Научная статья на тему 'O‘SPIRIN YOSHLARGA BO‘LGAN NIZOLARNI KELIB CHIQISHINI OLDINI OLISHDA PSIXOLOGIK MASLAXATLAR'

O‘SPIRIN YOSHLARGA BO‘LGAN NIZOLARNI KELIB CHIQISHINI OLDINI OLISHDA PSIXOLOGIK MASLAXATLAR Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o'smirlar nizolari / mojarolarning oldini olish / psixologik maslahat / samarali muloqot / hissiy tartibga solish / nizolarni hal qilish / o'z-o'zini hurmat qilish / chegara o'rnatish / ota-onalar ishtiroki / ijtimoiy ko'nikmalar / stressni boshqarish. / подростковый конфликт / профилактика конфликтов / психологическое консультирование / эффективное общение / эмоциональное регулирование / разрешение конфликтов / самооценка / установление границ / участие родителей / социальные навыки / управление стрессом.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — I.X.Mamayusupova, S.Mirhayitova

o'smirlik bu muhim jismoniy, hissiy va ijtimoiy o'zgarishlar bilan tavsiflangan muhim rivojlanish bosqichi. Ushbu davrda o'smirlar o'zlarining shaxsiyatlari va munosabatlarini yo'naltirganda, nizolar tez-tez uchraydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL ADVICE FOR PREVENTING ADOLESCENT CONFLICTS

подростковый возраст – это важный этап развития, характеризующийся значительными физическими, эмоциональными и социальными изменениями. Конфликты являются обычным явлением в этот период, поскольку подростки ориентируются в своей личности и отношениях.

Текст научной работы на тему «O‘SPIRIN YOSHLARGA BO‘LGAN NIZOLARNI KELIB CHIQISHINI OLDINI OLISHDA PSIXOLOGIK MASLAXATLAR»

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

O'SPIRIN YOSHLARGA BO'LGAN NIZOLARNI OLISHDA PSIXOLOGIK MASLAXATLAR

© I.X.Mamayusupova, S.Mirhayitova1^_

1Qo'qon davlat pedagogika instituti, Qo'qon, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: o'smirlik - bu muhim jismoniy, hissiy va ijtimoiy o'zgarishlar bilan tavsiflangan muhim rivojlanish bosqichi. Ushbu davrda o'smirlar o'zlarining shaxsiyatlari va munosabatlarini yo'naltirganda, nizolar tez-tez uchraydi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi o'smirlar o'rtasidagi nizolarning oldini olish uchun psixologik maslahat va amaliy strategiyalarni taklif qilishdir. Tadqiqot o'smirlar nizolarining asosiy sabablarini tushunishga va ularni yumshatish bo'yicha dalillarga asoslangan tavsiyalar berishga intiladi.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot adabiyotlarni ko'rib chiqish, psixologlar, o'qituvchilar va ota-onalar bilan suhbatlar, shuningdek, o'smirlar bilan fokus-guruhlarni o'z ichiga olgan sifatli yondashuvdan foydalanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar o'smirlar o'rtasidagi nizolarning oldini olish bo'yicha bir nechta asosiy psixologik maslahatlar va strategiyalarni ta'kidlaydi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, ushbu strategiyalarni amalga oshirish o'smirlar o'rtasidagi nizolar hollarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, bu esa yanada uyg'un munosabatlarga va sog'lom rivojlanish traektoriyasiga olib keladi.

XULOSA: ushbu tadqiqot o'smirlar nizolarining oldini olishda psixologik maslahat va strategiyalarning muhimligini ta'kidlaydi.

Kalit so'zlar: o'smirlar nizolari, mojarolarning oldini olish, psixologik maslahat, samarali muloqot, hissiy tartibga solish, nizolarni hal qilish, o'z-o'zini hurmat qilish, chegara o'rnatish, ota-onalar ishtiroki, ijtimoiy ko'nikmalar, stressni boshqarish.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

3 CHIQISHINI OLDINI

Iqtibos uchun: Mamayusupova I.X, Mirhayitova S. O'spirin yoshlarga bo'lgan nizolarni kelib chiqishini oldini olishda psixologik maslaxatlar // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.499-506.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ СОВЕТЫ ПО ПРЕДУПРЕЖДЕНИЮ ПОДРОСТКОВЫХ КОНФЛИКТОВ_

©И.Х.Мамаюсупова, С.Мирх,айитова1Н

1Коканский государственный педагогический институт, Кокан, Узбекистан_

Аннотация

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ВВЕДЕНИЕ: подростковый возраст - это важный этап развития, характеризующийся значительными физическими, эмоциональными и социальными изменениями. Конфликты являются обычным явлением в этот период, поскольку подростки ориентируются в своей личности и отношениях.

ЦЕЛЬ: основная цель данного исследования - предложить психологическое консультирование и практические стратегии по предотвращению конфликтов между подростками. Исследование направлено на то, чтобы понять основные причины подростковых конфликтов и предоставить обоснованные рекомендации по их смягчению.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использован качественный подход, включающий обзор литературы, интервью с психологами, педагогами и родителями, а также фокус-группы с подростками.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: полученные результаты подчеркивают несколько ключевых психологических советов и стратегий по предотвращению подростковых конфликтов. Результаты показывают, что реализация этих стратегий может значительно снизить частоту подростковых конфликтов, что приведет к более гармоничным отношениям и здоровым траекториям развития.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование подчеркивает важность психологического консультирования и стратегий в предотвращении подростковых конфликтов.

Ключевые слова: подростковый конфликт, профилактика конфликтов, психологическое консультирование, эффективное общение, эмоциональное регулирование, разрешение конфликтов, самооценка, установление границ, участие родителей, социальные навыки, управление стрессом.

Для цитирования: Мамаюсупова И.Х. Мирх,айитова С. Психологические советы по предупреждению подростковых конфликтов // Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 499-506.

PSYCHOLOGICAL ADVICE FOR PREVENTING ADOLESCENT CONFLICTS

© Iroda H. Mamayusupova, Sohiba Mirhayitova1®

1Kokan State Pedagogical Institute, Kokan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: adolescence is an important developmental stage characterized by significant physical, emotional and social changes. Conflicts are common during this period as teenagers navigate their personalities and relationships.

AIM: the main objective of this study is to offer psychological counseling and practical strategies to prevent conflicts between teenagers. The study seeks to understand the underlying causes of adolescent conflict and to provide evidence-based recommendations for mitigating them.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MATERIALS AND METHODS: this study uses a qualitative approach that includes a literature review, interviews with psychologists, teachers, and parents, as well as focus groups with adolescents.

DISCUSSION AND CONCLUSIONS: the findings highlight several key psychological tips and strategies for preventing adolescent conflict. Findings suggest that implementing these strategies can significantly reduce the incidence of adolescent conflict, leading to more harmonious relationships and healthy developmental trajectories.

CONCLUSIONS: this study highlights the importance of psychological counseling and strategies in adolescent conflict prevention.

Key words: adolescent conflict, conflict prevention, psychological counseling, effective communication, emotional regulation, conflict resolution, self-esteem, boundary setting, parental involvement, social co skills, stress management.

onasining o'rnini egallamoqchi bo'lganligi oqibatida yuzaga keladi. Albatta, ota-onaga bu yoqmaydi. Ota-ona va farzand o'rtasida kelishmovchiliklar paydo bo'ladi. ba'zida bu ota va qiz, ona va o'g'il o'rtasidagi ziddiyatlar ham bo'lishi mumkin. Otaga qiz, onaga esa o'g'il bola yaqinroq bo'ladi, deyishadi. Lekin, vaqt o'tgan sari, ya'ni balog'at yoshida bola buni unuta boshlaydi.

Chunki, oiladan tashqaridagi boshqa odamlarga o'z his-tuyg'ularini yo'naltirgan bo'ladi. U ota-onaga bo'lgan munosabatini yo'qotishga harakat qila boshlaydi. Agar uyda o'smir yoshini hisobga olib, bola bilan o'zaro do'stona, yumshoq muomalada bo'linsa, sharoitga qarab farzandining xohish istaklarini inobatga olib ish ko'rilsa, farzandga shaxs sifatida qaralsa, u buni sezadi va yaxshi yo'ldan yurishga harakat qiladi. Aks holda o'smir ko'chadan o'ziga boshqa mashg'ulot topadi va yomon yo'lga yurib ketish ehtimoli katta bo'ladi.

Har qaysi millatning o'ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o'rni va ta'siri beqiesdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg'ulari, ilk haetiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag'rida shakllanadi.

Bizning mentalitetimizda, ayniqsa, qiz bolani faqat turmushga chiqishga tayyorlaymiz. Oqibatda qizlarimiz ham ayni o'qib, oila quradigan paytda turmushga chiqish va oilali bo'lishni o'ylay boshlaydilar. Bizning ajdodlarimiz farzandlarini milliy qadriyatlarimizga asoslanib tarbiya qilganlar va natijada ular orasidan ko'pgina buyuk insonlar yetishib chiqqanligi sir emas. Misol tariqasida afsuski bugungi kunda eshlardagi oila qurishga yuzaki, loqaydlik bilan qarash unga faqat biologik hodisa deb munosabatda

For citation: Iroda H. Mamayusupova, Sohiba Mirhayitova (2024) Psychological advice for preventing adolescent conflicts, Inter education & global study, (5(1)), pp. 499-506. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bo'linishi ajralishlar sonining ko'payishiga sabab bo'lmoqda. Buning oldini olish uchun esa mahallalarda, joylarda, oliy o'quv yurtlarida "Oilaga tayèrlash markazlari" faoliyatini yo'lga qo'yish zarur.

O'smirlik davrini qiyin davr deymizu, lekin mana shu oraliqning paydo bo'lishi va sekin o'tishiga o'zimiz sababchi bo'lib qolayotganimizni sezmaymiz. Biz farzandlarimizga ozgina vaqt ajratib, ularning ko'ngliga yo'l topa olsak, ertaga jamiyatimizga foydasi tegadigan insonlarni tarbiyalab, kamolga yetkazamiz.

O'smirlik davri 10-11 yoshdan 14-15 yoshgacha bo'lgan davrni tashkil etadi. Ko'pchilik o'quvchilarda o'smirlik yoshiga o'tish asosan 5-sinfdan boshlanadi. «Endi u bola emas-u, hali katta ham emas» - bu formula o'smirlik davri xarakterini bildiradi. Bu yoshda o'smir rivojida keskin o'zgarishlar ro'y bera boshlaydi. Bu o'zgarishlar fiziologik, hamda psixologik o'zgarishlardir. Zamonaviy tibbiyot esa organizmning anotomik-fiziologik o zgarishlarining 7 yoshdan boshlanishini o'rganib chiqdilar. Shunga ko'ra, taqvim bo'yicha emas, aynan organizmdagi jinsiy o'zgarishlariga qarab o'tish yoshini belgilash lozim deb hisoblaydilar.

Organizmning fiziologik o'zgarishining tezlashuvi natijasida bu yoshda bola o'zida hayajon, ko'tarinki kayfiyatda uyg'onish va ba'zan o'z-o'zini yerga urish hissini sezadi.

Bu davrda bola o'ziga nisbatan ko'proq diqqat-e'tiborni talab qiladi. U o'zini katta odam deb hisoblaydi va shaxsiga nisbatan kattalardek munosabatni talab qiladi. Lekin maktabda, kollej yoki liseyda va uyda uning mavqei avvalgidek qolaveradi. Natijada bolada o'smir yoshi inqirozi boshlanadi. O'smirlik yoshi inqirozi emansipatsiya, tengdoshlar bilan guruhlashish va xobbi reaksiyalarini keltirib chiqaradi. Emansipatsiya reaksiyasi holatida bola kattalar nazoratidan chiqish va mustaqillikka erishishni xohlaydi, unda o'zining «men»i paydo bo'ladi. Kattalar tomonidan o'tkazilmoqchi bo'lgan kichkina ta'qib ham bolaning xulqining buzilishiga sabab bo'lishi mumkin.

Tengdoshlar bilan guruhlashish bolada o'zaro harakat, jamoa tartibiga bo'ysinish, hurmatga ega bo'lish va o'z xohishidagi mavqega ega bo'lish qobiliyatlarini shakllaydi. Bolada o'z-o'zini baholash hususiyati o'sadi. U tengdoshlarining fikrlarini kattalarning tanqidiga nisbatan ko'proq qadrlaydi.

Xobbi - biror narsa bilan shug'ullanish juda katta ahamiyatga ega. Uning sharofati bilan bolada qiziqishlar va individual qobiliyatlar shakllanadi.

Xobbining turlari: intellektual-estetik, ya'ni musiqa, rasm, tarix, texnika; biror narsa yig'ish; ekssentrik, ya'ni diqqat markazda turish uchun ekstravagant kiyimlarga qiziqish ko'rinishida bo'lishi mumkin.

O'smirlarning qiziqishlarini bilish, ular va kattalar orasidagi o'zaro tushunishlarni yaxshilaydi.

O'smir psixologiyasida paydo bo'ladigan yangi hissiyot bu - o'z-o'zini anglashdir. O'z-o'zini anglash, o'smir yoshining asosiy yakunidir. Bu paytda inson o'zining yangi «men»ini ochadi, kuchli va kuchsiz taraflarini o'rganishga harakat qiladi. O'zini boshqa

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

odamlar bilan solishtira boshlaydi, o'ziga nisbatan qiziqish uyg'onadi, o'ziga mos do'st qidiradi.

Qoidaga ko'ra o'smirda o'qituvchi yoki ota-onaga nisbatan jamoaning bolaga bergan bahosi ko'proq ahamiyatga egadir. Bu yoshda bolada tashkilotchilik, ishbilarmonlik va boshqa shaxsiy qobiliyatlarini shakllantirishga yaxshigina sharoit yaraladi.

V.Suxomlinskiy asosiy shaxs xususiyatlrini quyidagicha ta'riflaydi.

1. Bir tomondan johillikka bo'ysunmaslik, uni emosional qabul qilmaslikning ikkinchi tomondan hayotdagi qiyin holatlarda hal qila olmaslik qobiliyati bilan uyg'unlashadi.

2. O'smir yaxshi bo'lishni xohlaydi, idealga intiladi, lekin uni to'g'ri tarbiyalashlari yoqmaydi.

3. O'smir shaxs bo'lishni xohlaydi. Qandaydir qahramonlik, romantik, noodatiy narsalarni qilishni istaydi. Jarayonga talabning borligi va o'zida ishonch hosil qilish xohishining mavjudligiga qaramay, o'smir hali bunga qanday erishishni bilmaydi.

4. O'smirda xohishning boyligi va kuchning chegaralanganligi qarama-qarshi qo'yilgan. Qiziqishlarning turli-tumanligi va doimiy emasligi mana shundan kelib chiqadi. O'smir o'zining qobiliyatli emasligini bilib qolishdan qo'rqadi. U o'zini juda yaxshi ko'radi va ortida yordamga muxtojligi yashiringan. Ko'rgazmali ishonchlilik va qat'iyat ortiga yashirinishi mumkin.

5. O'smirda romantik hissiyot va dag'al qiliqlar uyg'unlashgan. Go'zallikdan zavqlanadi va unga surunkali munosabatda bo'ladi. Lekin o'z hissiyotlaridan uyaladi. Bu tuyg'ularni yosh bolalarga xos deb hisoblaydi. U uni o'ta hissiyotli deb hisoblashlaridan qo'rqadi va dag'allik ortiga berkinadi.

Jismoniy kuchning quyilib kelishi uni faoliyatga boshlaydi.

O'smirlar bilan ishlaganda ularning yosh va shaxsiy xususiyatlarini, bu yoshning asosiy psixologik yangilanishini inobatga olish zarur.

O'smir organizmi ham bu paytga kelib ancha o'zgarishlarga duch keladi: husnbuzarlar chiqadi, tanadan turli noxush hidlar kela boshlaydi. Shuning uchun ham tarbiyaviy soatlar o'tganda o'qituvchi albatta, shaxsiy gigiyena haqida ham to'xtalib o'tishi lozim.

Bu yoshda bolada juda katta psixologik o'zgarishlar yuzaga keladi va biz buni ko'rib chiqamiz.

Birinchi galda bu yoshdagi bolalarda uyatchanlik va tezda hafa bo'lish kuzatiladi. U arzimagan narsalardan ham hafa bo'ladi va bunga katta ahamiyat beradi. U o'z tashqi ko'rinishidan uyaladi, harakatlari bukchaygan holatga keladi. Chunki, u hali o'z tanasini ilgarigidek boshqara olmaydi. Shunga o'xshab o'smir o'z hissiyotlarini ham jilovlay olmaydi. U o'zini katta odam deb hisoblaydi va atrofdagilardan ham shunga yarasha munosabatni talab qiladi.

Fiziologik o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog'liq ravishda tanadagi barcha aozolarning mukammal rivojlanishi va o'sishi, xujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o'zgarishlar bevosita

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'smir endokrin sistemasining o'zgarishlari bilan bog'liqdir. Bu davrda ichki sekresiya bezlaridan biri 10 gipofez bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to'qimalarining o'sishi va muhim ichki sekresiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak o'sishi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo'y o'sishi tezlashidi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikqilamchi jinsiy bezlarning paydo bo'lishi) amalga oshadi. O'smirlar o'zlarini kattalardek tutishga xarakat qiladilar. Ular o'zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma'lum darajada o'rtoqlari va o'qituvchilarga ko'rsatishga intiladilar. Bu xolatni oddiy kuzatish yo'li bilan xam osongina ko'rish mumkin. O'smirlik yoshiga xos bo'lgan psixologik xususiyatlarni o'rgana turib, o'smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolatga erishish yo'llarini va unga ta'sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta'sirini tushunish mumkin. Bu davrda o'smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o'z o'rnini topa olmagan xolatda bo'ladi. O'smirlik davri "O'tish davri", "Krizis davr", "Qiyin davr" kabi nomlarni olgan psixologik ko'rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki bu yoshdagi o'smirlar xatti-xarakatida noadekvatlik, yangi sharoitlarda o'z o'rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O'z davrida L.S.Vigotskiy bunday xolatni psixik rivojlanishdagi krizis deb nomlagan. O'smirlik yoshida ularning hulq— atvoriga xos bo'lgan alohida hususiyalarni asosan jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo'lmaydi. Jinsiy yetilish o'smir hulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta'sir ko'rsatib, bu ta'sir bevosita emas, balki ko'proq bilvositadir. O'smirlik davriga ko'pincha so'zga kirmaslik, o'jarlik, tajanglik, o'z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi xususiyatlar xos. Kattalarga nisbatan agresiv munosabatning paydo bo'lishi, negativizm singari nohush hulq-atvor alomatlari o'z-o'zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetilish tufayli paydo bo'ladigan belgilar bo'lmay, balki ular bilvosita ta'sir ko'rsatadigan o'smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, 11 kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o'rni munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o'zgartirish yo'li bilan o'smirlarning hulq-atvoriga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatish mumkin.

O'smirlik davrida yetakchi faoliyat-bu o'qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O'smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu do'stlik, o'rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. O'smirlar 12 muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to'la o'rtoqlik kodeksiga bo'ysinadi. O'smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti asosan ularning katta bo'lganlik hissi asosida tuzilgan bo'ladi. Ular kattalar tomonidan qilinadigan xaq-xuquqlarini cheklashlariga, qarshilik va eotirozlariga qattiq qayg'uradilar. Lekin shunga qaramasdan u muloqotda kattalarning qo'llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o'smirga kattalarni yaxshiroq tushinishlari uchun yordam beradi. O'smir o'zida bo'layotgan o'zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muamolar xaqida kattalar bilan bo'lishishga katta extiyoj sezadi, lekin buni xech qachon birinchi bo'lib o'zi boshlamaydi. O'smir o'ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomila -munosabatiga qattiq norozilik bildiradi. O'smirlar muloqoti nihoyasida o'zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. O'smirlik davriga kimningdir hatti -

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

xarakatini imitatsiya qilish xosdir. Ko'pincha ular o'zlariga tanish va yoqadigan kattalarning hatti-xarakatlarini imitatsiya taqlid qiladilar. Qayd etib o'tilgan yo'nalganlik albatta kattalarning ham muloqot va munosabatda mavjud, lekin ular kattalarnikidan o'z emosionalligi bilan farqlanadi. Tengdoshlari, shuningdek sinfdoshlari guruxida o'smir o'zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo'ladi. O'smir o'z guruxiga bog'liq va qaram bo'lgani holda shu guruxning umumiy fikriga qo'shilishga va uning qarorini doimo bajarishga tayyor bo'ladi. Gurux ko'pincha o'smirda «Biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustaxkamlaydi. O'smir yoshdagi bola uchun do'st tanlash juda katta axamiyatga ega. O'smirlik davrida do'st juda qadrli hisoblanadi. Do'stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo'lishga extiyoj sezadilar. Bu extiyoj o'smir do'stlarning so'rashishi va ko'rishishlarida (qo'l berib, quchag'lab ko'rishish) birga o'tirish va birga yurishga xarakat qilishlarida ko'rinadi. Ko'pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, o'smirlarning shaxs bo'lib shakllanishdagi, 13 birgalikdagi xarakatlarini izi inson qalbida va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi. O'smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta extiyoj sezadilar. Kattalarning o'smir yoshdagilar uchun ta'sir ko'rsatish, tarbiya berish uchun eng qulay sharoit-bu umumiy mehnat bilan shug'ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo'lish rollaridan qoniqsalar, o'smirlar, ayniqsa katta o'smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko'rsatayotganlaridan, lozim bo'lganda ularning o'rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Agar kattalar o'smirlarning teng, do'stona, uni to'la tushunadigan va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o'smirlar ijobiy qaraydilar, lekin bu rahbarlik kkattaning hoxish-istagi ustunligi asosida bo'lsa, unday xolda ular to'la qarshilik ko'rsatadilar. Bu qarshilik ko'pincha salbiy natijalarni, baozan esa depressiyani ham yuzaga keltirishi mumkin. Bu holat ko'pincha ota -onasi avtoritar munosabatda bo'luvchi oilalarda uchraydi. Ko'pgina bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o'smirlar hayotda mustaqil holda xarakat qilishlari, o'z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin maosuliyatning o'z bo'ynilariga olishlari birmuncha qiyinroq. Ular ko'pincha intelektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan yengadilar. O'smirlik davrida bolalarning atrofdagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo'ladigan munosabatlaridagi mavqei o'zgaradi. Endi o'smirlar o'yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko'proq jiddiy ishlar bilan shugullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. O'qish o'smirlar xayotida katta o'rinni egallaydi.O'smirlar o'qishidagi asosiy motiv bu ularning kattaliklarini his ettiradigan, anglatadigan o'qish turlariga tayyorlanishlaridir. Ular uchun mashg'ulotlarning asosan mustaqillik beriladigan shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o'smirlarning fanlarni muvafaqqiyatli o'zlashtirishlari qiziqishlarining orttirishlari o'qituvchining o'quv materialini tushuntira olish maxoratiga bog'liq.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Ibodullayyev Z.R. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 2-nashri. 2009. -T.: 393 b.

2. Karimova V.M. Psixologiya. -T.: 2003.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. Karimova V.M. Salomatlik psixologiyasi. -T.: 2005.

4. Qodirov A.A. Tibbiyot tarixi. Darslik. -T.: 2005. 176 b

5. Qodirov B.R. Iqtidorli bolalarning birlamchi tanlovi metodikalari. Metodik qo'llanma. Toshkent, 2014. 75 bet.

6. Shoumarov G'.B., Rasulova Z.A. Oila ensiklopyediyasi. -T.: 2016. 416 b.

7. Баарс Б, Гейдж Н. Мозг, познание, разум. Введение в когнитивные нейронауки. В 2-томах. Пер. с англ. -М.: 2016. - 541 с. (1-й том); 464 с. (2-й том)

8. Джеймс Л.Джекобсон., Алан М.Джекобсон. Секреты психиатрии. Пер. с англ.; Под общ. ред. акад. П.И.Сидорова. -М.: 2007. 2-е изд. 576 с.

9. Ибодуллаев З.Р. Межполушарная функциональная асимметрия и нейропсихологические синдромы при церебральных инсультах, пути их коррекции. Дисс. ... докт. мед. наук. -Ташкент: 2005.

10. Каримова В.М., Акрамова Ф.А. Психология: Маърузалар матни - ТДИУ, 2005 -210 б.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Mamayusupova Iroda Xamidovna, katta o'qituvchi. Mirhayitova Sohibaxon, katta o'qituvchi, [Мамаюсупова Ирода Хамидовна, старший преподаватель, Мирхаитова Сохибахон, старший преподаватель], [Iroda H.Mamayusupova,

senior teacher, Sohibaxon Mirhayitova, senior teacher]; manzil: 150700, O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Shahar: Qo'qon, Turon ko'chasi, 23 [адрес: 150700, Узбекистан, Ферганская область, Город: Кокан, улица Турон, 23], [address: 150700, Uzbekistan, Fergana region, City: Kokan, Turon street, 23]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.