Научная статья на тему 'O‘ZBEK FOLKLOR QO‘SHIQLARINING BOLALAR TA’LIM-TARBIYASIDA TUTGAN O‘RNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI'

O‘ZBEK FOLKLOR QO‘SHIQLARINING BOLALAR TA’LIM-TARBIYASIDA TUTGAN O‘RNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
250
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
xalq qo‘shiqlari / madaniyat / submadaniyat / musiqa / qo‘shiq / hissiyot / ma’naviyat / axloqiy madaniyat / san’at / adabiyot / bola / mahorat. / Народные песни / культура / музыка / песня / субкультура / чувство / интеллект / арт / литература / дитя / способность.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nurullayev F.G.

Ushbu maqolada o‘zbek xalq qo‘shiqlari yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashdagi o‘rni haqida bayon etilgan. Xalq qo‘shiqlari inson hissiyotiga kuchli ta'sir eta olish xususi yatiga ega bo‘lib, axloqiy tarbiyaning muhim manbaidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF UZBEK FOLK SONGS IN THE EDUCATION OF CHILDREN

В статье рассматриваются роль народных песен в воспитании молодежи. Знакомство со своей национальной культурой. Обсуждаются структура личности, место детского фольклора у младших школьников, целенаправленные педагогические процессы формирования и интеграции нравственных качеств.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK FOLKLOR QO‘SHIQLARINING BOLALAR TA’LIM-TARBIYASIDA TUTGAN O‘RNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI»

O'ZBEK FOLKLOR QO'SHIQLARINING BOLALAR TA'LIM-TARBIYASIDA TUTGAN O'RNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI

Nurullayev F.G. Buxoro davlat pedagogika instituti, musiqa va tasviriy san'at" kafedrasi dotsenti (PhD), Rustamov F.T. Buxoro davlat pedagogika instituti, musiqa va tasviriy san'at kafedrasi 1- bosqich talabasi

Annotasiya. Ushbu maqolada o'zbek xalq qo'shiqlari yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashdagi o'rni haqida bayon etilgan. Xalq qo'shiqlari inson hissiyotiga kuchli ta'sir eta olish xususi yatiga ega bo'lib, axloqiy tarbiyaning muhim manbaidir.

Tayanch so'zlar: xalq qo'shiqlari, madaniyat, submadaniyat, musiqa, qo'shiq, hissiyot, ma'naviyat, axloqiy madaniyat, san'at, adabiyot,bola, mahorat.

РОЛЬ И ВОСПИТАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ УЗБЕКСКИХ НАРОДНЫХ ПЕСЕН В ВОСПИТАНИИ ДЕТЕЙ

Нуруллаев Ф.Г. Бухарский государственный педагогический институт, доцент кафедры музыка и изобразительное искусство, (PhD), Рустамов Ф.Т. Студент 1го курса кафедры музыка и изобразительное искусство

Аннотация. В статье рассматриваются роль народных песен в воспитании молодежи. Знакомство со своей национальной культурой. Обсуждаются структура личности, место детского фольклора у младших школьников, целенаправленные педагогические процессы формирования и интеграции нравственных качеств.

Ключевые слова: Народные песни, культура, музыка, песня, субкультура, чувство, интеллект, арт, литература, дитя, способность.

THE ROLE AND EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF UZBEK FOLK SONGS IN THE EDUCATION OF CHILDREN Nurullaev F.G. Associate professor of the department of music and fine arts (PhD) BukhSPI, Rustamov F.T. Student of the department of music

and Fine Arts

%

/

2 / ■

Annotation: The article discusses the role of folk songs in the education of young people. Getting to know your national culture. The structure of personality, the place of children's folklore among younger schoolchildren, purposeful pedagogical processes of formation and integration of moral qualities are discussed.

Keywords: Folk songs, culture, music, song, subculture, feeling, intelligence, art, literature, child, ability.

Yosh avlodning musiqiy iste'dodini,madaniyatini yuksaltirish, xalqning ma'naviy boyligi xalq qo'shiqlari durdonalarini sevib o'rganish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu esa o'z navbatida , musiqa san'ati asosida o'quvchi shaxsining ma'naviy, axloqiy madaniytini, milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o'stiradi, fikrlash darajasini kengaytiradi. San'at va adabiyot esa inson qalbi me'mori ekanligi ko'p bora tasdiqlangan. Azaldan xalq qo'shiqlari tarbiya vositasi sifatida navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishiga kuchli ijobiy ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Xalq qo'shiqlari inson hissiyotiga kuchli ta'sir eta olish xususi yatiga ega bo'lib, axloqiy tarbiyaning muhim manbaidir. U uzinig goyaviy-badiiy mazmuni bilan yosh avlodni xalqimizning o'tmishi va bugungi hayotini teran anglash, milliy qadri yatlarimizni qadrlash va hurmat qilishga o'rgatadi. Shuningdek, u kishi ruhini va fikrini yuksaltiradi, shaxsni ruhan poklaydi, boyitadi va komillik sari etaklaydi. Qadimgi yunoniston mutafakkirlari Platon va Aristotel ham har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalashda musiqaning o'rniga alohida ahamiyat berishgan.Shuningdek, Sharq musiqashunoslik ilmining asoschisi, uning rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shgan serqirra ijodkor, mutafakkir Abu Nasr al-Forobiy shaxsning ma'naviy kamoloti uchun muhim bo'lgan axloq - odob tarbiyasi bilan birga musiqa tarbiyasi bilan ham shug'ullanib, ushbu tarbiyalarning o'zaro chambarchas bog'liq holda olib borish g'oyasini ilgari surgan. Zero, musiqa sehrining ijobiy ta'siri, tarbiyaviy ahamiyati bolaning yurish-turishida, hatti-harakatida, insonga va tabiatga munosabatida yaqqol namoyon bo'ladi. U o'z asarlarida yosh avlodni tarbiyalash va ta'lim berish masalalariga salmoqli o'rin ajratgan. Eng avvalo, musiqa shaxsni axloqiy sifatlarini shakllantirishdagi ijobiy xususiyatlarini alohida ta'kidlab, shunday yozadi: "musiqa shu ma'noda foydaliki, kimning fe'l-atvori, muvozanatini yo'qotgan bo'lsa, tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolga yetkazadi va muvozanatda bo'lganlarning muvozanatini saqlaydi". Uning ma'rifatparvarlik g'oyalari asosida musiqaning inson hayoti davomidagi ahamiyatini alohida qayd etib, " u musiqa olami- haliyamki sen borsan, agar sen bo'lmaganingda insonning ahvoli ne kechar edi", - deb xitob qiladi.

Sharq musiqa ilmida yangi davr ochgan bu kabi qomusiy olimlarning yana biri Abu Ali ibn Sino ham musiqaning shaxsni ma'naviy tarbiyasiga ta'sir etuvchi

qudratli vosita sifatida munosib baholagan. U "Bolaning yoshligidan boshlab musiqiy hissiyotini tarbiyalash muhim - bu esa uning ruhiy holatini mustahkamlaydi", degan g'oya bolaning tarbiyasida alohida o'rin tutgan. Xalq qo'shiqlarimiz o'quvchilarni bepoyon vatanimizga cheksiz muxabbat, xalqimizga hamjihatlik, do'stlik va insonparvarlik tuyg'ularni tarbiyalaydi.

Mehnatni ulug'lovchi qo'shiqlar o'quvchilar qalbida qator ijobiy fazilatlar ni tarbiyalaydi, ma'naviy olamini o'stirib borishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda o'quvchilarga xalq qo'shiqlarini o'rgatish orqali qo'shiqlar mazmunidagi axloq-odob, pand-nasihat, vatanga, xalqqa, madaniyatiga oid insoniylik fazilatlarini singdirib borishni taqozo etadi.

Umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati darslari o'quvchilarning musiqiy-axloqiy tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishda ustozlardan yuqori pedagogik faoliyatni talab etadi. Maktabda boshlang'ich sinf o'quvchilarining estetik badiiy didini ma'lum bir mezonlarga mos darajada shakllangan deb tasavvur qilish qiyin. Shuni ta'kidlash joizki, boshlang'ich sinflarda o'quvchilar musiqa janrlari va uning xususiyatlari to'g'risida juda oz ma'lumotga egamiz. Shu tufayli hali ularning musiqiy -ma'naviy dunyosini uyg'otish uchun o'qituvchilardan anchagina mehnat va sa'yi-harakatni talab etadi. Bu jarayonda o'quvchilarning musiqiy-estetik didlari hali mavhum darajada bo'ladi.Ularga berilgan birinchi savollardanoq bunga ishonch hosil qilish mumkin.Masalan o'quvchilarni musiqa san'atiga qiziqishi va munosabatini aniqlash maqsadidagi "Sen qanday (qaysi) qo'shiqni yaxshi ko'rasan?", "Vatan haqidagi qanday qo'shiqlarni bilasan?", "O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqa sini kim yozgan?", "Qaysi o'zbek xalq qo'shiqlarini nomini bilasan?" kabi savollarga tayinli javob olish qiyin bo'ladi. O'quvchi bu savollarga qanday javob berishni ham bilmay dovdirab qoladi, yoki javoblari noaniq va pala partish bo'ladi.Beshinchi, ettinchi sinflarda o'quvchilar kuylash va tinglash uchun berilgan asarlarni, bu qo'shiq yoki kuy qaysi janrga mansubligini, u kim tomonidan yaratilganligi, g'oyaviy badiiy mazmuni, xalq musiqasi yoki kompazitor ijod mahsuli ekanligini, bastakor ijodining ayrim jihatlari haqida bemalol ham so'zlab beradilar. Har bir o'quvchi har kuni turfa musiqiy ohanglar ta'sirida bo'ladi.Hayotning har bir lahzasida turli tuman janr va uslublardagi qo'shiqlarga duch keladi. Ammo ularning ma'lum qismigina ko'pchilikning tiliga tushgan yoki aksincha, ayrim katta yoshdagi bolalar, o'spirinlar, talabalar tomonidan telefonga tushirilgan, disklarga yozib olingan bo'ladi.

Chet eldan oqib kelayotgan submadaniyatga, ularning o'zbek mentalitetiga mos kelmaydigan musiqalariga taqlid qilib yaratilgan, saviyasi past qo'shiqlar, kliplar ham yosh bola ongida o'zining izini qoldirishi mumkin. Bu o'rinda musiqa darslari jarayonida o'quvchilarga birinchi navbatga xalq musiqa merosimiz, xalq qo'shiqlari namunalariga keng o'rin berish, musiqa o'qituvchilari oldidagi eng dolzarb katta vazifadir.

Xulosa qilib aytganda, xalq qo'shiqlari yosh avlodni vatanga mehr-muhabbat, sadoqat ruhida, ota - onaga, insonlarga hurmat izzat ruhida kamol

topishlarida, komil inson bo'lib voyaga yetishlarida asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.

Adabiyotlar

1. H.Nurmatov. "Musiqa va estetik madaniyat" Toshkent.T.D.P.U.1995 yil

2. Akhtamovich K. I. The content of education aimed at methodological improvement of the study of traditional musical heritage //Academicia Globe: Inderscience Research. - 2022. - Т. 3. - №. 01. - С. 13-15.

3. O'quvchilarga ma'naviy-axloqiy tarbiya berish jarayonida Xorazm musiqa fol'kloridan foydalanish yo'llari. Toshkent.2010

4. Нуруллаев Ф.Г., Нуруллаева Н.К. Формирование эстетического воспитания детей на примере Бухарских фольклорных песен. «Modern scientific challenges and trends» collection of scientific works of the international scientific conference Issue 4(260 Warsaw, Poland 2020. P. 139.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.