O'ZBEK ADABIYOTIDA DRAMATURGIYA
Dilmurod Tursinovich Nosirov Qo'qon DPI
Annotatsiya: Ushbu maqola O'zbek adabiyotida dramaturgiyasi, uning rivojlanish bosqichlari va taraqqiyoti haqida yozilga. Maqolada birinchi o'zbek drammatik asar Behbudiyning "Padarkush" asari haqida ham fikrlar keng keltirilgan.
Kalit so'zlar: drammaturgiya, teatr, chimildiq, koshona, padarkush, syujet
DRAMATURGY IN UZBEK LITERATURE
Dilmurod Tursinovich Nosirov Kokand SPI
Abstract: This article is written about dramaturgy in Uzbek literature, its stages of development and progress. In the article, opinions about the first Uzbek dramatic work "Padarkush" by Behbudi are presented.
Keywords: dramaturgy, theater, chimildiq, koshana, padarkush, plot
Drama sahna namoyishlari uchun mo'ljallangan, xarakterning tashqi dunyo bilan o'zaro ta'sirini nazarda tutuvchi, adabiyotning bir turi bo'lib, unga muallifning izohi qo'shiladi. Drama, shuningdek, bitta tamoyil va qonunlar asosida qurilgan asarlardir. Harakat hozirgi zamonda bo'lishi va o'sha joyda tez rivojlanishi kerak. Tomoshabin guvohga aylanadi va u bo'layotgan voqealarga hamdard va hamdard bo'lishi kerak. Spektakl bir necha soat yoki hatto yillar davom etishi mumkin. Biroq, harakat sahnada bir kundan ortiq davom etmasligi kerak, chunki u tomoshabin imkoniyatlari bilan cheklangan.
Dramatik tur o'zbek adabiyotiga kirib kelganiga bir asr bo'ldi. Yuz yillik tarix va tajribaga ega bo'lgan bu o'zbek dramaturgiyasi o'tgan asrning boshi va ikkinchi jahon urishi davrini hisobga olmaganda har doim ham boshqa adabiy turlardan sustroq rivojlangan. Bunday sustkashlikning muayyan obyektiv va subyektiv sabablari ham bor. Avvalo, shuni achinish bilan ta'kidlash o'rinliki, adabiy otimizda faqat dramaturgiya bilan shug'illanadigan maxsus ijodkorlar juda kam. Borlari ham tezda shuhrat topib kashfiyot darajasidagi sahna asarlari yaratib, teatrlarning doimiy hamkoriga aylanib ketavermaydilar. Ikkinchidan, mabodo, shunday talantli drama yaratilib, sahnalashtirilsa ham unga tomoshabinni jalb etish muammosi tug'iladi. Uchinchidan bozor iqtisodiyoti tufayli dramaturg o'z asari bilan boyib ketayotgani
yo'q. Shunga qaramay so'ngi 20 yil ichida drama yaratilmay ham qolmadi, sahna bo'shab ham qolmadi, ozmi-ko'pmi tomoshabin teatrga ham kirib turdi.
Eng muhimi so'ngi yillar dramaturgiyasi shakl va mazmun tomondan yangilandi, janr imkoniyatlari kengaydi. San'atkorlar jahon dramaturgiyasining barhayot tajribalaridan unumli foydalana boshladilar. Bu yillar ananalarga ko'ra ko'plab she'riy dramalar dunyoga keldi. E.Vohidovning "Istanbul fojiasi", A.Oripovning "Sohibqiron", U.Qo'chqorning "Rasululloh kotibi", R.Bobojonning "Yusuf va Zulayho" kabi asarlari ana shu usulda bitilgan. Dramaturgiyaning rivojlanishi va yangilanishi mavzu ko'lamining kengayishida yaqqol ko'rinadi. Bu borada ayniqsa tarixiy mavzudagi sahna asarlarning ko'payganligini alohida takidlash lozim. Tarixga munosabatning o'zgarganligi, buyuk ajdodlarimizning badiiy, ilmiy va ma'naviyma'rifíy merosini qadrlash, tarixiy manbalarni o'rganish tufayli xalqimiz o'zligini anglash jarayonini boshidan kechirdi. Ayniqsa Amir Temur, Ahmad al-Farg'oniy, Mashrab singari murakkab tarixiy shaxslar haqida rang-barang janrlarda turli shakllardagi sahna asarlari dunyoga keldi. Bular orasida O'zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning "Fotihi Muzaffar yoxud bir parivash qissasi" nomli tarixiy dramasi muhim o'rin tutadi. Shuni alohida ta'kidlash o'rinliki, O.Yoqubov dramaturgiya borasida xiyla tajribali adib. 60 yillardayoq " Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim", "Yurak yonmog'i kerak", "Chin muhabbat", "Olma gullaganda", "Bir koshona sirlari" deb atalgan dramalari bilan shuhrat qozongan edi. Mana shu tajriba va mahorat san'tkorning so'ngi dramasida o'zining yaxshi samarasini bergan. Bu davrda zamonaviy mavzularda ham ko'plab dramalar dunyoga keldi. Bu borada Erkin Xushvaqtov, Salohiddin Sirojiddinov, Usmon Azim, Sanjarali Imomov, Xoliq Xursandov, Nasrullo Qobil, Komil Avaz Toir Yunusovlar samarali ijod qildilar.
Ulardan ba'zilarining asarlari teatrlarning doimiy repertuariga aylandi va tomoshabinlarning tashnaligini qondirib, teatrlarga qiziqishini orttirdi. Zero teatrning xalqni ma'naviy ma'rifiy ruhda tarbiyalashning eng samarali va jonli vositasi ekanligi azaldan ma'lum. Sahna real hayotning baddiy ko'zgusidir. Shu ma'noda yuqorida nomlari tilga olingan dramaturglardan E.Xushvaqtov ayniqsa, uloqda sovrinni olib ketdi. U ko'proq xalq og'zaki ijodi materiallariga, folklor-etnografík mavzularga milliy urf-odatlarimizda o'lib borayotgan udumlarga murojat qildi. E.Xushvaqtovning O'zbekiston milliy teatrida birin-ketin sahnalashtirilgan "Chimildiq", "Qalliq o'yin", "Qirmizi olma", "Andishali kelinchak" kabi pesalariga iloji boricha o'zbek xalqining azaldan yashab kelgan udimlari ruhini, mohiyatini singdirishga, ularni yangicha an'analar bilan boyitishga, yosh avlodning munosabatini oshirishga urinadi. Ko'p o'rinlarda bunga erishadi ham.
Asar xronologiyasiga qarab, drama bir yoki bir nechta aktlardan iborat bo'lishi mumkin. Shunday qilib, frantsuz klassitsizmi adabiyoti odatda 5 ta akt bilan ifodalanadi va 2 ta akt ispan dramaturgiyasiga xosdir.
Dramadagi barcha personajlar ikki guruhga bo'lingan - antagonistlar va boshqahramonlar (sahnasiz personajlar ham bo'lishi mumkin) va har bir akt duel. Ammo muallif hech kimni qo'llab-quvvatlashi shart emas - tomoshabin faqat asar kontekstidagi maslahatlardan taxmin qilishi mumkin.
O'z niyatini ifodalash uchun tanlangan usul va shakllarda yutuqqa erishavermaydi. Masalan, "Chimildiq", "Qalliq o'yin" dramalari avvalo, yengil-yelpi voqealar asosiga qurilgani, personajlar o'rtasidagi munosabatlarning o'ta sun'iyligi, urf-odatlarimizning qadrini ko'tarish o'rniga o'ziga nafrat uyg'otadi. Bu dramalarda yechim ham tomoshabinni qoniqtirmaydi. 1. (92.93.96.97b.) Har bir ijodkor ma'lum bir narsani, mavzuni tanlab oladi. Bu huddi homila kabi uning ichida, ongida rivoj topadi, obrazlar, voqealar tizmini xayolidan o'tkazib, g'oyasini pishiradi. Muallif tomonidan bo'lajak asar uchun mavzu tanlab olinganidan so'ng uning oldida keyingi muammo ko'ndalang bo'ladi. Bu muammo asarning tuzilishini aniqlashdan ibirat. Albatta asarning qurilishi, ya'ni tarkibini belgilash ham ancha ma'suliyatli hisoblanadi. Bu o'rinda muallif asari kompozitsiyasini tuzib olish harakatiga tushib qoladi. Aslida kompozitsiya so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, u o'zbek tilida tuzilish, qurilish sifatida ma'no anglatadi.
Asar kompozitsiyasi nafaqat voqealar tizimi bilan balki so'zlar qurilishi, ularning berilishi bilan ham bog'liq. Chunki "Baddiy asarlarda faqat obrazlar, til va uslubiy vositalar barchasi muallif ilgari surayotgan muayyan g'oyaga xizmat qiladi. Asar tuzilishi ham yuqoridagilar singari muallif g'oyasiga singdiriladi. Agar obrazlar, tasvir vositalari muayyan tartibda joylashtirilmas ekan, ham tasvirdagi ham qismlar aro mezon va uyg'nlikga putir yetadi. Ijodkor har qancha mahoratli so'z san'atkori bo'lmasin, o'z g'oyasi va maqsadiga to'la erishgan hisoblanmaydi. Mabodo ijodkor maqsadi, g'oyasi, nuqtayi nazari izchil va aniq bo'lmasa, uning asari tuzilish jihatidan puxta, muvofaqiyatli chiqmaydi".2(4 b). Bu o'rinda asardagi uyg'unlikga alohida e'tibor berish lozim.
Asardagi har bir detal, har bir element bir-birini talab qilsa, bir-biriga singib ketsa, ana shu uyg'unlik deyiladi. Baddiy asardagi har bir unsur, voqea, hodisa parchasi, vosita hamisha muayyan maqsadga xizmat qiladi, bir-biri bilan ham shaklan, ham mazmunan munosabat kasb etgan holda mantiqiy bog'liqlik, uyg'unlik kasb etadi. Shunday qilib kompozitsiya-asar mazmuni to'laqonli tarzda ayonlashuvini taminlovchi shakliy unsur hisoblanadi. Ushbu unsurdan mohirona foydalanish ya'ni uni aniq maqsadga yo'naltirish, albatta har-bir ijodkor ijodiy labaratoryasini tadqiq etishda asqotadi. Ma'lumki asar kompozitsiyasi ijod mahsulini xuddi odam organizmini qon tomirlari o'rab olgani kabi ta'sir o'tkazadi, uning har bir unsur ustidan hukimronligi, ta'sir kuchi bo'ladi.
Hayotda ziddiyatlar keskin va sokin bo'lgani singari badiiy konfliktning ham turli ko'rinishlari mavjud. Ular qahramonlar o'rtasidagi oshkora kurash tarzida ham,
personajlarning o'z o'z ko'nglidagi olishuvlar tarzida ham nomoyon bo'ladi. Shuningdek badiiy konflikt har bir adabiy tur va janrda o'ziga xos tarzda ifodalangan bo'ladi. U drama (komediya, tragediya, pyesa) asarlarida tamoman boshqacha holda ko'rinadi. Umuman har bir barkamol baddiy asar konflikt, shakl va mavzu, mazmun va g'oya singari o'z unsirlarini qay tarzda namoyon etishidan qat'iy nazar, u hayotning muayyan bir ko'rinishini ta'sirchan akslantirgan, ijodkor yaratgan go'zallikdir. Baddiy asarning ichki va tashqi dunyosi esa uning tuzilishi, sujjetidagi voqealarning joylashishi, qahramonlar va ular orasidagi munosabatlar majmuidan iboratdir. Bu hodisa kompozitsia deb yuritiladi. Madomiki dramaturg ijodining qonun qoidalariga to'xtalar ekanmiz, eng avvalo sujet atamasini tilga olish lozim. Sujet fransuscha "sujet" bo'lib,"narsa, mazmun, mavzu" degan ma'noni bildiradi. Asar mazmunini tashkil etadigan, qahramonlar o'rtasidagi aloqa, munosabatlar tizimi sujjetdir. Sujetning o'zi ham bir qator qismlardan tarkib topgan: ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim. Biroq sujjetlar o'z tuzilishiga, namoyon bo'lish tarziga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Badiiy asarlar kompozitsiyasi tahlil qilingan ayrim tadqiqotlarda "fabula" termini ham uchraydi. Fabula lotincha "fabula" so'zidan olingan bo'lib masal hikoya qilish demakdir. Badiy asar fabulasi deganda asar uchun asos bo'lgan hayotiy material nazarda tutiladi. Sujet tarkibidagi unsirlar orasida dastlab ekspozitsiyaning nima ekanligini sharhlash joizdir. Ekspozitsiya lotincha "expositio" so'zidan olingan bo'lib, "tushintirish" degan ma'noni anglatadi. Voqealar kechgan joy, davrning ijtimoiy manzarasi, qahramonlar unib-o'sgan joy, muhit shart-sharoiti kabilar tasviri ekspozitsiya deb yuritiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.Isaqova "Drammaturg mahorati" T. 2021. 4b
2. Y.Solijonov "Hozirgi adabiy jarayon". T. "Innovatsiya-Ziyo". 2020.92,93.b
3. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric Specializations!!" European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.
4. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.
5. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.
6. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.
7. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.
8. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).
9. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.
10. Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.
11. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.
12. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 59-61.
13. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.
14. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.
15. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.
16. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.
17. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
18. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.
19. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
20. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.
21. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.
22. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.