International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 19 (41) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
O'ZBEK ANANAVIY TEATRI VA BUGUNGI KUN Go'zal Rashidova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Dramatik teatr va kino san'ati"
kafedrasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada, bugungi kunda o'zbek teatri san'atining an'anaviy tushunchasi va uning rivojlanishiga berilayotgan e'tibor, teatr san'atining ijtimoiy ahamiyati, aynan bugun teatr taraqqiyotida uning tomoshabinlarga bo'lgan ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasi, estetik jihatidan ta'sir ko'rsatishi va tomoshabinlarning ananaviy tarzda yuksalishining badiiy vositasi ekanligi va sahna madaniyati haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: an'anaviy, ma'naviyat, madaniyat, estetika, san'at, teatr, sahna, rejissyor, aktyor.
Аннотация: в этой статье говорится о традиционной концепции узбекского театрального искусства и внимании, уделяемом его развитию, социальной значимости театрального искусства, духовно-просветительском воспитании зрителей в развитии театра сегодня, его влиянии со стороны эстетический аспект и то, что это художественный инструмент для поднятия публики традиционным способом и культуры сцены.
Ключевые слова: традиция, духовность, культура, эстетика, искусство, театр, сцена, режиссер, актер.
Abstract: in this article we will talk about the traditional concept of Uzbek theatrical art and the attention paid to its development, the social significance of theatrical art, the spiritual and educational education of spectators in the development of the theater today, its influence from the aesthetic aspect and the fact that it is an artistic tool for raising the audience in a traditional way and the culture of the stage.
Keywords: tradition, spirituality, culture, aesthetics, art, theater, stage, director, actor.
Kirish. O'zbekistonimizning rivojlanish pallasida, ananaviy, milliy va umuminsoniy Ьо'^п ma'naviy qadriyatlarga asoslangan yangi demokratik jamiyat shakllanmoqda.. Amalga oshirilayotgan bunday iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy -siyosiy va ma'naviy islohotlar insoniyat qadri va uning manfaatlariga xizmat qilib qilmoqda.
Bunday ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishidagi omillar -insonning aql-idroki, iqtidori, intellektual salohiyati, kabi fazilatlar alohida rol о'ynaydi. Bularni rivojlanishida katta kuch Ьо'^п ma'naviy manfaat, va intilishlar Ьо'НЬ, ular orasida estetik ehtiyoj alohida о'пп egallaydi.
Bu borada teatr san'atining, shu jumladan aktyorlik san'ati birlamchi bo'lib, sahnaviy asarlar orqali bir vaqtning o'zida tomoshabinning tafakkuriga - ham ma'naviy, ham estetiq, ham ma'rifiy, ham madaniy ta'sir ko'rsatadi, uni nafosat va ma'rifatga, ma'naviyatga, nafosat va go'zallikka chorlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni bilan tasdiqlangan Taraqqiyot strategiyasida ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" g'oyasini keng targ'ib etish orqali jamiyatda sog'lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, "Yangi O'zbekiston -ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasini amalga oshirish orqali madaniyat va san'at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash dolzarb masalasi sifatida qayd etilgani madaniyat va san'atga berilayotgan e'tibor va madaniyat va san'at muassasalari, teatr va san'at saroylari taraqqiyotining huquqiy asosidir.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Bugungi kun yoshlarini barkamollik pog'onasiga olib chiqishda, uning ma'naviy madaniyatini shakllantirishda an'anaviy teatr san'ati alohida mavqega ega. Chunki u har bir milliy madaniyatning yuksalganligi va ulg'ayganligini yaqqol ko'rsatuvchi oyna hisoblanadi. "Teatr o'yunbozlik emas! Masxarabozlik ham emas! Teatr bamisoli oynavand bir uykim, kirgan har bir kimsa o'z husnu qabihini ko'ra olur. Yuziga un surtib masxarabozlik shakliga kirgan zotlar tabibi hoziqdurlar" [2]. Ma'rifatparvar yozuvchi va teatr san'atining jonkuyari bo'lgan Mahmudxo'ja Behbudiy ushbu so'zlari orqali teatr jamiyatning ko'zgusi ekanligini ta'kidlab o'tadi.
Aktyorning ijodi va mahorati bir paytning o'zida ham tabiiy, ham ijtimoiy, ham amaliydir. Dramaturgning fikrini izhor qiladigan ham, rejissyorning talqiniga jon kiritadigan ham, tomoshabin bilan yuzma-yuz muloqotda bo'lib turib, unga zavq bag'ishlaydigan, o'ylab, fikr yuritishga majbur qiladigan ham aktyordir [4]. Shu sabab mazkur mavzu har doim soha mutaxassislari, tanqidchilari va amaliyotchilarining e'tiborida. lekin, har bir tanqidchi va tadqiqotchilar ham butun vujudi bilan obraz yaratayotgan aktyor his-tuyg'usining, uning ruhiyatining nozik jihatlarini ko'rish va anglashga qodir bo'lavermaydi. Aktyor ijro vaqtida o'zligini unutmagan holda o'zga kishining dunyosi bilan yashaydi. Jon-jahti bilan u inson qiyofasini tashqi va ichki jihatdan ochib berishga intiladi va bunga erishadi ham [6].
Tarixiy manbalar va san'atshunoslarning ma'lumotlariga qaraganda masharabozlik va qiziqchilar san'ati qadimdan mavjud bo'lib,xalq madaniy hayotining bir ko'rinishi bo'lib,asrlar davomida davom etib kelgan. Ular o'z tomoshalarini xalq og'zaki dramalarida amalga oshirgan. [7].
XX asrning boshlarida xalq og'zaki aytishuvlari dramalari va ijrochilari xalq og'zaki ijrochilari, san'atlarini ishlari bilan band bo'lgan ekan. XX asrning 20-30 yillariga kelib esa,bunday an'anaga e'tibor kuchaytirilib,bora-bora xalq og'zaki dramalarini o'rganish muntazzam tus ola boshlagan.
Xalq og'zaki ijodiy dramasi an'anaviy o'zbek teatri tomoshabinlarining adabiy yetakchisi bo'lib, masxaraboz va qiziqchilarning xalqqa manzur bo'lgan og'zaki pyesalari asosida o'z truppalariga tegishli repertuarlarini tuzib chiqib, o'z tomoshalarini ko'rsatishgan.
O'zbekistonning barcha hududlari - shaharAktyorning bor mahoratini shakllantirish va uni bir qolipga tushib qolishining oldini olish bevosita ustoz san'atkorlarga bog'liq. Bu borada o'zbek teatriga tamal toshini qo'ygan otaxon rejissyor Mannon Uyg'ur o'zining o'rinli va muddaoli fikrini quyidagicha bildirgan, "...Teatrimizning ishida yuz bergan eng muhim va katta kamchiliklardan biri - yosh avlod bilan lozim darajada ish olib borilmasligidir. Bizda har qanday postanovka tayyorlanganda asosiy rollarni faqat nom chiqargan katta masterlargagina berib, o'rta darajali va yosh artistlarga ahamiyat bermaslik yuz berib kelmoqda. Shuning natijasida... bir talay qobiliyatli va ishga chanqagan o'rta darajali va yosh artistlar ko'p vaqt... o'z mahoratlarini o'stirish va ko'rsatish imkoniyatidan mahrum qolib kelmoqdalar. Bunday ahvolga xotima berish uchun har bir postanovkada asosiy rollarga dublyorlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berish kerak. Shu bilan birga yosh avlodning malakasini oshirish, ularni amaliy ishga tortish va o'stirish maqsadida yosh artistlar ishtiroki bilan maxsus spektakl tayyorlash usulini ham tezda amalga oshirish lozim" [3].
Tadqiqot metodologiyasi. Bugungi kunda professional aktyorlik san'atining rivojlanib kelishida va uning tarbiyaviy ahamiyatining ommalashishida ananaviy harakatlari namoyondalarining roli muxim o'rin egallaydi.
Teatr san'atining asosiy vazifasi bu tomoshabinni estetik tomonlama va ma'nan tarbiyalash bo'lib, jamiyat va insonlar orasida bo'layotgan turli xil salbiy holatlarni badiiy vositalar bilan tanqid qilib real yechimini topishga qaratilgandir.
Albatta shu o'rinda yodga olish joizki o'zbek ananaviy teatrining shakllanishi va rivojlanib kelishida katta hissa qo'shgan namoyondalarimiz kabi insonlar:
Bidiyorshum Muhammad Solih Farg'ona vodiysida an'anaviy teatr - qiziqchilar maktabini yaratgan mashxur sanatkor bo'lgan.
Zokir Eshon uning truppasi XIX-asr o'zbek an'anaviy teatrining yirik vakillaridan biri bo'lgan. Farg'ona vodiysidagi xon saroyi e'tiborida bo'lgan qiziqchilar truppasiga rahbarlik qilgan.
Yusufjon qiziq. Yusufjon qiziq Shakarjonov Zokir eshon va Sa'di maxsum maktabini davom ettirgan xolda xalq an'anaviy teatr san'ati bo'lgan yangi davrini boshlab bergan istedod egalaridan biri bo'lgan.
Xulosa va takliflar. Xulosa sifatida shuni aytib o'tish kerakki n'naviy teatrning bugungi kunda o'zining namoishi orqali ommaga olib chiqishda, uning ma'naviy -ma'rifiy madaniyatini, kino, musiqa, raqs va boshqa san'at turlari orqali insonlarga estetik zavq bag'ishlab, ongini tarbiyalash, kabi maqsadlar qo'yilgan bo'lib, uni amalga oshirish uchun esa ijodkorning mahoratiga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abduqunduzov M. O'zbek milliy teatr san'ati: taraqqiyot bosqichlari // "Istiqlol va milliy teatr" ilmiy to'plam. -T.: Yangi asr avlodi, 2002.
2. Ahmad S. Behbudiyning armonlari. // Teatr, 2006 № 1. - B.
3. Qodirov M. Sahnamiz lochinlari. -T.: G'afur G'ulom, 1986.
4. Mahmudov J. Aktyorlik mahorati. -T.: Bilim, 2005.
5. Rizayev Sh. Jadid dramasi. -T.: Sharq, 1997.
6. Sayfullayev B.S., Mamatqosimov J.A. Aktyorlik mahorati. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2012.