Научная статья на тему 'O‘ZBEK KINOSINING AVANGARDI'

O‘ZBEK KINOSINING AVANGARDI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
115
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kinematografiya / rejissura / badiiy kino / film / tarixiy film / musiqali film / musiqali komediya / milliylik / qadriyatlar talqini / obraz / talqin

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Baxtiyor Yakubov

Ushbu maqolada o‘zbek kinoijodkorlarining ilk avlodidan bo‘lgan Yo‘ldosh A’zamovning murakkab va sermazmun ijod yo‘li haqida so‘z boradi. Kino san’ati tarixidan bebaho durdona bo‘lib o‘rin egallagan “Maftuningman”, “Furqat”, “O‘tgan kunlar” kabi filmlar tahlili misolida kinorejissuraning o‘ziga xos jihatlari, ijodkor iste’dodining noyob qirralari ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK KINOSINING AVANGARDI»

O'ZBEK KINOSINING AVANGARDI

Baxtiyor Yakubov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek kinoijodkorlarining ilk avlodidan bo'lgan Yo'ldosh A'zamovning murakkab va sermazmun ijod yo'li haqida so'z boradi. Kino san'ati tarixidan bebaho durdona bo'lib o'rin egallagan "Maftuningman", "Furqat", "O'tgan kunlar" kabi filmlar tahlili misolida kinorejissuraning o'ziga xos jihatlari, ijodkor iste'dodining noyob qirralari ochib beriladi.

Kalit so'zlar: kinematografiya, rejissura, badiiy kino, film, tarixiy film, musiqali film, musiqali komediya, milliylik, qadriyatlar talqini, obraz, talqin

VANGUARD OF UZBEK CINEMA

Baxtiyor Yakubov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article talks about the complex and rich creative path of Yoldosh Azamov, one of the first generation of Uzbek filmmakers. The analysis of such films as "Maftuningman", "Furqat", "O'tkan kunlar", which have become priceless masterpieces in the history of cinematographic art, reveals the unique aspects of co-directing and the unique aspects of the artist's talent.

Keywords: cinematography, directing, feature film, film, historical film, musical film, musical comedy, nationality, interpretation of values, image, interpretation

Butun umrini, ongli hayotini kino san'ati bilan bog'lagan, o'zbek kinosining shakllanishi va rivojlanishida katta xizmat qilgan atoqli kinorejissorlardan biri Yo'ldosh A'zamovdir. 1909-yilda Toshkentda tug'ilib, ulg'aygan Yo'ldosh bolaligidan hammani hayratga solayotgan yosh san'at turiga oshufta bo'lib o'sdi. Endi esini taniy boshlagan o'tgan asrning yigirmanchi yillarida Toshkentda ko'plab ovozsiz filmlar suratga olina boshlandiki, ularning bir qanchasiga uning o'zi ham guvoh bo'lib, qalbida kinoga bo'lgan, san'atga bo'lgan muhabbat jo'sh urdi. Natijada 1926-yilda, 17 yoshida o'sha paytdagi "Sovkino", "Vostokkino" kinostudiyalariga aktyor bo'lib ishga kirdi. To 1930-yillargacha aktyor sifatida faoliyat yuritar ekan, amaliyotda toblanish barobarida kino ta'limini olishga ham intildi va Davlat kinematografiya texnikumi (hozirgi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti)ning S.Komarova va F.Nikitina ustaxonasida tahsil oldi.

Yo'ldosh A'zamov aktyor sifatida Y.Rayzmanning "Yer chanqog'i" (1930), Nabi G'aniyevning "Yuksalish" (1931) filmlaridagi Qurbongeldi va mexanik obrazlarini yaratgan.

1930-yilda professional ta'limni tugatgach, uning ijodi yuksala bordi va rejissura bilan shug'ullana boshladi. Biroq bu davr biroz murakkab, siyosiy va ijtimoiy taloto'plar avj olgan, hammadan, xususan, ijodkorlardan ham tashkilotchilik qattiq talab etiladigan davr edi. Natijada, Yo'ldosh A'zamov 1930-yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida rejissor, keyinchalik qo'g'irchoq teatrida badiiy rahbar lavozimlarida faoliyat yuritib, qator spektakllarni sahnalashtirdi va dunyoga kelishida bevosita ishtirok etdi. Qariyb o'n yillik umri targ'ibotchilik va tashkilotchilik ishlariga sarf bo'ldi. Ijodi ham asosan mafkuraviy yo'nalishda bo'lishga majbur bo'ldiki, ijodkor o'sha davr nuqtayi nazaridan shunga majbur edi.

1939-yilda nihoyat kinostudiyaga qaytadi va to umrining oxirigacha (1985-yilgacha) rejissorlik bilan shug'ullanadi. Garchi keyingi davrlarda ham ba'zi filmlarda rollar ijro etgan bo'lsa-da, bu kichik ijrolariga uning o'zi ham katta ish deb qaramagan, asosiy vazifasi sifatida badiiy barkamol filmlar suratga olishni maqsad qilib qo'ygan edi. Yo'ldosh A'zamov o'zbek kinosida katta voqea bo'lgan, o'chmas iz qoldirgan "Qilich" (1935), "Front uchun konsert" (1941), "Gulbahor" (1956), "Orol baliqchilari" (1958), "Maftuningman" (1958), "Furqat" (1959), "Istiqbol yo'li" (1961), "Beshalasi Farg'onadan" (1963), "Oydin sahifa" (1965), "Sayyod qo'ng'irog'i" (1966), "O'tgan kunlar" (1969), "Qaynoq so'qmoqlar" (1971), "Zulmatni tark etib" (1973), "Boshqalar uchun" (1976), "Ota nasihati" (1979), "Katta-qisqa hayot" (1981), "Parol "Regina mehmonxonasi" (1983, Z.Royzman bilan hamkorlikda) kabi filmlarni tasvirga oldi. Garchi ular orasida o'z davri mafkurasida ishlangan, o'sha zamon uchun xizmat qilgan filmlar bo'lsa-da, aytish mumkinki, ana shunday kartinalarda ham ijodkorning chin san'atkorlik mahorati namoyon bo'lib turdi. Shunga qaramay, Yo'ldosh A'zamovning bugungi kungacha yashab kelayotgan, tomoshabinlarning sevimli filmlariga aylangan kino kartinalari borki, ular rejissor nomining umrboqiy bo'lishiga xizmat qilishmoqda.

Yo'ldosh A'zamov o'zbek kinosi tarixida birinchi musiqali komediya "Maftuningman"ni tasvirga oldi va bu film o'z davrida katta shov-shuvga ega bo'lib, bugungi kungacha tomoshabinlarning sevimli filmlaridan hisoblanadi. Bir qarashda filmda o'sha davrning tashviqotlari birinchi planda ko'rsatiladi. Ya'ni yosh iste'dodlarga berilayotgan e'tibor va ular asosan yaxshi sharoitlar va shahar joylardangina tanlab olinmayotgani, balki butun mamlakat bo'ylab izlanish olib borilib, iqtidorli yoshlar yuzaga chiqarilayotgani ko'rsatilgan. Lekin filmning muvaffaqiyatini ta'minlagan, rejissorning asl maqsadini tashkil qilgan omil shu ediki, kartinada samimiy tuyg'ular, chin insoniy munosabatlar, kishilarning samimiy hislarga bo'lgan intilishi hamda o'z o'rnida jamiyatda nafaqat artistlik, shuningdek,

har bir kasbning o'z o'mi mavjud ekani ochib berilgan. Albatta, filmning muvaffaqiyatida ssenariy mualliflari T.To'la hamda M.Melkumovlarning, ayniqsa, she'rlar muallifi T.To'la hamda bastakorlar I.Akbarov, M.Burxonov, M.Leviyevlarning katta xizmati mavjud. Filmdagi oshiq yigitlar, beozor, ma'suma qizning ular oldidagi hurkakligi, go'yo, kino olish jarayonidagi rollardek ko'rinsa-da, aslida ham sof tuyg'ular namoyon bo'lishi inson qalbini to'lqinlantirib yuboradi. Rejissor Turdiyevning olinajak yangi film uchun talantlarni topish va yig'ib kelish jarayoni kartinaning sarguzashtli, qiziqarli bo'lishiga zamin yaratgan bo'lsa, rejissor Y.A'zamovning butun film mohiyatiga samimiy tuyg'ular va insoniy munosabatlarni chambarchas mujassam eta olgani tomoshabinlarni qalban o'ziga tortib keladi.

Yo'ldosh A'zamovning tarixiy filmlarni suratga olishdagi tajribasi va mahorati alohida diqqatga sazovor. Xususan, o'zbek xalqining sevimli shoiri va mutafakkiri Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat tavalludining yuz yilligi munosabati bilan suratga olingan "Furqat" filmi o'z davri uchun voqelik bo'ldi. O'zining doimiy hamkori Turob To'la bilan yozilgan ssenariyda ijodkorlar Furqatni haqiqiy taraqqiyparvar, ijobiy yangiliklarning muxlisi, adolatparvar sifatida talqin eta olishdi. Bu borada, rejissor topilmasi bo'lmish Furqat roli ijrochisi Yoqub Ahmedovni ham alohida ta'kidlash lozim. Yigirma yoshli yigitchani katta rolga tasdiqlagan rejissor uning mahoratiga, tashqi ko'rinishdagi Furqat siymosini bera olishiga tamoman ishongan va adashmagan edi. Filmda Furqatning shoir sifatidagi iste'dodi, inson sifatidagi hurlik uchun kurashi, ma'rifatparvar sifatidagi yangilikka intilishi ko'rsatib berilsa-da, o'sha davr mafkurasi ta'siri oqibatida tamoman ruslar tarafdori qilib ko'rsatilgan. Ruslarni taraqqiyotning omili sifatida bilishi, mahalliy boylar va amaldorlarning barchasiga nodon va tuban kimsalar sifatida munosabatda bo'lishi kabilar filmning biryoqlama bo'lishdek xavf ostiga qo'ygan. Vaholanki, Furqat faoliyati haqidagi tarixiy manbalar ko'rsatadiki, filmning juda ko'p o'rinlari badiiy to'qimalar asosida olingan.

Yo'ldosh A'zamovning katta muvaffaqiyati, shubhasiz, "O'tgan kunlar" filmi bo'ldi. Abdulla Qodiriyning shu nomli romani adabiy asar sifatidayoq mashhur edi. Ushbu filmni tasvirga olish rejissor uchun ham oson, ham murakkab bo'lib turardi. Osonligi shundaki, roman har tomonlama mukammal, jozibali va unda kino san'ati uchun barcha unsurlar mavjud edi. Murakkabligi esa, bir tomondan asarni boricha olib chiqib bo'lmas, bu hajman ham, o'sha davr siyosati nuqtayi nazaridan ham mumkin emas edi. Bundan tashqari, kitob o'quvchilar orasida shu darajada mashhur ediki, barchani uning qahramonlari borasida tasavvuri, o'ziga xos qarashlari mavjud edi. Mana shularning barchasiga qaramay, rejissor filmni tasvirga oldi va aytish mumkinki, buni juda muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Avvalambor, Yo'ldosh A'zamov filmga romanning muhabbat liniyasi voqealarini asosiy qilib oldi va syujetni Otabek va Kumushbibi sevgisi atrofiga qurdi. Bu bir jihatdan filmning umrboqiyligini

ta'minlagan bo'lsa, boshqa tomondan voqealarning izchilligini, dinamikasini ta'minladi. Zero, hamma zamonlarda ham tomoshabinlarni katta qiziqishiga sabab bo'luvchi mavzulardan biri sevgi bo'lsa, muhabbat yo'lidagi kurash film uchun asosiy unsur bo'lmish konfliktni ta'minlaydi. Asar voqealari filmda qisqa-lo'nda, bir-biriga bog'langan tarzda olingan bo'lib, har bir voqea bir-birini uzviy taqazo qiladi. Ijodkor ishining yana bir yutug'i aktyorlar ansamblini muvaffaqiyatli tanlaganidadir. Otabek roliga tanlab olingan O'lmas Alixo'jaevning tashqi ko'rinishidagi vazminlik, ko'zlaridagi o'ychanlik, nim tabassumi, voqea-hodisalarga nisbatan mimikasidagi munosabatning aniq zohir bo'lishi kabi xususiyatlar kitobda tasvirlangan Otabekning qiyofasini berardi. Kumushbibi uchun tanlab olingan Gulchehra Jamilovaning chaqnoq ko'zlari, durkun yuzi, titrab turgan bo'liq dudoqlari va, hattoki, asarda tasvirlanganidek, yonog'idagi tabiiy nuqta holigacha aniq topilgani tomoshabinlar ko'z o'ngida haqiqiy Kumushni jonlantirgandek bo'ldi. Yo'ldosh A'zamov Zaynab roliga go'zallikda Kumushdan qolishmaydigan, yosh aktrisa Gulchehra Sa'dullayevani tanlab olgani ham badiiy asarni mukammal o'rganganini ko'rsatib turardi. Nafaqat bosh qahramonlar, balki barcha rollarga ham tashqi ko'rinishda, ham ijro xususiyatlari mos bo'lgan aktyorlar tanlab olingan bo'lib, ularni tomoshabin hech bir to'siqsiz roman qahramonlarining jonlanganidek, qabul qilishdi. Filmdagi O'zbekoyim - Maryam Yoqubovaning dumbulligi, kuydi-pishdiligi ham, Yusufbek hoji - Abbos Bakirovning vazminligi, har bir so'zni ming chamalab, bir so'zlashi, Mirzakarim qutidor - Razzoq Hamroyevning kuyinchak ota, insonparvarligi ham, Homid - Hamza Umarovning ayyorligi va qabihligining barcha-barchasi juda tabiiy namoyon bo'ladi. Filmdagi barcha ijrochilarning bunday tabiiy ijrolari tomoshabinning ko'z o'ngida tarixni, romanni jonlantirgandek bo'ladi. Rejissor esa, romanning faqat bir liniyasini namoyish etish bilan ham, Abdulla Qodiriy aytmoqchi bo'lgan fikrni filmda bera olgan. Ya'ni yoshlarning shunday muhabbati, hayoti va, umuman, o'sha davr insonlari hayotining tanazzuliga moziydagi, xonliklar davridagi adolatsizliklar, xurofot va mutaassiblik sabab bo'lganini ko'rsatib bergandek bo'ladi. Natijada hurlik, inson his-tuyg'ularining muqaddasligi, har kim baxtli bo'lishi kerak ekani kabi g'oyalar filmda ustuvorlik qildi.

Ijodkor yaratgan har bir kartina yoki asarda xalqimizning tarixiy va zamonaviy hayoti sahifalarini milliy ruhda ko'rsatish ko'proq seziladi. Aktyorlar bilan obrazlar ustida chuqur ishlash, tuyg'ularni yorqin ifodasi uchun rejissorlik yondashuvlar va barcha harakatlarni qahramon xarakteri va ichki dunyosini ochib berishga qaratilgan tahlil va talqin omillari asar yaratish jarayonida Yo'ldosh A'zamovning uslubi bo'ldi.

Yo'ldosh A'zamov ijodi rang-barangligi, shiddatliligi, filmlarning kuchli g'oyaviyligi va badiiy yuksakligi bilan o'ziga xoslik kasb etadi.

Toshkent "CЫg'atoy" qabristom

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. - Т.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2000. - 736 Ь.

2. Абул-Касымова X., Тешабаев D., Мирзамухамедова М. Кино Узбекистана. - Т.: Из-тво лит. и иск. им. Г.Гуляма, 1985. - 286 стр.

3. Каримова Н. Игровой кинематограф Узбекистана. - Ташкент, Издательство журнала «Санъат, 2016. - 215 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.