Научная статья на тему 'O‘SMIRLARNI TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O‘SMIRLARNI TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarbiya instituti / shaxs / jismoniy / ruhiy / miqdor va sifat o‘zgarishlar / pedagogik-psixologik / ilmiy / nazariy va amaliy o‘rganish / ijtimoiy muhit / muhitning o‘ziga xoslig.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saparova Gulnaz Kalbayevna

Maqolada o‘smir shaxsi, uning rivojlanishi va ijtimoiy muhitga bog‘liqligi haqida so‘z yuritiladi. O‘smir oilada olgan tarbiya keyin bir umrga saqlanib qoladi. Oilaning tarbiya instituti sifatida muhimlidir, ammo ijtimoiy muhit ham o‘smir hayotining ko‘p qismini egallaydi. Shunga ko‘ra shaxs rivojlanishida ijtimoiy muhit shaxsga ta’sir etuvchi muhim omil hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLARNI TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

O'SMIRLARNI TARBIYALASHNING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Saparova Gulnaz Kalbayevna

TIPI "Pedagogika" fakulteti professor v.b., ped.f.n https://doi.org/10.5281/zenodo.11214724

Annotatsiya. Maqolada o'smir shaxsi, uning rivojlanishi va ijtimoiy muhitga bog'liqligi haqida so'z yuritiladi. O 'smir oilada olgan tarbiya keyin bir umrga saqlanib qoladi. Oilaning tarbiya instituti sifatida muhimlidir, ammo ijtimoiy muhit ham o 'smir hayotining ko'p qismini egallaydi. Shunga ko 'ra shaxs rivojlanishida ijtimoiy muhit shaxsga ta'sir etuvchi muhim omil hisoblanadi.

Kalit so'zlar: tarbiya instituti, shaxs, jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o'zgarishlar, pedagogik-psixologik, ilmiy, nazariy va amaliy o'rganish, ijtimoiy muhit, muhitning o'ziga xoslig.

Abstract. The article talks about the adolescent personality, its development and its dependence on the social environment. The upbringing that a teenager receives in the family will be preserved for life. The family is important as an educational institution, but the social environment also occupies a large part of the adolescent's life. Accordingly, the social environment is an important factor affecting the personality in the development of the personality

Key words: educational institution, personality, physical, mental, quantitative and qualitative changes, pedagogical-psychological, scientific, theoretical and practical learning, social environment, uniqueness of the environment.

Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o'zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o'zgarishlarni o'z boshidan kechiradi. Insonda bo'ladigan jismoniy o'zgarishlarga - bo'yining o'sishi, vaznning og'irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a'zolari kiradi. Ruhiy o'zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo'ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha bir xil bo'lavermaydi. Inson ruhiy xususiyatlarining rivojlanishi, hayotda o'z o'rnini topa olish, uning Vatan, xalqning ravnaqi yo'lida og'ishmay, e'tiqod bilan xizmat qilish, iymonli bo'lishi, insonni shaxs darajasiga ko'taradi. Bunday sifatlarning ro'yobga chiqishi tarbiyaga bog'liq bo'ladi. Demak, ta'lim - tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta'sirlar, ya'ni kundalik ijtimoiy voqeliklar va atrof-muhit, o'zaro munosabatlarning shaxsga ko'rsatayotgan ta'siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o'rganishga ehtiyoj ortib bormoqda.

Ijtimoiy hayotning turli jabhalari shaxsga ayniqsa o'smirlarga, albatta o'z ta'sirini ko'rsatadi. O'smirning xulqidagi og'ishlarning shakllanishida hal qiluvchi rolni bevosita ijtimoiy muhit katta rol o'ynaydi. Ijtimoiy muhitning asosi bo'lgan oila ham o'smir xulqi shakllanishiga katta ta'sir o'tkazadi. An'anaviy tarzda tarbiya asosiy instituti oila hisoblanadi. O'smir oilada olgan tarbiya keyin bir umrga saqlanib qoladi. Oilaning tarbiya instituti sifatida muhimligi shundaki, o'smir unda hayotining ko'p qismini o'tkazadi va shaxsga ta'sir etuvchi muddati bo'yicha birorta ham tarbiya institutlari oilaga teng kela olmaydi.

Bola tarbiyasida oilaning roli haqida E. Fromm: "Oila - o'ziga xos jamiyatning psixologik vositachisi, shuning uchun oilada adaptatsiya jarayonida bola keyinchalik jamiyatda adaptatsiya

va turli ijtimoiy muammolarni yechish asosi bo'lib qoladigan xarakterni shakllantiradi"1, degan edi. Darhaqiqat, bola oilada qaysidir xarakter xislatlarini o'zida mujassamlashtirishi bilan ijtimoiy muhitda ham uni namoyon qiladi. Agressiyaning oilada namoyon bo'lish shakllari turlicha. Bu vosita ijtimoiy va jismoniy zo'ravonlik, sovuqqonlik, salbiy baholar, shaxsni ruhan ezish, bolani emosional qabul qilmaslik bo'lishi mumkin. Oila a'zolari agressiv xatti - harakatni ya'ni, bola xulqida namoyon bo'lgan og'ishlarni o'zlari bartaraf etishga yordam berishlari lozim. Bola xulqidagi og'ishlarning paydo bo'lishiga turli oilaviy omillar ta'sir etishi mumkin.

Masalan, oilaviy birlashishning past darajasi, to'qnashuv, bola va ota - ona o'rtasidagi yetarli bo'lmagan yaqinlik, bolalar o'rtasidagi salbiy munosabatlar, oila tarbiyasining noadekvat usuli o'smir shaxsiga salbiy ta'sir etadi. Masalan, o'ta qattiq jazo qo'llaydigan, o'ta qattiq nazorat qiluvchi ota - onalar yoki aksincha bolalar mashg'ulotlarini nazorat qilmaydigan ota - onalar farzandida uchraydigan agressiya bilan ko'proq duch kelishadi.

Demak, o'smirning agressiv xulqi shakllanishida asosan ota - ona ta'siri kuzatiladi va oila tarbiyasidagi quyidagi omillar katta rol o'ynaydi:

- bola harakatidan qoniqmagan ota - ona reaksiyasi; - bolalar va ota - onalar o'rtasida munosabatning xarakteri;

- aka - uka, opa - singillar o'rtasidagi munosabatlar xarakteri; - ota yoki ona yoki ikkovlari bilan bo'lgan yomon munosbat. Shuningdek, o'smir ota - onalarning qo'llab - quvvatlamasligi va ularning qiziqishlariga beparvoligini sezsa, quyidagi vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin: -jinoyatchilik faoliyatiga kirib ketish;

- boshqa bolalarga qarshi chiqish; - o'z ota - onasiga nisbatan o'zlarini agressiv holda tutishi mumkin. O'smir xulqidagi og'ishlar asosini avvalo oila muhiti tashkil qilishi va oiladagi o'zaro bir - birini psixologik tomondan tushunmasligi natijasidir.

O'smirlik keskin o'zgarishlar davriligini hisobga olgan holda, ularga alohida e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Aks holda esa, yuqoridagi salbiy xususiyatlar o'smir xarakterini, uning xatti - harakatini tubdan o'zgartirib yuboradi. Tarbiya tarixan vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo'lib, keyin xulqni boshqarish va belgilash bir - birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar - axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yig'indisidir. Ma'lumki, inson butun umri mobaynida o'zgarib, rivojlanib boradi. Lekin bolalik o'smirlik va o'spirinlik davridagi o'sish nihoyatda kuchli kechadi. Bola mana shu yillar mobaynida ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi va o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda ular xarakteriga singdirilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta'sir etishi natijasida bola jamiyat a'zosi sifatida kamol topa borib, murakkab ijtimioy munosabatlar jarayonida jamiyatda o'ziga munosib o'rin egallaydi. Har bir odam shaxsi sifatida turlicha namoyon bo'ladi. Bir odam boshqasidan o'zining mijozi, fe'l - atvori, qobiliyati, aqliy rivojlanish darajasi, ehtiyoj va ko'rsatkichlari bilan farq qiladi. Bular odamning shaxsiy, ruhiy xususiyatlari bo'lib, ana shu xususiyatlarining rivojlanishi ta'lim - tarbiya cho'qqisiga erishgandan so'ng inson shaxs sifatida o'zini namoyon qila olishi mumkin. Ayni vaqtda odam atrof - muhitda ro'y berayotgan voqea va hodisalarga nisbatan o'z nuqtai - nazariga ham ega bo'lmog'i kerak. Shunday ekan, bolada fanlarga bo'lgan qiziqish ijtimoiy muhit ta'sirida yuqori natijaga erishadi yoki aksincha salbiy muhit undagi qobiliyatni salbiy holatga yo'naltirishi mumkin.Ayniqsa o'smir hayotida shaxsning rivojlanishida ijtimoiy muhitga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiq hisoblanadi

1 Э. ®pomm: "On^a - y3Hra xoc xycycnaTH.-M.: npocBemeHHe.2004 r.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Mirziyoyev Sh.M. Yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish bo'yicha besh tashabbus. - T.: "Siyosat", 3 aprel 2019 yil.

2. 2.Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T.: "Ma'naviyat", 2008 y.

3. 3.Azizxodjayeva N. N. Ta'limda pedagogik texnologiyalarni qo'llash metodikasi. - T.: Fan, 1990. - 141 s.

4. 6.Borovikova O.I., Zagorulko Yu.A. Organizatsiya portalov znaniy na osnove ontologiy // Kompyuternaya lingvistika i intellektualnbiye texnologii: -M.: Nauka, 2002. - T. 2. - S. 7682.

5. 7. Zubova I.I. Informasionnwye texnologii v lingvistike. - Minsk, 2002

6. 8.Shoumarov G'.B "Oila psixologiyasi ", T. "O'qituvchi" nashriyoti, 2001yil.

7. 9. Shafiyev M "Ta'lim muassasalarida ma'naviy muhitni tashkil etish". -T.:Risola, 1998 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.