INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© M.A.Tirkasheva1B_
1O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, Jizzax, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: odatda o'smirlik va erta balog'at davri o'rtasidagi davr sifatida ta'riflangan yoshlik psixologik rivojlanishning muhim bosqichidir.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi yoshlik davrining eng muhim psixologik xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilishdir. Tadqiqot yoshlarning rivojlanish bosqichlari va muammolari haqida tushuncha berishga va ularning o'sishi va farovonligini qo'llab-quvvatlash bo'yicha tavsiyalar berishga intiladi.
MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot psixologlar, o'qituvchilar va yoshlar bilan sifatli suhbatlar, yoshlarning miqdoriy so'rovlari va yoshlar psixologiyasi bo'yicha mavjud adabiyotlarni ko'rib chiqishni o'z ichiga olgan aralash usullardan foydalanadi. Tadqiqot rivojlanishning turli jihatlariga, jumladan, shaxsiyatni shakllantirish, hissiy tartibga solish, ijtimoiy munosabatlar va kognitiv o'sishga qaratilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar yoshlar psixologiyasida yoshlik davrining bir qancha asosiy xususiyatlarini ta'kidlaydi.Yoshlik o'z-o'zini anglashni rivojlantirish uchun hal qiluvchi davrdir. Yoshlar o'zlarining noyob shaxsini shakllantirish uchun turli rollar, qadriyatlar va e'tiqodlarni o'rganadilar. Bu jarayonga shaxsiy tajribalar, madaniy kelib chiqish va ijtimoiy o'zaro ta'sirlar ta'sir qiladi.
XULOSA: Ushbu tadqiqotda yoshlar psixologiyasida yoshlik davrining eng muhim xususiyatlari, jumladan, shaxsiyatni shakllantirish, hissiy tartibga solish, ijtimoiy munosabatlar, kognitiv rivojlanish, avtonomiya, xavf-xatarni qabul qilish, axloqiy rivojlanish va ruhiy salomatlik yoritilgan.
Kalitso'zlar: o'smirlik davri, o'tish davri, xulq-atvor, shaxs, o'zaro munosabatlar, balog'at davri, muloqot, muammo, omil.
ОСОБЕННОСТИ ПОДРОСТКОВОГО ПЕРИОДА В ПСИХОЛОГИИ МОЛОДЕЖИ
©MATиркашева1H
1Джизакский филиал Национального университета Узбекистана, Джизак, Узбекистан
Аннотация
Iqtibos uchun: Tirkasheva M.A. Yosh davrlar psixologiyasida o'smirlik davrining o'ziga xos xususiyatlari.// Inter education & global study. 2024. №5(1). B.513- 519.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ВВЕДЕНИЕ: подростковый возраст, обычно определяемый как период между подростковым возрастом и ранним взрослением, является важным этапом психологического развития.
ЦЕЛЬ: основной целью данного исследования является выявление и анализ важнейших психологических особенностей молодежи. Исследование направлено на то, чтобы дать представление об этапах развития и проблемах молодежи, а также предоставить рекомендации для поддержки их роста и благополучия.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использованы смешанные методы, включая качественные интервью с психологами, педагогами и молодежью, количественные опросы молодежи и обзор существующей литературы по психологии молодежи. Исследования сосредоточены на различных аспектах развития, включая формирование личности, эмоциональную регуляцию, социальные отношения и когнитивный рост.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты подчеркивают несколько ключевых особенностей подросткового возраста в психологии молодежи. Подростковый возраст является решающим периодом для развития самосознания. Молодые люди изучают разные роли, ценности и убеждения, чтобы сформировать свою уникальную идентичность. На этот процесс влияют личный опыт, культурная среда и социальные взаимодействия.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в этом исследовании освещаются наиболее важные особенности подросткового возраста в психологии молодежи, включая формирование личности, эмоциональную регуляцию, социальные отношения, когнитивное развитие, автономию, принятие риска, моральное развитие и психическое здоровье.
Ключевые слова: подростковый возраст, переходный период, поведение, личность, отношения, взрослая жизнь, общение, проблема, фактор.
Для цитирования: Тиркашева М.А Ссобенности подросткового периода в психологии молодежи.// Inter education & global study.2024. №5(1). С.122-128.
IN YOUTH PERIOD PSYCHOLOGY, THE MOST IMPORTANT FEATURES OF YOUTH PERIOD_
©Mavluda A. Tirkashova1H
1Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan, Jizzakh, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: adolescence, generally defined as the period between adolescence and early adulthood, is an important stage of psychological development.
AIM: the main purpose of this study is to identify and analyze the most important psychological characteristics of youth. The research seeks to provide insight into the
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE5(1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
developmental stages and challenges of youth and provide recommendations to support their growth and well-being.
MATERIALS AND METHODS: this study uses mixed methods, including qualitative interviews with psychologists, educators, and youth, quantitative surveys of youth, and a review of existing literature on youth psychology. Research focuses on various aspects of development, including personality formation, emotional regulation, social relationships, and cognitive growth.
DISCUSSION AND RESULTS: the findings highlight several key features of adolescence in youth psychology. Adolescence is a crucial period for the development of self-awareness. Young people learn different roles, values and beliefs to form their unique identity. This process is influenced by personal experiences, cultural background and social interactions.
CONCLUSIONS: this study highlights the most important features of adolescence in youth psychology, including personality formation, emotional regulation, social relationships, cognitive development, autonomy, risk-taking, moral development, and mental health.
Keywords: adolescence, transition, behavior, personality, relationships, adulthood, communication, problem, factor.
For citation: Mavluda A. Tirkashova. (2024) In youth period psychology, the most important features of youth period,// Inter education & global study, (5(1)), pp. 513519. (In Uzbek).
Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarining har tomonlama yetuk insonlar bo'lib voyaga yetishini ta'minlash hamda bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni nazarda tutib, shahar, ovul, qishloq hamda mahalla fuqarolar yig'inlari huzurida yoshlar bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish va jonlantirishga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy maqsadi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodlarga o'rgatish, ularni komillikka yetaklash yo'llari hamda qonun-qoidalarini izlab kelmoqdalar.
Oilada tarbiya bu g'oyat murakkab psixologik jarayon sanaladi. Shuning uchun ham ulug' o'zbek marifatparvari Abdulla Avloniy ham o'zining "Turkiy Guliston yohud axloq" asarida tarbiya haqida shunday fikrlarni aytib o'tganlar. "Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir". Darhaqiqat, buyuk marifatparvarimizning ushbu so'zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko'ra muhim va dolzarb sanaladi.
Psixologiya fanida o'smirlik davrining psixologik xususiyatlari, amaliy va tadbiqiy tomonlari muayyan darajada o'rganilib borada izlanishlar davom ettirilmoqda. Jumladan,
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE5(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
L.C.Vigotskiy, L.S.Rubinshteyn, A.N.Leontev, L.R.Bojovich, E.G'oziyev, M.Davletshin, N.Shodiyev va boshqalar tomonidan qator ilmiy izlanishlar olib borilgan.
O'smirlik davrida xos xususiyatlarining u yoki bu qirralari L.I.Bojovich, L.A. Petrovskaya, A.I.Donsov, A.A.Bodalev, M.Ratter, M.M.Ribalkova, G.A.Kovalev, M.G.Davletshin, E.G'.G'oziyev, A.I.Ostrovskiy, G.K.To'laganova, Z.Kamaletdinova, N.G.Kamilova, G'.B.Shoumarov, Z.T.Nishonova kabi olimlarning tadqiqotlarida muayyan darajada ochib berilgan.
O'smirlik davri bu - insonni bolalikdan - yoshlikka o'tuvchi va o'z navbatida boshqa davrlardan o'zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi inson ontogenetik rivojlanishining eng harakterli davrlaridan biri sanaladi. Bu davr psixologik pedagogik adabiyotlarda "o'tish davri", "og'ir davr", "inqiroz davri" kabi iboralar bilan ataladi. Bu davr taxminan bolalarning 5-8-sinflarda o'qish paytlariga to'g'ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo'lgan davr oralig'ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. Shuni hisobga olgan holda aytish mumkinki, o'smirlik davri ayrim bolalarda (aksariyat hollarda qiz bolalarda) 9-10 yoshlardan boshlanib, yana boshqalarida 16-17 yoshlargacha davom etishi mumkin. O'smirlik davrining boshlanishi qiz bolalarda o'g'il bolalarga nisbatan 1-2 yil oldin ro'y beradi. O'smirlik davri nima uchun "o'tish davri", "og'ir davr", "inqiroz davri" kabi nomlar bilan ataladi? Bu davrning "og'irligi", "keskinligi", "murakkabligi" nimalar bilan asoslanadi?
O'smirlik davrining og'ir, murakkab davr ekanligi ko'plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog'liq. Bu davrda rivojlanishning boshqa jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o'zgaradi. Bu davrda o'smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik hamda ijtimoiy holatida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan turli xil holatlar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi "bola" emas va shu bilan birga hali "katta" ham emas. Uning o'z ko'ziga va atrofdagilarga nisbatan bo'lgan munosabatlari butunlay boshqacha harakter kashf etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo'nalganligi qaytadan shakllanadi, o'z-o'zini anglashi, o'z-o'zini baholashi, qadriyatlari tizimi o'zgaradi. Uning uchun o'z "men"i va shu "men"ning ahamiyati ortadi. Haqiqatdan ham, insonning kamol topib shakllanadigan bu - o'smirlik davri sanaladi. Chunki aynan shu o'tish davrida insonda har tomomlama ham jismoniy, ham psixologik jihatdan o'zgarishlar sodir bo'la boshlaydi. Bolalar bolalik bilan xayrlashib, kattalik hayotiga yo'l oladi ba shu o'rinda o'z o'rnini topa olmayotgan murakkab holatda bo'ladi.
Jumladan, psixolog olimlarimizdan G'.B.Shoumarov ham o'zining "Oila psixologiyasi" nomli darsligida o'smirlik davrida bo'ladigan endokrin hamda nerv sistemalarida bo'ladigan o'zgarishlar haqida bir qancha fikrlarni bildirib o'tganlar. O'smirlik davrida bolalarda endokrin va nerv sistemalari faoliyati muvozanati buziladi, yangisi esa endigina o'rnatilayotgan bo'ladi. Jinsiy balog'atga yetish va jismoniy rivojlanishdagi o'sish o'smir ruhiyatida yangi psixologik tuzilishlarning yuzaga kelishida ham muhim ahamiyatga ega sanaladi. Bularga:
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №5(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Birinchidan, bu o'smir uchun juda sezilarli bo'lgan o'zgarishlar bo'lib, ular o'smirning katta bo'lganini his qilishining yuzaga kelishining ob'yektiv manbasi bo'lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, jinsiy balog'atga yetish boshqa jins vakiliga qiziqishni rivojlantiradi, yangi kechinma, hissiyot, tuyg'ularni yuzaga keltiradi. O'smirning ichki bandligi va yangi taassurotlar, kechinmalarga munosabati darajasi ularning o'smir hayotidagi o'rni keng ijtimoiy sharoitlar bilan, o'smir hayotining konkret individual sharoitlari, uning tarbiyasi va muloqoti xususiyatlari bilan belgilanishi haqida fikr mulohazalarni bildirib o'tganlar.
O'smirlik davri va bu davrda bolalar o'zlari, o'zlarining tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti bir muncha qiyin kecha boshlaydi. Ushbu holatda shaxsning shakllanishi haqida psixolog Z.Nishonova ham o'z fikrlarini aytib o'tganlar. Ushbu davrlarda o'smirlarda asosan muloqot — qadriyatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh davrida ular tengdoshlari orasida o'zini ko'rsatishga, o'zini va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intiladi, o'ziga ishonish, xatti-harakatlarining mustahkamligi va yuksak umumiy madaniyat, o'z fikriga ega bo'lish, mustahkam iroda,o'z-o'zini nazorat qilish, halollik, ko'ngilchanlik kabi qadriyatlar tizimining yuzaga kelishiga sabab bo'ladi deb aytib o'tganlar. Darhaqiqat ushbu murakkab davrda ular bilan muloqot o'rnatishda juda ehtiyotkor bo'lish talab etiladi. Ota-onalar ayniqsa ular bilan do'stona munosabatlar o'rnatishsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
Jumladan, o'smirlarning o'rtoqlik va do'stlik tuyg'ularining o'zaro munosabatlarini o'rgangan I.V.Straxov ham ushbu do'stlik munosabatini uchta shaklga: ulfatchilik, o'rtoqlik va do'stlikka bo'ladi. Har bir yuksak tuyg'uni psixologik jihatdan ta'riflab, ularning rivojlanishini bayon qiladi, yuksak, insoniy tuyg'ularning shakllanish sur'ati, barqarorligi o'g'il bolalar bilan qizlarda birmuncha farqlanishini ta'kidlaydi. Bu borada V.A.Krutetskiy va N.S.Lukinlar ham o'z fikr mulohazalarini bildirib o'tganlar. Ularning fikricha, haqiqiy o'rtoqlik va chinakam do'stlik - mardonavor o'rtoqlik va talabchan do'stlikdir. Bunday o'rtoqlik va do'stlik amaliy yordamni va o'rtog'ining xatolarini to'g'ri, samimiy va ochiq tanqid qilishni taqozo etadi.
O'smirlik davri xususiyatlarini tadqiq qilgan D.B.Elkonin va T.V.Dragunovning ta'kidlashicha, o'g'il va qizlarning bu yoshda o'rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon bo'ladi. Haqiqatdan ham o'smirlik davrida o'zaro do'stlik munosabatlari va qarama-qarshi jins vakiliga bo'lgan qiziqish orta boshlaydi. Bunday holatda ular bilan samimiy munosabatda bo'lib tushuntirish ishlari olib borish zarur.
O'smirlik yoshi 12-15 yoshgacha bo'lgan davr bo'lib, bu davr bola kamolotining "qiyin", "murakkab", "o'tish" davri deb ataladi. O'smir endi yosh bola emas, lekin hali u rosmana kishi ham emas. U tevarak-atrofdagi hamma narsalar bilan qattiq qiziqadi. O'smirlik davrida ham jismoniy, ham ruhiy o'zgarishlar ro'y beradi. Unda ayniqsa anatomo-fiziologik, biologik o'zgarishlar uning umumiy qiyofasini o'zgarishiga sabab bo'ladi. Naysimon suyaklar va umurtqa pog'onalari hisobiga qizlarning bo'ylari 18-20 sm, o'g'il bolalar esa 25-30 smga o'sadi. Yuz suyaklari tez shakllanadi. Ovoz paylari uzayadi.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE5(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Natijada o'smirning ovozi buziladi, ovoz yo'g'on va past bo'lib qoladi. Qizlarning ovozlari esa keskin o'zgarmaydi. Yurak o'sib borishining hamma sikllari tugaydi. Qon aylanishi yurak urishidan orqada qoladi va bu o'smirlarda ayniqsa qizlarda bosh og'rig'ining paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Qo'zg'alish tormozlanishga nisbatan kuchliroq bo'ladi. Bu bolani o'zini-o'zi idora qila olmasligiga sabab bo'ladi. O'smirlardagi bu xususiyatlar hisobga olinmasa bolada salbiy sifatlarning ortib borishi mumkin. Bu davrda ichki sekresiya bezlarida bog'lanish va o'zgarishlar paydo bo'ladi, natijada qizlar 15-16 yoshda, o'g'il bolalar 16 yoshda balog'atga etadi. Balog'atga etish o'smirlarda o'ziga xos psixologik holatlarni vujudga keltiradi. Ya'ni kishilarning ichki dunyosiga qiziqishi, ularning o'zaro munosabatlariga qiziqish, ularni his qilish hali anik tasavvur qilinmagan sevgiga ehtiyoj paydo qiladi.
O'smirlik davrida o'z-o'zini anglash va o'zini "katta bo'lib qolganini" his qilishi tez shakllanadi. Bu davrda bolaning o'z-o'ziga bo'lgan munosabatida ifodalanuvchi harakter hislatlar shakllanadi. Bu xususiyatlar o'smirning o'z shaxsiy sifatlari, qobiliyat va imkoniyatlarini o'zi baholay olishi bilan bog'liqdir. O'zi "kattalik hissi" deganda nimani tushunamiz? O'smir o'zida "kattalik" hissini his qiladi. U o'zini katta desa, hali u yosh bolaga o'xshaydi. Bola desa katta bo'lib qolgani uchun o'zini kichiklardan katta tutadi. Shuning uchun ham o'smirlar kattalarni o'zini boladek his qilib munosabatda bo'lishlarini yoqtirmaydilar. Bular bolani qattiq xayajonlantiradi, nafrat va tajovuzkorlikni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Tajovuzkorlik o'g'il bolalarda tegajog'likni paydo qilib, u urushqoqlikka aylanadi, qizlarda esa takabburlik va jizzakilikka aylanadi. Kattalar o'smirlardagi bunday xususiyatlarni koyisalar, u odobsizlikka o'tib ketadi. Shuning uchun ham o'smirlarning jinsiy balog'atga yetishini hisobga olib ular bilan munosabatlarida ehtiyotkor bo'lishlari talab qilinadi.
O'zaro shaxslararo muloqot o'smir shaxsini ham biologik, ham ijtimoiy tuzilishda muhim rol o'ynaydi. Biologik balog'atga yetish bilan bola yashayotgan ijtimoiy muhiti va ijtimoiy ta'lim-tarbiya uning hayotini muhim tomonini tashkil qiladi. Chunki o'smirning shakllanishi hamma vaqt ham qarama-qarshiliklar kurashsiz tinch o'tavermaydi. Ba'zi eski urf -odatlar diniy ekstremizm oqibatlari, ota-ona va tarbiyachilar tomonidan tarbiyaning yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi, yomon jamoa va guruhga qo'shilib qolishi o'smir tarbiyasiga salbiy ta'sir kiladi. Bizning sharq xalq tarbiyasida oila tarbiyasiga xos qonuniyatlar xammaga aniq bo'lib, bolani haqiqiy kamol topgan inson qilib tarbiyalashga aloxida e'tibor beriladi. Endigina mustaqillikka erishgan xalqimiz mafkurasini puxtaroq tarbiyalashda, ilmiy va madaniy an'analar, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni keng ko'lamda targ'ib va tashviq qilish nihoyatda muhimdir.
O'smir shaxsi tuzilishining shakllanishida quyidagilar muhimdir:
a) o'smirlarning o'zaro munosabatlari;
b) jamoa bilan munosabati;
v) o'qish va mehnatga bo'lgan munosabatlari;
g) mahalla va jamoatchilik muhim ahamiyatga egadir.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Aytish lozimki, oilada har bir ota-ona, maktabda esa o'qituvchilar ayniqsa bu davrda bolalarga e'tiborliroq bo'lishi talab etiladi. Chunki bu davrda sodir bo'layotgan o'zgarishlar ta'sirida bolalar o'zlaridagi muammolarni tashqi muhitga berilib yechimini izlashga kirishadilar, buni oldini olish uchun ular bilan samimiy va do'stona munosabat o'rnatish talab etiladi. Bu davrda o'smirlarning o'zaro munosabatlariga ham alohida e'tibor qaratish lozim. Sababi o'tish davrida bo'lganligi uchun bolalar o'z tengdoshlari bilan nizoli vaziyatlarga borishi mumkin bu esa noxush holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Jamoa, sinfdosh do'stlari, do'stlari bilan bo'ladigan muomala munosabati yoki o'zaro munosabati ham ijobiy bo'lishi uchun bolaga bu davrda e'tiborliroq va do'stona munosabatda bo'lish talab etiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИС ОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Abdulla Avloniy "Turkiy Guliston yohud ahloq" Tost^n^ "O'qituvchi" nashriyoti, 1967 B.27
2. G'.B. Shoumarov 1001 savolga psixlogning 1001 javobi- Toshkent: Mehnat. 2001, B.48
3. G'.B.Shoumarov Oila psixologiyasi. Toshkent: "Sharq" nashriyoti 2010 B.67
4. Z.T.Nishonova Psixologik xizmat Toshkent "Yangiyo'l poligraph service" nashriyoti 2007 B.20
5.G'oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent: "Noshir" nashriyoti nazariy eksperimental taxlil. -2010 B.189
6.U.R.Ibaydullayeva "O'smirlar o'rtasidagi nizolarni bartaraf etishda mahalla kengashi faoliyatining pedagogik-psixologik ahamiyati" magistrlik dissertatsiyasi. Samarqand. -2014. B.14.
7.Z.T.Nishanova va boshq.rivojlanish psixologiyasi — Toshkent: «O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018.
8. Каршибаева, Г. А., & Ибайдуллаева, У. Р. Оила психологияси. Укув кулланма."Баёз" нашриёти. Тошкент-2022 й.
9.Ibaydullayeva,U.,&Mamatqulova,Y.(2022). усмирлар уртасидаги зиддиятларни олдини олишда оиланинг урни. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(6).
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Tirkasheva Mavluda Akramovna magistrant, [Тиркашива Мавлуда Акрамовна магистр,] [Mavluda A. Tirkasheva, master]; manzil: O'zbekiston,J Jizzax viloyati, Jizzax shahri Sh.Rashidov shox ko'chasi, 259 uy [адрео: Узбекистан, ул. Джизакская область, город Джизак, ответвление улицы Ш. Рашидова, дом 259.], [address: Jizzakh region, Jizzakh city, Sh. Rashidov branch street, house 259]