Научная статья на тему 'O‘ZBEK BOLALAR O‘YIN FOLKLORIGA OID “TARABAR TILI” O‘YININING O‘ZIGA XOS LOKAL XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEK BOLALAR O‘YIN FOLKLORIGA OID “TARABAR TILI” O‘YININING O‘ZIGA XOS LOKAL XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
745
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bolalar o‘yin folklori / tarabar tili / xususiyat / folklor / ommaviy / tadqiqot. / children's game folklore / gibberish language / characteristics / folklore / mass / research.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. A’Zamova

Xalq og‘zaki ijodi namunasi hisoblangan bolalar o‘yinlari o‘z tarkibida muayyan ritmik izchillikka asoslangan xatti-harakat, ramziy ma’no kasb etuvchi etnografik detallar, poetik folklor namunalari, ohang va tomoshaviylik elementlarini yaxlit holda mujassamlashtirgan sinkretik hodisadir. Ushbu maqolada bolalar o‘yin folkloriga oid “Tarabar tili” o‘yinining hududiy tarqalishi, lokal xususiyatlari va bugungi kundagi ahamiyati ilmiy tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LOCAL FEATURES OF THE GAME “THE LANGUAGE OF TARABAR” RELATED TO UZBEK CHILDREN'S GAME FOLKLORE

Children's games, considered an example of folk oral creativity, are a syncretic phenomenon that combines elements of behavior based on a certain rhythmic sequence, ethnographic details that acquire symbolic meaning, samples of poetic folklore, melodies and entertainment. This article provides a scientific analysis of the territorial distribution, local features and meaning of the game “tarabar” in relation to children's game folklore.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK BOLALAR O‘YIN FOLKLORIGA OID “TARABAR TILI” O‘YININING O‘ZIGA XOS LOKAL XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK BOLALAR O'YIN FOLKLORIGA OID "TARABAR TILI" O'YININING O'ZIGA XOS LOKAL XUSUSIYATLARI A'zamova Shoira Murotxodjayevna

O'zDSMI, Xalq ijodiyoti: (folklor va etnografiya) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7164690

Annotatsiya. Xalq og'zaki ijodi namunasi hisoblangan bolalar o'yinlari o'z tarkibida muayyan ritmik izchillikka asoslangan xatti-harakat, ramziy ma'no kasb etuvchi etnografik detallar, poetik folklor namunalari, ohang va tomoshaviylik elementlarini yaxlit holda mujassamlashtirgan sinkretik hodisadir. Ushbu maqolada bolalar o'yin folkloriga oid "Tarabar tili" o'yinining hududiy tarqalishi, lokal xususiyatlari va bugungi kundagi ahamiyati ilmiy tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: bolalar o'yin folklori, tarabar tili, xususiyat, folklor, ommaviy, tadqiqot.

ЛОКАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ИГРЫ "ТАРАБАРСКИЙ ЯЗЫК" ОТНОСЯЩЕЙСЯ К УЗБЕКСКОМУ ДЕТСКОМУ ИГРОВОМУ ФОЛЬКЛОРУ

Аннотация. Детские игры, считающиеся образцом народного устного творчества, представляют собой синкретическое явление, сочетающее в своем составе элементы поведения, основанного на определенной ритмической последовательности, этнографические детали, приобретающие символическое значение, образцы поэтического фольклора, мелодии и зрелищности. В данной статье проведен научный анализ территориального распространения, локальных особенностей и значения игры "тарабарскийязык" в отношении детского игрового фольклора.

Ключевые слова: детский игровой фольклор, тарабарский язык, характеристика, фольклор, массовый, исследовательский.

LOCAL FEATURES OF THE GAME "THE LANGUAGE OF TARABAR" RELATED TO UZBEK CHILDREN'S GAME FOLKLORE

Abstract. Children's games, considered an example of folk oral creativity, are a syncretic phenomenon that combines elements of behavior based on a certain rhythmic sequence, ethnographic details that acquire symbolic meaning, samples of poetic folklore, melodies and entertainment. This article provides a scientific analysis of the territorial distribution, local features and meaning of the game "tarabar " in relation to children's game folklore.

Keywords: children's game folklore, gibberish language, characteristics, folklore, mass, research.

KIRISH

Bolalar folklori - kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining o'zaro uyg'unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o'yinlar, qo'shiqlar va musiqiy poetik janrlarning yaxlit bir tizimiga aylangan xalq og'zaki ijodiyotining o'ziga xos tarmog'idir.

Bola yoshligidan ertak va qo'shiqlar ta'sirida ulg'ayar ekan, uning ma'naviy qiyofasi shakllanadi. Quvlashmachoq, bekinmachoq, chillak, varrak uchirish esa uni jismonan chiniqtiradi. Binobarin, asrlar davomida xalq bolani aql, farosat, xotira mashqlari va turli jismoniy harakatlar orqali balog'at yoshiga yetganida hayotga har jihatdan yetuk insonni tayyorlash rejasi asosida ish olib borgan. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dunyo ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan o'nlab allomalarning aynan bizning millatimiz va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yurtimizdan chiqishida bolalar folkloridagi qo'shiq, ertak, topishmoq, tez aytishlar hissasi ham yo'q emas.

Bolalar o'yinlari ajdodlarimiz tafakkurining eng qadimgi elementlaridan biri bo'lgan ibtidoiy rituallar va marosimlarning tarkibiy qismi sifatida juda qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Davrlar o'tishi bilan bunday marosimlar tarkibidagi o'yinlar o'zining rituallik xususiyatini yo'qotib, oddiy tomosha unsuri yoki ko'ngilochar vositasiga aylangan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Sh.Galiyev o'zining "O'zbek bolalar o'yin folklori" nomli kitobida A.K.Borovkovning hozirgi kunda o'zbek bolalar o'yin folklori tizimida saqlanib qolmagan juda qadimiy bir o'yinni allohida qayd etib o'tadi. Bu bolalarning so'z o'yinlaridan biri bo'lib "Talabar tili" deb atalgan.

Olim A.K.Borovkovning qayd qilishicha, har shahar yoki qishloq bolalari yoshiga qarab bir necha guruhga bo'lingan. Har bir yosh - tabaqa guruhi o'ziga xos o'yinlari, o'z o'yinjoylariga ega bo'lgan. Bolalarning bunday yosh-tabaqaga bo'linishi "taqiya" deb atalgan. Har bir taqiyaning o'ziga xos "tili" bo'lgan. "Tarobar tili" deb atalgan bu taqiya a'zosi bo'lmagan bolalarga, shuningdek, boshqa taqiya a'zolari va begona kishilarga tushunarsiz harakatlar majmui tarzidagi ilk variant shakllangan. Davrlar o'tishi bilan ritual harakatlar marosim tarkibidan chiqib, xalq o'yini ko'rinishini olgan..

TADQIQOT NATIJALARI

Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri va uning atrofidagi tumanlarda (Dang'ara tumani, O'zbekiston tumani ) olib borgan dala tadqiqotlarimizda bu o'yin hozirgi kunda ham mavjud ekanligini, bu o'yin hozirgi glabal, texnika asrida ham yashayotganligini guvohi bo'ldik.

"Tarabar" tilining o'ziga xos ifoda usullaridan biri shunday: har bir so'z tarkibidagi bo'g'inlarning joyi o'zgartiriladi. Masalan, "bordim" so'zidagi bo'g'imlarning o'rni o'zgartirilsa, "dimbor" so'zi hosil bo'ladi. Bunday bo'g'inlarning o'rni o'zgartirilgan uzvlarini tez talaffuz qilganda, taqiya a'zosi bo'lmagan hech narsa tushunushmagan.

A.K.Borovkov o'z tadqiqotida bir bo'g'indagi unli harfdan keyin birorta undosh masalan "z" orttiriladi deb yozgan. Dala tadqiqotlari natijasiga ko'ra Qo'qon shahri va uning atrofidagi tumanlarda "B" harfini orttirish urf bo'lgan. Masalan "Men seni ko'rdim" gapi "Me-ben se-be-ni-bi ko'-bo'r-di-bim" tarzida talaffuz etiladi.

MUHOKAMA

"Tarabar tili"da so'zlashish XX asr boshida bolalar so'z o'yinlaridan biri sifatida ommalashgan bo'lsada, aslida bu an'ananing zamini ibtidoiy jamoa tuzumidagi "yashirin jamoa"lar haqidagi qadimiy xalq qarashlaridir.

"Tarabar tili" o'yini boalalar va o'smirlarning yoshiga ma'lum guruhlarga bo'linishi an'anasi bilan bevosita aloqadordir. Bunday yosh - tabaqa bo'linishi esa ibtidoiy jamiyatning o'ziga xos belgilaridan biri - bir yosh guruhidan boshqa jamoaga o'tadigan bolalar sinov shartlarini bajaradigan "yashirin jamiyatlar" hamda sinov - inisatsiya marosimlariga xos an'anadir.

Sh.Galiyevning "O'zbek bolalar o'yin folklori" nomli kitobida yozishicha O'rta Osiyoda kechgan tarixiy etnografik jarayonlar davomida bunday so'zlashuv usuli rituallik ma'nosi va vazifasini ya'ni yashirin lisoniy muloqot vositasini yo'qotib, bolalar o'yin folklori namunasiga aylanganligini qayd etadi.

Olimning ushbu fikriga qo'shilmagan holda, Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanida olib brogan dala tadqiqotlarimiz davomida tumandagi Tog'ay qishlog'ida yashovchi 60 yoshli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Huriniso aya o'z turmush o'rtog'i bilan o'zaro farzandlari, kelinlari va boshqa shaxslar tushunmasligi uchun sirli tarzda har bir bo'g'inga unli harfdan keyin "B" harfini yuqorida ta'kidlaganimiz singari orttirib muloqotda bo'lganliklarini guvohi bo'ldik. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, "Tarabar tili" o'yini hozirgi kunda o'z ritual ma'nosi va vazifasini yo'qotmagan holda nafaqat bolalar balki kattalar orasida ham yashab kelmoqda. XULOSA

Yana shuni alohida aytib o'tish mumkinki bu o'yin nega aynan "Tarabar tili" o'yini deb nomlanishi, ma'nosi alohida tadqiqot jarayoni hisoblanadi. O'ylaymanki kelajakda shu kabi ajdodlarimiz tomonidan qo'llanilgan qiziqarli o'tmish va kelajakni bog'laydigan tarix eshiklari ochiladi va kelajak avlod bundan bahramand bo'ladi.

REFERENCES

1. Galiyev Sh. O'zbek bolalar o'yin folklori. - Toshkent.: "Fan", 1998.

2. Jahongirov G'. O'zbek bolalar folklori. - Toshkent.: O'qituvchi, 1975.

3. Safarov O. O'zbek bolalar poetik folklori.- Toshkent.: O'qituvchi, 1985.

4. Madayev O., Sobitova T. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. - Toshkent., 2005.

5. Madayev O. O'zbek xalq og'zaki ijodi. - Toshkent.: "Mumtoz so'z", 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.