarimizning: nonni ushog'ini to'ksa uvol bo'ladi -degan gaplariga quloq solgan holda ariq bo'yiga qator tizilib o'tirib, oqayotgan suvda oqizoq qilib non yerdik. Ko'chalarni supurishda axlatni ariqqa supirayotganingini qo'shnilar ko'rsa darrov tanbex berishar, oqibatini aytishar, ariqlarni toza saqlash, suvga mag'zava, yog'li suvlarni to'ktirishmas edi. Ota-onamizdan tashqari har bir qo'shni bizga nazoratchi bo'lib, ota-onalarimiz uzoqroqqa ketayotganlarida albatta qo'shnilarga bizni ishonib

2166

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tashlab ketishar, kech bo'lganda qo'shni ayol bizning uyga chiqib, biz bilan o'tirar, osh-ovqatimizni edirib qornimizni to'qlab, ota-onalarimiz qo'lalriga topshirishgan.

Bugun esa qo'shnilarning eshik oldilari panjara bilan o'ralgan, u yerga xech kim o'tmaydi, eshiklar doim qulfda. Hovlisi kulib turgan, fayzli, darvozasi ochiq xonadonlarni juda kam uchratamiz. Bolalar ham ko'chaga chiqmaydi. Ular o'qishda, to'garakda yoki uyda telefon, kompyuter bilan ovora bo'ladilar. Mahallaning bolalari bilan o'ynash yo'q hattoki qo'shni bolalar bir-birlarini tanimaslik darajasiga yetib kelmoqda.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash zarurki, mahalla uzoq tarixiy bosqichlardan o'tib, bizning davrimizga yetib kelganli, u uzoq tarixiy evolyusiyaga egaligini yaqin o'tmish xotiralari asosida ham ko'rib chiqdik. Tarixan tarkib topgan milliy an'analarga ko'ra oila va mahallada azaldan yaxshilik, ezgulik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, yaqinlarga izzat va boshqalarning qayg'usiga hamdardlik masalasiga alohida ahamiyat berilgan ya'ni jamoaviylik, insonparvarlik, mehr-oqibat, sahovatpeshalik kabi fazilatlar mahalla ijtimoiy uyushmasining asosiy vazifasi hisoblangan. Tajribalarda fuqorolar ongida yuksak ma'naviyat va go'zal insoniy sifatlarni shakllantirish, tarbiyalash umumxalq ishi sifatida, uni faol targ'ib qilish oila, maktabgacha ta'lim tashkiloti, maktab, oliy ta'lim tizimi, shu bilan birga mahallaning muqaddas burchi ekanligini tasdiqladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2016.

2. "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va soha rivojini yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. - T.:O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 yil Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 979 June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal

3. Sh.M.Mirziyoyev. "O'zbekistonning rivojlanish strategiyasi, 2017-2021 yillarga mo'ljallangan harakatlar dasturi. - Toshkent, 2017.

4. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent.:O'zbekiston, 2017. - B. 25.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasidagi nutqi. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy vebsayti,http://www.president.uz/uz/lists/view/.

6. A.G.Muminov. Milliy siyosat va madaniy sohadagi islohotlar. -Toshkent.: «Akademiya», 2010. - 193 b.

7. Jumaniyoz Sultanovich Ramatov (2021). BARKAMOL VA SOG'LOM AVLOD -O'ZBEKISTON KELAJAGINING POYDEVORI. Academic research in educational sciences, 2 (2), 225-229. doi: 10.24411/2181-1385-2021-00187

8. Mirshod No'monovich Xasanov (2022) ABU NASR FOROBIYNING INSONNI AXLOQIY KAMOLOTI TO'G'RISIDAGI QARAShLARI ShAKLLANIShINING IJTIMOIY-TARIXIY MANBALARI. Academic Research in Educational Sciences, 3 (6), 776-784.

9. "O'zbekiston mahallalari kecha va bugun" N.M.Egamberdieva Toshkent INVEST BOOK 2022-yil

2167

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

10. "Keksalik va ma'naviy meros" Sh.Sodiqova.Toshkent: "Mahalla va oila nashriyoti" 2022-yil.

11. "O'zbekona hislat" H.Tuymanova Toshkent: "Yangi asr avlodi" nashriyoti, 2015-yil

12. Мадамов, У., Жуманова, Ф., & Равшанов, Ж. (2020). БУЛАЖАК У^ИТУБЧИЛАРНИ ТАРБИЯВИЙ ИШЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ВА БОШ^АРИШГА ТАЙЁРЛАШ. Academic research in educational sciences, (3), 815-830.

13. Gaynazarova G.A. Actual Problems of Continuous Qualification Improving of Preschool Educational Institution Tutors // Eastern European Scientific Journal.Ausgabe, ISSN 21997977, DOI 10.12851/EESJ201808. - Germany, 2018.- №4 - Pp.104-109. (13.00.00; №3)

14. Ёзиева, У., & Абдиева, Ф. (2021). Maktabgacha ta'lim tashkiloti samaradorligini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish muammolari. Общество и инновации, 2(11/S), 111-114.

15. Akramova, D. (2022). BO'LAJAK PEDAGOG-PSIXOLOGLARNING MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDAGIFAOLIYATI. Science and innovation, 7(B8), 322-326.

16. Eshchanova, G. (2022). MАKTАBGАCHА ТАЪШ TIZIMIDАGI ISLОHОTLАR SОTSАLIZАTSIYАSI. Science and innovation, 7(B8), 561-564.

2168

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.