Научная статья на тему 'UMUMTA’TIM MAKTAB BINOLARI QURILISHIDA XORIJ MAMLAKATLAR TAJRIBASI'

UMUMTA’TIM MAKTAB BINOLARI QURILISHIDA XORIJ MAMLAKATLAR TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
554
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fukushi maktabi / zamonaviy maktab / tip / ta’lim muassasasi / o`quv xonalari / koeffitsient. / Fukushi school / modern school / type / educational institution / classrooms / coefficient.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bekchanova, Shaxrizoda Xurmat Qizi, Yunusov, Shukurullo Xayrullaevich

Har bir millat kelajagi o’sib, ulg’ayib kelayotgan yosh avlod qo’lida. Mazkur maqolada ta’lim sifatini oshirish maqsadida ilg’or xorij tajribalaridan foydalanib, milliylik bilan uyg’unlashtirgan holda islohotlar amalga oshirilishi va ularni tadbiq etish to’g’risida so’z yuritiladi. I.A.Karimov aytganlaridek, -“ Aslida ta’lim –tarbiya sohasidagi islohotni chegarasi va poyoni yo’q. Toki hayot ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o’rtaga qo’yayotgan yangidan yangi talablarga mustaqil ravshda o’zgarib, yangilanib boraveradi”.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FOREIGN EXPERIENCE IN THE CONSTRUCTION OF GENERAL SCHOOL BUILDINGS

The future of every nation lies in the hands of the rising generation. This article discusses the implementation and implementation of reforms in accordance with citizenship, using the best world practices to improve the quality of education. I.A. Karimov,”In fact, there is no limit to the reform of education. As long as life lasts, both education and upbringing will continue to change and be updated regardless of the new requirements of the time.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’TIM MAKTAB BINOLARI QURILISHIDA XORIJ MAMLAKATLAR TAJRIBASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

UMUMTA'TIM MAKTAB BINOLARI QURILISHIDA XORIJ MAMLAKATLAR TAJRIBASI

Bekchanova Shaxrizoda Xurmat qizi

UrDU Texnika fakulteti, Arxitektura kafedrasi 211-guruh magistranti, Yunusov Shukurullo Xayrullaevich Ilmiy rahbar : TAQI Arxitekturaviy loyixalash kafedrasi dotsenti.

Har bir millat kelajagi o'sib, ulg'ayib kelayotgan yosh avlod qo'lida. Mazkur maqolada ta 'lim sifatini oshirish maqsadida ilg 'or xorij tajribalaridan foydalanib, milliylik bilan uyg'unlashtirgan holda islohotlar amalga oshirilishi va ularni tadbiq etish to'g'risida so'zyuritiladi. I.A.Karimov aytganlaridek, - " Aslida ta'lim -tarbiya sohasidagi islohotni chegarasi va poyoni yo'q. Toki hayot ekan, ta'lim ham, tarbiya ham zamon o'rtaga qo'yayotgan yangidan yangi talablarga mustaqil ravshda o 'zgarib, yangilanib boraveradi".

Kalit so zlar: Fukushi maktabi, zamonaviy maktab, tip, ta'lim muassasasi, oлquv xonalari, koeffitsient.

Будущее каждой нации находится в руках подрастающего поколения. В данной статье рассматривается внедрение и внедрение реформ в соответствии с гражданством, с использованием передового мирового опыта для повышения качества образования. Как сказал И.А. Каримов. "На самом деле реформе образования нет предела. Пока длится жизнь, и образование, и воспитание будут продолжать изменяться и обновляться независимо от новых требований времени».

Ключевые слова: школа Фукуши, современная школа, тип, учебное заведение, классы, коэффициент.

The future of every nation lies in the hands of the rising generation. This article discusses the implementation and implementation of reforms in accordance with citizenship, using the best world practices to improve the quality of education. I.A. Karimov,"- In fact, there is no limit to the reform of education. As long as life lasts, both education and upbringing will continue to change and be updated regardless of the new requirements of the time.

Keywords: Fukushi school, modern school, type, educational institution, classrooms, coefficient.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Umumiy ta'lim maktablari binolarining tiplari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining qarorlariga muvofiq belgilanadi. Maktablarning asosiy tipi - bu bolalar 7 yoshdan boshlab o'qitiladigan tayanch maktablardir. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining sig'imi, ya'ni qancha o'quvchiga mo'ljallanishi sinflarning 30 o'quvchidan tashkil topishidan va o'qitish muddatini 11 yilga belgilanishidan kelib chiqib aniqlanadi. Maktab yoshidagi bolalarning 100% ni qamrab olishni hisobga olgan holda (posyolka yoki shahar mikrorayoni aholisi yosh bo'yicha tarkibining asosiy jihatlarini hisobga olgan holda) belgilanadi. Maktabning maksimal sig'imi qoidaga ko'ra 22 ta sinfdan oshmasligi lozim. Shaharlarda ko'p qavatli binolar sharoitidan kelib chiqqan holda 2—3 ta maktabdan tashkil topgan maktab kompleksini yaratishga ruxsat etiladi. Maktab tarmoqlarini hisoblash posyolkalar, shaharlar, TyMaHnap aholisining demografik (yosh bo'yicha) struktura (tuzilma)siga muvofiq ravishda maktab yoshidagi bolalarning soni hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Maktablarning joylashtirilishi o'quvchilaming piyoda qatnashi uchun qulay bo'lishi kerak. Qishloq joylari uchun maktablarning me'yoriy piyoda transport qatnovi 30 minutdan ko'p bo'lmasligi zarur. Agarda qulaylikni ta'minlash imkoniyati bo'lmagan hollarda, maktab internatlar yoki maktab qoshida internatlaming tashkil etilishi ko'zda tutilishi mumkin. Hozirgi kunda ta'lim sifatini oshirishga e'tibor qaratilmoqda

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida «Zamonaviy maktab» talablari asosida loyihalarni ishlab chiqish, kelishish hamda qurilish-montaj ishlarini nazorat qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 832-son qarori qabul qilindi. (1)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahriridagi (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) nizom.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimidagi umumta'lim muassasalari mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligi ta'minlangan holda, ularni joylashtirish uchun tegishli bino, moddiy-texnik baza (mebel, o'quv-laboratoriya jihozlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sport anjomlari va boshqalar) hamda malakali rahbar xodimlar va pedagoglar mavjud bo'lganda, tegishlicha viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklarining qaroriga muvofiq tashkil etiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Umumiy o'rta ta'lim mazmuni o'quv rejasi davlat va maktab komponentlardan iborat bo'ladi.

Davlat komponentlari umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti bilan belgilanadi va o'quvchilarning o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta o'rganish va kasb-hunar egallashi uchun yetarli bo'lgan zaruriy darajani belgilaydi. (2)

2020 — 2025-yillarda ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi joriy etildi.

Konsepsiyaning asosiy mazmunini unib-o'sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug' ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalashda ona tili va adabiyotning ustuvorligiga urg'u berish, zamonaviy bilimlarga ega, erkin fikrlaydigan, badiiy adabiyot va boshqa ijod sohalarida jahondagi tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan ijodkor shaxsni shakllantirish tashkil etadi. (3)

Xususan, mamlakatimizda ham olib borilayotgan amaliy ishlar o'zining ifodasini topmoqda. Yurtimiz kelajagi aynan o'sib, ulg'ayib kelayotgan yosh avlodlar qolida. Shunday ekan, bu boradagi ilk bosqichlarni maktabgacha ta'lim, umumta'lim maktablari va oliy o'quv yurtlari misolida ko'rib chiqish mumkin. Bugungi kunda ta'lim sohasida xorij tajribalarini o'rganib, sifat ko'rsatkichlarini oshirishga e'tibor qaratilmoqda. Bunda bir qator rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi va tajribalari o'rganilib, yangi zamonaviy maktablar qurilishida e'tiborga olinadi.

Quyida biz Yaponya maktablari rivojlanish tarixi bilan tanishamiz. Zamonaviy ta'limning ilk tuzilishiga 1867 -1885 yillar asos solingan. Birlashuv (konsolidatsiya) davri. Turli maktab qonunlari chiqarilgan, tizimli ta'lim 1886 -1916 yillarni o'z ichiga oladi. Ta'lim tizimi bo'yicha favquloddagi kengash tavsiyalariga asosan rivojlantirildi. Tarqalish (ekspansiya) 1917 -1936 yillar davri bo'ldi. 1937 -1945 yillar. Militaristik ta'lim tizimi Ba 1945 dan hozirgi davrgacha zamonaviy ta'lim islohotlari olib borilmoqda. (4)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1 rasm. Yaponyadagi Fukushi Maktabi 1989 yilda ta'sis etilgan 222 o'rinli

maktab binosi

Yaponiya tarixida birinchi Yapon til maktabi bolib ochilgan Fukushi Maktabi hisoblanadi. Asosan mahalliy va xorijlik talabalarni Yaponiyaning oliy ta'lim, bakalavr va magistratura darajasiga kirishlari uchun o'quvchilarni tayyorlaydi. Boshqa maktablardan asosiy farqi shundaki, bu yerda ta'lim berish sifatining ustuvorligi bosh maqsad hisoblanadi. Maktabning uchta Narimasu, Nerima va Ikebukuro filiallari mavjud. Ikebukuro va Narismasu hududida o'quvchilar yotoqxonasi maktabdan 15 daqiqalik uzoqlikda joylashgan. Bu o'quvchilarga ham oz navbatida qulaylik yaratadi. Har bir tahsil olayotgan o'quvchi e'tibordan chetda qolmaydi. (5)

Rossiyada qurilayotgan zamonaviy maktab loyihalarining asosiy xususiyatlari

Rossiyadagi maktab binolarini loyihalash ilg'or tajribalar tahlili bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda bir nechta mezonlar o'quv binosining maydonidan foydalanish samaradorligi koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi.

1. Mos keladigan asosiy o'quv binolari va binolarning maydonlarining

nisbati

2. Binoning umumiy maydoniga o'quv jarayonini tashkil etish.

Optimal arxitektura va rejalashtirish echimlarini aniqlash va ta'minlash:

- imkoniyatlar nuqtai nazaridan kelib chiqib, binolarning arxitektura-rejaviy yechimlarining moslashuvchanligi

-qayta rejalashtirish (agar kerak bo'lsa, maktabni qayta profillash), ko'p qirrali

o'quv binolari;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- binolarning ichki makonini tashkil qilish imkoniyati, shu jumladan xonalar tarkibi.

- binoda vertikal va gorizontal ulanishlarni tashkil etish, aloqa qulayligi; -imkoniyati cheklangan o'quvchilarning ta'lim jarayoniga jalb qilingan barcha

shaxslarning kirishini ta'minlash

-binolarning jarayoni, shuningdek, nogironlar uchun ish joylarini tashkil qilish imkoniyati, sig'im.

Bino sxemasining modulli tamoyildan foydalanish:

-binoni qulay vazifalarga asoslangan holda rayonlashtirish;

- qo'shimcha modullarni ishlab chiqishda, ularning o'zaro almashinishini ta'minlash loyihani qayta qo'llash;

- binoning batafsil sxemasi, qo'shimcha qo'shish imkoniyati bilan funktsional modullarini tahlil qilish.

Maktab binolarida tabiiy yorug'lik tushishi o'quvchilar salomatligiga ham oz ta'sirini otkazadi. Bunda materiallardan to'g'ri foydalanish muhim masala hisoblanadi, tabiiy material bilan sinf xonalari sonini ko'paytirish yoritish bilan tashqi devor sirtlari maksimal foydalanish zarur. Nogironlar uchun liftlar va xavfsizlik zonalarini tartibga solish xam muhim. Bunda nogiron shaxslarning sharoitidan kelib chiqqan holda qulaylik yaratiladi.

O'quv binolarini joylashtirishning asosiy tamoyillari: Arxitektura va rejalashtirish echimlarini o'rganish asosida ta'lim tashkilotlari binolari sxemasining sxematik diagrammalarini hisobga olgan holda, radial va chiziqli funktsional modullarga holinadi. Radial tartib yanada ixcham, ya'ni katta hajmdagi ta'lim muassasalari binolari uchun, ichki yoritish uchun qo'shimcha imkoniyatlar beradi va tabiiy yorug'lik bilan jihozlangan binolar yechimidir. Bundan tashqari, ushbu tartibning afzalliklari qo'shimcha xavfsiz ta'lim maydonining bino konstruksiyasidagi ko'rinadi. Bunda veranda ochiq havoda dam olishi, o'quvchilarning darsdan tashqari dam olish va bo'sh vaqtlarini tashkil etish imkoniyati, xaflilik darajasi yuqori bo'lgan hududlarda talabalarning qo'shimcha xavfsizligi ta'minlanadi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, bir qator xulosalar chiqarish mumkin. Ta'lim muassasalari binolarining namunaviy loyihalari oddiy bo'lishi kerak. Memoriy shakl, strukturani birlashtirishning yuqori darajasini ta'minlaydi yechimlar va qurilish elementlari Typnu onraMan tanlashni ta'minlash kerak. Ixchamlik uchun binoning tartibi (radial yoki chiziqli) binoning me'moriy va rejalashtirish yechimi va maksimal

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

koeffitsienti bino maydonidan samarali foydalanish keltiradi: qo'shimcha ta'lim tadbirlari, maktab miqyosida tadbirlar va o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini o'tkazish; Ovqat zalidan majlislar zali sifatida foydalanish; Dam olish va dam olish joylarini maxsus jihozlar yordamida atriumda tashkil etish, talabalarning bo'sh vaqtlari, yolg'izlik uchun joylar; Maktab binolardan maksimal darajada foydalanish tamoyilini ta'minlash zarur. O'quv jarayonini tashkil etish maqsadida majlislar zalini auditoriya (o'rindiqni ko'tarish moslamasi) sifatida ishlatilishi mumkin. Ta'lim tashkilotlari binolarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqishda zamonaviy ta'lim standartlari darslarning turli shakllarini nazarda tutadi turli darajadagi ta'lim talabalari va sinfdan foydalanish uchun tizimlar ustuvor bo'lishi kerak,

Maktab binolarini rejalashtirish echimlari va shunga mos ravishda, bino maydonidan foydalanish samaradorligi koeffitsientini oshirish xamda laboratoriyalar, o'qituvchilar xonalari, kompyuter sinflari uchun yoritish tizimlariga alohida e'tibor qaratish lozim. Kutubxonalar - ikkinchi yorug'lik bilan ta'minlangan holda media kutubxonalar sun'iy yoritish bilan birgalikda yoritilishi kerak. (6)

Rossiya tajribasidan kelib chiqqan holda, verandalarni hajmiy fazoviy rejalashtirish echimlariga e'tibor berishimiz mumkin: buning uchun ochiq mavsumiy bog' yoki yopiq qish bog'i uchun qurilmalar qo'llaniladi: qo'shimcha xavfsiz dam olish va ta'lim maskani; tabiiy yorug'likni ta'minlash uchun qo'shimcha imkoniyatlar.

Xulosa qilsak, arxitektura-rejaviy yechimlarni tahlil qilish natijasida, eng samarali xususiyatlarga ega bo'lgan loyihalar tanlab olinadi, ularning asosiy me'moriy va rejalashtirish yechimlarining afzalliklari va kamchiliklari ko'rib chiqiladi. O'quv jarayoniga jalb qilingan binolarning maydonini normallashtirish maqsadga muvofiq. Innovatsion talablarga mos bo'ladigan maktablarni loyihalash zarur.

Sinf xonasida bir o'quvchiga to'g'ri keladigan maydonni me'yorlash ya'ni sinf xonalari sonini ko'paytirib, o'quvchilar sonini kamaytirish. Bunda bir sinf xonasida 20-24 ta o'quvchi bo'lishi mumkin. Buning natijasida ta'lim sifati oshadi. Yangi maktab kontseptsiyasi taklif etish jarayoni yangi shakllar, usullar va o'quv vositalarini o'z ichiga oladi. O'quvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlaydi. Individuallik (lot. individuum — bo'linmas) — muayyan narsa va hodi-sa, shaxs va jonivorning o'zigagina xos, betakror, xususiy belgilar.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/zamonaviy_maktablar_qurilishi_q anday_nazorat_qilinadi

2. https://lex.uz/docs/-4792911

3. http://ilmiy.bmti.uz/blib/files/82/Turar%20joy%20va%20jamoat%20binolarini%2 0loyihalashning%20tipologik%20asoslari. PDF

4. Read more at: https://minikar.ru/uz/moda-i-krasota/doshkolnoe-obrazovanie-yaponii-harakteristika-sistemy-doshkolnogo/

5. http: //studytokyo .uz/site/fukushi

6. G.Anorqulova. A.Karimov. Xorij mamlakatlar ta'lim tizimining o'ziga xos yo'nalishi, uslub va tahlili. Xalq ta'limi ilmiy metodik jurnal. 2017 yil 3-son https: //uz.wikipedia. org/wiki/Innovatsiya

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.