"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA O'SMIR YOSHDAGI O'QUVCHILARDA "OMMAVIY MADANIYAT"GA NISBATAN IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH
YO'LLARI
1Tojiboyeva Xilolaxon Maxmutovna, 2Xakimova Barno Muratovna
1O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktor o'rinbosari, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim 2O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10038408
Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamlashtirish sharoitida o'smir yoshdagi o'quvchilarda "ommaviy madaniyat"ga nisbatan immunitetni shakllantirish yo'llari yoritilgan.
Kalit so'zlar: gender madaniyat, gibrid madaniyat, ommaviy madaniyat, milliy madaniyat, o'smir yoshdagi o'quvchilar, ijtimoiy rollar, pedagogik imkoniyatlar, gender ong, gender ziddiyatlar, xulq-atvor me 'yorlari.
Abstract. In this article, the ways of forming immunity to "popular culture" in teenage students in the conditions of digitalization are highlighted.
Keywords: gender culture, hybrid culture, mass culture, national culture, adolescent students, social roles, pedagogical opportunities, gender consciousness, gender conflicts, norms of behavior.
Аннотация. В данной статье освещены пути формирования иммунитета к «популярной культуре» у студентов-подростков в условиях цифровизации.
Ключевые слова: гендерная культура, гибридная культура, массовая культура, национальная культура, студенты-подростки, социальные роли, педагогические возможности, гендерное сознание, гендерные конфликты, нормы поведения.
"Ommaviy madaniyat" ko'p asrlar davomida o'zbek xalqi yaratgan madaniy boyliklarni inkor qilib, zamonaviylik niqobi ostida gibrid madaniy qarashlarni yoshlar ongiga singdirishga erishmoqda. Milliy g'oya, identivlik va o'z-o'zini identifikasiyalash "ommaviy madaniyat"ga qarshi immunitetni shakllantirishga ko'maklashadi. O'z-o'zini identifikasiyalash o'z-o'zini anglashning asosiy shakli hisoblanadi. O'z-o'zini anglash o'zbek xalqi madaniyatiga chuqur singib borish demakdir. O'z-o'zini anglash esa murakkab axborot maydonida o'z-o'zini himoyalashni ta'minlaydi. Madaniy immunitet esa madaniy muhitda o'z-o'zini boshqarishni anglatadi. Shu tariqa o'z-o'zini anglash jarayonida madaniy immunitet asosiy dalil bo'lib xizmat qiladi. Madaniy immmunitet mustahkam bo'lsa, buzg'unchi yot g'oyalarga berilish holatlari mavjud bo'lmaydi.
Milliy o'z-o'zini anglash va hamjihatlik o'zbek xalqining ko'p asrlik madaniyatini saqlab qolish va boyitishning asosiy shartidir. Milliy madaniyat o'zbek xalqining hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega. "Ommaviy madaniyat"ning salbiy oqibatlaridan himoyalanish o'smirlarga nimani o'rgatish va nimadan himoyalanish kerakligini o'rgatishni aniqlash imkonini beradi. O'smirlarga o'z-o'zini anglash ko'nikmasini shakllantirishga xizmat qiladigan didaktik vositalarni taqdim etish muhim ahamiyatga ega. Salbiy axborotlarni o'zlashtirish o'smirlarning o'z-o'zini anglash imkoniyatlarini pasaytiradi. O'zbek xalqining milliy madaniy boyliklarini o'zlashtirish asosida o'quvchilar madaniy boyliklarning sub'ektiga aylanadilar. Ularning yosh xususiyatlari va o'zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda madaniy boyliklarning turli
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
qismlarini ta'lim mazmuniga singdirib taqdim etish talab qilinadi. Shu tariqa o'zbek xalqining madaniy boyliklari o'smir yoshdagi o'quvchilar madaniyatining tarkibiy qismiga aylanadi.
Madaniy boyliklarning sub'ekti sifatida shaxs, oila, jamoa, millat va davlat namoyon bo'lishi mumkin. Madaniy boyliklarni o'zlashtirish bir necha bosqichlarda amalga oshadi: madaniy boyliklarni tanlash (u ijodiy faoliyat sifatida namoyon bo'ladi); o'zlashtirish (o'z imkoniyatlari doirasida zarur axborotlar, quvvatlar va boshqa resurslardan foydalan olish); madaniy boyliklarni mazmun mohiyatini anglagan holda bilib olish. Mazkur faoliyat ta'lim jarayonida amalga oshadi.
Madaniy boyliklarni mustaqil o'zlashtirish istagi, ko'nikmalari va malakalarini maqsadga yo'naltirilgan holda shakllantirish va rivojlantirish taqozo etiladi. Bunda ko'nikma ong nazorati ostida muayyan harakatlarni amalga oshirish usulini ifodalaydi. Malaka esa harakatlarni ong osti nazorati orqali amalga oshirishni anglatadi. Buning uchun ta'lim jarayoniga an'anaviy o'yinlar, didaktik vositalar, metodlarni olib kirish talab etiladi. O'yinlar madaniyat boyliklarini o'zlashtirishning asosiy usuli bo'lib, ularsiz ushbu maqsadga erishish imkonsizdir. Shu bilan bir qatorda videoaxborotlardan ham o'smir yoshdagi o'quvchilarni himoyalash taqozo qilinmoqda. Bugungi kunda televideniya, reklama, videmaxsulotlar, ijtimoiy saytlardagi axborotlar o'zida ko'p miqdordagi madaniy viruslarni mujassamlashtirgan.
O'smir yoshdagi bolalarni videomateriallardagi viruslardan birinchi navbatda ota-onalar himoya qilishlari kerak. Shu bilan bir qatorda o'qituvchilar multfilmlar, kinolar, o'quv filmlarini tanlashga ijodiy yondashishlari lozim. Ularda gender yondashuvga asoslangan milliy madaniyatimizga xos mazmun o'z ifodasini topishi kerak. Uy kutubxonalarini shakllantirishda ham badiiy adabiyotimizning eng yaxshi namunalari folklor va mumtoz adabiyoti namunalarining to'planishiga ota-onalar alohida e'tibor qaratishlari lozim. Bunday asarlar uy sharoitida o'quvchilarning ongiga tez singib, ularda "ommaviy madaniyat"ga nisbatan immunitet shakllanishini jadallashtirishga xizmat qiladi. O'quvchilar o'qigan badiiy asarlaridagi qahramonlarni ijobiy va salbiy qahramonlarga ajratgan holda ularning eng yaxshi sifatlarini o'zlari uchun qabul qilib olishlariga ota-onalar va o'qituvchilar alohida e'tibor qaratishlari lozim.
O'smir yoshdagi o'quvchilarning shaxsiy kutubxonalaridan "Sariq devni minib", "Shirin qovunlar mamlakati" kabi asarlar alohida o'rin olishiga e'tibor qaratish lozim. Shu bilan bir qatorda ota-onalar o'smirlar o'qigan kitoblari haqida ular bilan savol-javob o'tkazishlari, fikr-mulohazalarini tinglashlari, o'z munosabatlarini bildirishlari ham muhim pedagogik ahamiyatga ega. Bunday tadbirlar o'quvchilar bilan o'qituvchilar orasida ham o'tkazilishi, sinf soatlarining bir qismini o'smirlar o'qigan badiiy asarlar, ularning asar qahramonlariga bo'lgan munosabatlarini aniqlashga qaratish maqsadga muvofiq.
Kitobxonlik ko'nikmalarini rivojlantirish orqali o'quvchilarning e'tiborini ijobiy hamda salbiy obrazlarga qaratish, ularning fikr-muloxazalarini tinglash orqali "ommaviy madaniyat"ga nisbatan immunitetni shakllantirish mumkin. Chunki kitobxonlik ko'nikmalari o'smirlar intellektining axborotlarga ta'sirchanligini oshiradi. O'quvchilarda madaniyatga nisbatan immunitetni shakllantirishda axborotlarni tahlil qilish va ularga munosabat bildirish ko'nikmasini shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega.
Maktabda o'zlashtiriladigan aniq va abstrakt bilimlar orasidagi munosabatni anglash ko'nikmasi ham o'smirlarda axborotlarga nisbatan sezgirlik bilan munosabatda bo'lish ko'nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
O'smir yoshdagi o'quvchilarda "ommaviy madaniyaf'ga nisbatan immunitet milliy san'at vositasida shakllantirilishi kerak. Shuning uchun ham milliy musiqa, raqs, baxshichilik san'ati namunalari yoshlarda "ommaviy madaniyaf'ga qarshi immunitetni shakllantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Tahlillarimiz shuni ko'rsatdiki, xalqimizning tarixiy madaniy qadriyatlarini chuqur biladigan pedagoglar etarli emas. Ularning tarixiy-madaniy bilimlari va tajribalarini rivojlantirishga kuchli ehtiyoj mavjud. Folklor tashkilotlari asosan san'atkorlar va madaniyat xodimlarining tashabbuslari asosida tashkil etilib faoliyat ko'rsatadi. Ularda aksariyat hollarda xotin-qizlar ishtirok etadilar. Bolalar uchun mo'ljallangan musiqiy etnografik to'garaklar esa o'smir yoshdagi o'quvchilarning juda kam qismini qamrab olgan bo'lib, ular asosan qizlardan iborat.
O'quvchilarning estetik idrokini rivojlantirish uchun turli ramzlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular: ramzlar, belgilar, ornamentlar va x.k. Ushbu vositalar o'smir yoshdagilarning xissiy-emosional idroklariga yo'naltiriladi. Bu vositalar asosan intellektni himoya qilishga yo'naltirilgan bo'lib, o'smir yoshdagi o'quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda o'quvchi-yoshlarning jismoniy hamda umumiy sog'lomlashtirish tadbirlarida ishtirok etishlari ham ularda "ommaviy madaniyaf'ga qarshi immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi. O'z-o'zini himoyalash tizimini o'zlashtirish ham alohida ahamiyatga ega. Bu madaniy ko'nikmalarni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Masalan, milliy kurash, ko'pkari, chovgon kabi milliy sport turlari hamda harakatli o'yinlar ham o'quvchilarda madaniy immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi. Sportning ko'plab turlari o'quvchilarda tarixiy-madaniy ongni shakllantirishning muhim vositasi hisoblanadi. O'z-o'zini himoya qilish axborotlar xurujidan saqlanish bilan bir qatorda himoyaning boshqa turlariga ham asos yaratadi. Tarixiy madaniy boyliklarni o'zlashtirish o'smirlarda o'z-o'zini anglash uchun qulay sharoit yaratadi. Buning uchun biz o'smir yoshdagi o'quvchilarda "ommaviy madaniyaf'ning salbiy ta'siridan o'z-o'zini himoya qilishga bo'lgan qiziqishni aniqlashga harakat qildik.
Madaniyatlaro dialogda hamda yot madaniyatga qarshi kurashda shaxs etakchi o'rin egallamaydi. Bunda umumlashgan harakatlar alohida ahamiyatga ega.
Shu tariqa o'smirlarda madaniy immunitetni shakllantirish uchun ularni tarixiy madaniy bilimlar bilan qurollantirish, madaniy boyliklarni o'zlashtirish asosida o'smir yoshdagi o'quvchilarning madaniyatni o'zlashtirishlari uchun qulay sharoit yaratish, o'zbek xalqining milliy madaniyati uchun xavfli bo'lgan gibrid madaniy qarashlarning asl mohiyati va maqsadini o'smirlarga tizimli tarzda tushuntirish lozim. Madaniy jihatdan yuksak darajada rivojlangan shaxslarni tarbiyalash uchun o'smirlik yoshidan boshlab ularga xalqning madaniy an'analari va yangicha madaniy yondashuvlarni taqdim etadigan vositalarni singdirish lozim.
O'smirlarda tarixiy madaniy boyliklarni taqdim etishda:
- o'zbekona qadriyatlar, aksiologik qarashlarni singdirish;
- o'zbek tilining madaniy boyliklarni saqlovchi asosiy vosita ekanligini ular ongiga etkazish;
- din, san'at va fanning o'zbek milliy madaniyati negizi ekanligi, ularda madaniy boyliklarning ko'plab vositalari mujassamlashganligini anglatish;
- sportning xalq madaniyatining tarkibiy qismi ekanligini tushuntirish orqali o'smirlarda tolerant dunyoqarashni shakllantirish;
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
- madaniy boyliklar orasidan eng samaralilarini tanlash va ulardan foydalanish ko'nikma, malaka va kompetensiyalarini hosil qilish;
- milliy madaniyatga xos bo'lgan ramzlarni tanlash va ularning o'quvchilar xissiy emosional ongiga ta'sir ko'rsatish darajasini aniqlashdan iborat.
REFERENCES
1. Гендерные исследования: методические рекомендации к семинарским занятиям и самостоятельной работе / В.Н. Кусургашев; ГОУ ВПО ЛНР Луганский национальный университет имени Тараса Шевченко. - Луганск : «Книта», 2017. - 84 с.
2. Коннелл Р. Гендер и власть: общество, личность и гендерная политика / Р. Коннелл. -М. : Новое русское обозрение, 2015. - 430 с.
3. Костикова И.В. Введение в гендерные исследования / И.В. Костикова. - М. : Аспект Пресс, 2005. - 252 с.
4. Safarova R.G. va b. O'quvchi-yoshlarda "ommaviy madaniyaf'ga qarshi kurashchanlik ko'nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari. - Monografiya. -T.: "Tafakkur qanoti" nashriyoti, 2018 yil, 192 bet.