Научная статья на тему 'O‘RTA ASRLARDA HINDISTON HUQUQI NORMALARI'

O‘RTA ASRLARDA HINDISTON HUQUQI NORMALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

569
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘RTA ASRLARDA HINDISTON HUQUQI NORMALARI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

O'RTA ASRLARDA HINDISTON HUQUQI NORMALARI

S.Mannobova -

Tarix o'qitish metodikasi yo'nalishi 1- kurs talabasi Ilmiy rahbar: A.K.Nafasov

O'rta asrlarda dunyoning turli qismlarida ko'pdan ko'p va turli ijtimoiy-iqtisodiy, davlat -huquqiy jarayonlar sodir bo'lgan. G'arb mamlakatlari feodal jamiyati, davlatchiligi hamda huquqshunosligida xristian dinining hukmron dinga aylanishi qanchalik ahamiyat kasb etgan bo'lsa, islom dinining yaratilishi va tarqalishi ham Sharq dunyosidagi yuksak madaniyaining vujudga kelishida shunchalik hissa qo'shdi.

Hind huquqi asrlar mobaynida ko'p tilli, xilma-xil irqli, tarqoq bo'lgan Qadimgi davrdagidek, o'rta asrlar Hindistonida ham odat huquqi an'anaviy hind huquqining muhim manbalaridan biri bo'lib qolaverdi. Odat huquqi normalaridan keng foydalangan sharhlovchilar nazariy jihatdan o'zgarmas hisoblangan «muqaddas» dxarmashstralar huquqini yangi

sharoitlarga moslashtirdilar. Ko'pincha odatlar sharhlovchilar tomonidan amaldagi hind huquqiga kiritilgan.

O 'rta asrlar Hindistonida XIII asrda musulmon davlatlari kelgunga qadar davlat birligi bo'lmagan. Bu narsa huquqning xilma-xilligiga sabab bo'lgan. O'rta asrlarda Hindistonning huquqiy tizimi musulmon huquqi ta'siri ostida muhim o'zgarishlarga uchradi . Hindistonda musulmon hukmronligi o'rnatilgandan keyin mahalliy huquq va dxarmashastra huquqining qo'llanishi ham shaxslar doirasi jihatidan, ham bu huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasi jihatidan qisqardi1. Jinoyat ishlari musulmon huquqi normalari asosida musulmon sudyalari - qozilar tomonidan hal etilishi lozim edi. Musulmon huquqi hududiy xarakter kasb etib, bosib olingan hududlar aholisining barchasiga qo'llanilardi. Musulmon normalari tizimi 1832-yiida mustamlakachi davlat tomonidan musulmon huquqi normalarining barcha nomusulmonlarga nisbatan qo'llashning bekor qilinishi haqidagi qonun qabul qilinguncha ishlatilib kelindi.

Din bilan bog'liq hisoblangan barcha munosabatlar nikoh-oila munosabatlari, meros, diniy uassasalar faoliyati alohida huquqiy tizimlar bilan, ya'ni musulmonlar haqidagi ishlar musulmon huquqi bilan, induizni dinidagi kishilar haqidagi ishlar hind huquqi bilan tartibga solingan. Bundan tashqari, musulmon bosqinchiligi kasta va jamoa lartiblariga kam ta'sir etgan. Bu yerda panchayat, kasta sudlari harakat qilavergan. Ular jinoiy ishlarni ham mahalliy odat huquqi asosida ko'rib hal

1 H.Muhammedov " Xorijiy davlati va huquqi tarixi" Toshkent 2005

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

qilardilar.

O'rta asrlar Hindistonida qadimgi dxarmashstralar huquqini qaytadan tahlil qilish, tanqidiy o'r-ganish, sharhlash, uni yangi sharoitlarga moslashtirishga qaratilgan jadal jarayon boshlangan.

Barcha musulmon davladarida sud ishlarini yuritish Qur'on qoidalari asosida amalga oshirilgan. Bunga ko'ra, sud ma'muriyatdan ajratilgan va davlat boshlig'i tomonidan tayinlangan qozilar tomonidan amalga oshirilar edi. Sud tizimida sud mansabdorlarining pog'onama-pog'ona bo'ysunishi, fuqarolik va jinoiy sud ishlarini yuritish o'rtasidagi farq ham mavjud emas edi. Qozilar ishlarni yakka o'zlari ko'rib hal qilganlar. Mahalliy qishloq, kastaga oid jamoalarning barqarorligi maxsus panchayatlar sudlarining mavjudligini belgilagan. Panchayatlar sudlari muhim vakolatlarga ega edilar. Ular jamoalarning yerlarini taqsimlaganlar, kastalar o'rtasidagi munosabatlami tartibga olganlar, kastaga oid va oilaviy tarlib-qoidalarga rioya qilinishini kuzatib turganlar. Guptalar saltanati davridagi jinoyat huquqi davlat jinoyatlari. mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar. shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar' uchun javobgarliklar o'rnatilgan edi. Jazoning asosiy turi jarima va turma qamog'i hisoblangan. Boburiylar davrida qatl etish jazosi faqat imperator tasdig'i bilan berilishi mumkin edi. Ammo shunga qaramay, bu jazo joylardagi sudlar tomonidan ham berilardi. Bu davrda tan jazolari ham keng yoyildi. Sudlov jarayonida urug'doshlik tuzumining qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Masalan, unda suv, o't, tarozi va zahar bilan sinab ko'rilib ko'rsatmalarning to'gri noto'g'ri ekanli tekshirib ko'rilar edi.

Hindistonda yuz yillab davom etgan musulmon boshqaruvi uning to'liq islomlashuviga olib kelmadi. Lekin bu vaqtda Hindistonda musulmon huquqi va uning asosiy manbai - Qur'on yoyildi. Musulmonlar o 'rtasidagi va huquqiy munosabatda qatnashayotgan tomonlardan biri musulmon bo'lganda ishlar musulmon huquqi asosida ko'rilgan, hindu, braxmanizm dinidagilarning ishlariga Manu qonunlari va boshqa qonunlar qo'llanilgan. Shuningdek, hindlarning oila-nikoh, vorislik munosabatlaridan kelib chiqadigan munosabatlar hind huquqi bilan tartibga solingan.

1. Mukhamedzhanovna, M. Z., Akmalovna, U. N., Abdusamatovich, K. S., Gapparovna, S. D., Arifovna, U. D., & Tashpulatovna, K. P. (2021). Bioethics-Paradigm of Humanization of Medical Education. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 125-133.

2. Умарова, Д. А., & Худайбергенова, П. Т. (2020). РОЛЬ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА В РЕШЕНИИ ПРОБЛЕМ ГУМАНИЗАЦИИ МЕДИЦИНЫ. Гуманитарный трактат, (97), 25-28.

REFERENCES

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

3. Фатима Ташпулатовна Худайбергенова, & Дилором Арифовна Умарова (2022). ПАРАДИГМА БИОЭТИКИ В СФЕРЕ БИОЭТИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Academic research in educational sciences, TSDI and TMA Conference (1), 196-200. doi: 10.24412/2181-1385-2022-196-200

4. Умарова, Д. А. (2021). ВАЖНЫЕ И АКТУАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ МОДЕРНИЗАЦИИ ГОСУПРАВЛЕНИЯ В СТРАТЕГИИ ДЕЙСТВИЙ ПО ПЯТИ НАПРАВЛЕНИЯМ РАЗВИТИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН В 20172021. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(8), 421-430.

5. Мухамедов, А. Р. ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО УЗБЕКИСТАНА И НЕКОТОРЫХ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН О ПРЕСТУПЛЕНИЯХ В СФЕРЕ ТРАНСПЛАНТОЛОГИИ. Human dignity and human rights, 108.

6. Мухамедов, А. Р. (2022). Вопросы совершенствования законодательства Узбекистана о преступлениях в сфере трансплантологии с учетом зарубежного опыта. Academic research in educational sciences, (Conference), 92-97.

7. Элдор Абдурасулович Уринбоев (2023). ТАЯНЧ ХДРАКАТ АППАРАТИ ШИКАСТЛАНГАН ТАЛАБАЛАРНИНГ ХДРАКАТ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Academic research in educational sciences, 4 (1), 239247.

8. Уринбоев, Э. А. (2022). ТАЯНЧ ХАРАКАТ-АППАРАТ ШИКАСТЛАНГАН ТАЛАБАЛАРДА КООРДИНАЦИЯ КОБИЛИЯТИНИНГ ТАВСИФИ. Fan-Sportga, (1), 44-46.

9. O'rinboyev, E. (2021). ADAPTATION OF STUDENTS WITH DISABILITIES TO SPORT TRAINING LOADS IN THE CONTEXT OF BASIC MOBILITY. Karakalpak Scientific Journal, 4(1), 23-31.

10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.

11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К. (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3), 568-583.

12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУХДЙ БОРЛИЕИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1), 8195.

13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G 'OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.

14. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

15. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.