Научная статья на тему 'MAROSIM VA UDUMLARNING NAZARIY XUSUSIYATLARI XUSUSIDA'

MAROSIM VA UDUMLARNING NAZARIY XUSUSIYATLARI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1165
223
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
udumlar / marosim / an’ana / urf-odat / irim-sirim / diniy amallar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xurriyat Isroilova

Har bir xalqning o’zining tarixan shakllanib kelgan an’ana va urf odatlariga ega. Shu jumladan o’zbek xalqi ham yillar davomida shakllanib kelgan, o’ziga xos etnografik tarixiga ega. Shunday an’analar ichida o’zbek xalqining udumlar qadim o’tmishdan to hozirgacha amal qilinayotgan asosiy marosimlari hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAROSIM VA UDUMLARNING NAZARIY XUSUSIYATLARI XUSUSIDA»

MAROSIM VA UDUMLARNING NAZARIY XUSUSIYATLARI XUSUSIDA

Xurriyat Isroilova O'zDSMI

Annotatsiya: Har bir xalqning o'zining tarixan shakllanib kelgan an'ana va urf odatlariga ega. Shu jumladan o'zbek xalqi ham yillar davomida shakllanib kelgan, o'ziga xos etnografik tarixiga ega. Shunday an'analar ichida o'zbek xalqining udumlar qadim o'tmishdan to hozirgacha amal qilinayotgan asosiy marosimlari hisoblanadi.

Kalit so'zlar: udumlar, marosim, an'ana, urf-odat, irim-sirim, diniy amallar

ON THE THEORETICAL CHARACTERISTICS OF CEREMONIES AND

CEREMONIES

Hurriyat Israilova UzSIAC

Abstract: Each nation has its own historically formed traditions and Customs. Including the Uzbek people, which have been formed over the years, have their own ethnographic history. In such traditions, the rituals of the Uzbek people are the main rituals that are practiced from the ancient past to the present.

Keywords: rituals, ritual, tradition, tradition, irim-sirim, religious practices

Tarixda ma'lumki, dunyodagi har bir millatning shu jumladan o'zbeklarning ham aqliy-ruhiy qiyofasi ya'ni milliy mentaliteti o'ziga xos tarixiy, etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo'lgan munosabati ham turli bo'lishi shubhasiz. Zero, milliy o'ziga xosliklar uzoq tarixiy davrdagi ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy jarayonlar, tabiiy geografik o'rnashuv, o'zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy psixologik qarashlari negizida qadimiy an'analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi. Xususiyatlardan tashqari millatlarning aqliy intellektual imkoniyatlari va ruhiy-psixologik o'ziga xosliklarini qamrab oladi. Xarakterdagi o'ziga xosliklarning negizini esa shu xalqning tarixiy tajribalari, urf-odatlari, marosim va ma'rakalarining yahlit tizimi tashkil etadi[3]. Boshqacha qilib aytganda, ular mentalitetning xarakatlantiruvchi kuchlari vazifasini o'taydi. O'zbek xalqining milliy mentaliteti haqida so'z yuritishdan oldin shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, o'zbek xalqi 4 ta katta diniy-mafkuraviy bosqichni (zardo'shtiyliq, buddaviylik, islom, kommunistik) o'z boshidan kechirganligi va har bir mafkuraviy-diniy ta'sirlar davri tugaguncha

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

necha avlodlar almashganini va bu jarayonlarning millat fe'l-atvorida o'chmas iz qoldirganini unutmaslik kerak. O'zbeklar o'ziga xos shakllanish jarayoniga ega xalqdir. Tarix guvohlik beradiki, o'zbek xalqi mazkur hududda yashagan tub yerli etnoslardan tomir olgan; ikkinchi ildizini esa qadimiy turkiy xalqlardan boshlagan. Har ikkala asosiy ildizlarning birikishi - o'zaro sintezi o'zbek elatini va keyinchalik o'zbek millatini tashkil etgan.

O'zbek xalqi qadim o'tmishdan bugungi kungacha o'zining boy tarixi, ma'naviy qadriyatlari, milliy urf-odatlariga ega bo'lib, zamonlar osha uni o'z qalbi va ma'naviyatiga saqlab kelib, avloddan-avlodga meros qilib qoldirib kelmoqda. Tarix insoniyat hayotining shakllanishi, taraqqiy etib borishi va kelajak uchun zaruriy ehtiyojlarni yaratishga asos bo'lib xizmat qilishi bilan birgalikda, o'tmish ajdodlarimizning bosib o'tgan turmush tarzini halollik, haqqoniylik hamda tanqidiy ruhda tahlil qilishni ham o'z zimmasiga yuklaydi.

Biz o'zbek xalqining kelib chiqishi, etnik tarixi va xususiyatlari nixoyatda murakkab va uzoq davrni qamrab oladi. Tarixan tarkib topgan milliy an'ana, urf-odatlari, rasm-rusum, taomil, marosimlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga bir qancha omillar bevosita va bil vosita ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa milliy marosimlar va urf-odatlar taraqqiyotida moddiy va ma'naviy madaniyat, tabiiy muhit, xo'jalik munosabatlari ta'siri beqiyos bo'lib, vaqt o'tgan sari ular tobora mustahkamlanib avlodlarga meros bo'lib o'tib kelgan va shu tariqa ularning barqarorligi ta'minlangan. Jamiyat taraqqiyoti tufayli milliy marosimlar va urf-odatlar ham o'zgarib ularning ayrimlari amaliyotdan chiqib unitilgan. Turmushga zamonga qarab yangi-yangi urf-odatlar va marosimlar kirib ta'komilashib borgan. Xalqchil urf- odatlar va marosimlar zamonlar osha davr sinovlariga bardosh berib yashab kelmoqda. Qolaversa, asrlar davomida bir makonda aralash yashab kelgan xalqlarning a'nanalari va urf-odatlarida o'xshashliklar ko'p. Turli tarixiy davrlarda O'zbekistonning tub yerli turg'un aholisiga kelib qo'shilgan qabila va elatlar o'troqlashib o'zbeklarning udumlarini qabul qilganlar va ayni vaqtda unga hissalarini qo'shganlar.

Shuningdek, xalqimizning qadimgi milliy qadriyatlari bugungi kunda o'ziga xos tarzda rivojlangan bo'lib, o'zbek milliy urf-odatlari, islom dini bilan bog'liq odatlar, islomdan tashqari marosimlar, aza bilan bog'liq marosimlar va to'y-hasham bilan bog'liq urf-odatlar kabi marosimlar xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylangan. O'zbek milliy urf-odatlari qatoriga mehmondorchilik, boshqa millat-elatlarga bu darajada qadirlashmaydigan bir o'ziga xos urf-odatlaridandir. Kattalarni hurmat qilish o'zbek xanodonida umuminsoniy qadriyatlardan bo'lib, bolalarga juda yoshligidan o'rgatilgan.

O'zbekiston tarixan olib qaraganda juda ham qadimiy davlatlar qatoridan joy oladi. Uning bu ko'hnaligi nafaqat moddiy balki, madaniy qadriyatlarda ham o'z

ifodasini topgan. Bu an'ana hamda udumlarimiz etnograf olimlar, tarixchilar va sayohatchilar o'z asar va kundaliklarida ko'plab ma'lumotlar keltirib o'tganlar.

Mustaqillik bizga qadim qadimdan ota bobolarimizdan meros urf odatlarimizga erkin amal qilish imkonini berdi. Shu o'rinda azaldan to'y-tomosha oshuftasi o'zbek xalqining to'y marosimlari bilan bog'liq an-a'nalari hamda rasm-rusmlari faqatgina xursandchilik va shodiyonalik bo'libgina qolmasdan, balki, muayyan maqsadga qaratilgan, asrlar davomida rioya qilinib kelinayotgan diniy udumlar majmui hamdir. To'y-bashariyat aql zakovati, tabiiy, ma'naviy-axloqiy va huquqiy ehtiyojlari, talablari asosida vujudga kelib, uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tib, hozirgi kunimizgacha yetib kelgan va istiqbolda ham ma'naviy qadriyatlarimiz tarkibida mustahkam saqlanib keladigan noyob hayotiy marosimlar majmuidir. Darhaqiqat, to'y deb ataluvchi so'z anglatgan marosimlar hamma vaqt hamma joyda kishilarning talabi, ehtiyoji bilan o'tkazilar ekan, ushbu hayotiy hodisaning turli elatlar va xalqlar va millatlardagi vujudga kelish tarixi, shakllari, tarixiy jihatdan kasb etgan xususiyatlarini o'rganish, uning tarkibida saqlanib qolgan umuminsoniy , milliy va mahalliy ijobiy an'analarni saqlab qolish: qoloq, davr talablariga mos kelmaydigan jihatlarni isloh etish, kamxarajatli, ixcham to'ylar qilishga xalqimizni odatlantirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.

O'zbek to'y marosimlari davrlar o'tishi bilan qisman o'zgarib borgan va har bir etnik guruhda o'ziga xos xususiyatlari bilan o'zaro farq qiladi. Qadimdan meros bo'lib kelayotgan to'y marosimlari islomgacha va islomdan keying ayrim magik xarakterga ega bo'lgan udumlarning hozirgi zamonaviy odatlar bilan qorishib ketganligini millatlar o'rtasidagi aloqalarning globallashuvi natijasidir. Jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanmish oila munosabatlari nikohdan boshlanadi. Bunda ikki yoshning yangi hayotga qadam qo'yayotganligi el-ulus, qo'ni-qo'shnilarga ma'lum qilinib, ularning turmush qurishga kirishayotganligi e'tirof etiladi. Ana shu nikoh to'yi o'zbek xalqida boshqa to'ylardan to'y ishtirokchilari tomonidan murakkab urf-odatlar va irim-sirimlarning bajarilishi, ko'plab qadimiy e'tiqod va topinishlarning masalan, fetishizm, totemizm, ajdodlar ruhiga sig'inish, olov va boshqa bir qator demonologik ko'rinishlar izlarining mavjudligi bilan ajralib turadi.

Xulosa: Umuman olganda, xalqimizning tarix sinovlaridan o'tgan bayramlari marosimlari, urf-odatlari xalqimizning milliy xususiyatlari, qadriyatga aylangan xalqchillik ruhi bilan sug'orilgan jihatlarini, halollik, poklik, mehnatsevarlik xislatlarini namoyon etadi. Ruhiy ko'rinishlarining barchasi xalq to'ylarida o'z ifodasini topadi, xalqning o'ziga xos milliy. Yashovchanligining asosiy sababi ularning asosiy mazmun mohiyati hamda maqsadi kelajak avlod davomiyligini ta'minlashga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.

Foydalangan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining parlamenti 2019 yil 14 sentabr kuni "To'y hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish" to'g'risidagi qarori.

2. SH.M.Mirziyoev Erkin va faravon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. "O'zbekiston" NMIU, 2016y.

3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. T., 2008.

4. Ashirov A.A. O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari. -T., 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.