Alfraganus
xalqaro iïmiy jurnal
UO'K: 575.1
MILLIY MENTALITETNING XUSUSIYATLARI VA UNI SHAKLLANTIRUVCHI IJTIMOIY-MADANIY OMILLAR
Mamanov Jamoliddin Abduraximovich,
Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi, falsafa fanlari doktori e-mail: [email protected] ORCID: 0009-0009-6842-2158
Annotatsiya:
_I Ushbu maqolada jamiyat hayoti va taraqqiyotida, shuningdek, shaxs kamolotida muhim
rolga ega bo'lgan, millatningmilliyxususiyatlarinio'zidaaksettirganmilliymentalitetnishakllantiruvchiijtimoiy-madaniy omillar, ushbu omillarning milliy mentalitetga ta'sir etish mexanizmi, o'zbek milliy mentalitetining o'ziga xos tomonlari falsafiy tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada mentalitetni shakllantiruvchi omillardan geografik shart-sharoitlarga ham alohida urg'u beriladi.
Mentalitet, milliymentalitet, identiklik, ijtimoiyxarakter, Sharq mentaliteti, G'arb mentaliteti,
o'zbek mentaliteti, ijtimoiy omillar, geografik shart-sharoit, iqlim.
«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali
/ЯШ Alfraganus
>Мр-7 xalqaro ilmiy jurnal
ОСОБЕННОСТИ НАЦИОНАЛЬНОГО МЕНТАЛИТЕТА И СОЦИОКУЛЬТУРНЫЕ ФАКТОРЫ, ЕГО ФОРМИРУЮЩИЕ
Аннотация:
_В данной статье рассмотрены социокультурные факторы, играющие важную
роль в развитии и развитии общества, а также в развитии личности, формирующие национальный менталитет, отражающий национальные особенности нации, механизм влияния Из этих факторов, влияющих на национальный менталитет узбека, философски анализируются национальные особенности его менталитета. Кроме того, в статье автор выделяет географические условия из факторов, формирующих национальный менталитет.
Ключевые слова:
| Менталитет, национальный менталитет, идентичность, восточный менталитет, западный менталитет, узбекский менталитет, социальные факторы, географические условия, климат.
FEATURES OF NATIONAL MENTALITY AND SOCIO-CULTURAL FACTORS THAT SHAPE IT
jt^ In this article, socio-cultural factors that play an important role in the development and development of society, as well as in the development of the individual, forming the national mentality that reflects the national characteristics of the nation, the mechanism of influence of these factors on the national mentality, the Uzbek national specific aspects of his mentality are philosophically analyzed. In addition, in the article, the author focuses on geographical conditions from the factors that form the national mentality.
jQdsBMentality, national mentality, identity, Eastern mentality, Western mentality, Uzbek mentality, social factors, geographical conditions, climate.
Bugungi kunda «mentalitet» tushunchasi atrofida bo'layotgan bahs-munozaralar tobora qizib borayotganligiga guvoh bo'lib turibmiz. Bu bir tomondan «mentalitet» tushunchasining o'ta serqirraligi, murakkabligi bilan, ikkinchi tomondan esa har bir xalq, millat taraqqiyotida mazkur xalq, millat mentaliteti beqiyos muhim o'rin tutishini anglash yuz bera boshlaganligi bilan izohlashimiz mumkin.
Darhaqiqat, mentalitet o'zi nima, degan savolga ham hammani birdek qanoatlantirarli javob topilgani yo'q, ya'ni mentalitet tushunchasining omma tomonidan tan olingan ta'rifini hech kim taqdim eta olmagan.
Taraqqiyot yo'liga kirgan yoki kirishga urinayotgan - rivojlanayotgan xalqlar, millatlar esa mentalitetga o'z taraqqiyot yo'llarini belgilashda hal qiluvchi omil sifatida qaramoqdalar.
MATERIAL VA METOD
«Mentalitet» atamasi garchi nisbatan ancha keyin - XX asr boshlarida paydo bo'lgan bo'lsa ham, mohiyatan unga o'xshash tushunchalar haqida antik
davr faylasuflari tomonidan ba'zi fikrlar bildirilgan. Masalan, Aristotel turli xalqlar fe'l-atvoridagi o'ziga xoslik ularning ijtimoiy-siyosiy tuzumiga bog'liqdir, degan qarashlarni bayon qilgan. Fransuz faylasufi Sh.Monteskiy (XVIII asr) Sharq va G'arb xalqlari fe'l-atvoridagi o'ziga xoslikni ular yashab turgan iqlimga bog'lab talqin etadi va «issiq iqlimli mamlakatlarning xalqlari qariyalardek jur'atsiz, sovuq mamlakatlar xalqlari esa yoshlar kabi dadil bo'ladilaD», degan fikrlarni bildiradi [1]. Xususan, Sh.Monteskiy o'zining «Fors nomalari» asarida Sharq va G'arb mintaqalaridagi hayot tarzini tasvirlab quyidagicha yozadi: «Balki ishonmassan: kelganimga bir oy bo'lgan bo'lsa-da, biron kishining bamaylixotir yurganini uchratmadim. Dunyoda hech kim fransuzlardek oyoqlaridan yaxshi foydalana olmaydilar: ular yuguradilar, uchadilar. Osiyoning sekin ulovlarini, tuyalarimizning bir maromda yurishini ko'rsalar, o'zlaridan ketib qolishlari mumkin. Men bo'lsam, bunaqangi yurishga o'rganmaganman, ko'chada qadamimni o'zgartirmayman. Shu boisdan, ba'zan nasroniy yanglig' g'azabim toshadi: negaki, boshdan oyog'imgacha loy sachratishlariga har holda chidasa bo'ladi, lekin muntazam tirsaklari bilan turtib o'tishlariga aslo toqat qilolmayman. Meni quvib yetayotgan o'tkinchi
Alfraganus
xalqaro ilmiy jurnal ylrjf
turtib, gavdamni burib quyadi, boshqasi esa yuzma-yuz kelayotib, avvalgi holimga keltiradi; yuz qadam ham yurmasdan, o'n chaqirim bosgan odamdek holdan toyganligimni his qilaman» [2].
Monteskiy fransuzlar misolida G'arb xalqlarining qiziqqonligini, jo'shqinligini, o'z oldiga qo'ygan maqsadi yo'lida shijoat bilan harakat qilishini, eronliklar misolida Sharq xalqlarining sustkashligini, jur'atsizligini ko'rsatishga harakat qilgan. Lekin Monteskyo Sharq va G'arb xalqlari mentalitetidagi tafovutni noto'g'ri tushunadi va ayrim xulosalar chiqaradi. Chunki Sharq xalqlarida ko'zga tashlanadigan o'z «Meni»ni keskin tarzda namoyon qilishdan ko'ra jamoa manfaatlari asosida yashash ustunligi insonning jur'atsizligi sifatida ko'ringan. G'arb xalqlarida esa o'z «Meni»ni hamma narsadan ustun qo'yishi boshqalar bilan bo'lgan munosabatlarda shijoatkorlik, tashabbuskorlik namunasi sifatida ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ham Monteskyo G'arb xalqlarini shijoatkorligi, tashabbuskorligini ta'kidlagan holda, Sharq xalqlarini jur'atsizlikda ayblaydi. Aslida, mazkur xususiyatlar umuman boshqa mazmunga egadir. Umuman, Sharq va G'arb xalqlari mentalitetini qiyosiy metod asosida tahlil etish, ularning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlash va mentalitetning o'zi hamda uni shakllantiruvchi omillarni chuqurroq anglab yetish imkoniyatini beradi.
TAHLIL VA NATIJALAR
XIX asrni «xalq ruhi»ni o'rganish davri deyishimiz mumkin. Bu davrda G.V. Gegel, J.B. Viko va boshqa bir qator tadqiqotchilar tomonidan asosan Osiyo va Afrika xalqlari ijtimoiy fe'l-atvorini o'rganishda katta siljishlarga erishildi.
«Mentalitet» atamasi fanga fransuz etnograf va psixolog olimi L.Levi-Bryul tomonidan kiritilgan. L.Levi-Bryul o'zining «Qoloq xalqlar mentaliteti» (1910) hamda «Ibtidoiy mentalitet» nomli asarlarida taraqqiyotdan orqada qolgan xalqlar misolida mentalitetning asosiy xususiyatlarini ko'rsatib berdi. Ammo mentalitet atamasini L.Levi-Bryuldan ancha ilgari 1856-yilda R.Emerson qo'llagan edi. Lekin u mentalitetni inson qalbining, ya'ni haqiqat va qadriyatlar manbaining in'ikosi sifatida ta'riflagan.
Mentalitet tushunchasining ilmiy doirada yuzaga kelishi va mustahkam o'rin olishiga E.Dyurkgeym, F.Xsyu, V.Vundt kabi olimlar katta hissa qo'shdilar. Masalan, «jamoaviy sotsial psixologiya» nomli ilmiy maktab yaratgan V.Vundtning fikricha, u yoki bu jamiyatning «umumiy iroda yo'nalishini» belgilovchi va urf-odatlarda (xulq-atvorning o'ziga xosligi) hamda tilda namoyon
bo'luvchi tasavvurlar yig'indisi (umumlashmasi) «xalq ruhi»ni tashkil etadi. A.Shyus individga ta'sir ko'rsatuvchi jamoaviy bilimlar majmui»ni dunyoni bilish sxemasi, uni tushunish va qabul qilish vositasi sifatida tushuntiradi.
F.Xsyu u yoki bu jamiyatga xos bo'lgan urf-odatlar, yashash tarzi, an'analarni o'rganishda ularning umumiy «sotsial tasavvurlariga» asosiy e'tibor qaratadi. E.Dyurkgeymning fikricha, turli xil sotsial tiplarga mos keluvchi «jamoaviy tasavvur» guruhlarning keng kooperatsiya mevasidir va uning fikrlash asosi vazifasini bajaradi.
Sobiq SSSRda «mentalitet» tushunchasi qo'llanilmagan va bu sohaga kam e'tibor qaratilgan. Bizning fikrimizcha, buning asosiy sababi kommunistik mafkura og'izda har bir millatning o'ziga xosligini e'tirof etsa-da, amalda barcha xalqlarni yakrang madaniyatli qilib tarbiyalash va shu yo'l bilan xalqlar do'stligiga erishish, pirovardida esa «porloq kommunistik jamiyat» qurish maqsadini ko'zlagan edi.
XX asrning oxiriga kelib SSSRning parchalanishi va kommunistik mafkuraning yakkahokimligiga barham berilishi bilan postsovet mamlakatlarida ham «mentalitet» haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoni tug'ildi.
XX asr oxiri-XXI asr boshlarida postsovet respublikalarida «mentalitet» tushunchasi ustida tadqiqotlar olib borayotgan olimlar qarashlari rang-barangligi diqqat-e'tiborni tortadi. Masalan, rossiyalik olimlarning milliy mentalitet haqidagi tadqiqotlarini mazmun-mohiyatiga ko'ra, ikki toifaga ajratish mumkin.
1. Xolis ilmiy tadqiqotlar;
2. G'ayriilmiy, g'arazli geosiyosiy maqsadni ko'zlagan tadqiqotlar.
Holis ilmiy tadqiqotchilardan biri A.G. Zdravomislov mentalitetni shakllantiruvchi omillardan biri sifatida milliy o'zlikni anglash, deya ko'rsatadi [3]. Yana bir madaniyatshunos olim B.I. Kononenkoning fikricha, mentalitet dunyoqarash, dunyoni qabul qilish tizimi sifatida ongning ancha chuqur psixologik qatlamlarida paydo bo'ladi[4]. «Qisqacha etimologik lug'at»da mentalitetning xususiyatlari ancha yaxshi ifodalangan. «Mentalitet - ma'lum bir xalqqa xos bo'lgan fikrlash tarzi; biron bir madaniyatga yoki madaniyatlar guruhiga xos barqaror izomorfizmdan iborat.Ammo mazkur madaniyat tomonidan his etilmaydi hamda tabiiy narsa sifatida qabul qilinadigan barqaror izomorfizm; u ideologik tazyiq ta'sirida o'zgarishga uchrashi qiyin»[5]. Asta-sekinlik bilan fanda mentalitetni tarixiy, psixologik, etimologik sotsiologik, madaniyatshunoslik, falsafiy jihatdan o'rganuvchi yo'nalishlar yuzaga keldi.
Zamonaviy falsafiy lug'atda mentalitet nafaqat ma'lum bir kishilik jamiyati uchun xos bo'lgan, nafaqat bilim,
(r|DJ Alfraganus
>Mp-7 xalqaro ilmiy jurnal
e'tiqod, tashvishlar, balki qadriyatlar silsilasi, asosiy ehtiyojlar, jamoaviy g'ayrishuuriylik andozasi (arxetip), shuningdek, kishilarning xatti-harakatlari va fikrlash tarzi, ma'lum davr, geografik makon va ijtimoiy muhit individlari, jamoalarning tabiiy muhiti, o'zini o'rab turgan olam bilan munosabatlarining o'ziga xosligini ta'minlovchi» omil sifatida ta'rifla- nadi[6].
V.V. Veselova tomonidan mentalitet ma'lum jamiyat (madaniyat) a'zolarining tarixiy davr, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlari bilan belgilanuvchi psixologik hayotining o'ziga xosligi deb ta'riflanadi. Mentalitetning mazmuni o'zaro munosabatlar sohasida namoyon bo'ladi va birinchi navbatda, kishilik jamiyati egallagan bilim bilan belgilanadi. Mentalitetning asosi bo'lgan e'tiqod bilan bilim mazkur jamiyatga xos bo'lgan asosiy ehtiyojlarimiz va jamoaviy g'ayrishuuriylik andozasi bilan birgalikda, atrof-olam haqidagi tasavvurlarimizning asosini tashkil qiladi.
O'zbek falsafa qomusiy lug'atida mentalitet (lot. mentalis - aql, idrok) - jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, ma'naviy salohiyati, hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllanadigan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati2, deb ta'rif berilgan. Shuningdek, mentalitet va milliy mentalitet tushunchasi haqida keyingi yillarda mamlakatimiz olimlari tomonidan ham anchagina ko'zga ko'rinarli ishlar amalga oshirildi. Bu borada M.Bekmurodovning ishlari alohida diqqatga sazovordir. Faylasuf mentalitetga shunday ta'rif beradi: «Mentalitet - bu jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixan tarkib topgan tafakkur darajasi, ma'naviy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etuvchi kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, an'analari, urf-odatlari, rasm-rusumlari hamda diniy e'tiqod va hayot tarzidir»[7].
Faylasuf F.S.Atamuratova esa mentalitetga shunday ta'rif beradi: «Mentalitet - inson, shaxs, millat, xalq, jamoada tarixan tarkib topgan va jamiyatda barqaror amal qiladigan tafakkur darajasi, ma'naviy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish, jamiyatda bu qonunlarning hayotiyligini ta'minlash kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan turmush tarzi va intellektual qobiliyatidir»[8].
Mentalitet masalasini o'rganishda Sh.O. Madayevaning xulosalari ham alohida ahamiyatga ega. «Mentalitet masalasi keng qamrovli va dolzarbligini nazarda tutgan holda o'zbek xalqining bugungi taraqqiyot darajasini hisobga oladigan bo'lsak, ushbu muammoning yanada kengroq va qadriyat nuqtayi nazaridan chuqur ilmiy asosda o'rganilish ehtiyoji aniq seziladi». Madayevaning har bir xalq, millat mentalitetini
o'rganishda uni boshqa xalqlar, millatlar mentaliteti bilan qiyoslash lozim, degan fikrlari milliy mentalitet xususiyatlarini o'rganishda juda katta ahamiyatga ega deyishimiz mumkin[9].
Umuman olganda, o'zbek olimlari tomonidan milliy mentalitetga berilayotgan ta'riflar o'rtasida keskin tafovut yo'q. Masalan, Madayeva ham milliy mentalitetga xuddi shu ma'noda ta'rif beradi: «Milliy mentalitet ijtimoiy tafakkurning umumlashgan shakli, shu bilan birga, bir necha ming yillik tarixiy davrlar osha shakllangan o'zbeklarning millat darajasida birlasha olishiga vosita yaratgan tafakkur irodasi sifatida yuksak qadriyat maqomiga egadir»[12].
Hozirgi kungacha milliy mentalitetni o'rganish bo'yicha qilingan ishlardagi muhim kamchilik ham shundaki, haligacha biror-bir tadqiqotchi tomonidan mentalitetning tarkibiy tuzilishi (strukturasi)ni aniqlashga urinib ko'rilmagan. Vaholanki, milliy mentalitetning tarkibiy tuzilmasini o'rganmasdan turib, u haqidagi tushunchalarimiz to'laqonli bo'lishi nihoyatda qiyin ekanligi o'z-o'zidan tushunarlidir. Xo'sh, milliy mentalitet o'zi nima? Uni shakllantiruvchi omillar nimalardan iborat? Uning jamiyatdagi bajaradigan funksiyasi, ya'ni vazifasi nima? Mentalitetning tarkibiy tuzilmasi (strukturasi) qanday?
Tadqiqotni oxirgi savolga javob topishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki har qanday tadqiqot, eng avvalo, tadqiqot predmetini tarkibiy qismlarga ajratib o'rganishdan boshlanadi. Faqat shundan keyingina biz oldimizga qo'yilgan ikkinchi va uchinchi savollarga javob berib, eng oxirida mentalitet o'zi nima, degan savolga javob topishimiz mumkin.
Mentalitetning asosiy tarkibiy qismi ijtimoiy xarakterdir. Ma'lumki, tarixga materialistik nuqtayi nazardan yondashuvchilarning fikricha, har birjamiyatga xos bo'lgan ishlab chiqarish usuli ana shu ishlab chiqarish usuliga mos keluvchi siyosiy, ma'naviy, madaniy, falsafiy va hokazo tizimlarni yaratadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy bazis ana shu bazisga mos keluvchi siyosiy ustqurmani yaratadi. Ammo ana shu nazariya ijodkorlari (K.Marks, F.Engels) bazis qanday qilib siyosiy ustqurmani vujudga keltirishini ko'rsatib o'tmaganlar (E.Fromm).Ana shu E.Frommning ko'rsatishicha, iqtisodiy bazis va siyosiy usqurtma o'rtasidagi bog'lovchi vazifasini ijtimoiy xarakter bajaradi. Ijtimoiy xarakterning kelib chiqishi va uning jamiyatda bajaradigan vazifasi haqida esa faylasuf olim shunday deydi: «Sotsial xarakter o'zi nima? Men uni ma'lum bir jamiyat a'zolarining ko'pchiligiga xos bo'lgan xarakter tuzilishining asosi (yadrosi) deb bilaman... Sotsial xarakter doimiy o'zgarmas miqdoriy ko'rsatkich emas, ya'ni u ma'lum bir jamiyat a'zolari
Alfraganus (S^
xalqaro ilmiy jurnal ylrjf
xarakterining sifati va miqdori deb aytish mumkin emas. Uni faqat jamiyatda bajaradigan vazifasi (funksiyasi) orqali tushuna olamiz»[15].
«Har bir jamiyat ma'lum bir strukturaga egadir va bir qator obyektiv shart-sharoit talabiga muvofiq tarzda harakat qiladi. Bu shart-sharoitlar, eng avvalo, xomashyo, ishlab chiqarish qurollari, iqlim, xalqning joylashuvi bilan belgilanadigan ishlab chiqarish usuli, qolaversa, siyosiy, geografik omillar, madaniy an'analar va jamiyatda uchraydigan tashqi ta'sir omillarini o'z ichiga oladi. Jamiyat a'zolari o'zlarini sotsial tuzum talablariga muvofiq tutishga majburdirlar. Jamiyat a'zolari energiyasi shunday yo'naltirilmog'i lozimki, har bir kishi biror-bir ishni o'ylab, mulohaza yuritish yo'li bilan emas, balki jamiyatda qaror topgan andoza-odatlarga muvofiq bajarishlari hamda odatga muvofiq harakat qilganlaridan qoniqish hosil qilishlari lozimki, sotsial xarakterning asosiy vazifasi ana shundan iborat»[16].
Ko'ramizki, E.Fromm har bir jamiyat bir qator obyektiv shart-sharoitlar taqozosiga muvofiq harakat qiladi (yashaydi) deydi. Agarda faylasufning fikrlarini biroz rivojlantirilsa, jamiyat a'zolarining ijtimoiy xarakteri xuddi ana shu obyektiv shart-sharoitlar talabi asosida shakllanadi, degan xulosaga kelamiz. Va yana shunga ham amin bo'lamizki, ijtimoiy xarakterni shakllantiruvchi faktorlar ichida iqlim bilan bog'liq holda shakllanuvchi ishlab chiqarish usuli birinchi o'rinda turadi.
Erix Frommning fikricha, ijtimoiy xarakterni uning sifati va miqdor sifatida xarakterlab bo'lmaydi, balki uni faqatgina jamiyatda bajaradigan vazifasi-funksiyasiga muvofiq xarakterlash mumkin. Demak, ijtimoiy xarakterning xususiyatlarini ta'riflashning, unga baho berishning imkoni yo'q.
Ma'lumki, ishlab chiqarish usulining shakllanishida geografik shart-sharoit (iqlim, daryolar, tuproq) asosiy ahamiyatga egadir. Demak, ma'lum bir mintaqada (Sharq yoki G'arb) geografik shart-sharoit o'xshash (umumiy) bo'lganligi tufayli mazkur mintaqada ishlab chiqarish usuli ham umumiy bo'lishi tabiiydir. Masalan, Sharq mamlakatlarining asosiy qismida yoz mavsumida iqlim issiq va quruq bo'lganligi tufayli bu mintaqada sug'orma dehqonchilik iqtisodiyotning yetakchi tarmog'i bo'lib kelgan. G'arb mintaqasida esa iqlimning sernam va mo'tadilligi lalmikor dehqonchilik uchun sharoit yaratadi.
Biz Sharq xalqlari ijtimoiy xarakterida ma'lum umumiyliklar bor, deb aytishimiz uchun asos bor. Xuddi shuningdek, G'arb xalqlari ijtimoiy xarakterida ham ma'lum darajada umumiylik mavjud, degan fikr manqiydir.
Agarda biz ana shu ikki mintaqa - Sharq va G'arb xalqlari ijtimoiy xarakterini o'zaro taqqoslaydigan bo'lsak,
asosiy xususiyatlari jihatidan ular o'rtasida katta tafovut borligini ko'ramiz.
Sharqda jamoa bo'lib yashash, oila to'g'risida o'ylash, bolalar tarbiyasi bilan shug'ullanish, turmushda uchrab turadigan muammolarni birgalikda, bahamjihat hal qilish muhim bo'lsa, G'arbda alohidalik, o'zi uchun kurashish va o'ziga imkon, sharoit yaratish hissi ustunlik qiladi[17]. Mazkur ikki mintaqaning ijtimoiy harakteridagi o'ziga xos tomonlarini quyidagi jadval asosida qiyosiy taqqoslash mumkin.
1-jadval
SHARQ VA G'ARB XALQLARI IJTIMOIY XARAKTERINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
i
№ Sharq xalqlari ijtimoiy xarakteriga xos xusnsiyatlar G'arb xalqlari ijtimoiy xarakteriga xos xususivatlar
1 Jamoaviylik (o'zaro munosabatlarda jamoa manfaatlari ustunligi, tolerantlik) Individualizm (o'zaro munosabatlarda individ shaxsiy manfaatlarining ustunligi, egosentrizm)
2 Jamiyat hayotida huquqdan ko'ra axloqning muhim ahamiyatga ega ekanligi Jamiyat hayotida axloqdan ko'ra huquqning muhim ahamiyatga ega ekanligi
3 Davlat boshliqlarini ilohiylashtirish Davlat boshlig'ining jamiyat hayotidagi o'rni Sharq davlati boshlig'iga nisbatan pastligi
4 Jamiyatda yoshi va mansabi katta fuqarolarga nisbatan itoatkorlik Jamiyatning yoshi va mansabi katta fuqarolarga nisbatan itoatkorlikning pastligi
5 Aholining o'zaro munosabatlarda murosasozligi Aholining o'zaro munosabatlarda murosasizligi
6 Oilaviy munosabatlarda iyerarxik yoshi katta oila a'zolarining, ayniqsa, otaning hukmron mavqega egaligi Oilaviy munosabatlarda tenglikning, erkinlikning ustunligi
7 Diniy munosabatlarda bag'rikenglik, barcha din vakillariga qulay sharoitlar yaratish Diniy munosabatlarda yakka dinning jamiyat hayotidagi hukmronligi
Ana shu Sharq va G'arb xalqlariga xos bo'lgan ijtimoiy xarakter shu mintaqalardan har birining o'ziga xos bo'lgan ishlab chiqarish usulining talab va xususiyatlaridan kelib chiqishini asoslash mumkin.
Ayrim faylasuflar ijtimoiy fe'l-atvorning xususiyatlarini bevosita o'rganib bo'lmaydi, deydilar: «Ijtimoiy fe'l-atvor miqdoriy ko'rsatkich emas, ya'ni uni ma'lum bir jamiyat a'zolarining ijtimoiy fe'l-atvorining miqdori va sifati shaklida tasavvur qilib bo'lmaydi. Uni faqat jamiyatda bajaradigan funksiyasi - vazifasi orqali tushuna olamiz», deydi E.Fromm[18].
Faylasufning bu fikrlariga to'la qo'shilib bo'lmaydi. Albatta, ma'lum jamiyatga xos bo'lgan ijtimoiy fe'l-atvor o'sha jamiyat a'zolari uchun tabiiy bo'lib, bu fe'l-atvorning xususiyatlari haqida xuddi o'sha jamiyat a'zolarida tasavvur bo'lishi mumkin emas. Ammo ma'lum bir jamiyatga xos bo'lgan ijtimoiy fe'l-atvor xususiyatlari - sifati va miqdori boshqa jamiyat a'zolari tomonidan tezda payqab olinadi. Xo'sh, nega? Chunki boshqa jamiyat a'zolari mazkur jamiyat ijtimoiy fe'l-atvori bilan
/ЯШ Alfraganus
>М07 xalqaro ilmiy jurnal
o'zi mansub bo'lgan jamiyat ijtimoiy fe'l-atvori o'rtasidagi tafovutni tezda payqay oladi. Negaki unda ana shu ikki jamiyatga xos bo'lgan ijtimoiy fe'l-atvorni o'zaro taqqoslash, qiyoslash imkoniyati bo'ladi.
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyot jarayonida quyi pog'onalardan yuqorilab boruvchi bir necha pog'onalarni bosib o'tadi. Mana shu pog'onalardan har birining o'ziga
xosligi ishlab chiqarish usulining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Jumladan, ana shu pog'ona-bosqichlardan har biriga xos bo'lgan mentalitet ham mazkur bosqichga xos bo'lgan ishlab chiqarish usulining talab va ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Insoniyat taraqqiyotining bosqichlari almashinuvi jarayoni, umuman olganda, ijobiy jarayondir. Demak, ana shu jarayonlarga xos bo'lgan ijtimoiy fe'l-atvor -mentalitetlarning almashinuvi ham ijobiy hodisa sifatida baholanishi lozim.
1. Atamuratova F.S. Mustaqillik sharoitida o'zbek milliy mentaliltetida etnomadaniy jarayonlar. F.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. -T., 2010. - 31-bet.
2. Monteskyo Sh. Fors nomalari. - T., 1999. - 43-bet.
3. Здравамыслов А.Г. Социология российского кризиса: Статьи и доклады 90-х годов.. - М.: Наука, 1999. - С. 352.
4. Кононенко Б. И. Большой толковый словарь по культурологии. Издательство: Вече, ACT, 2003.
5. Краткий этимологический словарь научнотехнических терминов. -М.: Логос, 2004. - C. 156
6. Современный философский словарь, 1998. - С.1064.
7. Falsafa qomusiy lug'at. Nazarov Q. tahriri ostida. - T.: O'FMJ Sharq, 2004. - 257-bet.
8. Madayeva Sh.O. O'zbekmentalitetida demokratiktafakkurning shakllanishxususiyatlari. F.f.d. darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - T., 2012. - 32-33-betlar.
9. Эрих Фром. Душа человека. - М., 1992. - С. 330, 332.
10. Meliboyev A. Ma'naviy poydevor. - T.: Tafakkur jurnali, 2012. 3-son, 14-b.