O Z KASBINING FIDOIYSI
A.M. Nuriddin1
Ushbu maqola O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi,,,El yurt hurmati'' va,,Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari sohibi, Xalqaro,,Oltin meros" medali savrindori. Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi fidoyisi. Elmurod Boymurodovning hayot va ijodiga bag'ishlangan. Maqolada Elmurod Boymurodovning o'zbek san'ati rivojiga qo'shgan hissasi va uning amalga oshirgan ishlari keng yoritibberilgan.
Kalitso'zlar. Elmurod Boymurodov, san'at, madaniyat xodimi, rejjissura, teatr.
Qashqadaryo viloyati, Qori Zokir Sodiqov nomidagi Shahrisabz shahar xalq teatrining rejessori, hamda shahar madaniyat saroyi qoshidagi "Baxtli bolalik", "Namunali" bolalar maqomchilar ansamblining badiiy rahbari, istedodli san'atkor, fidoiy va jonkuyar ustod murabbiy hamda mohir tashkilotchi.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, "El yurt hurmati" va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari sohibi, Xalqaro "Oltin meros" medali savrindori. Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi fidoyisi. Elmurod Boymurodov 1949 yilning 15 yanvarida Shahrisabz tumanining Miroqi qo'rg'onida tug'ilgan. Maktab internatida o'qish bilan birga musiqa va san'atga bo'lgan bexat ixlosi bilan ko'pchilikning e'tiboriga tushdi. U boshlang'ich sinflarda o'qigan davrlardayoq o'zbek milliy asbobolari va chet el musiqa asbobolari bayan, akkordion turli xil asboblarni chalishlarni o'zlashtirib, o'zbek, rus va hind ashulalarini ijro etdi. Yosh Elmurod tumanda, viloyatda va Respublikada o'tkazilgan san'at bayramlarida, ko'rik -tanlovlarda ishtirok etib, faxriy o'rinlarni olishga muyassar bo'ldi. Maktabda saxnalashtirilgan kichik sahna asarlarida esda qolarli rollar ijro etdi.
1967-yilda o'rta maktabni muvaffaqiyatli tugatgach, Mannon Uyg'ur nomli Toshkent San'at institutining rejissyorlik bo'limiga o'qishga kirdi. Ustozlari Iosif Radun va Tursunboy Isroilov raxnamoligida bo'limning peshqadam talabalaridan biriga aylandi.
Boymurodov Elmurod Dilmurodovich 1971 yilda Toshkent Davlat teatr va rassomchilik san'ati institutining [hozirgi Toshkent madaniyat va san'at instituti] rejissorlik bo'limini muvaffaqiyatli tugatib, yo'llanma asosida qadimiy va hamisha navqiron yurti bo'lmish Shahrisabz shahriga, shahar xalq teatriga ishga yuborildi.
1971 yilning avgust oyidan 2014 yilga qadar Qori Zokir Sodiqov nomidagi Shahrisabz Shahar xalq teatrining rejisyori vazifasida ishlab, ijodiy faoliyat ko'rsatib keldi. Hozirgi kunda nafaqada bo'lsa ham,,Baxtli bolalik'' bolalar maqomchilar ansamblining badiiy rahbari bo'lib ijodiy faoliyat ko'rsatib kelmoqda. O'tgan davr ichida Elmurod Boymurodov o'zini tajribali mutaxassis, hamda o'z sohasining bilimdoni va jonkuyari sifatida nomoyish etdi. U avvalo rejissora kabi murakkab kasbining havaskorlik bilan ajoyib imkoniyatlarini ochdi, o'ziga xos ijodiy maktab yaratdi. Chunki u rejissyor sifatida faqatgina diramatik spektakllar sahnalashtirish bilan cheklanib qolmasdan,ashula va raqs ansambllarining dasturlariga ham kompozitsion yaxlitlik va ifodaviylik,aniq yo'nalish,tasirchan shakl va g'oyaviy barkamollik bag'ishlashda tashabbus ko'rsatadi.Qanday ommoviy tadbirlar tayyorlamasin,u,ashula va raqslar kichik kichik sahna ko'rinishlari, xullas hammahammasini doim biror bir mavzu va syujit atrofida birlashtirishga intiladi. Bunda xalq milliy sayllari,urf odatlarimiz, yangicha marosimlar va bayramlar shaklidan unumli foydalanadi.
1 Nuriddin Azizov Malikovich - Qarshi davlat universiteti Pedagogika instituti "san'atshunoslik" kafedrasi musiqa fani o'qituvchisi.
Tinib-tinchimas san'atkorning teatrlashtirilgan syujitli konsertlari va kompozitsiyalaridan "Assalom yangi yil!", "Assalom yangi asr, assalom ming yillik!". Navro'z ayyomlariga bagMshlangan; "Assalom navro'zi olam!" "Navro'z bilan keladi shodlik, Navro'z bilan elda obodlik!", "Marhabo Navro'zim-baxtim, quvochim!", "Navro'zing muborak, ahli shahri Kesh!", "Sevinch bagMshlaysan keksa-yu yoshga, Navro'zjon bu yilgi kelishing boshqa!", "Assalom Navbahor, Navro'zi olam!", "Quyosh kabi boqiysan, Navro'z!", "Navro'z keldi,baxt keldi!", "Navro'zing muborak, mustaqil diyor!" Mustaqillik bayramiga bagMshlangan, "Mustaqil hur O'zbekiston-mangu seni ulug'layman!", "Gulla, yashna kamol top, Mustaqil O'zbekiston!", "Baxt quyoshing so'nmasin, hur O'zbekiston!", "Istiqloling mangu bo'lsin Mustaqil diyor!", "Istiqboli kulgan yurt-Istiqloling muborak!", "Buyuk kelajakka talpingan jonsan, kelajagi buyuk O'zbekistonsan!" Shuningdek turli atoqli kunlarga bagMshlangan; "Mangu barhayotlar!", "Ayollarimiz jasorati!", "Tazim sizga,onajon!", "Sen baribir muqaddassan,muqaddas ayol!", "Hech kim va hech narsa unutilmaydi!", "Amir Temur-millatimiz g'ururi!", "Temuriy malikalar!", "Navoiy g'azal mulkining sultoni!", "Bobur-muhabbat va nazokat kuychisidir!" kabi ko'pgina musiqaviy,teatrlashtirilgan dastur va kompozitsiyalarning har birida qiziqarli va izchil syujit, kishini o'ziga torta oladigan puxta kompozitsiyaning mavjudligi quvonchli holdir.
1971 yilda Elmurod Boymurodov "Shodyona" ansambli bilan Italiyada gastrol safarida bo'ldi va bir qancha shaharlarda uyishtirilgan konsertlarda ishtirok etib chet ellik tomoshabinlarning ham olqishiga sazavor bo'ldi. U hamdo'stlik mamlakatlarida o'tkazilgan O'zbekiston qo'shiq bayramlari, festivallarining qatnashchisi hamdir. Shuningdek Respublikamiz teleradiokompaniyasi tomonidan namoish etilgan "Zehn", "Marhabo talantlar", "Biz Qashqadaryodanmiz", "Davramizga marhabo" ko'rik tanlovlarida faol ishtirok etib, yuqoriri natijaga erishdi.
Elmurod Boymurodov xalq teatridan ish boshlagandan, bugungi kunga qadar, teatr sahnasida turli janrlardagi quyidagi spektakllarni sahnalashtirdi. Turkman dramaturgi Husayn Muxtorovning "Xushchaqchaq mehmon!", Ozarbayjon draturgi Yusuf Azimzodaning, "Yosh Nasriddinning g'aroyib sarguzashlari!" Egam Rajabning "Yakka qabr!", Prosper Merimening "Mateo Fal'kone!", Yoqubjon Shukurovning "Prokurorning baxti!", Maksim Karimovning "Intilganga tole yor!!", Hamid Usmonovning "Farzand dogM!", Tohir Islomovning "Abad-Azamat!" ertak-pyesasi, Muhsin Qodirovning "Tanbur nolasi" Hamzaning "Tuxmatchilar jazosi", qirgMz
dramaturgi Mar Boyjiyevning "Bahs", Chexovning "Iltimos", V.Shukshinning "Efim P'yanixning operatsiyasi", Madaminjon Iminjonovning "Jasorat", Zokir Bositxonovning "Qalb qozoni qaynamas", Vladilan Landoning "Shaxsan javobgarmiz", Shukrulloning "O'g'rini qaroqchi urdi", Mixail Vorfolomeyevning "Hukm", Ravshan Yoriyevning "Sirli boshoq" va "Yangi yildagi g'aroyib sarguzashtlar, yohud Vaqt qaroqchilari" ertak pesalari, Alp Jamolning "Sirli gilamcha", Said Ahmadning "Xom talash", Zinnat Fathullinning "G'unchalar", Abduraxmon Isoqovning "Xazina", Mirmuhsinning "Ig'vogar u dunyoda", Ashurali Jo'rayevning "Bozornoma", Turob To'laning "Quvvai qahqaha", Pirimqul Qodirovning "Yulduzlar girdobi", Uyg'un va Izzat Sultonning "Alisher Navoiy", Alisher Navoiyning "Sabbai sayyor" va "Farhod va Shirin", Jo'ra Mahmudovning "Birlashgan o'zar", Aleksiy Kozlovskiyning "G'aroyib kashfiyot", mahalliy dramaturg Solijon Po'latovning "Ulug'bek vasyati", "Oqsaroy", "Sohibqironning vasiyatlari" hamda "Iskandar va Raxshonak", Ergash Qo'ziyevning "Ajoyib va g'aroyib sayohati" yoki "Oq gul va Ra' no gulning sarguzashtlari" ertak -spektakili, "Jinoyat jazosiz qolmaydi", ko'pgina asarlarni sahnalashtirish, tomoshobinlar uchun zarur bo'lgan g'oyaviy - estetik mohiyatlarini olg'a sura oldi.
Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida xalq havaskorlari san'atini rivojlantirish haqida gap ketganda albatta Elmurod Boymurodov nomi ham faxr va ehtirom bilan tilga olinadi. 2001- yilda Madaniyat saroyi qoshida Shahrisabzning 2700 yilligi munosabati bilan shahar va tuman maktablarining o'quvchilaridan tashkil topgan "Baxtli bolalik', "Na'munali" bolalar maqomchilar ansambli tuzildi. U bastalagan ko'pgina ashulalar yoshlarimiz o'rtasida sevib aytilib kelmoqda Elmurod Boymurodov Shogirtlar tayyorlashni ham o'zining muqaddas burchi deb biladi, hozirgi kunda uning shogirdlari ming kishidan ortiqdir.
Uning shogirdlaridan O'zbekiston xalq artisti Maryam Sattarova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Isoq To'rayev, O'zbekiston xalq hofizi O'ktam Ahmedov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Mansur Xurramov, Oygul Xalilova, xonandalardan Usmon Berdiyev, Olimjon Mirzayev, Oybek Jalilov,Abror Isoqov, "Nihol" mukofoti sovrindorlari Oybekjon Mirzayev va Shahzod Asatullayev, Zulfiya nomidagi Respublika Davlat mukofotining sovrindorlari Gulhayo Ergasheva va Shahnoza Xolmaxmatovalar,rejissyor,aktyor va madaniyat xodimlaridan Zokirjon Majidov,Mannon Hamidov, Ravshan Yoriyev, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi dramaturg Erkin Xushvaqtov QDU pedagogika institutining,,San'atshunoslik''kafedrasining musiqa fani o'qituvchisi Nuriddin Azizov,aktrisalar Gulchexra Eshonqulova, Feruza Mustafayeva va boshqalar Respublikamizning teatrlari,konsert tashkilotlari va madaniyat muassalarida samarali ijodiy mehnat qilib kelmoqdalar.Eng kenja shogirdlaridan 48 nafari bugungi kunda Respublikamizning oily va o'rta maxsus o'quv yurtlarda, maxsus musiqa litseylarda o'qub san'at sirlardan saboq olmoqdalar.
Elmurod Boymurodovning barcha shogirdlari uni "Usta" deb chaqirishadi, bunday yuksak nom hammaga ham nasib etavermaydi. Elmurod Boymurodov tomonidan saxnalashtirilgan dramaturg Solijon Po'latovninig "Ulug'bek vasiyati", "Oqsaroy", "Soxibqironning vasiyatlari", "Iskandar va Raxshonak" hamda dramaturk Yusuf Azimzodaning "Yosh Nasriddinnig g'aroyib sarguzashtlari" spektaklllari Respublika televideniyasi orqali bir necha marotaba namoyish etildi.
Shuningdek Elmurod Boymurodov raxbarligidagi "Baxtli bolalik", "Namunali" bolalar maqomchilar ansambli faoliyati to'g'risida "O'zbek film" kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan "Mo'gMlchai buzruk" nomli xujjatli-badiiy film ham Respublika televideniyesining "O'zbekiston" va "Yoshlar" kanallari orqali bir necha marotaba namoyish etildi. Elmurod Boymurodov doimiy ravishda, maktablarga,o'rta o'quv yurtlariga,korxona va tashkilotlarga borib amaliy va uslubiy yordamlar ko'rsatib keladi.Elmurod Boymurodov tuman madaniyat bo'limi jamoasi orasida aloxida hurmatga ega.
Madaniyat bo'limining rejaviy ishlarini bajarishda va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Elmurod Boymurodov aql-zakovat bilimdonlik talab etilgan har qanday ishda,o'zini ko'rsata oladi va dadillik bilan harakat qiladi.U kamtarin va to'g'ri so'z, do'stlariga hamda shogirdlariga nisbatan doimo g'amxo'r,mehribon va talabchan bo'lganligi uchun,hamkasblari unga xurmat extirom bilan qaraydilar.
U doimiy ravishda o'z malakasini, bilimini hamda siyosiy saviyasini oshirish ustida qattiyat va sabr - toqat bilan ishlaydi. Elmurod Boymurodov har qanday ishda tashabbuskor, doimo yangilikka intiluvchan, jur'atli,dunyoqarashlari keng, ma'naviy yetuk inson. 56 yillik mehnat faoliyati davomida erishgan ulkan yutuqlari va ijodda qo'lga kiritgan yuksak muvoffaqiyatlari uchun Elmurod Boymurodov,,Shavkatli mehnati uchun'',,,Mehnat fahriysi'' medallari,,,Mustaqillik" esdalik nishoni bilan mukofotlangan. U bir necha marta xalq ijodiyoti festevallari hamda ko'rik tanlovlarning g'olibi va lauriati bo'ldi.
Bir necha marta Respublika Madaniyat vazirligining, Viloyat hokimining, Viloyat madaniyat boshqarmasining, hamda shahar hokimligi va Madaniyat bo'limining faxriy yorliqlari va diplomlari bilan taqdirlangan.1992-yilda Elmurod Boymurodov vatanimizning yuksak unvon^O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi '' unvoniga sazovor bo'ldi. 2000-yilda esa Elmurod Boymurodovga,,Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi fidoiysi'' unvoni berildi. 2009-yilda esa vatanimizning eng oily mukofatlaridan biri bo'lmish,,El-yurt hurmati'' ordeni bilan taqdirlandi. 2018-yilda,, Fidokorona xizmatlari uchun'' ordeni bilan mukofotlandi. 2021-yilda xalqaro,,Oltin meros'' medali bilan mukofotlandi.
Bugungi kunda 2021 sentabr oyidan Qarshi DU Pedagogika institutining "San'atshunoslik" kafedrasida musiqa fani o'qituvchisi lovozimida ishlab kelmoqda
Ajoyib san'atkor, ustoz murabbiy va rejessiyor, o'z kasbining chuqur bilimdoni, tinib-tinchimas tashkilotchi Elmurod Boymurodovning jonkuyarligi, san'at va madaniyatdagi fidoiyligini faqatgina Qashqadaryo viloyatidagina emas, balki butun Respublikamizda havaskorlik va professional san'atni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Shuni alohida ta'kidlash joizki butun Respublika teatrlarida yaxshi rejissyor muommo bo'lib turgan vaqtda Elmurod Boymurodov qilayotgan ishlari tahsilga sazovordir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Bu gulshan sahnida. "Yangi asr avlodi". Toshkent 2006 yil.
2. Умурова, Г. (2021). Шеъриятда эстетик идеал ва эстетик идрок масаласи. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (79)), 913.
3. Умурова, Г. (2020). ЛИРИКАДА БАДИИЙ ОЛАМ ТАЛ^ИНИ. Academic research in educational sciences, (4), 578-583.
4. Hotamovna, U. G., & Abdusalamovna, K. M. (2020). New Voices in the 20th Century Uzbek Poetry. International Journal of Management, 11(9).
© A.M. Nuriddin, 2022.