Научная статья на тему 'O‘ZBEK MILLIY MUSIQASIDA SOZANDALAR ANSAMBLLARINING O`RNI'

O‘ZBEK MILLIY MUSIQASIDA SOZANDALAR ANSAMBLLARINING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
12
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
o‘zbek milliy musiqasi / sozandalar ansambllari / musiqa madaniyati / milliy meros / ijro uslubi / madaniy qadriyatlar / musiqiy an’analar. / узбекская национальная музыка / музыкальные ансамбли / музыкальная культура / национальное наследие / исполнительский стиль / культурные ценности / музыкальные традиции.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sh. Shorahmetov

ushbu maqolada o‘zbek milliy musiqasida sozandalar ansambllarining o‘rni va ahamiyati yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MUSICIANS' ENSEMBLES IN UZBEK NATIONAL MUSIC

в данной статье описывается роль и значение ансамблей музыкантов в узбекской национальной музыке.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MILLIY MUSIQASIDA SOZANDALAR ANSAMBLLARINING O`RNI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© SH. Shorahmetov1^_

1Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada o'zbek milliy musiqasida sozandalar ansambllarining o'rni va ahamiyati yoritiladi.

MAQSAD: maqolaning asosiy maqsadi - o'zbek milliy musiqasida sozandalar ansambllarining o'rnini aniqlash, ularning musiqa madaniyatidagi rolini tadqiq qilish va bu ansambllarning bugungi kunda milliy musiqani rivojlantirishdagi ahamiyatini ko'rsatishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda tarixiy va musiqiy adabiyotlar tahlil qilindi. o'zbek milliy musiqasidagi ansambllarning musiqiy tarkibi, uslubi va ijro usullari haqida ma'lumot to'plandi. shuningdek, milliy musiqashunoslar bilan suhbatlar o'tkazilib, ansambllarning madaniy merosni saqlash va davom ettirishdagi ahamiyati o'rganildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar o'zbek milliy musiqasida sozandalar ansambllarining xalq madaniyati va musiqiy merosini saqlash va rivojlantirishdagi muhim o'ringa ega ekanini ko'rsatdi.

XULOSA: tadqiqot natijalari o'zbek milliy musiqasida sozandalar ansambllari milliy qadriyatlarni saqlash va ularni kelajak avlodlarga yetkazish vositasi sifatida xizmat qilishini ko'rsatdi.

Kalit so'zlar: o'zbek milliy musiqasi, sozandalar ansambllari, musiqa madaniyati, milliy meros, ijro uslubi, madaniy qadriyatlar, musiqiy an'analar.

РОЛЬ АНСАМБЛЕЙ МУЗЫКАНТОВ В УЗБЕКСКОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ МУЗЫКЕ

© Ш.Шорахметов1 и

1Узбекский национальный институт музыкального искусства имени Юнуса Раджаби, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье описывается роль и значение ансамблей музыкантов в узбекской национальной музыке.

ЦЕЛЬ: основная цель статьи - определить место ансамблей музыкантов в узбекской национальной музыке, исследовать их роль в музыкальной культуре, показать значение этих ансамблей в развитии национальной музыки сегодня.

Iqtibos uchun: Shorahmedov.SH. O'zbek miliy musiqasida sozandalar ansambillarining o'rni.// Inter education & global study. 2024. №8(1). B.435-441.

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании была проанализирована историческая и музыкальная литература. Собрана информация о музыкальном составе, стиле и методах исполнения узбекских национальных музыкальных ансамблей. Также были проведены интервью с отечественными музыковедами, изучено значение ансамблей в сохранении и продолжении культурного наследия.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что ансамбли музыкантов узбекской национальной музыки занимают важное место в сохранении и развитии народной культуры и музыкального наследия.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования показали, что ансамбли музыкантов в узбекской национальной музыке служат средством сохранения национальных ценностей и передачи их будущим поколениям.

Ключевые слова: узбекская национальная музыка, музыкальные ансамбли, музыкальная культура, национальное наследие, исполнительский стиль, культурные ценности, музыкальные традиции.

Для цитирования: Шорахметов.Ш.Роль ансамблей музыкантов в узбекской национальной музы.ке..// Inter education & global study.2024. №8(1). С. 435-441.

THE ROLE OF MUSICIANS' ENSEMBLES IN UZBEK NATIONAL MUSIC

©Shomahmud Shorahmetov1®

1Uzbek National Institute of Musical Arts named after Yunus Rajabi, Tashkent, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: this article discusses the role and significance of musical ensembles in Uzbek national music.

AIM: the main purpose of the article is to determine the place of musical ensembles in Uzbek national music, to study their role in musical culture and to show the significance of these ensembles in the development of national music today.

MATERIALS AND METHODS: the study analyzed historical and musical literature. Information was collected about the musical composition, style and performance methods of ensembles in Uzbek national music. Also, interviews were conducted with national musicologists and the significance of ensembles in preserving and continuing cultural heritage was studied.

DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that musical ensembles in Uzbek national music play an important role in preserving and developing folk culture and musical heritage.

CONCLUSION: the results of the study showed that musical ensembles in Uzbek national music serve as a means of preserving national values and passing them on to future generations.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Keywords: uzbek national music, musical ensembles, musical culture, national heritage, performance style, cultural values, musical traditions.

О'zbek xalqining ko'hna va boy musiqa madaniyati asrlar osha qudratli ma'naviyat manbai bo'lganligi o'tmish tarix zarvaraqlaridan ma'lum. Markaziy Osiyada yetishib chiqqan buyuk olimlar jahon fani, me'morchiligi, adabiyoti va san'ati rivojiga katta hissa qo'shib kelganlar. Musiqa san'ati ravnaqida ham ana shunday allomalarning ulushi katta bo'lgan. Sharq musiqa madamiyatini o'rganish, tatbiq etish bo'yicha ko'plab izlanishlar, olib borilganligi barchaga ma'lum. O'rta Osiyo hududida o'tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida kashf etilgan musiqaga oid topilmalar, bu yerlarda islomgacha ham yuqori darajadagi musiqiy jarayon davomiy bo'lib turganini ko'rsatadi. Miloddan avvalgi musiqa madaniyatiga oid Qadimiy Parfiya, Xorazm, Baqtriya, Sug'd, Choch (Shosh), Sharqiy Turkiston arxeologik topilmalaridan tashqari, Kushon (I-IV asrlar), Eftalitlar (VVI asr o'rtalari) davlatlari va turk hoqonligi (VI-VII asrlar) davrlariga oid topilmalar, xususan, Afrosiyob, Marv, Zartepa, Dalvarzintepa, qadimiy Xorazmdagi Q o'y qirilgan qal'a, Surxon vodiysidagi Ayritom, Xolchayon, Ashxobod yaqinidagi Nisa va boshqa yerlardan topilgan sopol haykalchalar, tosh tasvirlar, fil suyagidan yasalgan idishlar - ritonlarning tepa qismidagi bo'rtma tasvirlar bu jihatdan ibratlidir. Musiqaga oid arxeologik topilmalar orqali musiqa va musiqa asboblari takommillashuvi jarayonini kuzatish mumkin. Masalan, V asrga mansub Toshkent yaqinidan topilgan qadimiy tasvirda sozanda ayol qo'lida ikki torli ud cholg'usini ushlab turgani tasvirlangan. VII asrga oid Panjikent devoriy suratlaridagi ud tasvirlarida esa uning tori t o'rtta bo'lib, ilgak xarrak bilan bir butun va u qorin ustida, qorin katta, qopqog'ida aks-sado chiqaruvchi tuynukchalar bor, dastasi kalta, dastaning oxiridagi quloqxona nihoyasi orqaga qayirilgan, ud chalayotgan ayolning qo'lida esa mizrob bor. Ayritomda, ibodatxonaning kiraverish peshtog'iga bo'rttirib ishlangan tasvirlarda qo'shnay, nog'ora, ud, arfa kabi musiqa asboblarini chalayotgan 14 sozandani, ya'ni cholg'uchilar ansamblini ko'rish mumkin. Panjikent devoriy suratlarida ham ansambl tasvirlangan, faqat bu yerda ashula, raqs va musiqa asboblari o'zaro birgalikda ansamblni tashkil qilishgan . Biz bu kabi topilma hamda afsonalarda keltirilgan ma'lumotlardan o'sha davr ijrochiligi haqida nazariy xulosalar chiqara olamiz holos. Bu kabi topilmalar shuni anglatadiki, bu hududlarda musiqa qadimdan kasbiy darajada rivojlangan deyish mumkin.

Shu o'rinda ansambl atamasi haqida to'xtalib o'tasak. Ansambl fransuzcha ensemble - birgalikda, uyg'unlik, ohangdoshlik ya'ni birgalikda ijro etish ma'nosini bildiradi. Ansamblning turli tarkiblari mavjud. Jumladan: vokal yoki cholg'u musiqa asarining bir necha ijrochi tomonidan ijro etilishi; bir guruh artistlarning bir butun badiiy jamoa holida chiqishi. Ansambl atamasi yaxshi tuzilgan va yuksak ijrosi bilan ajralib turadigan badiiy jamoalarga nisbatan ham qo'llaniladi.

For citation: Shomaxmud Shoraxmetov.(2024)' The role of musicians' ensembles in Uzbek national music ' media competence, (8(1)), pp. 435-441. (In Uzbek).

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Cholg'ular va cholg'u ijrochiligi xususida qadimiy risolalarda ham ko'plab ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, Urmaviy, Marog'iy, ibn Zayla, Husayniy, Jomiy, Navoiy, Kavkabiy, Changiy va Fitrat kabi allomalarning musiqaga oid risolalari so'zimizning yorqin dalilidir. Qolaversa IX-XII asrlarda Rud, tanbur, borbat, daf, ko's, tabl, qo'biz, rubob, taburak, nay, zir, dagona, shaypur, surnay, karnay, organun, qonun, chang kabi musiqa asboblaridan keng foydalanilganligining o'zi ham musiqa madaniyatining nechog'lik taraqqiy etganligini ko'rsatib beradi.

Hirot, Buxoro, Samarqand vohalarida madaniyat XV-XVII asrlarga kelib ravnaqi tobora yuksala boshlaydi. Podshoh va xon saroylariga yetuk sozanda va xonandalar jalb qilinib, musiqa sohasi jadal rivojlanib bordi. O'sha davrdagi musiqa cholg'ularining tuzilishi va ijrochilik uslubi haqida aniq fikrlar bildirish qiyin. Chunki bu davr musiqasi va ijrochiligi xususida faqatgina yozma manbalar orqali nazariy ma'lumotlar olish mumkin. Amaliy tomoni esa qorong'uligicha qolaveradi. XV-XVII asrlarga oid Hirot, Buxoro va Samarqand miniatura maktablari vakillarining kitobiy mo'jaz tasvirlari asosida ansambl ijrochiligi bilan bog'liq muayyan vaziyat va joylar hamda o'sha davrlarda ijro etilgan musiqa janrlari haqida ham ma'lum tasavvur hosil qilish mumkin. Masalan: karnay, nog'ora va dovullar harbiy yurishlar, janglar, ov jarayonlari, shuningdek, xalq sayllari, ommaviy marosim va bayram tantanalarida chalingan bo'lsa, tanbur, rubob, g'ijjak, ud, nay, chang-arfa kabi cholg'ularning nozik nolasi saroylardagi ziyofatlarda, oshiqlarning xonaqohlardagi nafis yig'inlarida, kiborlar majlislarida, do'stlar davrasida yangragan

Xuddi shunday Kamoliddin Behzod tomonidan A. Navoiy asarlariga ishlangan miniaturalar tasvirida daf, nay, ud va chang chog'ularini ko'rish mumkin. Bu tasvirlar bizga cholg'ular tuzilishi bilan birgalikda ijrochilik masalalarida ham kengroq tassavvur uyg'otadi. YA'ni cholg'ular ijrochiligida yakka va jamoa bo'lib ijro qilish uslublari qadimdan bor bo'lib, hozirgacha yetib kelmoqda.

Buxoro, Xiva va Qo'qon xonlik va amirliklarida XVIII-XIX asrlarga kelib madaniy hayot gullab yashnaydi. Xususa Buxoro amirligida yetuk sozanda va hofizlarning samarali ijodi o'laroq "Shashmaqom" uzil-kesil shakllanadi. Tarixiy manbalardan bizga bir qator Buxoro Mug'anniylari - Hofizi Kalon, Habib Udiy, Hofiz Xoja Go'yanda, Hasanali Hofiz, Soleh Setoriy, Tora Hofiz, Shahin Buxoriy, Usta To'la, Islimxon Hofiz, Zuhriddin Burxon Tanburiy, Sulton Hakim Mavrigixon, Maxdumi Xandon, Yusuf Mavlud Dutoriy, Xo'ja Navro'z Tanburiy, Ota Jalol Nosirov, Ota G'iyos Abdug'ani kabi ko'plab sozanda va hofizlarning nomlari yetib kelgan. Bizga ma'lumki, ota Jalol amir saroyida Shashmaqomning puxta bilmdoni, yetuk hofizi bo'lgan hamda Shashmaqomchilar guruhiga rahbarlik qilgan, ota G'iyos esa mohir tanburchi bo'lib sozandalar ansamblini boshqargan. Amir saroyida ansambl ijrosida Shashmaqomning cholg'u qismlaridan chalinar, keyin Nasr qismiga o'tib, salobatli asarlar ijro qilinar va birin-ketin yengillashib borar hamda oxirida o'ynaqi Ufarlar ijro qilingan.

XX asrning allomalaridan biri Abdurauf Fitrat ham o'zining «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» kitobida cholg'ular haqida ma'lumotlar berib, ansambl ijrochiligi xususida te'ran fikrlarni berib o'tadi: "Bizning bu kungi musiqa ustozlarimiz cholg'ularning

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bir-biriga munosabati to'g'risida ham katta yanglishiliqlar ko'rsatdilar. Bir tanbur bilan, bir dutor topilg'och, darhol bir g'ijjak bilan bir chang qo'shadilar. Xolbuki, bir g'ijjak tovushi ikki tanburning tovushini yeb qo'yadi. Birgina tanburni bir g'ijjak bilan bir changga topshirish u bechorani bo'g'ib o'ldirishdan boshqa narsa emasdir. Bizning burung'i ustodlar masalani butunlay boshqacha qo'yganlar:

1. uch tanbur, bir rubob, bir dutor, bir g'ijjak, bir balabon, bir qo'shnay, bir chang, bir doyra;

2. ikki tanbur, bir qubuz, bir dutor, bir nay, bir doyra;

3. ikki tanbur, bir qubuz, bir doyra (dutor ham qo'shilsa bo'ladi);

4. hech bo'lmaganda bir tanbur, bir dutor, bir doyra.

Burung'i ustodlar shu, yo shunga yaqin bir tartib bilan musiqa chalg'onlar. Musiqamizning katta kamchiliklaridan bittasi uning tarqoqligidir. Musiqamizda birlik yo'q. Bir kuy Xivada boshqa, Toshkentda boshqacha chalinadir. Hozirgi texnikumlarimiz ham shu chizig'dan chiqolmay yuradilar" .

Yuqoridagi fikrlarbugungi kunda ham dolzarbligini yo'qotmagan. Ansambl ijrosida sozandalar o'zaro ohang mutanosibligini his qilgan holda ijroga yondashishlari asosiy vazifadir. Bunda sozandalardan shakl va ijro mohiyatini tushinish, uslublarni ajrata olish(yakka ijro va jamoaviy ijro), badiiy mazmunni idrokalsh talab qilinadi. Ansambl ijrosida har bir sozning o'z o'rni bor va buni eshituvchiga yetkaza olish sozandalardan alohida mahorat talab etadi. YA'ni ijroda doira ham, chang ham duto va tanbur ham bir xil balandlikda eshitilishi asosiy masaladir. Zero, sozlarning ijrodagi tovush balandligi turlicha bo'lib, bunda yuqorida ta'kidlanganidek ijrochilardan va ansambl rahbaridam yetuk did hamda mahota talab etiladi. O'zbek milliy ansambllarining o'ziga xos jihatlaridan bir shundaki, ansamblda orkestrlarga o'xshab drijior yo'q. Bu esa ijro davomida sozandalardan yanada masuliyat hamda bir-birini his qilib ijro qilishni talab qiladi.

XX asrning boshlariga kelib, xalqimizning musiqa san'atiga bo'lgan qarashlari ham tobora ijobiy tomonga o'zgara bordi. Turli hududlarda badiiy jamoalar tuzilib, xalq orasida tez-tez konsert dasturlari qo'yila boshlandi. 30-50-yillarda musiqa sohasi keskin rivojlandi va vohalarni o'zining zabardast, o'ta didli musiqa ilmini o'ziga xos namoyandalari o'z faoliyatlarini boshlaydi. Bu fikrimizga - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, musiqa ustasi, mohir xalq sozandasi, tashkilotchi va murabbiy usta Ro'zimatxon Isaboyev (Namangan 1885-1964) tanburchini alohida ta'kidlab o'tish joizdir. Ular tuzgan ansambl tarkibida: - Inomjon, Bahriddin, Sharif hoji - g'ijjakchilar, Mallavoy - changchi, Ergashvoy - tanburchi, Toshmirza - surnaychi kabi sozandalar faoliyat olib borishgan. O'z o'rnida vohaviy maktablarning musiqiy ta'limini izchil bir yo'lga qo'yish borasida ijodiy ishlar barpo etila bordi. 1919-yilda To'xtasin Jalilov boshchiligida xalq cholg'ulari ansambli tashkil qilinib, 1923-yilda Moskva shahrida o'tkazilgan butun Rossiya qishloq xo'jalik savdo ko'rgazmasida ishtirok etib muvaffaqiyat bilan qaytishgan. Shundan so'ng, 24 nafardan iborat havaskorlik to'garak ijro dastasi o'z faoliyatini boshlaydi. 1921-yilda Abdurauf Fitratning tashabbusi bilan "Sharq musiqa maktabi"

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

ochiladi. Aynan shu maktabda o'z davrining yetuk ustozlari yig'ilishib talabalarga tahsil berishadi. Ota Jalol Nosirov, Ota G'iyos Abdug'ani, Domla Halim, Hoji Abdulaziz, V.Uspenskiy, Levicha Hofiz kabilar shular jumlasidan. Xuddi shu maktab tarbiyalanuvchilari o'zbek mumtoz musiqasining bugungi kungacha saqlanib qolishida muhim ahamiyat kasb etdi.

1927-yili O'zbekiston radiosi qoshida xalq cholg'ulari ansambli tashkil etiladi. Bu ansambl mumtoz musiqa sohasini mohir sozandalarining majmuasi edi. Ansambl ijrochilari: naychilar - Dadaali Soatqulov, Saydali Kalonov, qo'shnaychi - Xayrulla Ubaydullayev, changchilar Nig'matjon Do'stmuhamedov, Faxriddin Sodiqov, dutorchilar -Abdusoat Vahobov, Orif Qosimov, tanburchilar - Rixsi Rajabiy, Mahsudxo'ja Yusupov, g'ijjakchilar - Imomjon Ikromov, Nabi Hasanov, doyrachi - Dadaxo'ja Sottixo'jayevlardan iborat edi . Ularning asosiy maqsadi mumtoz musiqa me'rosi namunalarini ijro etish hamda magnit tasmalarga muhirlash edi. 1959-yilda maqomchilar ansambli tashkil etildi. Unga Yunus Rajabiy Rahbar qilib tayinlandi. 1972-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi huzurida "Sharq musiqasi" kafedrasi tashkil etildi hamda an'anaviy ijrochilikdan tahsil berish uchun Yunus Rajabiyning ko'p yillardan beri yonida bo'lib, yetuk ustozlik darajasiga chiqqan Faxriddin Sodiqov taklif qilindi. F.Sodiqov talabalarga chang, dutor, g'ijjak, qo'shnay cholg'ularidan tahsil bera boshladi. Ayni paytda talabalar maqom ansambliga ham rahbarlik qildi. Talabalar bilan birgalikda Shashmaqomning Mushkilot bo'limidan ko'plab maqom kuylarini ijro etishdi. Faxriddin Sodiqov ansambl ijrochiligida yangicha uslubni olib kirdi. Buni T.S. Vizgo shunday ta'riflaydi: " bu yangilikka tembrlar rango-rang taqqoslanishlari orqali erishiladi. Koloritni sezishda tug'ma iste'dod egasi F.Sodiqov monodik maqom ijrochiligi an'anasi ichida go'yo "partiturani yozib chiqqandek" bo'ladi. F. Sodiqov ansambl ijrochiligida yangi davrni olib kirdi hamda bu uslub asosida yangi bir ansambl ijrochilari yetishib chiqdi. Aynan shu maktab tarbiyalanuvchilari respublika bo'ylab ustoz-shogirt an'anasini davom ettirishdi. Hozirgi kunda ham O'zbek milliy musiqa san'ati institutida Faxriddin Sodiqov nomida ustozlardan tashkil qilingan maqomchilar ansambli o'z faoliyatini olib bormoqda.

F. Sodiqovdan keyin uning yaqin shogirtlaridan biri Abdurahim Hamidov talabalarga ansambldan tahsil berdi. Abdurahim Hamidov rahbarligida talabalar ansambli Shashmaqomning Mushkilot bo'limidagi barchga maqom va xalq kuylarini maginit tasmalariga muhirlashdi. Bugungi kunda talabalarga ansambl darslari aynan mana shu yozuvlar orqali olib borilmoqda.

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng, milliy musiqa hamda maqom san'atiga bo'lgan e'tibor yil sayin oshib bordi. Turli xil badiiy jamoalar tuzildi, musiqa va san'at maktablarida milliy ichrochilikka bo'lgan e'tibor yanada kuchaydi. Bugungi kunda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqning ma'naviyatini oshirish masalasini birinchi o'ringa qo'ydi va bunga milliy mumtoz musiqa va maqomlarimiz bilan erishish mumkinligini ko'rsatib berdi. Prezidentimiz tomonidan maqom san'ati va milliy musiqaga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Maqomnirivojlantirish, xalq orasida targ'ib qilish va o'rgatish hamda kelajak avlodga yetqazish masalalari qo'yildi. Ular tomonidan 2017-yil 17-noyabrdagi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

"O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qaror qabul qilindi. Maqom markazi tuzildi va uning negizida maqom ansambli tashkil qilindi. Har bir viloyatda namunali maqom ansambllari tashkil etilib, bugungi kunda faoliyat yuritib kelmoqda. Qolaversa 2020 yilda Prezidentimiz farmoni bilan Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etildi.Xozirda ushbu dargoxda elimizning ardoqli san'atkorlari,ustozlar dars berib kelishmoqda.Maqom cholg'u ijrochiligi kafedrasida talabalar ansambllari mavjud.Xar bir kursda sozandalar ansambli fanidan dars o'tiladi.Ular ustozlardan Shashmaqom,milliy musiqa va bastakorlar asarlarini chuqur o'rganmoqdalar.Kafedra professor o'qituvchilari tomonidan ansambl faniga oid darslik va o'quv qo'llanmalar yaratilmoqda.Albatta bu ilmiy izlanishlar maqom ijrochiligini rivojlanishida,kelajak avlodga to'la yetkazishda o'z samarasini beradi deb o'ylayman.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Natan Mallayev O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent 1965 yil. 1-kitob

2. Akbarov. Musiqa lug'ati. Toshkent. 1986-yil

3. A.Fitrat. "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi". Toshkent.1993-yil.

4. R.Yunusov. «Faxriddin Sodiqov". Toshkent. 2005-yil

5. Zokirjon Oripov. X-XV Asrlar markaziy osiyo musiqa manbashunosligi. Toshkent 2017-yil.

6. To'rayev F.J. Buxoro mug'anniylari. Toshkent 2009 yil

7. Saloxiddin Azizboyev. "Ansambl sinfi". Toshkent 2018-yil

8. Oqilxon Ibrohimov. "Amir Temur va musiqa". Maqolasidan.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Shomahmud Shorahmetov, dotsent, [Шомахмуд Шорахмедов, дс>цент.], [Shomahmud Shorahmetov professor.]; manzil:O'zbekiston, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani MUSTAQILLIK SHOX KO'CHASI, 31-UY [aддреc: Узбекистан, ул УЛИЦА МУСТАКИЛЛИК ШОК, 31, Мирзй Улугбекский раййн, гсрсд Ташкент], [address: Uzbekistan, Mustakillik shok street, 31, Mirzo Ulugbek district, Tashkent city.]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.