Научная статья на тему 'O’RTA TA’LIM MAKTABLARINING TIPOLOGIYASI'

O’RTA TA’LIM MAKTABLARINING TIPOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qishloq maktablari / tiplashtirish / tasnifi / o‘quv majmualari / demografik tuzilmasi / o‘quv dasturlari / arxitektura dizayni / o‘zbek me’morchiligi / o‘quvchilar tarkibi / umumiy o‘rta ta’lim / 11 yillik tayanch maktablar / maktab sig‘imi / maktab tarmog‘ini joylashtirish / foydalanish imkoniyati / qishloq ta’limi. / Rural schools / typification / classification / educational complexes / demographic structure / educational programs / architectural design / Uzbek architecture / student composition / general secondary education / 11-year primary schools / school capacity / school network placement / accessibility / rural education.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Olimjon Abduraxmonov Oboqul Òģli

Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida qishloq maktablarining tiplanishi va tasnifini chuqur o‘rganadi, sinflar majmuasi, demografik tarkibi, ta’lim dasturlari va me’moriy jihatlari kabi omillarga urg‘u beradi. Unda maktabni tiplashtirishda o‘quvchilar va ota-onalar tarkibining ahamiyati, o‘quv majmualarini iqlim va seysmik sharoitlardan kelib chiqqan holda loyihalash, estetik ko‘rinishda an’anaviy o‘zbek me’morchiligi elementlaridan foydalanish masalalari muhokama qilinadi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining salohiyati va tuzilmasi koʻrsatilgan boʻlib, asosiy eʼtibor 11 yillik asosiy maktab modeliga va oʻquvchilarni qamrab olishdan kelib chiqqan holda optimal sinflar soniga qaratiladi. Maqola maktab tarmog'ini joylashtirishni aniqlashda demografik tahlilningahamiyati va o'quvchilar, ayniqsa, qishloq joylarida foydalanish imkoniyatini ta'minlash zarurligini muxokama qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPOLOGY OF SECONDARY SCHOOLS

This article deeply studies the typology and classification of rural schools in the conditions of Uzbekistan, emphasizing such factors as the class complex, demographic composition, educational programs and architectural aspects. It discusses the importance of the composition of students and parents in the typification of the school, the design of educational complexes based on climatic and seismic conditions, and the use of elements of traditional Uzbek architecture in aesthetic appearance. The capacity and structure of general secondary schools is presented, with a focus on the 11-year core school model and optimal class sizes based on enrollment. The article discusses the importance of demographic analysis in determining school network placement and the need to ensure student access, especially in rural areas.

Текст научной работы на тему «O’RTA TA’LIM MAKTABLARINING TIPOLOGIYASI»



TYPOLOGY OF SECONDARY SCHOOLS Olimjon Abdurakhmanov Obaqul ogli

Teacher of the Department of Construction and Architecture of the Andijan Institute of Economics and Construction https://doi.org/10.5281/zenodo.13801426

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 14th September 2024 Accepted: 19th September 2024 Online: 20th September 2024

KEYWORDS Rural schools, typiflcation, classification, educational

complexes, demographic

structure, educational programs, architectural design, Uzbek architecture, student

composition, general secondary education, 11-year primary schools, school capacity, school network placement, accessibility, rural education.

This article deeply studies the typology and classification of rural schools in the conditions of Uzbekistan, emphasizing such factors as the class complex, demographic composition, educational programs and architectural aspects. It discusses the importance of the composition of students and parents in the typification of the school, the design of educational complexes based on climatic and seismic conditions, and the use of elements of traditional Uzbek architecture in aesthetic appearance. The capacity and structure of general secondary schools is presented, with a focus on the 11-year core school model and optimal class sizes based on enrollment. The article discusses the importance of demographic analysis in determining school network placement and the need to ensure student access, especially in rural areas.

O'RTA TA'LIM MAKTABLARINING TIPOLOGIYASI Olimjon Abduraxmonov Oboqul ogli

Andijon Iqtisodiyot va qurilish insituti Qurulish va arxitektura kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13801426

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 14th September 2024 Accepted: 19th September 2024 Online: 20th September 2024

KEYWORDS Qishloq maktablari, tiplashtirish, tasnifi, o'quv majmualari, demografik tuzilmasi, o'quv dasturlari, arxitektura dizayni, o'zbek me'morchiligi, o'quvchilar tarkibi, umumiy o'rta ta'lim, 11 yillik tayanch maktablar, maktab sig'imi, maktab

Ushbu maqolada O'zbekiston sharoitida qishloq maktablarining tiplanishi va tasniflni chuqur o'rganadi, sinflar majmuasi, demografik tarkibi, ta'lim dasturlari va me'moriy jihatlari kabi omillarga urg'u beradi. Unda maktabni tiplashtirishda o'quvchilar va ota-onalar tarkibining ahamiyati, o'quv majmualarini iqlim va seysmik sharoitlardan kelib chiqqan holda loyihalash, estetik ko'rinishda an'anaviy o'zbek me'morchiligi elementlaridan foydalanish masalalari muhokama qilinadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining salohiyati va tuzilmasi ko'rsatilgan bo'lib, asosiy e'tibor 11 yillik

é

Ws,

tarmog'ini joylashtirish, asosiy maktab modeliga va o'quvchilarni qamrab

foydalanish imkoniyati, qishloq olishdan kelib chiqqan holda optimal sinflar soniga ta'limi. qaratiladi. Maqola maktab tarmog'ini joylashtirishni

aniqlashda demograflk tahlilning ahamiyati va o'quvchilar, ayniqsa, qishloq joylarida foydalanish imkoniyatini ta'minlash zarurligini muxokama qiladi.

Maktablarni tiplashtirishning asosi sifatida maktabda sinf-to'plamlarning mavjudligini nomlashimiz mumkin. Bunga ko'ra qishloq maktablarini kichik va to'liq sinflar majmuasiga ega maktablarga bo'lish mumkin. Muayyan qishloq aholi punkti aholisining milliy tarkibi qishloq maktabining etnik-madaniy xususiyatlarini belgilaydi. Shu nuqtai nazardan, qishloq maktablarini tiplashtirishning muhim asosi sifatida o'quvchilar va ularning ota-onalari tarkibini ko'rsatish kerak. Maktablarning asosiy turi, bu - bolalar 7 yoshdan boshlab 1-11 sinflarda o'qitiladigan 11 yillik bazali maktablardir. Maktab tarmoqlarini hisoblash posyolkalar, shaharlar, rayonlar aholisining demografik (yosh bo'yicha) struktura (tuzilma)siga muvofiq ravishda maktab yoshidagi bolalarning soni hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Maktablarni joylashtirish va ularning piyoda qatnashi uchun qulay bo'lishi Sh. N. K 2. 07. 01 ga muvofiq qabul qilishni taqozo etadi. Qishloq joylari uchun maktablarning me'yoriy piyoda transport qatnovi 30 minutdan ko'p bo'lmasligi bo'yicha qulaylikni ta'minlash imkoniyati bo'lmagan hollarda, maktab internatlar yoki maktab qoshida internatlarning tashkil etilishi ko'zda tutilishi lozim. [1]

450 o'quvchiga mo'ljallangan umumta'lim maktabi (ikki "oqimli" 15 ta sinf xonasiga ega bo'ladi) o'zaro bog'langan o'quv va umum maktab xonalari guruhlaridan tashkil topgan tarkibning yagona o'quv kompleksini o'zida namoyon etadi. Maktab kompleksi O'zbekiston Respublikasi barcha shaharlari va qishloqlari uchun xos bo'lgan iqlim xususiyatlari va 7 - 9 balli seysmiklikni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va shunga e'tiboran maktab kompleksini loyihalashda ayniqsa yozgi, erta - kuzgi issiq davrlarda keskin - kontinental iqlimning o'quvchilar organizmiga nohush (salbiy) ta'sir qilishining oldini olishga yo'naltirilgan chora - tadbirlarning obdon va puxta o'ylanmog'i taqozo etiladi.[2]

Maktab kompleksining arxitekturaviy - badiiy obrazi (qiyofasi) uning ilm dargohi sifatidagi funksional mo'ljallanganligini haqqoniy ifoda etilmog'i va bir vaqtning o'zida hajmiy - fazoviy kOmpozitsiyasi, yorug'lik - soya "chuqur"ligi hamda yengilligi bo'yicha shimoliy bo'lmog'i taqozo etiladi. Maktab kompleksi qiyofasini badiiy ko'rkamlashtirishning qo'shimcha vositalari sifatida o'zbek me'morchiligining an'anaviy elementlari: polixromli rasm, dekorativ quyilmalar (osmalar), mozaykali panno (zamonaviy mazmundagi traktovkada) ni qo'llash mumkin bo'ladi.

Ta'lim muassasalarining klassifikatsiyasi. Barcha qishloq maktablarini shartli ravishda bir guruhga birlashtirishning umumiy mezoni ularning joylashuvidir. Shu bilan birga, ularning har biri uni boshqalardan sezilarli darajada ajratib turadigan, uning pedagogik imkoniyatlarini, rivojlanish modelini oldindan belgilab beradigan xususiyatlar to'plamiga ega. Bu xususiyatlar maktabning ichki xususiyatlariga (kontingenti, o'quvchilarning ijtimoiy tarkibi, maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta'lim dasturlari turlari; o'qituvchilarning

é

Ws,

yoshi va kasbiy tarkibi, maktab an'analari va boshqalar) va tashqi sharoitlarga asoslanadi Umumiy talablar Umumiy ta'lim maktablari binolarining tiplari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining qarorlariga muvofiq belgilanadi.

Maktablarning asosiy tipi - bu bolalar 7 yoshdan boshlab 1-11-sinflarda o'qitiladigan 11 yillik tayanch maktablardir. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining sig'imi, ya'ni qancha o'quvchiga mo'ljallanishi sinfiarning 35 ishtirokchidan (kelgusida 30 ishtirokchidan ko'p bo'lmagan) tashkil topishidan [3] va o'qitish muddatini 11 yilga belgilanishidan kelib chiqqan holda aniqlanadi, bunda 1-11-sinflarning soni maktab yoshidagi bolalarning 100% ni qamrab olishni hisobga olgan holda (posyolka yoki shahar mikrorayoni aholisi yosh bo'yicha tarkibining asosiy jihatlarini hisobga olgan holda) belgilanadi. Maktabning maksimal sig'imi qoidaga ko'ra 36 ta sinfdan oshmasligi lozim (ya'ni, 9 ta sinfdan iborat bo'lgan 4 ta oqim). Shaharlarda ko'p qavatli binolar sharoitidan kelib chiqqan holda 2—3 ta maktabdan tashkil topgan maktab kompleksini yaratishga ruxsat etiladi.

Maktab tarmoqlarini hisoblash posyolkalar, shaharlar, rayonlar aholisining demografik (yosh bo'yicha) struktura (tuzilma)siga muvofiq ravishda maktab yoshidagi bolalarning soni hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Maktablarning joylashtirilishi o'quvchilaming piyoda qatnashi uchun qulay bo'lishi kerak. Qishloq joylari uchun maktablarning me'yoriy piyoda transport qatnovi 30 minutdan ko'p bo'lmasligi bo'yicha qulaylikni ta'minlash imkoniyati bo'lmagan hollarda, maktab intematlar yoki maktab qoshida intematlaming tashkil etilishi ko'zda tutilishi lozim Internatlarda yashovchilaming ulushi loyihalashtirishning topshiriqnomasi orqali belgilanadi. Maktablar asosiy xonalarining oriyentatsiyasi sinflar va kabinetlaming janubiy va janubiy-sharqiy oriyentatsiyasini ko'zda tutishi tavsiya etiladi, tasviriy san'at va chizmachilik, informatika kabinetlari uchun shimoliy oriyentatsiya ma'qulroqdir. Shimoliy oriyentatsiyani boshlang'ich sinflar va biologiya laboratoriyasidan tashqari, boshqa o'quv kabinetlari va laboratoriyalar uchun qo'llash mumkin.[2]

Derazalarning 75-285° azimutga qaratilgan oriyentatsiyasida isib ketishning oldini olish maqsadida va o'quv joylarining to'g'ri insollyatsiyasini tiklash uchun quyoshdan himoyalash ko'zda tutilishi kerak. Quyosh116 dan himoyalanish qurilmalarini tanlash mahaliiy sharoitlar bo'yicha loyi haga asosan belgilanadi. Oshxonalarning issiq sexlari uchun shimoliy oriyentatsiya ma'quiroqdir. Kam qavatli binolar (bir va ikki qavatli) uchun quyoshdan himoyalanishni ko'kalamzorlashtirish tadbirlari orqali ta'minlash mumkin (daraxtlami bino derazalaridan 10 m dan kam bo'lmagan masofada o'tkazish talab qilinadi). Yer uchastkalariga qo'yiladigan talablar.

Maktablar va intemat maktablar yer uchastkalarining joylashishi va o'lchamlari ShNK 2. 01. 07 ga muvofiq qabul qilinadi. Maktablar va intemat maktablaming yer uchastkalari quyidagicha: jismoniy tarbiya-sport; o'quv-tajriba; dam olish va xo'jalik zonalari kabi asosiy funksional zonalaming ko'zda tutilishi taqozo etiladi. Maktablar va maktab-intematlarning ko'kalamzor uchastkalarining maydoni uchastka maydonining 30—40% ini tashkil qilib, ko'kalamzor maydonga dam olish, jismoniy tarbiya va o'quv tajriba zonalarining ko'kalamzor maydonlari hamda himoyaviy polosalar va maktab uchastkasi atrofidagi yashil to'siqlar ham kiradi. Hajmiy-rejaviy yechimlarga va asosiy xonalarga, joylarga qo'yiladigan talablar. Maktab, maktab-intematlar va maktab qoshidagi intemat binolaridagi xonalaming tarkibi va maydoni

funksional-tashkiliy va pedagogik talablardan kelib chiqqan holda o'quv rejasidagi o'quv xonalarining soatbay yuklamasini hisobga olgan holda hisoblashlar orqali aniqlanadi.

a) boshlang'ich maktab uchun (1—4 sinflar) sinflar, mehnat qilishga o'rgatish joy lari, uzaytirilgan kun uchun universal xonalar, rekreatsiya, hojatxona, vestibyul garderobi bilan;

b) asosiy maktab uchun (5-11 sinflar) sinflar, o'quv xonaiari va laboratoriyalar, mehnatga o'rgatish ustaxonalari, proforiyentatsiya xonaiari;

c) maktab uchun umumiy bo'lgan joylar: o'quv-sport va majlis zali, kutubxona, ma'rifat-ma'naviyat xonaiari, klub-to'garak va umumiy faoliyat uchun xonalar, oshxona, boshqaruv-xo'jalik va tibbiy xizmat ko'rsatish xonaiari, rekreatsiya, hojatxona, vestiyubl garderobi bilan.

Maktab-intematlarda maktab xonaiari va intemat bloki ko'zda tutiladi, intemat bloki ishtirokchilarining yashashi uchun xonalarni, shuningdek, uxlash, maishiy-madaniy xonalar, tibbiy izolyator va boshqa xonalarni o'z ichiga oladi. Maktab va maktab-intemat binolari hajmiy-rejaviy tuzilmasiga (strukturaga) qo'yiladigan quyidagi talablami hisobga olgan holda loyihalanishi lozim.

Barcha ta'lim muassasalarini ish yo'nalishi va mazmuniga ko'ra bir necha turlarga bo'lish mumkin.

Tashkiliy-huquqiy shakllarga ko'ra quyidagilar mavjud:

1) davlat;

2) nodavlat;

3) shahar ta'lim muassasalari.

O'zbekistonda ta'lim muassasalarining quyidagi turlari mavjud:

1) maktabgacha ta'lim;

2) ommaviy, umumta'lim maktablari;

3) kasb-hunar ta'limi muassasalari;

4) maktab-internatlar;

5) rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalar. Umumta'lim maktabining tuzilishiga quyidagilar kiradi: Boshlang'ich umum ta'lim

maktabi - boshlang'ich umumiy ta'limning umumiy ta'lim dasturini amalga oshiradi (o'zlashtirishning standart muddati 4 yil). Boshlang'ich maktab - bu maktab ta'limining birinchi (boshlang'ich) bosqichi bo'lib, unda bolalar keyingi ta'lim uchun asosiy (asosiy) bilimlarni - asosiy umumiy ta'limni oladilar. Boshlang'ich umumiy ta'lim muassasalarining asosiy vazifalari - o'quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularning o'qish, yozish, hisoblash, o'quv faoliyatining asosiy ko'nikmalari, nazariy fikrlash elementlari, o'zini o'zi boshqarishning eng oddiy ko'nikmalari, xulq-atvor madaniyati. va nutq, shaxsiy gigiena asoslari va sog'lom turmush tarsi o'quv xonalari yosh yoki predmetli belgilarga o'quv seksiyalariga guruhlanishi lozim; qoidaga ko'ra birinchi qavatda joyiashgan 1—4 sinflar uchun o'quv seksiyalarida, sakkizdan ortiq bo'lmagan sinf xonalarining mehnat qilishga o'rgatadigan ustaxona, uzaytirilgan kun uchun universal xona, rekreatsion xonalar va hojatxona ko'zda tutilishi lozim; 1—4 sinflarga mo'ljallangan o'quv seksiyalari ishtirokchilarining boshqa yoshdagi guruhlari uchun o'tish joyi bo'lmasligi lozim.

O'rta umumta'lim maktabi - O'rta umumiy ta'limning umumiy ta'lim dasturlarini amalga oshiradi (o'zlashtirishning standart muddati 5 yil - umumiy ta'limning ikkinchi (asosiy)

bosqichi). Asosiy umumiy ta'limning vazifalari - o'quvchi shaxsini tarbiyalash, shakllantirish va shakllantirish, uning moyilligi, qiziqishlari va ijtimoiy o'zini o'zi belgilash qobiliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish. Asosiy umumiy ta'lim o'rta (to'liq) umumiy ta'lim, boshlang'ich va o'rta kasb-hunar ta'limi olish uchun asosdir. Boshlang'ich umumiy ta'lim dasturlari asosiy umumta'lim maktabida amalga oshirilishi mumkin.

O'rta ta'lim maktabi. - o'rta (to'liq) umumiy ta'limning umumiy ta'lim dasturlarini amalga oshiradi (o'zlashtirishning me'yoriy muddati 2 yil - umumiy ta'limning uchinchi (yuqori) bosqichi). O'rta (to'liq) umumiy ta'limning vazifalari - o'quvchining ta'limga qiziqishi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ta'limni differentsiallashtirish asosida mustaqil ta'lim faoliyati ko'nikmalarini shakllantirish. O'rta (to'liq) umumiy ta'lim boshlang'ich kasb-hunar, o'rta kasb-hunar (qisqartirilgan tezlashtirilgan dasturlarga muvofiq) va oliy kasb-hunar ta'limi olish uchun asosdir.

Xozirgi kunda Andijon viloyatida, qolaversa Izboskan tumanida xam SSSR davrida qurilgan va "O'ZQISHLOQLOIHA"tamonida qayta loyihalanilgan tipavoy maktablarni bir qancha turlaridan xali xanuzgacha foydalanib kelinmoqda.

Maktab binolarining turlari. O'rta maktablarning quyidagi turlarga bo'lishimiz mumkin. Umumi o'rta talim maktablarni 1 smenali va 2 smenali bo'lishi mumkin,

1) 300 gacha bo'lgan maktablar

- 70 o'rinli maktab 2 ta sinf xona (35 o'quvchi)

- 80 o'rinli maktab 4 sinf xona (20o'quvchi) -140 o'rinli maktab 4 sinf xona (35 o'quvchi)

- 210 o'rinli maktab 6 sinf xona (35o'quvchi) -270 o'rinli maktab 9 sinf xona (30 o'quvchi)

2) 300-500 o'rinli maktablar .

-360 ta o'quvchiga mo'ljallangan 12 ta sinf xona (30 o'quvchi) -450 ta o'quvchiga mo'ljallangan 15 ta sinf xona(35 o'quvchi) -480 ta o'quvchiga mo'ljallangan 16 ta sinf xona (30 o'quvchi)

3) 500-800 o'rinli maktablar.

- 525 o'rinli maktab 15 ta sinf xona (35 o'quvchi)

- 560 o'rinli maktab 16 sinf xona (35 o'quvchi) -630 o'rinli maktab 18 sinf xona (35 o'quvchi) -720 o'rinli maktab 24 sinf xona (30 o'quvchi) -780 o'rinli maktab 26 sinf xona (30 o'quvchi)

4) 800-1000 o'rinli maktablar

- 840 o'rinli maktab 28 ta sinf xona (30 o'quvchi)

- 900 o'rinli maktab 30 sinf xona (30 o'quvchi) -960 o'rinli maktab 32 sinf xona (30 o'quvchi)

5) 1000-1300 o'rinli maktablar

- 1170 o'rinli maktab 39 ta sinf xona (30 o'quvchi)

- 1260 o'rinli maktab 42 sinf xona (30 o'quvchi)

Yuqorida keltirilgan maktab turlaridan chekka qishloq xududlardan tortib aholisi ko'p yirik qishloqlarga tavsiya etiladi.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

References:

1. Убайдуллаев Х.М.Иногомава М.М.Турар жой важамоат биноларининг типологии асослари. Т. 2009 й.

2. Хидоятов Т.А. Типология общественных зданий,2008 й

3. Петухова Л. В. 2 Историко-педагогическая типология сельских малокомплектных образовательных учреждений как основание моделирования разновозрастной школы

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.