Научная статья на тему 'JAMOALARDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUHITNI BARQARORLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

JAMOALARDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUHITNI BARQARORLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
134
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Etnopsixologiya / globallashuv / madaniyat / ommaviy madaniyat / ijtimoiy psixologiya / jamiyat. / этнопсихология / глобализация / культура / массовая культура / социальная психология / общество.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Qosimov, Mirolimjon Abdufattox O’g’li

Etnopsixologik xususiyatlar o‘zining kelib chiqishi jihatidan xalqning butun o‘tmishi, hayot tarzi va tarixi bilan bog‘lanib ketgan bo‘lib, bu xususiyatlar millat shakllanmasdan avvalroq vujudga kela boshlagan. Ma’lumki, millat etnik birlik taraqqiyotining eng yuqori bosqichida vujudga keladi. Madaniyat inson hayoti va birligiga bog‘liq tushunchadir. Ko‘p hollarda “Ommaviy madaniyat” “madaniyat” tushunchasining muqobili sifatida qo‘llaniladi. Ushbu maqolada “Ommaviy madaniyat” tushunchasi globallashuv sharoitida uning insoniyat jamiyatiga ijobiy va salbiy ta’sirlarining ijtimoiy psixologik jihatlari tadqiq qilinib, ma’lum xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ТЕХНОЛОГИЯ СТАБИЛИЗАЦИИ СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ СРЕДЫ В СООБЩЕСТВАХ

Этнопсихологические характеристики связаны со всем прошлым, образом жизни и историей народа в плане его происхождения, и эти характеристики стали проявляться еще до образования нации. Известно, что нация формируется на высшей ступени развития этнического единства. Культура –это понятие, связанное с человеческой жизнью и единством. Во многих случаях «Популярная культура» используется как альтернатива понятию «культура». В данной статье исследованы социально-психологические аспекты положительного и отрицательного воздействия понятия «массовая культура» на человеческое общество в условиях глобализации и сделаны определенные выводы.

Текст научной работы на тему «JAMOALARDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUHITNI BARQARORLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JAMOALARDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUHITNI BARQARORLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Qosimov Mirolimjon Abdufattox o'g'li

JXU magistranti

ANNOTATSIYA

Etnopsixologik xususiyatlar o 'zining kelib chiqishi jihatidan xalqning butun o 'tmishi, hayot tarzi va tarixi bilan bog 'lanib ketgan bo 'lib, bu xususiyatlar millat shakllanmasdan avvalroq vujudga kela boshlagan. Ma'lumki, millat etnik birlik taraqqiyotining eng yuqori bosqichida vujudga keladi. Madaniyat inson hayoti va birligiga bog'liq tushunchadir. Ko'p hollarda "Ommaviy madaniyat" "madaniyat" tushunchasining muqobili sifatida qo'llaniladi. Ushbu maqolada "Ommaviy madaniyat" tushunchasi globallashuv sharoitida uning insoniyat jamiyatiga ijobiy va salbiy ta'sirlarining ijtimoiy psixologik jihatlari tadqiq qilinib, ma'lum xulosalar qilingan.

Kalit so'zlar: Etnopsixologiya, globallashuv, madaniyat, ommaviy madaniyat, ijtimoiy psixologiya, jamiyat.

Этнопсихологические характеристики связаны со всем прошлым, образом жизни и историей народа в плане его происхождения, и эти характеристики стали проявляться еще до образования нации. Известно, что нация формируется на высшей ступени развития этнического единства. Культура -это понятие, связанное с человеческой жизнью и единством. Во многих случаях «Популярная культура» используется как альтернатива понятию «культура». В данной статье исследованы социально-психологические аспекты положительного и отрицательного воздействия понятия «массовая культура» на человеческое общество в условиях глобализации и сделаны определенные выводы.

Ключевые слова: этнопсихология, глобализация, культура, массовая культура, социальная психология, общество.

Ajdodlarimiz turli xalqlar madaniyatiga, turmush tarziga e'tibor bilan qaragan, o'zlaridan meros qoldirgan o'lmas ma'naviy obidalarni turli tillarda yaratishgan. O'tmishni, milliy qadriyatlarni bilish, donishmand xalqimizning asriy an'ana va udumlarini o'rganish faqat ma'rifiy ahamiyat kasb etib qolmasdan, shuningdek,

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Zero, milliy zaminda voyaga yetgan yoshlarda ota-bobolarining muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash, hurmat qilish kabi fazilatlar qaror topadi.

Etnopsixologik xususiyatlar o'zining kelib chiqishi jihatidan xalqning butun o'tmishi, hayot tarzi va tarixi bilan bog'lanib ketgan bo'lib, bu xususiyatlar millat shakllanmasdan avvalroq vujudga kela boshlagan. Ma'lumki, millat etnik birlik taraqqiyotining eng yuqori bosqichida vujudga keladi. Etnopsixologik xususiyatlarning ayrim belgilari kishilar birligining hamma tarixiy davrlariga ya'ni urug', qabila, ellatlarga ham xosdir. Etnopsixologik xususiyatlar tadqiqotchilar ko'rsatganidek, faqat bir omil - tabiiy muhit ta'siri bilangina vujudga kelib qolmay, uning vujudga kelishida uchta omil ta'sir ko'rsatadi. Birinchi omil bu - siyosiy-iqtisodiy va jamiyat hayotida bo'layotgan ijtimoiy jarayonlar tizimi bo'lsa, ikkinchisi, shu etnik birlik yashab turgan tabiiy-geografik muhitning xususiyatlaridir. Uchinchi omilga esa xalq hayotida bo'lib o'tgan muhim tarixiy hodisa va voqealar kiradi. Lekin shuni aytish kerakki, etnopsixologik xususiyatlar tizimida kishilar ruhiyatining mazmunini, avvalo birinchi omil - siyosiy- iqtisodiy, o'zgarishlar belgilab beradi. Tabiiy-geografik omil esa asosan etnopsixologik qiyofaning tashqi ifodalarini belgilaydi. Shuning uchun ham bu omil kuzatayotgan kishi nazariga birinchi omilga qaraganda yaqqol namoyon bo'ladi. Ma'lum bir millat vakillarining o'ziga xos idrok etishi fikrlashi va orzu-istaklarini, ya'ni oliy ruhiy xususiyatlarini tushunish va tushuntirish, uning namoyon bo'lish sabablarini organizmning, miyaning tuzilishidan emas, balki yuqorida aytganimizdek, xalqning tarixiy taraqqiyoti, uni o'rab turgan tabiiy muhitning shart-sharoitlaridan qidirish kerak. Ko'p sonli ijtimoiy psixologik eksperimentlarda mashhur psixolog A.R.Luriya ko'p ruhiy jarayonlar, ayniqsa, oliy ruhiy faoliyat jarayonlari - tasavvur va mavhumlash, ijodiy xayol insonlarning biologik xususiyatlari bilan bog'liq bo'lmay, balki ancha taraqqiy etgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli ekanligini ko'rsatib berdi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Bugun biz tarixiy bir davrda - xalqimiz o'z oldiga ezgu va ulug' maqsadlar qo'yib, tinch- osoyishta hayot kechirayotgan, avvalo o'z kuch va imkoniyatiga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lida ulkan natijalarni qo'lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Bu yutuqlarning bardavomligi davlatimizning nafaqat siyosiy va iqtisodiy sohada salohiyatliligiga, balki xalqimizning madaniyati va turmush tarzi naqadar yuksak darajada ekanligiga bog'liq. Chunki, millat o'zining an'anaviy, turli zamon va makon ruhiyatiga mos keladigan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

madaniyati va turmush tarziga ega bo'lishi uning qanchalik qudratli ekanligini ko'rsatadi. Zotan "Madaniyat nima", "Yer yuzidagi turli millat va elatlar qanday hayot kechirish tarziga ega" kabi savollarni o'rganib chiqamiz. Madaniyat inson hayoti va birligiga bog'liq bo'lgan tushunchadir. Ko'p hollarda "Ommaviy madaniyat" "madaniyat" tushunchasining muqobili sifatida qo'llaniladi. Shu o'rinda, "Ommaviy madaniyat" tushunchasi to'g'risida to'xtalishdan ilgari "madaniyat" atamasi haqida fikr bildirish joiz. Entoni Giddens bu haqida quyidagilarni aytadi: "Madaniyat tushunchasi jamiyat tushunchasi singari sotsiologiyada eng ko'p qo'llaniladigan tushunchalardan biridir. Madaniyat o'z ichiga muayyan guruhlarga taalluqli bo'lgan qadriyatlarni, ular rioya etadigan me'yorlarni, ular yaratadigan moddiy noz-ne'matlarni qamrab oladi. Qadriyatlar mavhum ideallar bo'lsa, me'yorlar odamlar rioya etadigan muayyan qoida va tamoyillardir. Me'yorlar jamiyatdagi "mumkin" va "mumkin emaslar"dir".

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Ommaviy madaniyatning qiyofasi quyidagicha [4]:

1. U millat, yosh, joy, ijtimoiy xususiyatlarga bog'liq bo'lmagan iste'molchilarga egabo'ladi.

2. Bu madaniyatdagi namunalarni yaratgan jarayonlarning o'zi ommaviy xususiyat kasb etib, industriyaning maxsus yo'nalishini o'zida namoyon qiladi.

3. Ommaviy madaniyat kishilar hayotini befarq kuzatuvchi tamoshabinga aylantiradi.O'zlari ham mavjud hayotni go'yo sarob kabi tasavvur qiladi.

Matbuot va televideniya sohasida " Ommaviy madaniyat" atamasi ommaga havola qilinayotgan dasturlar turkumini ifodalash uchun ishlatiladi. Ommaviy madaniyat - ijtimoiy guruhlar, elat, xalq, millatlarning kundalik hayotini ifodalovchi tushunchadir. Ommaviy madaniyat, tub mohiyatiga ko'ra milliy madaniyatning kushandasi, u madaniy xilma- xillikni xushlamaydi, bu olamni bir rang ko'rish uning asl maqsadi.

Bugun jahon ommaviy axborot vositalarida globallashuv atamasi tez-tez tilga olinmoqda. Xo'sh, globallashuv o'zi nima? Nima uchun u haqida gapirilganda, tashvish-u hadik, ayni paytda olqish-u maqtovlar bo'lmoqda? Bu jarayon inson tarqqiyotining yangi bosqichimi yoki odamzot tanazzulini boshlanishimi? Bu savollar ustida jahondagi turli soha yetakchilari, ziyolilar ko'pdan buyon bosh qotirib kelishmoqda. Globallashuvni inson kamolotining yangi davri deya ardoqlab, yoqlayotganlar ham bo'lib shu bilan birga, uni inson ruhiy-ma'naviy olamiga putur yetkazayotganligi haqida gapirayotganlar ham talaygina. Har ikki guruh fikrida ham

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jon bor. Globallashuvni to'la yoqlab yoki butunlay inkor etib bo'lmaydi. Ya'ni, u salbiy va ijobiy xususiyatlarga ega. Globallashuv XX asrda iqtisodning jadal rivojlanishi natijasida yuzaga keldi. Ishlab chiqarishning o'sishi, mahsulotlarni eksport qilish, xom-ashyo va tayyor mahsulotlar uchun yangi bozor va hududlar topish hamda xarajatni kamaytirib, foydani oshirish kabi omillar xalqaro miqyosda umumiy va yagona qonunlar yaratishni talab etdi. Natijada ma'lum bir davlatlar bir tashkilot tarkibiga birlashdi, ma'lum bir hududlar uchun bir xil amal qiladigan iqtisodiy va hatto, siyosiy qonunlar ham ishlab chiqarila boshlandi [7].

Globallashuvning ijobiy jihatlari ko'p. U mamlakatda yangi ishchi o'rinlarini yaratishi, baquvvat moliyaviy-iqtisodiy tizimni vujudga keltirishi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy bo'hronlardan asrashi tufayli davlatga hamda halqqa farovonlik keltiradi. Bu tizimda halqaro iqtisodiy munosabatlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bozorning, mizoj davlatlarning iqtisodiy rivojlanishidan global kuchlar ham manfaatdordir. Globallashgan dunyoda rivojlanayotgan davlatlarga katta sarmoya kirib keladi. Yangi texnologiya, yirik sanoat uskunalari, zavodlar keltirilib, ishchi kuchi arzon bo'lgani bois rivojlanayotgan davlatlar hududiga o'rnatiladi. Lekin taraqqiyot, ilm-fanda biz qanchalik progressni kuzatsak, shu barobarida ayrim rivojlangan hamda ularning kuchli ta'siriga tushib qolgan mamlakatlarda ma'naviy qadriyatlar o'z ahamiyatini yo'qotib boryapti. Chunki globallashuv keltirgan moddiy farovonlik asosan, faqat tanaga rohat berishga hizmat qilmoqda. Bugun taraqqiyot sababidan bizga kelgan yengilliklar haqida bir o'ylab ko'raylik: kompyuter

texnologiyalari, massa-media, sun'iy yo'ldosh berayotgan imkoniyatlar, internet1 va hokazo. qilinadigan go'zal xonimlarga inson sifatida emas, balki mahsulot sifatida qarashadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda ommaviy madaniyatning salbiy jihatlariga oid behayo lavhalarning namoyon qiluvchi televizion dasturlar jahon media bozorining 3/4 qismini egallar ekan. Buning oqibatida dunyodagi ko'plab mamlakatlar aholisi uchun yevropaliklarning hayot tarzi, ovqatlanish odatlari, yurish va kiyinish tarzi taqlid ob'ektiga aylanib borayotgan ekan. Shundan kelib chiqib, so'rovnoma tuzilib, savolda respondentlarga "Sizningcha, ommaviy madaniyatning bizning jamiyatiga ta'siri qay darajada?" degan savol bilan murojaat etdik hamda ularning [9]:

1. 59 % - kuchli;

2. 37 % - o'rtacha, degan javobni berishdi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bu savolning mantiqiy davomi sifatida qatnashuvchilarning oldiga "Sizningcha, ommaviy madaniyatning elementlarinng qadriyatlarimizga singib ketishi qanday oqibatlarga olib keladi?", degan savolni qo'ydik hamda ularning:

1. 63 % - televidenie va milliy kinolarimizda behayo lavhalar ildiz otadi;

2. 44,9 % - ota-ona va farzand o'rtasidagi hayo ko'tariladi;

3. 42,9 % - o'zbek oilasi barqarorligiga jiddiy putur yetadi;

4. 32,6 % -erkak va ayol o'rtasida uyat bo'lmaydi, deb javob berishgan.

Navbatdagi savolda qatnashuvchilarimizning bunday holatlar atrofimizdagi

kishilar orasida kurtak yozmoqda yoki aksi ekanligi borasida fikrlarini bilishga qiziqdik va ularning 90 % dan "ha" javobini olganimizdan so'ng, ularga bunday ma'naviyatsizlikka yoshlarimizning yo'liqishi sababi sifatida nimalarni ko'rsatishlari haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik hamda ularning

1. 49 % - boshqa madaniyat vakillarining keragidan ortiq darajada erkinlikka ega ekanligidan ilhomlanish;

2. 47 % - estrada xonandalarning ma'nosi yo'q qo'shiqlarga hayotdan yiroq bo'lgan kliplarni olib, televidenieda namoyish qilishlari;

3. 31 %- kattalarning yoshlarni qat'iy tartib-intizomga chaqirmasligi va o'quv darohlarini tom ma'noda tarbiya o'chog'iga aylanmaganligi;

4. 14,2 % - bolalar va kattalar o'rtasida samimiy muloqotning yo'qligi deb javob berishdi.

5. Olib borilgan ijtimoiy so'rovnoma tahlillarini mumlashtirish shuni ko'rsatadiki, so'rovda ishtirok etgan respondentlarimiz ommaviy madaniyatning jamiyatimizga ta'sirini kuchli, deb baholadilar. Ammo, bunda ishtirok etganlarning ijtimoiy mavqei ziyoli hamda dunyoviylik bilan bir qatorda diniy dunyoqarashga ega ekanligini hisobga olsak, jamiyatimizga ommaviy madaniyatning ta'siri qanday darajadaligini to'liq ochib berdik, deyishdan yiroqmiz. Tarixiy manbalarda ajdodlarimizning bitmas-tuganmas ma'naviy merosi va tarixiy an'analari asrlar davomida saqlab kelinganligi o'z ifodasini topgan. Millatimizning asriy an'nana va urf-odatlari, milliy xususiyatlarimizni bilmasdan, hisobga olmasdan turib, milliy mafkurani shakllantirish mumkin emas. Jamiyat hayotida totuvlik va ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda mahallaning ahamiyati beqiyosdir. Tabiat qiyinchiliklarini, tashqi xavf-xatarlarni birgalikda yengish, qurilish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etishda kuchlarni birlashtirish, yaxshi-yomon kunlarda bir-biriga yelkadosh bo'lishga intilish tuyg'usi o'zaro mehr-oqibat singari noyob insoniy fazilatlar mahallalarda shakllangan va avloddan-avlodga o'tib kelgan. Mahallani o'zini o'zi boshqarish maktabi deb atash mumkin. Hech bir avlod hozigacha yaratilgan va to'planib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kelingan madaniy meroslarsiz, bilim va an'analarsiz yashay olmaydi. Ma'lum bir jamiyatda yashar ekan u, ajdodlar tomonidan to'plangan meroslarni hayotining birinchi kunidanoq o'zlashtirib boradi. Shuning uchun ham xalq hayotiga singib ketgan urf-odat va an'analarni hech qanday yo'l bilan yo'qotib bo'lmaydi. Lekin madaniy merosimizni o'rganishda ilg'or urf-odat va an'analarni eski an'analardan farqlashda ba'zan noto'g'ri yondoshishlar ham bo'lganligini ta'kidlash kerak.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa qilib aytganda, yoshlar ongida madaniyatlararo tafovutlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan olib borgan tadqiqotmizda turli milliy etnik xususiyatlar va ular o'rtasidagi tafovutlarni ilmiy amaliy jihatdan tahlil qilishga harakat qildik. O'ylaymizki, to'plangan ma'lumotlar xulosalariga tayanib yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash jarayonida ular ongiga singdirilsa katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.- Toshkent: O'zbekiston, 2013.

2. Ashirov A. O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekistn Milliy kutubxonasi, 2007.

3. Jabborov I. O'zbeklar: turmush tarzi va madaniyati. - Toshkent:O'qituvchi, 2013. - 356 b.

4. Ravshanjonovna, K. S. (2021). O'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI SIFATDOSHLARNING STRUKTURAVIYFUNKSIONAL XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (6), 153-158.

5. Mukarramovna, Q. M., & Rahmonaliyevna, A. G. (2022). NEMIS TILI DARSLARIDA ENERJAYZER OYINLARDAN FOYDALANISH HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYNILMIY JURNALI, 91-93.

6. Vaslidin o'g'li, M. N., & Norhujaevich, M. O. (2021). Comparative Typology of Verbal Means Expressing the Concept of' Goal" in Languages with Different Systems. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE, 2(12), 51-55.

7. Nasridinov, M., & Usmonova, D. (2022). EXPOSITION FUNCTIONS IN THE NOVEL" THE JUNGLE BOOK". International Journal Of Literature And Languages, 2(05), 22-28.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Karimjonova, S. R. (2021). COGNITIVE ASPECTS OF THE CAUSATIVE VERB TO HAVE IN MODERN ENGLISH. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 2(11), 141-145.

9. Sadiqovich, X. M. (2022, June). TALABALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH PRINSIPLARI USULLARI. In Conference Zone (pp. 123-125).

10. Sattorovich, K. A. (2022). METHODS OF TEACHING GENERAL SCIENCES USING INTERACTIVE METHODS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(4), 284-288.

11. Sattorovich, K. A. (2021). Article On the Methodology of Teaching General Subjects Using Interactive Methods. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 3, 22-25.

12. Sattorovich, K. A. (2021). IMPROVING THE TEACHING METHODS OF GENERAL SUBJECTS USING INTERACTIVE METHODS.

13. Soxibovna, M. G. THE ROLE OF LINGUVOCULARY IN THE STUDY OF NATIONAL AND CULTURAL FEATURES OF SPEECH UNITS.

14. Ortiqov, R. (2022). FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA INGLIZ TILINI O'RGANISH UCHUN YORDAM BO'LADIGAN INTERNET VEBSAYTLAR. Science and innovation, 1(B6), 530-535.

15. Yuldasheva, D. K. (2019). COMMUNICATIVE APPROACH IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE. Theoretical & Applied Science, (11), 50-52.

16. Akborvna, B. B., & Mo'ydinjanovna, Y. D. (2021). Comparative Analysis of Uzbek, English and Russian Folk Fairy Tales. БАР^АРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ ТАДЩЦОТЛАР ОНЛАЙНИЛМИЙЖУРНАЛИ, 1(5), 388-392.

17. Burtabaeva, B. A., & Yuldasheva, D. M. (2020). VARIOUS WAYS OF TEACHING WRITING. Проблемы педагогики, 13.

18. Азимова, Сайёра Хусанбоевна. "НУТ^ АКТЛАРИ ВА КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНЦИЯ:"РАД ЖАВОБИНИ БИЛДИРУВЧИ" ИЛЛОКАТЦИОН ХАРАКАТНИ ПРАГМАТИК ТАДЛИЛ ^ИЛИШ." МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА 3.5 (2020).

19. qizi Turaboyeva, S. Z., & Utambetova, A. K. (2022, May). LINGUOCULTURAL PROBLEMS IN THE UZBEK LANGUAGE.

In INTERNATIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING (Vol. 1, No. 7, pp. 233-235).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

20. Холмуминов, Ж. М. (2022). ЕИЁСИДДИН АЛИ ЯЗДИЙ-АМИР ТЕМУРНИНГ ХАРБИЙ ЮРИШЛАРИ МУАРРИХИ. Academic research in educational sciences, 3(4), 191-202.

21. Xolmo'Minov, J. F., & Rahmonberdiyev, I. (2022). TASAVVUF FALSAFASI VA ADABIYOTINING GLOBAL AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 713-721.

22. Kholmuminov, J. M. (2022). THE POSITION OF TASAVVUF AND IRFAN IN MAVERUNNAHR AND KHORASAN: IBN AL-ARABI AND ABDURAHMAN JAMI (A COMPARATIVE ANALYSIS). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 76-92.

23. Turaboyeva, S. Z. (2022). O 'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA" DO 'ST" KONSEPTINING SOTSIAL O 'ZIGA XOSLIGI.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

24. Turaboyeva, S. (2022). LINGUOCULTURAL PROBLEMS IN THE UZBEK LANGUAGE. COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS, 7(1).

25. Mamurkhanovna, D. B. (2022). THE CONCEPT OF "LOVE" AS AN IMPORTANT ELEMENT OF THE EMOTIONAL WORLD LANDSCAPE. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 7(5), 95-98.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.