Научная статья на тему 'O’ZBEK MILLIY TEATR DARG’ALARINING SAN’AT VA MADANIYAT SOHASIDA TUTGAN O’RNI'

O’ZBEK MILLIY TEATR DARG’ALARINING SAN’AT VA MADANIYAT SOHASIDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
427
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shukur Burxonov / Zaynab Sadriyeva / Obid Yunusov

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — G‘aybullayev Ruslan Asliddinovich

Ushbu maqolada milliy teatrimizning shakllanish omillari, ulardagi aktyorlar, aktyorlarning ijodiy faoliyatlari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK MILLIY TEATR DARG’ALARINING SAN’AT VA MADANIYAT SOHASIDA TUTGAN O’RNI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. O'ZBEK MILLIY TEATR DARG'ALARINING SAN'AT VA MADANIYAT

SOHASIDA TUTGAN O'RNI G'aybullayev Ruslan Asliddinovich Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabasi Tel raqam: +998907104622

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada milliy teatrimizning shakllanish omillari, ulardagi aktyorlar,

aktyorlarning ijodiy faoliyatlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Shukur Burxonov, Zaynab Sadriyeva, Obid Yunusov

Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o'zgarishlar yuz berdi. Bu avvalo teatr san'ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlandi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg'ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo'g'irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo'g'irchoq guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo'g'irchoq teatri ochildi. Shu vaqt davomida va shu vaqtgacha ko'plab aktyor va aktrisalar o'zbek teatr san'atida yorqin iz qoldirishdi deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi.

Taniqli teatr va kino aktyori Shukur Burhonov 1910 yil 15 sentyabrda Toshkentda bog'bon oilasida dunyoga keldi. Shukur Burhonov boshlang'ich maktabni bitirib, Toshkent qishloq xo'jalik texnikumiga kirdi. Bundan tashqari, o'qish davomida badantarbiya to'garagi hamda badiiy to'garaklarga faol qatnashdi.

So'ngra o'sha vaqtda "Ko'k ko'ylak" nomi bilan yoshlar orasida tashkil etilgan havaskorlar truppasida ishladi. U 1928 yilda Samarqandga borib, O'zbek davlat teatriga aktyor bo'lib ishga kirdi. U yerda esa teatr bosh rejissyori Alekseyev qo'lida Shohidaxonim va Karim Zakiriy bilan birga 6 oy o'qidi. Bu o'qish davrida aktyor hunari (ustaligi)ning asosiy o'ziga xos xususiyatlari bilan umumiy tusda tanishdi. 1930 yilda Moskvada bo'lgan teatr olimpiadasiga borib qatnashish Shukur Burhonov uchun ko'p foydali bo'ldi. Bunda o'sha davr teatrchiligining yaxshi namunalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldi, uning saxnaga muhabbatini oshirib yubordi, shu

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. bilan birga, aktyorlik san'ati zo'r qobiliyat talab etuvchi og'ir ish ekanini chuqurroq angladi.

1932 yilda Umarjon Ismoilovning "Rustam" asari bilan Shukur Burhonov ijodining yangi davri boshlandi. Rustam obrazi uydirma va turmush haqiqatidan uzoq bo'lsa ham, Shukur Burhonov uni birmuncha muvaffaqiyat bilan o'ynadi. Keyinchalik sahna yuzini ko'rgan "Yondiramiz", "O't kelini", "Tarix tilga kirdi", "Qo'zibuloq", "Makr va muhabbat", "Malikai Turondot" kabi spektakllar Shukur Burhonov ijodiy salohiyatining kamol topishida muhim o'rin tutdi. Shukur Burhonov II jahon urushi va urushdan keyingi yillarda harbiy sarkardalar obrazini yaratishga alohida e'tibor berdi. Izzat Sultonning "Burgutning parvozi" pyesasidagi Frunze, Komil Yashinning "General Rahimov" asarida Sobir Rahimov kabi obrazlar shular jumlasidandir. U ijobiy qahramonlar obrazlarini yaratish bilan bir qatorda salbiy qahramonlar obrazini ham katta mahorat bilan ijro etdi.

O'tgan asrning 50-60-yillarida Hamza nomidagi O'zbek Davlat akademik drama teatrida jahon va o'zbek mumtoz dramaturgiyasining bir qancha noyob asarlari katta muvaffaqiyat bilan sahnalashtirildi. Ularning aksariyatida bosh rollarni ijro etish Shukur Burhonovga nasib etdi. Uning ijrosidagi V. Shekspirning "Hamlet" va "Yuliy Sezar" tragediyalaridagi Hamlet, Brut va Maqsud Shayxzodaning "Mirzo Ulug'bek" tragediyasidagi Mirzo Ulug'bek obrazlari faqat san'atkor ijodidagina emas, balki o'zbek teatri tarixida ham ulkan voqea bo'ldi.

Shukur Burhonov ijrosidagi Sulaymon ota obrazi aktyorlik san'ati rivojlanishidagi bosqichli obrazlar sirasiga kiradi. Sulaymon ota obrazini chinakam milliy ijod bo'lib qolgan, o'zida vatanparvarlik, baynalminallik, insonparvarlikning tub fazilatlarini mujassamlashtirgan harakatlar qatoriga qo'yish mumkin. Shukur Burhonov yaratgan Sulaymon ota obrazi nafaqat halollikning, balki olijanoblik va ezgulikning timsoli bo'lib gavdalanadi. Uning baxtsizlikka uchragan ayolga dalda bo'lishi, oilaviy kelishmovchilikning zahmini tortayotgan yigitga xayrihohlik bildirishi obrazning umumiy "men"ligini ko'rsatib turadi. Shukur Burhonov kino san'atimiz rivojiyotiga ham juda katta hissa qo'shdi. U "O'zbekfilm", Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozarbayjon hamda "Mosfilm" kinostudiyalarida suratga olingan qator filmlarda rango-rang, sira ham unutilmas, o'tkir xarakterli yetuk va salobatli obrazlar yaratib, kino san'ati muxlislarining ulkan muhabbatini qozondi va san'atning ushbu jabhasida ham ular boqiylikka yuz tutdi.

Filmda Shukur Burhonov yaratgan Mirzo Ulug'bek obrazi aktyorning kinodagi eng katta yutug'i bo'ldi. Keyinchalik, u 1965 yilda Komil Yormatovning "Osiyo ustida bo'ron" filmida Yalangto'sh, 1966 yilda "Vijdon amri bilan" filmida professor Mahmudov, 1968 yilda "Inqilob chavandozlari"da Aznauz, "Vatan farzandlari"da haykaltarosh kabi bir necha yirik va murakkab rollarni ijro etdi. Shukur Burhonovning ijodiy faoliyati munosib taqdirlandi. Shukur Burhonovga "O'zbekiston xalq artisti"

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. (1940) faxriy unvoni berilgan. Shuningdek, u Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat

mukofoti (1965) bilan taqdirlangan. Betakror iste'dodi va o'lmas ijodiy merosi bilan

o'zbek milliy madaniyatining rivojiga beqiyos hissa qo'shganligi, butun hayotini el-

yurt taraqqiyoti, xalqimiz m'naviyatining yuksalishiga baxsh etganligi uchun Shukur

Burhonov 2001 yilda

"Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi. Mashhur kino va teatr

aktyori, o'zbek san'atining ulkan arbobi Shukur Burhonov 1987 yil 14 avgustda

Toshkentda vafot etdi.

Astraxandan Toshkentga Zaynab Sadriyeva 1912 yilning 25 oktyabrida Astraxan shahrida tug'ilgan. Otasi Sadri bobo Astraxandagi un zavodida oddiy ishchi bo'lib ishlagan. Onasi uyda farzandlar tarbiyasi bilan shug'ullangan. 1916 yilda Astraxandagi un zavodi Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumaniga ko'chiriladi va shu munosabat bilan Zaynab Sadriyevaning otasi barcha oila a'zolari bilan Yangiyo'lning Qovunchi qishlog'iga ko'chib kelishadi. O'shanda Zaynab Sadriyeva to'rt yoshda edi. Shunday qilib bo'lajak aktrisaning bolaligi Yangiyo'lning Qovunchi qishlog'ida o'zbeklar orasida o'tadi. U voyaga yetgach, Toshkentdagi xotin - qizlar bilim yurtiga o'qishga kiradi. Texnikumda Zaynab Sadriyeva Zulfiyaxonim bilan birga tahsil oladi. Taqdir bu ikki ayolni chin ma'noda yurtning «malikasi"ga aylantirdi. Zulfiyaxonim adabiyotda, Zaynabxonim esa san'atda haqiqiy yulduzga aylandi. Texnikum ro'parasidagi Hamza nomidagi O'zbek Davlat akademik drama teatri (Hozirgi O'zbek Milliy akademik teatri) o'tkazgan kastingda o'n yetti yoshli Zaynab Sadriyeva mashhur san'atkorlar e'tiboriga tushadi va butun umrini san'at bilan bog'laydi. 1929 yilda dastlab ishchi - sayyor truppasida faoliyatini boshlagan aktrisa umrining oxiriga qadar Hamza nomidagi O'zbek Davlat akademik drama teatri (hozirgi O'zbek Milliy akademik teatri) sahnasida ijod qildi

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Obid Yunusov 1934 yil 20 noyabrda Toshkent shahrida mashhur bastakor Yunus Rajabiy oilasida tavallud topganU san'atkorlar oilasida tug'ilib katta bo'lgani bois, yoshligidanoq aktyor bo'lishga intilgan. O'rta maktabni tamomlagach Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oliygohining aktyorlik bo'limida tahsil olgan.1956 yilda oliygohdagi o'qishni tugatib Hamza nomidagi O'zbek davlat akademik drama teatrida o'z faoliyatini boshlagan. Obid Yunusov ushbu teatrda ishlash davomida yuzdan oshiq turli hil harakterdagi obrazlarni yaratgan. Aktyor tomoshabinlarga «Parvona» spektaklidagi «O'tkuriy» roli bilan tanilgan. Ushbu obrazni u faoliyati davomida 800 martadan ko'p ijro etgan.Aktyor kinoda ham ko'plab esda qolarli rollarni ijro etgan bo'lib, ular orasida «To'ylar muborak», «Kelinlar qo'zg'oloni» hamda «Chinor ostidagi duel» filmlaridagi obrazlari orqali xalqimizga yaxshi tanish.Obid Yunusov kino va teatrdan tashqari yana dublaj sohasida ko'p yillar ishlagan. U faoliyati davomida 1000 dan oshiq filmlar dublajida ishtirok etgan. Ushbu aktyor o'zining san'at sohasidagi ko'p yillik hizmatlari orqali 1987 yilda «O'zbekiston xalq artisti» unvoni hamda 1988 yilda Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan. Aktyorni shaxsiy hayoti haqida: Obid Yunusov Shahloxon ismli ayolga uylangan. Ular turmushlari davomida ikki o'g'il farzandli bo'lishgan. Hozirgi kunda aktyorning olti nafar nabirasi hamda o'nlab evaralari bor.

Ushbu aktyor 2015 yil sentyabr oyida 80 yoshda olamdan o'tgan. Uni Chig'atoy

qabristoniga dafn etilgan.

To'ti Yusupova 1936 yilning 10 mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957 yildan o'zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, «Shohi so'zana»), Sonya (A.Chexov, «Vanya tog'a»), Qorasoch (Uyg'un, «Shubha»), Hojar (A.Qahhor, «Tobutdan tovush»), Nuri (Oybek, «Qutlug' qon»), Ona (E' Robles, «O'limdan kuchli»), Xonzoda (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Shafaq (M. Karim, «Oy tutilgan tunda»), Rahima (O'. Umarbekov, «Komissiya»), Sotti (S.Ahmad, «Kelinlar qo'zg'oloni»), Fotima, Zebi (O'.Umarbekov, «Shoshma quyosh», «Qiyomat qarz»), Nodira (T.To'la, «Nodira»), Mastura (Hamza, «Paranji sirlari») kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi. Shuningdek, aktrisa kinoda samarali faoliyat yuritgan. To'ti Yusupova 1994 yilda O'zbekiston xalq artisti unvonini olgan, 2020 yilda «Mehnat

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan. Xulosa qilib aytganda, o'zbek milliy san'atida ushbu aktyorlar havas qilsa arzigulik ijod qilishdi. Ularning ijodi tarixmizda mangu va barhayotdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. www.teatr.uz

2. www.lex.uz

3. www.meros.uz

4. www.ziyo.net

5. Islom Karimov "YUKSAK MA'NAVIYAT - YENGILMAS KUCH"

6. U.Qoraboyev, G'.Soatov " O'ZBELISTON MADANIYATI"

7. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

8. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

9. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

10. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

11. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

12. Сaрдoржoн Кoдиржoн Ynm Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

13. Astanaliev E. T. O. The Process Of Electronic Document Management In The System Of Railway Automation And Telemechanics //The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research. - 2021. - Т. 3. - №. 05. - С. 76-80.

14. Astanaliev E. The formalization of the electronic document in railway automatics and telemechanics on the basis of simulation modeling //European Scholar Journal (ESJ). - Т. 2. - №. 3.

15. OGLI A. E. T. Software for Electronic Document Management System of Technical Documentation on Railway Automation and Telemechanics //JournalNX. -2021. - Т. 7. - №. 1. - С. 204-209.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.