Научная статья на тему 'OILAVIY URF-ODAT VA MAROSIMLARDA QADIMIY DINIY E’TIQOD IZLARI'

OILAVIY URF-ODAT VA MAROSIMLARDA QADIMIY DINIY E’TIQOD IZLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
2718
213
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
urf-odat / marosim / diniy e’tiqod / lokal o’ziga xoslik / qadimgi diniy qarashlar / traditions / ceremonies / religious beliefs / local identity / ancient religious views

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Saydamov Shaxzod Arslon O’G’Li

Ushbu maqolada O’zbek xalqi aholisining oilaviy va jamoaviylik asosida o’tkaziladigan urf-odat va marosimlarida, ananalari va xalqona qarashlarida qadimgi diniy tasavvurlarning saqlab qolinganligi tarixiy-ilmiy adabiyotlar va dala-etnografik tadqiqotlar asosida yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRACE OF ANCIENT RELIGION IN FAMILY TRADITIONS AND CEREMONIES

This article highlights the preservation of ancient religious ideas in the family and community traditions, ceremonies and traditions of the Uzbek people on the basis of historical and scientific literature and field ethnographic research.

Текст научной работы на тему «OILAVIY URF-ODAT VA MAROSIMLARDA QADIMIY DINIY E’TIQOD IZLARI»

OILAVIY URF-ODAT VA MAROSIMLARDA QADIMIY DINIY E'TIQOD

IZLARI Saydamov Shaxzod Arslon o'g'li

Jizzax DPI tarix fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6634327 Annotasiya. Ushbu maqolada O 'zbek xalqi aholisining oilaviy va jamoaviylik asosida o'tkaziladigan urf-odat va marosimlarida, ananalari va xalqona qarashlarida qadimgi diniy tasavvurlarning saqlab qolinganligi tarixiy-ilmiy adabiyotlar va dala-etnografik tadqiqotlar asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: urf-odat, marosim, diniy e'tiqod, lokal o'ziga xoslik, qadimgi diniy qarashlar.

СЛЕД ДРЕВНЕЙ РЕЛИГИИ В СЕМЕЙНЫХ ТРАДИЦИЯХ И ОБРЯДАХ Аннотация. В данной статье освещается сохранение древних религиозных представлений в семейно-общинных традициях и обрядах узбекского народа на основе историко-научной литературы и полевых этнографических исследований.

Ключевые слова: традиции, обряды, религиозные верования, локальная идентичность, древние религиозные воззрения.

TRACE OF ANCIENT RELIGION IN FAMILY TRADITIONS AND

CEREMONIES

Abstract. This article highlights the preservation of ancient religious ideas in the family and community traditions, ceremonies and traditions of the Uzbek people on the basis of historical and scientific literature and field ethnographic research.

Keywords: traditions, ceremonies, religious beliefs, local identity, ancient religious

views.

KIRISH

Har bir xalqning boshqa xalqlardan ajralib turuvchi muhim etnografik belgilaridan biri uning marosimlari hisoblanadi.o'zbek xalqining qadimiy-madaniy merosi, urf-odatlari va anana marosimlari bizga yetib kelayotgan yodgorliklargina emas, balki barcha manaviy boyliklarning tarkibiy qismi, inson aql-idroki va tafakkurining buyuk yutug'I ham hisoblanadi. Tug'ulish nikoh va o'lim bilan bog'liq marosimlar - bu ayniki tafakkurga yo'naltirilgan, balki xissiyot va rux bilan bog'liq muhim bosqichlardan iborat bo'lib, ularning ko'plari kelib chiqishi asoslariga ko'ra qadimiy e'tiqodlar va diniy qarashlarga borib taqaladi. Boshqacha tarizda aytadigan bo'lsak, urf-odat va marosim umum tomonidan qabul qilingan ramziy xarakterlarga ega bo'lgan xayotiy tadbirdir.

Oila va oilaviy marosimlar etnosga oid madaniy va maishiy ananalar uzatuvchisi hamda davomchisi xisoblanadi. Mashhur ingliz faylasufi K.Dousonning ta'kidlashicha, qon-qarindoshlilik, nikoh va oila bilan bog'liq barcha instutlar va marosimlar diniy kelib chiqish tarixiga ega va ularning ko'plab diniy sanksiyalarida o'z tasdiqini olgan. Qolaversa, mazkur jarayonlarda etnosga xos lokal milliy va dinniy xususiyatlar birmuncha yorqin namoyon bo'lishi bois bu turkumga kiruvchi marosim va urf-odatlar ma'lum bir xalq etnomadaniyati hamda etnik dunyoqarashi asoslarini tadqiq qilishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etishi bilan ajralib turadi. O'zbek ayollari homiladorlik vaqtida bolasining sog'lom tug'ulishi uchun, homiladorlik

bilan bog'liq uif-odatlarni bajarib turishi lozim bo'lgan. Ona o'z homilasini yovuz kuchlar hujumidan omon saqlash uchun muayyan tartib-taqiqlarni bajarishi ya'ni, homilador ayolning qorong'u (oqshom)da yolg'iz yurishi man qilingan: homilador ayolga bolasi o'lib qolgan yoki tug'maydigan xotinlar izini bosish taqiqlangan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Etnografik ma'lumotlarga binoan, chaqaloq tug'ulishi paytida bola va onaga turli ins-jinsilar ziyon yetkazar ekan. Shu bois ajdodlar ruhiga bag'ishlab oq mato, bir kosa un va pul ko'tariladi hamda oq paxta olinib, xomilador ayolning ustidan uch martda aylantirib qo'yiladi.Qolaversa, uning to'lgoq tutayotganligi hech kimga bildirmagan, xattoki qo'shnilar ham sezishmagan. Agar bu voqea xususida boshqalar eshitib qolsalar tug'ish jarayoni cho'zilib, qiynalishadi degan qarashlar ham mavjud. Loqay o'zbeklarda xomilali ayol farzand dunyoga keltirish jarayonida qiynalib, chaqaloq tug'ulavermasa oilada erkak miltiq bilan ikki-uch o'q uzib , tug'ushga xalaqit qilayotgan yovuz ruxlarni xaydagan.Tug'ulgan chaqaloqning kindigi doya momolar tomonidan umri uzun, rizqi butun bo'lsin degan niyatda yuqoriga qarab kesilgan.Etnografik ma'lumotlarga ko'ra, kindik pastga qaratib kesilsa guyoki bola yo'lda yurgan paytda qora tovon kasalligiga chalinib nobut bo'lishi mumkinligi haqida qarashlar mavjud bo'lgan. Chaqaloqning kindigi kesilgandan keyin ma'lum vaqt utib mevali daraxtlar ostiga ko'milgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Ba'zida chaqaloqlar tug'ulganda badanida qandaydir ortiqcha belgilar bilan dunyoga keladi ya'ni: xol, toj, qizil tamg'a, ortiqcha barmoq va boshqa belgilar bilan tug'iladi.Bu belgilar va nuqsonlar bolaga ism berishda hisobga olinmasa, ular bolaning yashashi, hayoti va kelajak turmishiga havf tug'diradi deb tushunishgan.Bunday bolalarni o'z nomi bilan tug'ulgan bolalar hisoblanib, ularni o'sha ortiqcha belgilari bilan nomlangan isimlar quyishgan.Masalan, Xolboy, Xolbibi, Toji, Ortiqboy, Norboy, Anorxon, Ochil va boshqalar. Farg'ona vodiysi o'zbeklarida ham boshqa mintaqalarda yashovchi o'zbeklar va tojiklarda bo'lgani kabi muqaddas ziyoratgohlar va qadamjolarga nazr-niyoz qilinishi natijasida tug'ulgan chaqaloqlarga ham maxsus ism qo'yilgan bo'lib, ular bolani kelgusi xayotida turli balo-qazolardan himoya qilar ekan. Bunday tarzda tug'ulgan chaqaloqlarga ko'pincha, Xazratqul, Pirimqul, Xujamberdi, Turaqul, Pirniyoz, Ishonberdi, Xujamberdi kabi isimlar quyilgan.Yuqorida ko'rib o'tilganidek, o'zbek tilidagi ismlarning aksariyatida dunyoga kelgan go'dakni turli ins-jinslardan ximoya qilish g'oyasi, niyati mujassamlashgan.

MUHOKAMA

Xalq tasavvurida chaqaloq bilan uning onasini ins-jinslar tasiridan eson-omon asrash ularning chilla davri (chilla- forscha ''chixil'' - qiriq degan ma'noni bildiradi) tartib qoidalariga qanchalik rioya qilishlariga bog'liq bo'lgan. Chilla inson xayotidagi xatarli, eng og'ir va eng masuliyatli davrni anglatuvchi atama xisoblanadi. Odatda, farzand tug'ilganda va kelin-kuyov turmushining nikoxdan, marxumning vafotidan keying 40 kunlik davriga nisbatan chilla atamasi qo'llaniladi va bu davrda ma'lum tartib-qoidalar, magik rasm-rusimlar, cheklashlar va tabularga amal qilinadi. Chillaxonalarga kirib chiqish qat'iyan nazoratga olingan. Begona kishilar ona-bola yotgan xonaga kiritilmagan. Bola organizimi nozikligi va kasallikka tez chalinuvchanligi sababli chilla davrida kattalar tomonidan himoya qilinib turishi lozim deb hisoblaganlar. Chaqaloq chillasi chiqqunga qadar chilla xona qorong'ulikdan qattiq muhofaza qilingan va o'sha davrdagi

xonadan o'chog'idagi olov, hozirda esa elektr chirog'io'chirilmagan. Bu odatlar yovuz kuchlar yorug;likdan qochib, qorong'ulikda faollashadi degan e'tiqodga asoslanadi.

O'zbek xalqi orasida bolani beshikka belashda qarindosh-urug'lar va mahallada hurmatli-e'tiborli, uvali-juvali, nikohi buzilmagan ayollar tanlangan. Bulardan biri doya momo(enaga) yoki o'zining katta buvisi bo'lishi shart hisoblangan. Bolani beshikka belash jarayonida "Qo'rqmas, bo'lgin, sog'lom o'sgin, uzoq yashagin!) degan niyat bildirib turiladi. Shu tarzda bola beshikka belanib, qo'l oyog'i bog'langandan keyin arofdagilar beshik ustidan turli shirinliklar hamda o'rik, jiyda, pista, bodom kabi mevalarni sochganlar. Ushbu sochqilar marosim qatnashchilari tomonidan terib olinib, o'z farzandlariga yaxshi niyatlar bilan ulashilgan. Laqay o'zbeklarda esa chaqaloqni yomon ko'zlardan asrash va bedard voyaga yetkazish uchun beshikka quroqlardan tikuv tikilib, beshik dastasiga bo'ri, yo'lbars, burgut kabi hayvonlarning tirnoqlari osiladi. Bu kabi hayvonlarning tirnoqlari bolani beshikda yotganda turli balo-qazolardan asrashiga ishongan.

Chaqaloqning dastlabki vaqtidagi sochini olish jarayoni ham alohida bir marosim tarizda o'tgan. Ajdodlarimiz "Sochda odamning joni, kuch qudrati, magik quvvati mujassamlashgan " deb tasavvur qilishgan. Ota-ona bolasining sochini o'zi olishdan qo'eqib soch olishga piru badavlat, keksa yoshli va ko'p farzandli onaxonlarimizga oldirganlar. Keksa yoshli onaxonlar bu sochni biron bir mevali daraxt tagiga ko'mdirganlar.Taniqli o'zbek folikorshunos olim M.Jo'rayevning yozishicha, ana shunday mifologik qarashlar xalqimiz orasida soch bilan bevosita aloqador bo'lgan " soch to'yi", "kokil to'yi","xaydar qo'yish", "soch siypatar" singari magik xarakteridagi udumlarning yuzaga kelishiga asos bo'lgan. O'z o'rinda shuni ham ta'kidlash lozimki, chaqaloqning dastlabki qorin sochini olish islomdan avvalgi anana bo'lib, u bolani jamiyat hayotiga qo'shilishi ramziy bir bosqichni anglatuvchi marosimning bir ko'rinishi bo'lsa kerak.

XULOSA

Xulosa tarizda shuni ta'kidlash lozimki, ushbu marosmlarning barchasi o'ziga xosligi va tarixiyligi bilan farqlanib qolmay, balki etnomiliy va diniy marosimlarga aloqadorligi bilan ham boshqa marosimlarda farqlanib turgan. Aynan ushbu urf-odat va marosimlarda biz islom dini ananalari bilan birga qadimiy diniy etiqodlar- totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, afsungarlik, zardushtiylikka oid e'tiqodiy qarashlarning o'zaro sinkretlashgan ko'rinishlarini kuzatish mumkin. Bu esa bir tomondan qadimgi xalqlarga xos urf-odat va marosimlarning uzoq tarixiy asosga ega ekanliligini anglatsa, boshqa tarafdan an'analar va qadiriyatlarga sodiqlilik kabi fazilatlarning o'zbek xalqlari orasida saqlanib kelayotganligidan dalolat beradi.

Foydalangan adabiyotlar ro 'yhati

1. Dawson Ch. God, History and Historians: an anthology of modern Christian views of history. New York, 1977. - P. 122.

2. A.Ashirov. "O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari" A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashiriyoti, 2007 yil 74-bet.

3. Назаров Н. Лакайлар этнографияси.-Т..2007.-Б.6

4. Дала ёзувлари. Наманган вилояти Косонсой тумани ХУжакургон кишлога. 2002 йил

5. Абаишн С.Н. Кокил //Ислам на территориям бывшей Российской, империи: Энциклопедический словарь. Вып.4. М., 2003,- С.44.

6.

7.

Haraa Ba y GunaH GorauK pacM-pycyM.nap Ba yp^-ogaraap TYrpucuga GaTa^cunpoK KapaHr; O.EypHee. HHraa HHMa/CoagaT 1993 (A.Ashirov. "O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari 79. Bet) Ha3apoB H. HaKaftnap этнoгpa^нaсн.-Т..2007.-B.8

^ypaeB M. Con Maruacu GunaH GorauK; MapocuM.nap //Y3ÖeKHCTOH этнoпoгнaсн. ^Hrana Kapam^ap Ba Ha3apuH MeTogo^oruK eHgamyB^ap. TomKeHT. 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.