Научная статья на тему 'O‘SMIRLARNING DARSDAGI INTIZOM BUZISH HOLATLARINI BARTARAF ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

O‘SMIRLARNING DARSDAGI INTIZOM BUZISH HOLATLARINI BARTARAF ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘quvchi / o‘smir / dars / intizomli munosabat / pedagogik strategiya / tartib-qoida / odob-axloq / hulq-atvor / axloqiy-irodaviy sifatlar / axloqiy madaniyat / axloqiy me’yorlar / oilaviy qadriyatlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mamatov Jasur

Ushbu maqolada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning darsdagi intizom buzish sabablari va ularni barataraf etishda qo‘llaniladigan strategiyalar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLARNING DARSDAGI INTIZOM BUZISH HOLATLARINI BARTARAF ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

"Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar"

Respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024-yil 17-aprel

O'SMIRLARNING DARSDAGI INTIZOM BUZISH HOLATLARINI BARTARAF ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Mamatov Jasur

O'zPFITI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10982459

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'smir yoshdagi o'quvchilarning darsdagi intizom buzish sabablari va ularni barataraf etishda qo'llaniladigan strategiyalar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'quvchi, o'smir, dars, intizomli munosabat, pedagogik strategiya, tartib-qoida, odob-axloq, hulq-atvor, axloqiy-irodaviy sifatlar, axloqiy madaniyat, axloqiy me 'yorlar, oilaviy qadriyatlar.

Sharqda qadim zamonlardan boshlab bolalarning tarbiyasiga katta ahamiyat berilgan. Ko'pgina oilaviy urf-odat va an'analar bugungi kunda ham o'zgarmay qolmoqda. Ma'lumki, bola oilada birinchi marta madaniyat va turmush bilan tanishadi, ona tilini, o'z xalqining urf-odatlari va an'analarini o'zlashtirib oladi. Oilada farzand voyaga yetar ekan, biz unda shunday malaka va ko'nikmalarni shakllantiramizki ular kelajakda, yangi hayotga mustaqil qadam qo'yish poydevori bo'ladi. Bundan tashqari, yaxshi fazilatlarga ega bo'lish halollik, mehnatsevarlik,kamtarlik, olijanoblilik kabi sifatlar rivojlantiriladi. Biroq, ota-onalar ko'p hollarda tarbiyaning turli xildagi muammolari bilan to'qnash keladilar, ayniqsa, bu muammolar o'smirlik davrining boshlanishi bilan yuzaga chiqadi. "Men" davrining anglashilgan shakllari va ko'rinishlarining namoyon bo'lishi o'smirlik davriga to'g'ri keladi.

O'smirlik davrida o'g'il va qizlarning ruhiyatida o'zlikni anglashga bog'liq bir talay muammoli savollar va ularning turmushda qaror topgan tuyg'u, istak, orzulari paydo bo'lib, ko'pincha, bu narsalar yakka shaxsning "kimligi", "qandayligi", "kimga va nima uchun kerakligi"ga yo'naltiriladi. Bolaning psixik xususiyatlari, funksiyalari uni qurshab turgan jonli va jonsiz tabiat ajoyibotlarini jismoniy va ijtimoiy vositalar orqali egallash uchun xizmat qiladi[1].

Umuman olganda, shaxsning ma'naviy kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ota-ona, psixolog va pedagoglarning u yoki bu yosh bosqichida xulq-atvor me'yorlarini o'zlashtirib olinishi qonuniyatlarini qanchalik tushunishiga bog'liq bo'ladi. Shaxsiy istak bilan jamiyat ehtiyojlari, o'z ehtiyojlari bilan atrofdagilarning xohish-istaklari o'rtasidagi qarama-qarshiliklarni yengib o'tish, oilaga aynan ota-ona, psixolog va pedagoglar yordami bilan erishiladi[2].

E'tirof etish kerakki, dars intizomiga amal qilish faqatgina o'quvchilarning darslarga uzluksiz ishtirok etishidan iborat emas. Agar o'quvchi darslarga muntazam ishtirok etib, o'quv materiallarini o'zlashtira olmasa, bunday holat ham dars intizomiga salbiy munosatni bildiradi. Gap shundaki, o'quvchi oiladan dars jarayoniga ruhiy va aqliy jihatdan tayyor bo'lib kelishi, o'qituvchining bevosita ishtirokida DTS talablari darajasida bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni egallashlari shart. Bu talab "Ta'lim to'g'risida"gi qonunda o'z aksini topgan. Ayniqsa, o'smir yoshdagi o'quvchilar bilan ishlashda o'ziga xoslik katta ahamiyatga ega. Barkamol shaxsni tarbiyalash uchun sinfda tinch o'tirib o'quv materiallarini o'zlashtirmaydigan o'quvchilar emas, aksincha, harakatchan, hozirjavob, o'zining fikri va nutqiga ega bo'lib, ta'lim samaradorligiga erisha oladigan o'quvchilar kerak.

Odatda, intizomni buzgan o'quvchi o'zining bu xatti-harakati noto'g'ri ekanligini tushunadi, lekin bunday xulq-atvorning motivini tushunib yetmaydi. Har bir bola uchun bu hatti-harakatning turli sabab va maqsadlari mavjud. Pedagoglar bu motivlarning qanday bo'lishiga

"Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar"

Respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024-yil 17-aprel

qaramay ularga samarali ta'sir etish usullarini tanlashlari lozim. Agar pedagoglar intizom buzilishining maqsadlarini aniqlashga qodir bo'lsalar, u holda o'quvchi bilan konstruktiv munosabatlarni o'rnata oladilar, unumsiz muloqot samarali muloqotga aylanib boradi. Bu harakatlarda to'g'ri strategiyani tanlash bosqichma-bosqich muammoning yechimini topish imkonini beradi. Bunday vaziyatga pedagogik aralashuv natijasida yaratilgan sharoitlar, bolalarning intizomlarini to'g'rilash borasida ma'lum imkoniyatlarni beradi.

Intizom, shuningdek, ta'lim olishning ham zaminidir, bir vaqtning o'zida natijasi hamdir. Maktabning o'rta bo'g'inidayoq axloqiy ong orqali ko'pgina muhim qarashlar o'smir yoshdagi o'quvchilarning axloqiy tomoniga qarab o'zgara boshlaydi. Ma'naviy me'yorlar, qonun me'yorlari - bu o'smirlar har kuni to'qnash keladigan va ularga o'zlarining tarbiyalanganlik darajasiga qarab rioya qiladigan yoki odat va intilishlari ko'rinishida mustahkamlangan talablardir[3].

Intizomli bo'lish nafaqat maktabda, balki o'quvchining kelgusi hayotida ham asqotishi turgan gap. Chunki, inson hayotining chigal va murakkab so'qmoqlarida ham tartib-intizom muhim ahamiyatga ega[4].

Intizomni yaxshilashga yo'naltirilgan qanday strategiya qo'llanilishidan qat'iy nazar, dars intizomiga salbiy munosabatdagi o'quvchilarning faoliyatini doimiy nazoratga olish, baholab borish, tarbiyaviy korreksion ishlarni doimiy ravishda olib borish imkoniyatini beradi. Agar intizomsiz o'quvchi yaxshi tomonga o'zgarayotgan bo'lsa, olib borilayotgan nazorat uning salbiy xulq-atvordan to'la xalos bo'lganicha davom ettiriladi. O'quvchini rag'batlantirish maqsadida ijobiy tomonga o'zgarayotganligini ba'zi-ba'zida e'tirof etib turish ham foyda beradi.

Yuqorida keltirilgan turli metodlar va usullar o'quvchi shaxsini, uning imkoniyatlari va shaxsiy rejalari, ijtimoiy sharoitlari hamda eng muhimi, intizomsizlik motivlarini o'rganib tahlil qilingandagina kutilgan samara va natijani berishi mumkin.

REFERENCES

1. G'oziyev E. Psixologiya. Yosh davrlari psixologiyasi. - T.: O'qituvchi, 1994. - 223 b.

2. Barotov Sh.R. O'quvchi shaxsini o'rganish usullari -T.:O'qituvchi, 2015.- 120.

3. Rashidov H, Alimxodjayeva S. Dars intizomiga salbiy munosabat: sabablar tahlili va tavsiyalar//Maktab va hayot - Toshkent, 2014.- № 3.- B. 2-7.

4. https://student-servis.ru/spravochnik/vidy-distsiplinarnyh-otnoshenij/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.