Научная статья на тему 'O‘SMIRLARDA SALBIY XULQ-ATVOR NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

O‘SMIRLARDA SALBIY XULQ-ATVOR NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3372
233
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘smirlik / ontogeniz / deviant / xulq-atvor / xarakter aksentuatsiyasi / bolalar va o‘smirlar suitsidi / o‘z-o‘ziga baho berish / mardlik / jasurlik / tantiqlik. / Adolescence / ontogeny / deviant / behavior / character accentuation / child and adolescent suicide / self-assessment / courage / bravery / delicacy

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jumanova, Nasiba Sherbayevna, Abduvaliyeva, Nilufar Ne’matulla Qizi

Mazkur maqolada bugungi globallashuv jarayoniga xos o’smirlarda salbiy xulk-atvor namoyon bulishinig psixologik xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF NEGATIVE BEHAVIOR IN ADOLESCENTS

This article describes the psychological characteristics of adolescents' negative behavior in today's globalization process.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLARDA SALBIY XULQ-ATVOR NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'SMIRLARDA SALBIY XULQ-ATVOR NAMOYON BO'LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Jumanova Nasiba Sherbayevna

Jizzax davlat pedagogika instituti Umumiy psixologiya kafedrasi o'qituvchisi,

Abduvaliyeva Nilufar Ne'matulla qizi

Pedagogika va psixologiya 1-bosqich magistranti

Mazkur maqolada bugungi globallashuv jarayoniga xos o'smirlarda salbiy xulk-atvor namoyon bulishinigpsixologik xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: O'smirlik, ontogeniz, deviant, xulq-atvor, xarakter aksentuatsiyasi, bolalar va o'smirlar suitsidi, o'z-o'ziga baho berish, mardlik, jasurlik, tantiqlik.

В данной статье описаны изменения в подростковом возрасте, негативные психологические особенности поведения.

Ключевые слова: подростковый возраст, оногенез, девиантное поведение, акцентуации характера, суицид у детей и подростков, самооценка, мужество, отвага, деликатность.

This article describes the psychological characteristics of adolescents' negative behavior in today's globalization process.

Keywords: Adolescence, ontogeny, deviant, behavior, character accentuation, child and adolescent suicide, self-assessment, courage, bravery, delicacy.

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan choralar tarkibida, xususan o'smirlarning ta'lim jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo munosabatlarga kirishishda empatiya hissini rivojlantirish, shaxs sifatida o'zini to'g'ri baholash, jamiyatda o'z o'rnini topishida yordam berish hamda axloqiy ko'nikmalar shakllantirilishining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb masalalar hisoblanadi.

O'zbekistonlik psixologlardan E.G'. G'oziyev, N.G'. Kamilova, G.Q. To'laganova, B.M. Umarov kabi olimlarning izlanishlarida bolalik va o'smirlik davridagi psixik xususiyatlarni o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar o'tkazilgan bo'lib, ularda asosiy e'tibor deviant xulq-atvor, xarakter aksentuatsiyasi, bolalar va o'smirlar suitsidi, o'z-o'ziga baho berish va nazorat qilish muammolariga qaratiladi.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Inson onogenizida o'smirlik balog'atga etish davri bo'lib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy xayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo'lishi bilan xam xarakterlanadi. O'z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni psixik rivojlanishdagi krizis deb nomlagan. O'smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo'lgan alohida xususiyatlarni asosan jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo'lmaydi. Jinsiy yetilish o'smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta'sir ko'rsatib, bu ta'sir bevosita emas, balki ko'proq bilvositadir. O'smirlik davriga ko'pincha so'zga kirmaslik, o'jarlik, tajanglik, o'z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik, yig'loqilik, kabi xususiyatlar xos. O'smirlar va bolalar psixikasining yosh davrlarida o'ziga xos xususiyati mavjud bo'lib adabiyotlarda emotsional yetuk emaslik, kattalar avtoritetiga bo'ysunish, ishonuvchanlik, jinsga oid munosabatlar haqida xabardorligi va hayotiy tajribasining yetarli darajada emasligi, boshqa insonlarni mavjud harakatlarini oldindan ayta olish va murakkab vaziyatlarda tanqidiy hamda to'liq baholay olmaslik kabi sifatlar namoyon bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bolalar kattalar singari bir maromda rivojlanmaydi, shuningdek, ijobiy va salbiy psixologik xususityalar, nisbatan barqaror va tinch osoyishta kechadigan davrlar mavjud. Kattalarga nisbatan xulq-atvoridagi ijobiy va salbiy munosabatning paydo bo'lishi, negativizm singari nohush xulq-atvor alomatlari o'z-o'zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetilish tufayli poydo bo'ladigan belgilar bo'lmay, balki ular bilvosita ta'sir ko'rsatadigan o'smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar vositasi orqali, uning tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o'rni munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o'zgartirish yo'li bilan o'smirlarning xulq-atvoriga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatish mumkin. Ular tashqi ta'sirlarga va xissiyotlarga juda beriluvchan bo'ladilar. Shuningdek ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik kabi psixologik sifatlar ham xosdir. Tashqi ta'sirlarga beriluvchanlik o'smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo'ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning shuningdek, ustozlarning to'g'ri yo'lni ko'rsatishlariga qaramay o'z fikrlarini o'tkazishga harakat qiladilar. Juda ko'p o'smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qoladilar. Bugungi kunda internet materiallarini tushunish yoki anglamasdan undan foydalanishga harakat qilishadi. Bu holatda chekuvchi, ichuvchi singari yangi rolda o'zini normal, qulay his qiladi. Bunday holatlarga tushgan o'smir juda tashvishga tushadi va unda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

krizis holati yuzaga keladi. Bu krizis o'smirning ma'naviy o'sishi psixikasidagi o'zgarishlariga ham bog'liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o'zgaradi, o'zining yaqinlari, do'stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o'zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko'pgina o'smir yoshi davridagi maktab o'quvchilarida o'zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o'zi xaqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo'layotgan o'zgarishlarga to'ri kelmayotganligi o'smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o'smirda o'zi xaqida salbiy fikr va qo'rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Bunday o'smirdagi o'zgarishlarni uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi.

Maxsus ijtimoiy psixologik adabiyotlarda hayotga chidamli, irodali iborasi mavjud. Bu iboraga taalluqli bo'lgan salbiy-xulq atvor larning paydo bo'lishi o'smir davridagi bolalardagi og'ir iztirob noqobiloila, spirtli ichimliklarni iste'mol qiluvchi ota-onalar, shavqatsiz kaltaklash, tabiiy ofat, kambag'allik, oiladardagi ajrim xolatlari kabilar ularni psixik rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi.

Bu borada o'smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti asosan ularning katta bo'lganlik hissi asosida tuzilganligi sababli qo'llab -quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Ota onalar bilan faoliyat o'smirga kattalarni yaxshiroq tushinishlari uchun yordam beradi. O'smir o'zida bo'layotgan o'zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar xaqida kattalar bilan bo'lishishga katta extiyoj sezadi, lekin buni xech qachon birinchi bo'lib o'zi boshlamaydi. O'smir o'ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomila -munosabatiga qattiq norozilik bildiradi. O'smirlar muloqoti nihoyasida o'zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi.

Qayd etib o'tilgan yo'nalganlik albatta kattalarning ham muloqot va munosabatda mavjud, lekin ular kattalarnikidan o'z emotsionalligi bilan farqlanadi. Tengdoshlari, shuningdek sinfdoshlari guruhida o'smir o'zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo'ladi. O'smir yoshidagi o'quvchilarda «Biz» hissining shakillanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustaxkamlaydi. O'smir yoshdagi bola uchun do'st tanlash juda katta axamiyatga ega. O'smirlik davrida do'st juda qadirli hisoblanadi. Do'stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo'lishga extiyoj sezadilar. Bu extiyoj o'smir do'stlarning so'rashishi va ko'rishishlarida (qo'l berib, quchalab ko'rishish) birga o'tirish va birga yurishga xarakat qilishlarida ko'rinadi. Ko'pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, umumta'lim maktabi o'smir yoshi o'quvchilarining shaxs bo'lib shakllanishdagi, birgalikdagi xarakatlarini o'zi inson qalbida va xotirasida birumrga saqlanib qoladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ko'pgina bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o'smirlar hayotda mustaqil holda harakat qilishlari, o'z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin ma'suliyatning o'z bo'ynilariga olishlari birmuncha qiyinroq. Ular ko'pincha intelektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan yengadilar. Kattalarning bu davrdagi eng asosiy vazifalari o'smirning muammosini to'g'ri anglashi va erkin to'g'ri yashashiga yordam berishidir. Shuning uchun tashqi ta'sirlarga beriluvchan o'smir yosh qiz va o'g'il bolalarga alohida e'tibor qaratish zarur. Buning uchun ular bilan ishlashda g'oyaviy -siyosiy vatanparvarlik xissining shakllanishiga, mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritishga o'z-o'zini boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishlariga imkon yaratish zarur. Ko'pincha o'qituvchilar o'smirlardagi salbiy xulq-atvor illatlarini tanqid qiladilar,o'smirlarga psixologik yondoshishda metodologik kamchilikka yo'l qo'yadi. Bu salbiy sifatlarning oldini olish chora va tadbirlarini ishlab chiqa olmaydi,o'smirlarda uchraydigan salbiy sifatlarni yo'qotish.va yangi ijobiy xulq-atvor sifatlarini asta-sekin tarkib toptirish mumkin. O'smirlarning mustaqil faoliyatiga keng imkon berilishi, faoliyati takomillashib, psixikasi xar tomonlama rivojlanib boradi .

O'smirlardagi salbiy xulq-atvorni korreksiya qilish maqsadida umumta'lim maktablarida turli ijtimoiy, motivatsion psixologik trening mashg'ulotlar va olib borilsa amaliy-psixologik maslaxatlar korreksion texnikalar va salbiy hulq-atvorni bosqichma bosqich o'zgartirish mumkin ya'ni, shaxsning o'zini-o'zi va o'z his-tuyg'ularini anglash, o'z shaxsini qayta baholash, hissiyotlar ustida ishlash, salbiy xulq-atvorni anglash, shaxslararo munosabatdagi qiyinchiliklar, kognitiv jarayonlarni rivojlantirish, barkamollikka intilish, ota-ona va pedagoglar bilan ishlash kabi mashg'ulotlar majmui qo'llanildi.

Ijtimoiy, motivatsion psixologik treninglar majmuini xalq ta'lim muassasalari amaliyotiga tatbiq etilishi orqali bola shaxsining pedagogik va psixologik jihatdan mukammal rivojlanishiga yordam beradi. Jumladan, maktab amaliyotchi psixologining ish rejasiga kiritilgan "Ijtimoiy psixologik muammolari mavjud bo'lgan o'quvchilarning salbiy burilish va og'ishlarining oldini olish"ga qaratilgan psixologik profilaktika, "Xulqida og'uvchanligi mavjud va moyilligi aniqlangan o'quvchilari bilan korreksiyalash ishlarini tashkil qilish" hamda "bolalar va o'smirlarning salbiy burilishi va og'ishlarining oldini olishda maktab pedagogik jamoasi va ota-onalarning hamkorligini takomillashtirish" kabi vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

O'smirning aqliy faoliyatiga tevarak atrofga munosabatining shakllanishiga ta'sir qiladi. Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, Intelektual asr talabiga javob beradigan har tomonlama taraqqiy qilgan dunyoqarashi keng o'smir o'quvchi shaxsini shakllantirishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Nishonova Z.T. va b.Rivojlanish psixologiyasi.pedagogik psixologiya .

2. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati .Toshkent2018 y.

3. Goziyev E. Psixologiya. Toshkent. 2008 y

4. Goziev E. Ontogenez psixologiyasi . Noshir taxriri ostida Toshkent. 2010 y

5. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. Toshkent.1999y

6. Tadjieva S.X., Sabirova D.G'. "Tanglik vaziyatida qolgan bolaga psixologik yordam ko'rsatish". T.: RBIMM, 2011 y. 142 b

7. Shirin Kamolova, PREEMSTVENNOST_FORMIROVANIYA

MIROVOZZRENIYA STUDENTOV NA OSNOVE OBmECHELOVECHESKIX SENNOSTEY , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 1 (2021): Zamonaviy ta'limda pedagogika va psixologiya fanlari

8. Kamolova, S. (2021). THE ROLE OF UNIVERSAL AND SCIENTIFIC VALUES IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF FUTURE TEACHERS. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2).

9. Shirin Kamolova, O'QITUVCHI PEDAGOGIK QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: Tom 2 № 5 (2022): Jurnal pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii (yanvar)

10. Shirin Kamolova, ISPOLZOVANIE INTERAKTIVNblX METODOV V OBRAZOVANII YAVLYAETSYA TREBOVANIEM SEGODNYASHNEGO DNYA , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: № 2 (2021): Jurnal pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii (oktyabr)

11. Kamolova, S. (2021). АВЕСТОДА АХЛО^ИЙ ИДЕАЛ ВА УНИНГ ИЖТИМОИЙ- ПСИХОЛОГИК КУРИНИШЛАРИ . Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 1(3). извлечено от https://phys-tech.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/4032

12. Kamolova, S. (2021). IMPLEMENTATION OF PEDAGOGICAL ETHICS IN FUTURE TEACHERS. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.