PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
O'ZBEK MILLIY MENTALITETI, ETNOPSIXOLOGIK QADRIYATLAR VA MILLIY O'ZLIKNI ANGLASHNING XALQIMIZ HAYOTIDA TUTGAN
O'RNI VA AHAMIYATI
Avlaqulov Bobir Ro'ziqulovich Avlaqulov Avazjon Ismoilovich Sattorov Xayrulla Razzoqovich
"Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1 -uy, Tashkent 100149,
O'zbekiston
"Chet tillar -2" kafedrasi katta oqituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent
100149, O'zbekiston
"Rus tili" kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149,
O'zbekiston
[email protected], [email protected], [email protected] ORCID ID: 0009-0000-1631-0378, ORCID ID: 0009-0005-9165-0133] https://doi.org/10.5281/zenodo.13268822 Annotatsiya: Ushbu maqola hozirgi kunda turli madaniy muhitlarda xulq-atvor va mentalitetning psixologik jihatlarini o'rganadi. U ijtimoiy-madaniy farqlar kontekstida psixologik jarayonlarni tushunish, tahlil qilish va tadqiq qilishga qaratilgan. Etnopsixologiyani ijtimoiy psixologiya doirasida o'rganish madaniyat va inson psixikasining o'zaro ta'sirini tahlil qilishni o'z ichiga oladi. Ushbu fan madaniy, etnik va ijtimoiy omillar shaxsning shakllanishiga, uning psixologik xususiyatlariga, e'tiqodlariga, qadriyatlariga va xulq-atvor normalariga qanday ta'sir qilishini tushunishga yordam beradi. Ijtimoiy psixologiya doirasida etnopsixologiyaning maqsadi turli madaniy kontekstlarda inson psixikasini tushunishga kompleks yondashuvni yaratishdan iborat. U madaniyat va individual psixologik xususiyatlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish, inson ruhiyati va xatti-harakatlaridagi ijtimoiy, etnik va madaniy farqlarni chuqur tushunishga yordam beradigan vositalarni taqdim etadi.
Kalit so'zlar: Xulq-atvor, etnopsixologiya, etnik, muloqot, psixologik omil, mentalitet, milliy qadriyat.
1 KIRISH
XXI asr o'zbek xalqi tarixi va milliy qadriyatlarini o'rganish sohasida yangi zarvaraqlarni muhrlamoqda. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" asarlarida qayd etganlaridek bugungi kunda tariximizning noma'lum bosqich va qirralari qaytadan kashf etilmoqda. O'zbekistan mustaqilligidan so'ng o'zbek xalqining qadimiy davlatchilik an'analari, etnik tarixi, etnopsixologiyasi, va etnogeneziga bag'ishlagan qator ijtimoiy munosabatlarda salmoqli tadqiqotlar yaratilmoqda[1]. Lekin, afsuski hozirgi qadar o'zbek xalqning mentaliteti, uning o'ziga xos tomonlari, Milliy boyligimiz bo'lgan tilimizga e'tiborsizlik, qadriyatlarimizni eskilik sarqiti deya sun'iy unutishga urunish, milliy psixologiyamiz, milliy yutuqlarimiz va nuqsonlarimiz borasida tadqiqotlar aytarli ko'zga tashlanmayapti[2].
Tarixda ma'lumki, dunyodagi har bir millatning shu jumladan o'zbeklarning ham aqliy-ruhiy qiyofasi ya'ni milliy mentaliteti o'ziga xos tarixiy, etniq tabiiy-iqlimiy, etnopsixologiyasi, milliy an'ana va qadriyatlar, shart-sharoitlar doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo'lgan munosabati ham turli bo'lishi shubhasiz. Zero, milliy o'ziga xosliklar uzoq tarixiy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar, tabiiy geografik o'rnashuv, o'zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy psixologik karashlari negizida qadimiy an'analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi.
Shu o'rinda e'tibor qaratsak, etnopsixologiya madaniyat va inson psixikasi o'rtasidagi munosabatlarni o'rganuvchi rivojlanayotgan fandir. Ushbu sanoat shakllanish bosqichida, shuning uchun uning aniq ta'rifi hali mavjud emas. Maqolada biz ushbu ilmiy yo'nalish qanday rivojlangani, uni o'rganishning predmeti va usuli nima ekanligini bilib olamiz. [3]
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI Zamonaviy etnopsixologiyani o'rganish bilan shug'ullanuvchi ko'pchilik mutaxassislar uni mustaqil fan deb hisoblamaydilar. Ushbu fan sohasi ikkita fundamental soha - psixologiya va madaniyat bilan chegaradosh. Shu bilan birga, etnopsixologiya ikkitadan ortiq soha muammolarini o'rganadi. Bu fanni belgilashda olimlar turli atamalardan foydalanishlari bejiz emas, bu ko'p jihatdan psixologiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, tarix va antropologiya fanlaridagi tadqiqot mavzulari va usullarining etnopsixologiyadagi mazmuni bilan bog'liq. Yunon tilidan tarjima qilingan etnos "xalq", psixika "ruh", logos esa so'z, bilim, ta'limot degan ma'noni anglatadi.
Etnopsixologiya ilmiy-tadqiqot yo'nalishi:
1. Emotsional-irodaviy va aqliy bilish jarayonlarining milliy xususiyatlari, ma'lum millat vakillariga xos reaktsiyalar;
2. Turli etnik ozchiliklar vakillarining davlatlari va shaxsiy xususiyatlari;
3. Ayrim xalqlar va xalqlarning ijtimoiy-psixologik sohasidagi hodisa va jarayonlarning o'ziga xosligi;
4. Milliy o'ziga xoslik, etnotarixiy qadriyatlar va yo'nalish masalalari;
5. Ayrim etnik guruhlar madaniyatining xususiyatlari.
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Etnopsixologiya haqida odamlar va butun xalqlarning etnik, madaniy, psixologik xususiyatlari ko'rib chiqiladigan murakkab ilmiy tadqiqot sifatida gapiradigan bo'lsak, uning ob'ektini ajratib ko'rsatish oson.[4] Ular butun etnik guruhlar, millatlar, xalqlar, etnik va milliy ozchiliklardir. Etnopsixologiyaning predmeti-ma'lum bir ijtimoiy-etnik jamoaga mansub kishilarning o'z-o'zini anglashi, ularning o'z manfaatlarini tushunishi va ijtimoiy munosabatlar tizimidagi millatning haqiqiy mavqeini, boshqa etnik guruhlar bilan o'zaro munosabatlarining o'ziga xos xususiyatlarini tushunishi. Mentalitet va umumiy bir millat yuqorida qayd etilgan xususiyatlardan tashqari millatlarning aqliy intellektual imkoniyatlari va ruhiy-psixologik o'ziga xosliklarini qamrab oladi. Xarakterdagi o'ziga xosliklarning negizini esa shu xalqning tarixiy tajribalari, urfodatlari, marosim va ma'rakalarining yahlit tizimi tashkil etadi[5]. Boshqacha qilib aytganda, ular mentalitetning xarakatlantiruvchi kuchlari vazifasini o'taydi.
O'zbek xalqining milliy mentaliteti haqida so'z yuritishdan oldin shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, o'zbek xalqi 4 ta katta diniy-mafkuraviy bosqichni (zardo'shtiylik, buddaviylik, islom, kommunistik) o'z boshidan kechirganligi va har bir mafkuraviy-diniy ta'sirlar davri tugaguncha necha avlodlar almashganini va bu jarayonlarning millat fe'l-atvorida o'chmas iz qoldirganini unutmaslik kerak[6].
O'zbeklar o'ziga xos shakllanish jarayoniga ega xalqdir. Tarix guvohlik beradiki, o'zbek xalqi mazkur hududda yashagan tub yerli etnoslardan tomir olgan; ikkinchi ildizini esa qadimiy turkiy xalqlardan boshlagan. Har ikkala asosiy ildizlarning birikishi — o'zaro sintezi o'zbek elatini va keyinchalik o'zbek millatini tashkil etgan[7].
O'zbek xalqining etnik-etnopsixologik jihatidan ko'p tarmoqli va sertomir ekanligi uning mentalitetida barcha urug' va ijtimoiy qatlamlar uchun umumiy jihatlar, jamoa manfaatlarini himoya qiluvchi fazilatning ayniqsa rivoj topishni taqozo etib kelgan. Xalqimiz fe'lidagi bag'rikenglik, hotamtoylik, mehmondo'stlik, o'zaro hamkorlikda moyillik, g'am-anduhi paytlarda nochor kimsalarga hamdardlik, yelkadoshlik fazilatlari ana shu jamoaviy yakdillikni ta'minlash, til va dil, fikr birligini saqlash ehtiyojlaridan tug'ilgan va sayqal topgandir.
Ikkinchi guruh, sabablar doirasiga muayyan millat istiqomat kilib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiyg jug'rofiy-hududiy va iqlimiy omillar ta'sirini ko'rsatib o'tish joizdir. Ma'lumki, mamlakatimizning asosan tekislik va cho'llardan iborat keskin kontinental iqlimli, jug'rofiy hududda joylashganligi, jazirama issiq, yoz bilan qahraton qishni, almashinishi, bahor va kuzning shiddat bilan kelishi va ketishi xalqimizning fe'l-atvorida aniqlik va lo'ndalikni, to'poriliq qaynoq mehrini, qattiqqo'llik va intizomni tarkib toptirgandir.
Xullas, xalqimizning intellektual ma'naviy-mafkuraviy, milliy qiyofasi mentalitetiga baho berishda yuqoridagi muhim jihatlarni e'tiborga olish zarurdir.
3. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O'zbeklarning Movarounnahr va Xorazm hududida, hamda ularga tutash mintaqalardagi o'troq dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyatiga ega avtoxton xalq ekanligiga xalqimizning ona tabiatga, yerga, suvga, havoga, olovga bo'lgan cheksiz hurmati va ularni e'zozlash bilan bog'liq turfa xil urf-odat va marosimlari, an'anaviy dehqonchilik va hunarmandchilik udumlari, ko'p asrlik islom sharoitidan qat'iy nazar, o'zbek xalqining turmush-tarzida, urf-odatlarida saqlanib kelayotgan son-sanoqsiz zardo'shtiylik elementlarida ayniqsa yaqqol ifodalangan. Shuningdek, bugungi kunda o'ziga xos tarzda tarix rivojlanayotgan shaharsozlik va me'morchilik an'analarimiz, boy folklor na'munalarimiz, yozma meros, adabiyot, san'atga bo'lgan qiziqishlarimiz, ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurash, koinot va zamin, inson va havo, o'lim va abadiyat haqidagi asotir va rivoyatlarimizda, asosan o'troq, madaniyat sohiblariga tegishli bo'lgan Navro'z, Mehrjon, Sada, Gul sayllari, Hosil bayrami kabi bayram va sayllarning davomiyligi, yoinki insonning qayg'uli onlari-motam marosimlarida maxsus o'lik xizmatchilari-gassollar, go'rkovlar ipggiroki bilan bog'liq udumlarimiz, rasm-rusmlarimiz davom etib kelayotganligi fikrimiz dalilidir.
O'zbeklarning boshqa asosiy ildizi turkiylardan boshlaganligiga (turkiylikka xos jangovarlik, mardlik, lafz halolligi) bag'rikengliq sahovatpeshalik, hojatbarorlik kabi hislatlarimizda o'zining yorqin ifodasini topgan. Biz buni ayniqsa xalqimizning to'ytantanalarga o'ta o'chligida, yillar mobaynida yig'ib-terib elga tarqatishdan zavq-shavq olishida, a'za va yo'qlov marosimlarini uyushgan holda o'tkazishda, bola tug'ilishidan tortib to motam marosimlarimizgacha bo'lgan barcha marosim va urf-odatlarimizda, keng jamoatchilik va mahalla ahlining doimo bosh-qosh bo'lishi kabi udumlarimizda kuzatamiz.
Milliy mentalitetimizda turkiylarga xos jihatlar ma'naviy madaniyatimizda, chillaq chavgon, ko'pkari, kurash kabi milliy o'yinlarmizda, "quloq tishlar" yoki "non sindirish", "beshikkerti", "qalin", "to'qqiz", "maraka" kabi rasm-rusm va udumlarimizda, qolaversa, otga bo'lgan o'ziga xos mehr-muhabbat va motam marosimlarda ishtiroki bilan bog'liq udumlarimizda yorqin ifodasini topgan.
Shu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, ming-ming yillar davomida shakllangan milliy mentalitetimiz bizga qo'shni bo'lgan boshqa xalqlarga muallaq holdag o'zga xalqlardan ayri rivojlanmagan. Aksincha, milliy mentalitetimizga biz bilan qo'shni bo'lib yashab kelgan boshqa xalqlarning ma'lum ma'noda ta'siri bo'lgan. Ayniqsa o'zbek milliy mentalitetida forsiy zabon xalqlar va arablarning ta'siri katta bo'lgan.
O'zbek milliy mentalitetiga xos jihatlardan yana biri jamiyat hayoti, insonlar turmush tarzini ko'proq an'ana urf-odatlar orqali boshqarilishidir.
O'zbek xalqi oila qurish an'analariga rioya qilishda, qiz uzatish yoki kuyov tanlashda ham quda bo'lmish tomon xususida ma'lumotga ega bo'lib, ularning
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
ijtimoiy kelib chiqishini, jamoada tutgan o'rnini va obro'-e'tiborini hisobga oladi. Agar kuyov yoki kelin bo'lmish tomonning aqli, odobi, husni-malohati bir hissa bo'lsa, ularning qarindosh-urug'lari, avlodning jamoadagi mavqe va bu xususdagi jamoatchilik fikri ikkinchi, aksariyat hollarda, hal qiluvchi omil vazifasini o'taydi. Farzandlarni yaxshiga qo'shish, bu borada xato qilib qo'ymaslikda jamoa, jamiyat ra'yi, ko'pchilikning kengashli fikri muhim rol o'ynaydi. Shu boisdan ham, jamoatchilik fikrining shaxs turmush tarzi, taqdirini belgilashdagi ustuvorlik mavqe beqiyosdir. Shu o'rinda "G'arb qonunlari, Sharq urf-odatlari bilan boshqariladi" degan iborani eslamoq joiz. Darhaqiqat, Sharqda, shu jumladan o'zbeklarning turmush tarzida ham ko'plab urf-odatlar qonunlar darajasida yuqori turadi. Jumladan, oila davrasida, yoinki, keng jamoatchilik o'rtasida o'tkaziladigan barcha marosimlarimizda mahallaning bosh-qosh bo'lishi, qo'ni-qo'shnichilik an'analarimiz, oila-turmush marosimlarimizdagi ko'plab urf-odatlar qonun darajasida bajariladi.G'arbda shaxs jamoaga o'zligini yuzaga chiqarish, iste'dodi va imkoniyatlarini namoyish etish, muayyan maqsadlarga erishish vositasi sifatida qaraydi. Jamoa insonning ichki, botiniy dunyosi, ruhiyati va shaxsiy hayotiga mutlaq aralashmaydi[8]. Sharqda esa butkul boshqacha manzarani kuzatamiz. Sharqda jamoaga asosiy e'tibor beriladi. Har-bir urf-odat, marosim jamoa, mahalla ahli ishtirokida o'tkaziladi. Jamoa insonni ijtimoiy nazorat ostida tutib turish, shaxsning jamoadagi muntazam ishtiroki uning umumiy axloqiy me'yorlari doirasida ish tutayotganining isboti sifatida talqin etiladi. Jamoadan ajralgan holda ish tutish insonning ijtimoiy begonalashuvi sifatida baholanadi.
Xalqimiz mentalitetiga mos va xos bo'lgan ana shu jihatni birinchi Prezident I.A.Karimov alohida ta'kidlab ko'rsatgan edi: "O'rta Osiyoda biz butun tarix davomida jamoa bo'lib yashab kelganmiz. Ba'zi G'arb mamlakatlarida esa yakka yashashga intilish kuchli. Bu bizning respublikamiz uchun mos emas. Aytaylik bizda mahallachilik an'anasi juda kuchli... Men xususiyatlar to'g'risida gapirar ekanman, Amerikada shaxs demokratiyasi ustuvor bo'lsa, bizda boshqacha me'yorlar asosida, ya'ni jamoa manfaatlariga mos yashash ustunligini aytmoqchiman"[9].
Darhaqiqat, o'zbek xalqi jamoa manfaatlari, jamoatchilik fikri doirasida, an'ana va urf-odatlarga sodiqdik negizlarida birlashishga moyil va shunga intiluvchi xalqdir. Zero, an'analarning o'zi ham jamoatchilik fikrining barqarorlashgan ifodasidir.
4. TAHLIL VA NATIJALAR
Shu o'rinda shuni ham ta'kidlash joizki, bugungi kunda o'zbek qadrini urf-odat va marosimlarimizning an'anaviy o'ziga xos tomonlari jonlanayotgan bir tarixiy jarayonda mentalitetimizdagi jamoaviylikka xos me'yoriy bog'liqlik fazilatini saqlagan holda, uning bir qadar individuallashuvi, unda javobgarlik hissasini rivojlantirish, o'zi uchun o'zi hisob bera olish, mustaqil ish tutish, shaxsiy mas'ullik singari xususiyatlarni yanada takomillashtirish zarur. Shu o'rinda afsus bilan aytish kerakki, o'zbeklar bir yuz ellik yillik mustamlaka
davrida xalqimiz yo'qotgan qadriyatlarni saqlab qolishga erishilgan qadriyatlardan bir necha hissa ko'p bo'lgan. Chor Rossiyasi hamda Sho'rolar davrida xalqimizga xos bo'lgan hamjihatlik, jangovarlik, har ishda so'z va amal birligi singari fazilatlarga jiddiy zarar yetkazildi. Xalq orasida milliy birlikka intilishdan ko'ra; guruhiy, etnik mahalliy va hududiy ayirmachilikka berilish kuchaydi. Xalq milliy mentaliteti taqdirga tan berish, hamma narsaga rozi bo'lib ketaverish, loqaydlik kabi hislatlar avj oldi. Uzoq davom etgan sobiq sovet davlatining mafkuraviy tazyiqlari oqibatida ko'plab diniy va milliy qadriyatlarimiz e'tiborsiz qoldi, uzoq tarixga ega bo'lgan muqaddas an'ana va marosimlarimiz bid'at, "eskilik sarqiti" deb kamsitildi, milliy udumlarimizning tarixiy asoslariga xolisona baho berilmadi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgach, o'tmishdan meros bo'lib o'tgan ana shunday salbiy holatlarga yangicha nigoh bilan qarash, ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratilgan g'oyat ulkan, bebaho ma'naviy, madaniy merosimizni, o'tmish tariximizni, qolaversa umummilliy ma'naviy islohotlarni amalga oshirish asosiy vazifalardan biri sifatida e'tirof etildi va ular davlat siyosati darajasidagi g'oyat muhim vazifa qilib belgilandi. Bugungi kunda hayotiy zaruratning o'zi xalqimiz fe'l atvori, mentalitetini yangilashga jiddiy e'tibor qaratishga undamoqda. Lekin, afsuski, bugungi kunda yer sharida kechayotgan boshqa bir muhim jarayon, dunyo bo'yicha ketayotgan globallashuv jarayoni natijasida jahon xalqlari uchun umumiy etiket, umumiy fe'l-atvor, umumiy mintelitet shakllanmoqda va bunga bevosita jahon miqyosida ketayotgan siyosiy, iqtisodiy va axborot borasidagi globallashuv ancha kuchli ta'sir qilmoqda. Bunday globallashuvni bir xillashuv muayyan ijobiy natijalar berishiga qaramasdan, ko'plab salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. Bu sharqning gavhari bo'lgan o'zbek xalqining milliy mintalitetiga ham bevosita, hamda bilvosita ta'sir ko'rsatmoqda. Natijada globallashuv oqibatida o'zbeklarning ko'plab milliy mentalitetiga xos talay qadriyatlar, marosim va udumlarni unitilishiga sabab bo'lmoqda. Shu bois, bugungi kunda, xalqimizning milliy mentalitetini o'zida aks ettiruvchi qadimiy urf-odatlarini, marosimlarini saqlab qolish uchun:
1. Qadimiy urf-odatlarimiz, folklor na'munalarimiz shakllanib kelayotgan mintaqalar (Boysun, Urgut, Shaxrisabz kabilar) ni davlat muxofaziga olish va maxsus maqom berish;
2. Xalq mentalitetini saqlash maqsadida etnoekologik jamg'armalar, tashkilotlar tuzish;
3. Xalqimiz milliy mentaliti, qadriyatlari, etnopsixologik ta'lim-tarbiyaga oid eng qadimiy urf-odat va marosimlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ'ib qilish hayotiy zaruriyat bo'lib qolmoqda.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, butun jahon bo'yicha ulkan global jarayonlar kechayotgan bir vaqtda o'zbek milliy mentalitetini tadqiq qilish, uning nechog'lik umuminsoniy qadriyatlarga mosligini
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent.mm.y2om www.in~academy.uz
kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, xalqimizning qadimiy an'analari, azaliy urf-odat hamda marosimlariga ega bo'lishi bilan birgalikda, o'ziga xos va o'ziga mos milliy mentalitetga ega xalq ekanligidan dalolat beradi.
ADABIYOTLAR:
[1] Mirziyoyev Sh.M. "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz". - Toshkent: "O'zbekiston", 2017 y.
[2] Mirziyoyev Sh.M. Oliy Majlisga Murojaatnoma. -Toshkent, 2020 yil. 24 yanvar.
[3] Karimov I. A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T.: Ma'naviyat, 2008.- 176 b.
[4] Andreeva N.N. Etnik psixologiya. - M.: 1984. - 77 b.
[5] Jabborov Azim Meyliqulovich. Этнические стереотипы и психология, M.: Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов самобытности узбекского народа, 2015
[6] Asmolov A.G. Shaxsiyat psixologiyasi. - M.: MDU, 1990. - 367 b.
[7] Mukanov M.M. Hayot tarzi va intellektual faoliyat etnopsixologiyasi // Shaxs psixologiyasi va turmush tarzi. -M., 1987. - B. 100-102.
[8] Izmailov A.E. Xalq pedagogikasi: Orta Osiyo va Qozog'iston xalqlarining pedagogik qarashlari. - M., 1991. -256 b.
[9] Karimov I.A. Bunyodkorlik yo'lidan.-T.: O'zbekiston, 1996.- T. 4.- 239-240 b.