Научная статья на тему 'O‘RTA OSIYO XALQLARI XVI ASRGACHA DAVRDAGI MUSIQA ILMINING RIVOJI'

O‘RTA OSIYO XALQLARI XVI ASRGACHA DAVRDAGI MUSIQA ILMINING RIVOJI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
13
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
Musiqa / davr / tarix / sozanda / xonanda / cholgʻu / xofiz / bastakor / pedagogika / ta’lim / tarbiya / sharq / madaniyat / san’at. / Музыка / эпоха / история / исполнитель / певец / исполнительство / хафиз / композитор / педагогика / образование / воспитание / восток / культура / искусство.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nurullayeva N.K.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda musiqa pedagogikasining eng qadimgi davrlardan to XVI asrgacha davrdagi rivojlanishi va IX-XVI asrlarda Sharq allomalarining musiqa nazariyasi va musiqada shakllar rivoji borasida qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF MUSICAL SCIENCE AMONG THE PEOPLES OF CENTRAL ASIA BEFORE THE 16TH CENTURY

В данной статье представлена информация о развитии музыкальной педагогики в Узбекистане с древнейших времен до XVI века и о вкладе восточных ученых в развитие теории музыки и форм в музыке в IX-XVI веках.

Текст научной работы на тему «O‘RTA OSIYO XALQLARI XVI ASRGACHA DAVRDAGI MUSIQA ILMINING RIVOJI»

.00OLDo

A

O'RTAOSIYO XALQLARI XVI ASRGACHA DAVRDAGI MUSIQA ILMINING RIVOJI

Л л

Nurullayeva N.K. Buxoro ixtisoslashtirilgan san'at maktabi yetakchi

o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda musiqa pedagogikasining eng qadimgi davrlardan to XVI asrgacha davrdagi rivojlanishi va IX-XVI asrlarda Sharq allomalarining musiqa nazariyasi va musiqada shakllar rivoji borasida qo'shgan hissasi haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Musiqa, davr, tarix, sozanda, xonanda, cholg'u, xofiz, bastakor, pedagogika, ta'lim, tarbiya, sharq,madaniyat, san'at.

РАЗВИТИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ НАУКИ У НАРОДОВ СРЕДНЕЙ

АЗИИ ДО XVI ВЕКА Нуруллаева Н.К. Ведущий преподаватель Бухарской специализированной школы искусств

Аннотация. В данной статье представлена информация о развитии музыкальной педагогики в Узбекистане с древнейших времен до XVI века и о вкладе восточных ученых в развитие теории музыки и форм в музыке в IX-XVI веках.

Ключевые слова: Музыка, эпоха, история, исполнитель, певец, исполнительство, хафиз, композитор, педагогика, образование, воспитание, восток, культура, искусство.

DEVELOPMENT OF MUSICAL SCIENCE AMONG THE PEOPLES OF CENTRAL ASIA BEFORE THE 16TH CENTURY Nurullaeva N.K. Leading teacher of the Bukhara Specialized School of

Arts

Annotation. This article provides information about the development of music pedagogy in Uzbekistan from ancient times to the 16th century and the

contribution of Eastern scientists to the development of the theory of music and forms in music in the 9th-16th centuries.

Keywords: Music, era, history, performer, singer, performance, hafiz, composer, pedagogy, education, upbringing, east, culture, art.

Tarixiy manbalar bizga milliy musiqiy madaniyatimiz uzoq moziy bilan

bog'langanligini eslatib turadi. Qadimshunoslar tomonidan topilgan ashyoviy dalillar, tosh devorlarga chizilgan musiqiy sozlar va sozandalar, miniatyura ko'rinishidagi shohlar saroyidagi bazmlarda cholg'uchilar tasviri, milliy musiqa sozlari va ijrochiligimizning tarixi naqadar qadimiyligidan dalolat beradi. Jumladan, "Afrosiyob xarobalaridan surnay, doyra, ushpullaklar ham topilgan bo'lib, eng muhimi, ushbu musiqa asboblari hozirgi shaklidan deyarli farq qilmaydi. Yoki Surxondaryoning Dalvarzintepa va qadimgi Xorazmning Qo'yqirilganqal'a, Tuproqqal'a kabi yodgorliklaridan topilgan chang va boshqa musiqiy sozlar qoldiqlari ham dunyodagi eng qadimiy cholg'u yodgorliklaridir". 1

Kishilik jamiyatining rivojlanishi tarixida pedagogika, jumladan musiqa pedagogikasi eng qadimiy ham ilm, ham san'at ta'lim-tarbiyasi sohasidir. Zero, musiqa pedagogikasi tarixi nihoyatda boy ilmiy-nazariy merosga ega.

Musiqa madaniyatining qadimiy ildizlari yozma ma'rifiy yodgorlik "Avesto" va zardo'shtiylik dini an'analari bilan bog'lanib ketadi. "Avesto"da tarbiya-hayotning eng muhim tayanchi, deb hisoblangan. Insonlar paydo bo'lganidan buyon uning tarixi doimiy ravishda tarbiya muammosini hal qilish bilan bog'liq ekaniga guvohlik beradi. Chunki inson hayoti va turmush tarzi, xalq farovonligi, Vatan ravnaqi, jamiyat taraqqiyotining asosida tarbiya turadi. Ma'lumotlarga ko'ra "Avesto" eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan bo'lib, to'liq kitob holida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan"2

Qadimiy va boy tarixga ega o'zbek milliy musiqa madaniyati targ'ibotini amalga oshirish ushbu soxa ta'lim- tarbiyasi bilan maxsus shug'ullanish maqsadida asrlar davomida mukammal musiqa maktablari mukammal tarzda shakllangan hamda rivoj topib kelgan. Bu maktablarda musiqa ta'lim tarbiyasi bevosita va bilvosita amalga oshirib borilgan bo'lib, ularning faoliyat mazmunida musiqa haqiqiy ma'nodagi tarbiya vositasi ekanligi o'z ifodasini topgan.

Tarixiy manbalarda IX-XII asrlarda O'rta Osiyo musiqiy madaniyatida o'zgarishlar davri bo'lganligi bayon etiladi. Biroq, bu davrlarda ijod qilgan sozandalar, hofizlar va bastakorlarning nomlari hamda ularning ijodiy faoliyatlari haqida juda kam ma'lumotlar saqlanib qolingan.

Sharq, jumladan Markaziy Osiyo musiqa san'ati va madaniyati, uning an'analari qadimiy tarixga ega. Sharq xalqlari an'anaviy-kasbiy musiqasi

1 Shirinov T.Sh.. Tariximiz etyudlari. - Toshkent. "Sharq".- B. 336.

2 . Hoshimov K. va boshq. Pedagogika tarixi. Toshkent. "O'qituvchi 1996. -B. 13.

asoschisi sifatida ulug'langa musiqashunos, bastakor, xofiz va shoir Borbad Marvaziy (yoki Faxlobod) VI-VII asrlarda o'zining musiqa maktabini yaratdi. Eron shohi Xusrav Parviz saroyida xizmat qilgan Borbad xalq kuylarini maxorat bilan ijro etish, xofizlik qilish bilan birga yosh musiqachilarning ta'lim-tarbiyasi bilan ham jiddiy shug'ullangan. Tarixchi olimlarning yozma manbalariga asoslangan holda fikr yuritilsa, jumladan, VI-VII asrlarda yashab ijod etgan ilk kasbiy musiqashunoslardan biri O'rta-Osiyolik Borbad xaqida ma'lumotlarda uni musiqa san'atining asoschilaridan bo'lib, bastakorlik, shoirlik, sozandalik va hofizlik borasida tengi yo'q mashhur san'atkor bo'lganligi ta'riflanadi. Borbad qator madhiya va tarixiy qo'shiqlar, harbiy mavzudagi taronalar ijod etgan. Shunisi muhimki, Borbad xalq kuylari asosida o'sha davrda kasbiy musiqachilik an'anasini boshlab bergan, ijrochilik mahoratida yuksak salohiyatga erishgan san'atkor edi.

Shu bilan birga Borbad "Ustoz-shogird" an'anasini boshlab bergan murabbiy ham bo'lgan. Sosoniylar sulolasi (milodiy 224-651yy) davrida kasbiy cholg'uchi-sozandalardan Noqus, Romtin, Sarkab, Sarkash, Navogar va boshqalar Borbad musiqa maktabida saboq olib, so'ngra uning an'analarini yuksak san'at, mahorat, iste'dod bilan davom ettirganlar.

IX-XII asrlarda Movarounnahrda madaniyat, ilm-fan, san'at va adabiyot Islom madaniyati yo'nalishida rivojlandi hamda taraqqiy etdi. Bu davrda Ahmad al - Farg'oniy, Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ismoil al-Buxoriy, At-Termiziy, Abdullo Ro'dakiy, Abdulqosim Firdavsiy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro kabi yuzlab fozil-donishmandlar yashab, ijod qildilar. Zabardast daholar-jahon ilmi, madaniyati yulduzlari qoldirgan ulkan meros hanuzgacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Donishmandlarning falsafiy-estetik qarashlari ta'limotlar tarzida shakllanib, borliqni mushohada etishda, nafosat (estetik) qadriyatlarni baholashda, inson ma'naviy kamolotida ulkan ahamiyat kasb etadi.

Sharq allomalari musiqa ilmi rivojlanishiga IX-XVI-asrlarda, ayniqsa musiqa nazariyasi va musiqada shakllar masalasi muammolarini yechish borasida ulkan hissa qo'shdilar. Musikashunoslik, uning nazariyasi va amaliyoti bilan shug'ullanib ulkan tarixiy musiqiy-pedagogik meros qoldirdilar. Jumladan, X asrning buyuk qomusiy olimi, musiqashunoslik fanining ulug' kashfiyotchisi Abu Nasr al- Forobiy (873-950) bo'lib, uning musiqa sohasida yaratgan ta'limotlari asosida Yevropa olimlari ham qator asarlar yaratganlar.

Abu Nasr Farobiy (to'liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Uzalik ibn Tarxon al-Forobiy ) (milodiy 873 yil) da Shosh-Toshkentga yaqin Forob (O'tror) degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tug'ilgan. Forobda boshlang'ich ta'limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqandda ta'lim olganligi haqida ma'lumotlar bor. Farobiy Bog'dodda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tishunoslik bilan shug'ullangan. Avval O'trorda, bo'lib, so'ngra Bog'dodga borib unda falsafa, tabiiyot, musiqa fanlari bilan chuqur shug'ullangan. O'rta asr falsafiy fikr taraqqiyoti mutaffakkir Abu Nasr

Forobiy nomi bilan bog'liq bo'lib, uning inson kamoloti haqidagi ta'limoti ta'lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar

1.Asqarov A. O'zbekiston xalqining tarixi. 2-T. "O'qituvchi", 1993

2. Rajabov I. Maqomlar masalasiga doir. O'zadabiyotnashr, Toshkent, 1963.

3. Ibrohimov O. O'zbek xalq musiqiy ijodi. Toshkent, "G'. G'ulom" 1994.

4. История вокального и хорового испольнительства в Узбекистане T:.1991.

5. Qodirov R. G. Musiqa psixologiyasi. Toshkent. "Musiqa" O'z.DK. 2005.

6. Odilov A. O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. Toshkent, "G'afur G'ulom" nashriyoti. 1995

7. Петрушин В. И. Музыкалъная психология. M. VLADOS. 1997.

8. Nurullayev F.G., Nurullayeva N.K. Музыкально-историческое наследие центральной Азии (психологический настрой армии Темура). Психология XXI столетия, 18-20 марта 2020 года С. 115-118.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.