Научная статья на тему 'O‘ZBEK NOREALISTIK QISSALARIDA GʻARB BADIIY TAFAKKURI SINTEZINING ROLI'

O‘ZBEK NOREALISTIK QISSALARIDA GʻARB BADIIY TAFAKKURI SINTEZINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
norealistik / qissa / badiiy tafakkur / sintez

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaxlo Isamiddinovna Botirova

Badiiylikni ta’minlovchi muhim komponentlardan biri – psixologizmdir. Inson ruhiyati, uning borlig‘i, nasl-nasabi, kelib chiqishi, jamiyatda tutgan o‘rni ko‘p hollarda ruhiyat bilan bog‘liq holda ochiqlana boradi. XX asr boshlarida bu haqda katta tadqiqotlar olib borgan Z.Freyd, K.Gustav Yung, E.Fromm kabi Gʻarb psixoanalitiklari o‘zlarining barcha tadqiqotlarida ruhshunoslik bilan bog‘liq juda katta monografik tadqiqotlarni olib borganlar. Psixoanaliz murakkab sohalardan biri. U din, san’at, adabiyot, falsafa va tarix kabi o‘nlab sohalarni umumlashtirib turuvchi umumestetik kategoriyadir. Birinchi jahon urushini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan va undan tayinli xulosalar chiqargan Gʻarb odamlari Sharq xalqlariga qaraganda hayotga progmatik yondashuvni, “vaqt bu pul” degan tamoyil asosida hayot kechirishni birlamchi deb bildilar. Mana shu jarayonda insonning aqliy kapitali hamisha g‘olib kelib, jamiyatni tez suratlarda rivojlanib ketishiga olib keldi. Rus adabiyotida F.Dostoyevskiy, L.Tolstoy, A.Chexov, Gʻarb yozuvchilaridan A.Kamyu, F.Kafka, J.Joys, M.Prsut singari yozuvchilar dunyoni boshqacha ko‘rish ehtiyoji o‘laroq qator mavzularda rang-barang qissalar, romanlar, esselar yaratdilar. Mavjud qoliplarni “buzib”, uni mutassil yangilab turish hamisha iste’dodli kishilar qo‘lidan kelgan. Chunki iste’dod – ixtiroga, ixtiro esa jamiyatning rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy tayanch nuqtalaridan biri bo‘lgan. Shu ma’noda, XX asr ibtidosidagi iste’dodlar boshlab bergan an’analar vaqti kelib, jamiyatning faol va kurashuvchan a’zolari sifatida nom qozongani hech kimga sir emas.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK NOREALISTIK QISSALARIDA GʻARB BADIIY TAFAKKURI SINTEZINING ROLI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajnSJi^^

O'ZBEK NOREALISTIK QISSALARIDA G'ARB BADIIY TAFAKKURI

SINTEZINING ROLI

Shaxlo Isamiddinovna Botirova Chirchiq davlat pedagogika universiteti, p.f.d.

Ayonki, badiiylikni ta'minlovchi muhim komponentlardan biri -psixologizmdir. Inson ruhiyati, uning borlig'i, nasl-nasabi, kelib chiqishi, jamiyatda tutgan o'rni ko'p hollarda ruhiyat bilan bog'liq holda ochiqlana boradi. XX asr boshlarida bu haqda katta tadqiqotlar olib borgan Z.Freyd, K.Gustav Yung, E.Fromm kabi G'arb psixoanalitiklari o'zlarining barcha tadqiqotlarida ruhshunoslik bilan bog'liq juda katta monografik tadqiqotlarni olib borganlar. Psixoanaliz murakkab sohalardan biri. U din, san'at, adabiyot, falsafa va tarix kabi o'nlab sohalarni umumlashtirib turuvchi umumestetik kategoriyadir. Birinchi jahon urushini o'z ko'zlari bilan ko'rgan va undan tayinli xulosalar chiqargan G'arb odamlari Sharq xalqlariga qaraganda hayotga progmatik yondashuvni, "vaqt bu - pul" degan tamoyil asosida hayot kechirishni birlamchi deb bildilar. Mana shu jarayonda insonning aqliy kapitali hamisha g'olib kelib, jamiyatni tez suratlarda rivojlanib ketishiga olib keldi. Rus adabiyotida F.Dostoyevskiy, L.Tolstoy, A.Chexov, G'arb yozuvchilaridan A.Kamyu, F.Kafka, J.Joys, M.Prsut singari yozuvchilar dunyoni boshqacha ko'rish ehtiyoji o'laroq qator mavzularda rang-barang qissalar, romanlar, esselar yaratdilar. Mavjud qoliplarni "buzib", uni mutassil yangilab turish hamisha iste'dodli kishilar qo'lidan kelgan. Chunki iste'dod - ixtiroga, ixtiro esa jamiyatning rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy tayanch nuqtalaridan biri bo'lgan. Shu ma'noda, XX asr ibtidosidagi iste'dodlar boshlab bergan an'analar vaqti kelib, jamiyatning faol va kurashuvchan a'zolari sifatida nom qozongani hech kimga sir emas.

Ko'p hollarda badiiy xronotop ruhiy talqin bilan qorishiq holda keladi. Shuning uchun ham badiiy talqinda ruhiy tahlil birlamchi va yetakchi tasvir prinsiplaridan biriga aylanib borayotgani yuqoridagi mulohazalarimizni to'laqonli quvvatlaydi. "Asarda psixologik tahlilning paydo bo'lishi uning shakli va tipologiyasi ko'pincha yozuvchi dunyoqarashiga, maqsadiga, iste'dodi va shaxsiy fazilatlarining xarakteriga, asardagi vaziyatga qaramdir. Ayni chog'da, aftidan, psixologik tahlilni onglilikka asoslangan estetik prinsip sifatida baholay turib, uning u yoki bu xususiyatlari so'z rassomi tomonidan atay tanlanganligini nisbiylashtirish shart emas".1 Ko'rinadiki, rus olimi V.V.Kompaneyesning ushbu mulohazalari fikr-mulohazalarimizni yanada

1 Компанеец В.В. Художественный психологизм в советской литературе. (1920-е годы) - Л.: Наука, 1980. С 47.

May 3, 2024

485

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajnSJi^^

rivojlantirishga qaratilgani bilan tahsinga loyiqdir. Davrning maishiy-ijtimoiy muammolari, inson psixikasi va shart-sharoit nuqtai nazaridan o'zgarish xossalari ham muammoning ildiziga teran kirib borishga kalit vazifasini o'taydi.

Prof. H.Umurov yozishicha: "Inson ruhiyatining tahlili, uni chuqur tushunish va tasvirlash mahorati - adabiyotning tub mohiyatiini belgilovchi xususiyatlardan biri darajasiga ko'tarilishi birdaniga yuz bermagan. Adabiyotning turli rivojlanish bosqichlarida bu muammo turlicha tushunilgan. Jumladan, Aristotelning "Poetika" asarida qayd qilinishicha, badiiy asarning asosiy belgisa - tashqi hodisalarning tasviridir, xarakter esa tashqi hodisalar tasviridan keyingi vositadir" Agar ijodiy metodlar va ularning estetikasi nuqtai nazaridan psixologizm problemasiga yondoshsak, bu masalaning zamon va davr talabiga muvofiq yanada ko'proq, yanada qabariqroq bo'lib borganligining guvohi bo'lamiz"2. Haqiqatdan ham, inson ruhiy olamiga teran kirib borish, ularni to'g'ri tahlil va talqin qilish, hozirgi o'zbek qissachiligining dolzarb masalalaridan biriga aylanib borayotgani fikrimizni quvvatlaydi. Chunki XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ruhshunoslik bilan bog'liq tadqiqotlar salmog'i ortdi. Bu jarayon biz yashab turgan global dunyoning asosiy va yetakchi tamoyillarining biriga aylanib bo'lgani bilan ham belgilanadi. Masalan, o'tgan asrning fojealari, shodliklari, kulfatlari har bir millat taqdirini yaxshi va yomon tomonga o'zgartirib yuborgani, inson qaysi sohada bo'lmasin, o'z yashash maydonidan nari chiqolmaydigan "biqiq" bir olamga tushib qolayotgani, bobora mutelik, qaramlik, yovuzlik shiddatli tus olayotgani badiiy shakl (qissa)larga ham ko'chib o'tmoqda. XX asrning 60-yillaridan keyin yaratilgan juda ko'plab asarlarda ruhiyat bilan bog'liq masalalar yetakchi tasvir usuli sifatida ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Mehnatdan qo'llari qavargan ONAning, egat boshida ham bolasini, ham dehqonchiligini qilayotgan ning siymosi hech qachon ko'z o'ngimizdan nari ketmasligi ayon.

Yozuvchi N.Eshonqul qayd etishicha: "Inson adabiyot uchun ham, psixologiya uchun ham jumboq edi. Har ikkisi ham bu jumboqni ochishga harakat qilardi. XX asr boshiga kelib adabiyot ham, Freyd ham "Inson kim? Qanday mavjudot? Mohiyatida nima yotibdi? Uning istak-xohishlarining manbai qayerda?!" degan savollarga javob izlashga kirishdi. Freyd o'z fikrlarini asoslash uchun Aristotel, Shopengauer, Gyote, Shekspir kabi o'nlab adiblarning asarlarini chuqur shrgandi, bu asarlardagi inson haqidagi qarashlarga, obrazlarga, adabiy majozlarga tayandi. Tabiiyki, adabiyot ham

"5

Freydga tayanib inson jumbog'iga javob topishga urindi" . Darhaqiqat, Freyd inson qalbiga kirib borishga harakat qilar ekan, uning tahlillarida biologik mavjudotni

2 Умуров Д. Рисолалар. 1-жилд. -Т.: "ФАН". 2007. -Б.12.

3 Эшощулов Н. Ижод фалсафаси. -Т.: "Академнашр". 2018. -Б.38.

May 3, 2024

486

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

mayllar boshqaradi degan xulosaga keladi. Natijada o'zini jamiyatdagi sog'lom va kasal odamlar ruhiyatida kechayotgan depressiyalar, o'zgarishlar sintezi bilan javob topishga urinadi.

O'zbekiston Xalq yozuvchisi Isajon Sultonning "Onaizorim" qissasi keyingi o'n yilliklarda yaratilgan qissalar ichida eng yaxshisi deya e'tirof etildi. O'zbek adabiyotida qalbining butun tovlanishlarini-yu, mangu iztiroblarining asl mohiyatini O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasidan keyin bu asarda ko'ramiz. "Dunyoning ishlari" qissasidagi Ona obrazi bilan Isajon Sultonning "Onaizorim" asaridagi ruhiy olamini qiyoslab tahlil qilsak, masala mohiyati chandon oydinlashadi. "Dunyoning ishlari" qissasida yozuvchi Ona siymosiga shu qadar tiniq ruh bilan kirib boradiki, o'qigan o'quvchi xuddi o'z Onasini bag'riga bosib, yum-yum yig'lagisi keladi. Aslida Ona haqidagi barcha go'zal asarlardagi umumiy dard pafosi o'quvchilar ko'nglini birdek o'ziga jalb qilishining sababi ham mohiyatning bir ma'noni kashf etishga qaratilgani bilan belgilanadi:

"Bolaligimni eslasam, ilk yoz kechalari ko'z oldimga kelardi. Hovlimizda bir tup bodom bo'lardi. Erta bahorda qiyg'os gullardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: "Bodom yolg'iz bo'lgani uchun meva qilmaydi", deb tushuntirardi. Shu bodom tagida supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga ko'loblatib suv separ, kun bo'yi oftobda qizigan yer hidi supa oldidagi rayhonlar isiga qo'shilib ajib bir tarovat taratar, atrofjim-jit bo'lib qolar edi.

Keyin yirik-yirik yulduzlar bilan osmonga tillaqoshdek ingichka oy suzib chiqardi. Oyim oyga tikilib turib:

Oymomoxon xulla, Qanotlari tilla. Subhon allo sizga, Umr bersin bizga...

Shunday deb boshimni silardi. Oymomo esa bu sehrli qo'shig'ini yana bir eshitgisi kelgandek, muallaq to'xtab qolar, yulduzlar o'ychan ko'zlarini tikib muloyim boqib turishar, onam ertak aytar edi. Toshlar orasiga kirib g'oyib bo'lgan baxtsiz qizcha yig'lab-yig'lab qo'shiq aytardi:

Ochil ochil oq toshlar-a, Men onamni ko'rayin-a, Diydoriga to'yayin-a.

- Men osmondan yulduzlarni tanladim. Qarang oyi, Yetti og'ayni orasidagi eng yorug' yulduz meniki..."4

4 Хршимов У. Дунёнинг ишлари. -Т.: "Ёшлар нашриёт уйи". 2018. -Б.3-4. https://tipi.uz/ International Scientific and Practical Conference

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы iToshkenUatisodi^

Qissaning muqaddimasidan olingan ushbu parcha "Oq oydin kechalar" deb nomlanadi. Yozuvchining avtobiografik ruhdagi kayfiyati - xotirada yana qayta inkishof qilinadi. Oldin bosib o'tilgan bolalik so'qmoqlaridagi unutilmas lahzalar epik qahramonning ko'ngliga tasalli beradi. Aslida ham shunday. Bolalikning rangin va beg'am orzulari insonni buguni va ertasi bilan tutib turuvchi noyob bir xilqatdir. Undagi jami iztiroblari bilan quvonchlari, qayg'ulari shaxsning ruhiy olamida katta bir o'zgarishlar eshigini ochib beradi. Shaxs o'z-o'zidan rivojlanmaydi. Qaysidir ma'noda baxtsiz bolaligi uning yorug' va omadli kelajagini ham murakkab yo'sinda kamolot pillapoyalariga chiqishga katta zamin hozirlaydi. Qissadagi Ona obrazini gavdalantirar ekan, qisqa muddatdagi Ona va bola suhbati o'quvchini asar ichkarisidagi keyingi tafsilotlar sinteziga jalb qilishda davom etadi. Ruhiy tahlilga oid tadqiqotlarga mana bu qaydlar ham misol bo'la oladi: "O'rtacha amerikaliklar ommasi qo'rquv va ojizlik hissi bilan qanchalar to'lib-toshganligini Mikki Maus haqidagi multfilmlarning keng ommalashganligidan ham bilsa bo'ladi. O'zining xilma-xil variantlari bilan bu filmdagi birgina syujet shundan iboratki, qandaydir qudratli kuch kichkina, murg'ak bolani o'ldirish yoki yutish bilan tahdid etadi. Bola qochadi va oxir-oqibat undan qutilib qoladi va hatto dushmaniga qandaydir jarohat ham yetkazadi. Agar shu syujet odalarning eng yaqin emosional hayotini larzaga solmaganida, har safar turli variatsiyalardagi mazkur syujetni takror va takror tomosha qilmas edilar. Bizning davrimizda individ duch kelgan holatni o'tgan asrning uzoqni ko'ruvchi mutafakkirlari oldindan bashorat qilganlar"5. Bolalik bu - qaytmas orzular shahri. U beg'amlik bilan shodlikni tuhfa qiluvchi yagona borlik. O'.Hoshimovning "Dunyoning ishlari"dagi Ona borazi bilan Isajon Sultonning "Onaizorim" qissasida folklor motivi va psixoanalitik tafakkur qahramon intellektini jiddiy isnovdan to'kazadi. O'.Hoshimov Onaning naqadar ulug'ligini, naqadar muqaddasligini shu darajadaiki, hayotiy misollar bilan "kashf" qiladiki, beixtiyor kitobxon undan bir lahza ayro tasavvur eta olmay qoladi. Qissadagi umumiy pafos og'ushida oylab birga yashashda davom etadi. Yuqoridagi E.Frommning talqini ham xuddi shunday. Bolalik inson psixikasini tartiblashtiradi. Unga yangi mazmun berishi bilan bir qatorda hissiy idrok ta'sirlaridan ham boxabar qiladi. "Badiiy psixologizm bu qahramonlarning g'oyaviy-ruhiy izlanishlarini o'zida mujassam etgan badiiy shakl, inson xarakterining shakllanishini, shaxs dunyoqarashidagi asoslarni adabiyot tomonidan o'zlashtirilish shaklidir. Psixologizmning ma'rifiy-muammoviy va badiiy qimmati, eng avvalo, shunda ko'rinadi".6 Binobarin, har bir inson o'z olamining kashfiyotchisi sifatida mutassil

5 Эрих Фромм. Озодликдан кочиш. -Т.: "Янги аср авлоди". 2021. -Б. 164/

6 Есин А.Б. Психологизм русской классической литературы. - М.,1988. С 176.

May 3, 2024

488

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ToshkenUqisodiyo^^

izlanib yashaydi. Ayniqsa, bolalikning sohir orzulari uni kelajakka sari tayyorlaydi. O'.Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasida Ona obrazining ijtimoiy-ruhiy olami o'zbekona milliy g'ururni har bir murg'ak qalbida azaldan yashab kelayotgan "ong osti tuyg'ulari"mizni qayta uyg'otadi. Bu uyg'oqlik o„z onasining ilk bergan tarbiya -saboqlari yanglig' boshqacha ahamiyat kasb etadi. Asarda ertakka xos, ya'ni folklor motivlar shu qadar ko„p qo'llanilganki, yozuvchi o'sha motivlarni keyinchalik "qayta tiriltiradi". Bu tirilish zamirida juda ko'plab sirlar, bilimlar, tasavvurlar kitobxon ko'zi oldida qaytadan jonlanish beradi. Mana shu o'tkir falsafiy-psixologik idrok I.Sulton qahramonlariga ham ko'chib o'tganligida real mohiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kompaneyes V.V. Xudojestvennbiy psixologizm v sovetskoy literature. (1920-ye godbi) - L.: Nauka, 1980.

2. Umurov H. Risolalar.1-jild. -T.: "FAN". 2007.

3. Eshonqulov N. Ijod falsafasi. -T.: "Akademnashr" 2018.

4. Hoshimov O„. Dunyoning ishlari. -T.: "Yoshlar nashriyot uyi" 2018.

5. Erix Fromm. Ozodlikdan qochish. -T.: "Yangi asr avlodi". 2021.

6. Yesin A.B. Psixologizm russkoy klassicheskoy literaturbi. - M.,1988.

489

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.