Научная статья на тему 'O‘RTA ASRLARDA FARG‘ONA VODIYSIDAGI SIYOSIY, MAʼMURIY-HUDUDIY O‘ZGARISHLAR JARAYONIDA SHAHAR MADANIYATI'

O‘RTA ASRLARDA FARG‘ONA VODIYSIDAGI SIYOSIY, MAʼMURIY-HUDUDIY O‘ZGARISHLAR JARAYONIDA SHAHAR MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shaharsozlik / savdo munosabatlari / hunarmandchilik / shahriston / rabod / ark / boshqaruv / islom dini.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yoqubjonov Sarvarjon

Ushbu maqolada ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysidagi siyosiy, ma’muriy o‘zgarishlar jarayonida shahar madaniyati ilmiy manbalar asosida ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘RTA ASRLARDA FARG‘ONA VODIYSIDAGI SIYOSIY, MAʼMURIY-HUDUDIY O‘ZGARISHLAR JARAYONIDA SHAHAR MADANIYATI»

O'RTA ASRLARDA FARG'ONA VODIYSIDAGI SIYOSIY, MA'MURIY-HUDUDIY O'ZGARISHLAR JARAYONIDA SHAHAR MADANIYATI

Yoqubjonov Sarvarjon Iqboljon o'g'li

Marg'ilon shahar yoshlar yetakchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ilk o'rta asrlarda Farg'ona vodiysidagi siyosiy, ma'muriy o'zgarishlar jarayonida shahar madaniyati ilmiy manbalar asosida ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Shaharsozlik, savdo munosabatlari, hunarmandchilik, shahriston, rabod, ark, boshqaruv, islom dini.

V-XII asrlarda Farg'onadagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ikki davrga bo'lib qiyosiy tadqiq etish mumkin. Birinchi davr islom dini qaror topgungacha bo'lgan davr bo'lib, unda Eftaliylar va Turk xoqonligiklari davrida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tahlil qilinadi. Ikkinchi davrda esa, Arab xalifaligi va Somoniylar davrida sodir bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yoritilib, oxirida islomgacha va islomdan keyingi davrda bo'lib o'tgan o'zgarishlarning qiyosiy tahlili amalga oshiriladi.

O'rta Osiyoning tarixiy-madaniy viloyatlari orasida islom dini eng kech yoyilgan hudud Farg'ona vodiysi bo'lib, IX asr oxirlarida ham vodiy hukmdorlari islom dinini qabul qilishni qat'iy rad etib kelishgan. Shu sababli arablar kirib kelgan davrda O'rta Osiyoda boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar Farg'onada faqatgina somoniylar hukmronligi davrida sodir bo'ldi hamda ushbu davrda Farg'ona to'laligicha islom olamiga qo'shib olindi. Shu sababli islomgacha va islomdan keyingi davrda Farg'onada yuz bergan o'zgarishlarni qiyosiy tahliliga Arab xalifaligiga bir vaqtda qo'shimcha Somoniylar davri ham qo'shib tahlil qilinadi.

VI asrning o'rtalaridan VIII asrning boshigacha Farg'ona konfederativ davlati qo'shni davlatlar singari Turk xoqonligining siyosiy himoyasida bo'ladi. Amalda, ular mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borgan. Ushbu davr ichida O'rta Osiyoda

tinchlik va barqarorlik hukm suradi. Bu o'z navbatida dehqonchilik va ishlab chiqarish rivojiga, ichki va tashqi savdoni yuqori cho'qqilarga ko'tarilishiga olib keladi. Xitoy yilnomasi Tanshuda berilgan ma'lumotga qaraganda, bu davrga kelib, Farg'onada shaharlar soni yuzga yaqinlashadi, undan 6 tasi yirik shaharlar hisoblangan. Ular ichida Si yan (Farg'ona) shahri poytaxt deb, tilga olinadi. Shu bilan birga manbada yana 2 ta shahar nomi tilga olinadi: Gesay va Xumin. Gesay avvalgi Guyshan shahri o'mida, Xumin janubda Qubo (Quva) shahri o'rnida bo'lgan. Arab tarixchisi Tabariy Farg'onaning 5 ta shahrini tilga oladi: Xo'jand, Bob (Pop), Koson, Farg'ona, Qubo (Quva). Ko'rinib turibdiki, bu davrda Xo'jand (Xo'jant) Farg'ona konfederativ davlati tarkibiga kirgan. Farg'ona shahri esa tarix sahifasidan o'chib ketmagan, balki u siyosiy poytaxt bo'lmagan davrda ham Farg'ona davlati va xalqi hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.

VIII asrning birinchi choragida, dastlab Farg'onani kuchli hukmdor Alutar, keyinchalik, 739 (740) - 751-yillarda Turk xoqonligining Ashina avlodiga mansub Arslon Tarxon boshqargan. Bu davrda Farg'ona kuchli davlat bo'lgan.

Farg'ona dastlab Xitoy imperiyasi, keyinchalik Arab xalifaligining siyosiy ta'sirida bo'lsa ham, u mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizgan. Lekin, Turk xoqonligi Farg'onaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida o'zining sezilarli ta'sirini ko'rsatgan. Ayniqsa, VIII asming birinchi choragidan boshlab dastlab arablarga, keyinchalik Arab-tibet ittifoqiga va Xitoyning siyosiy bosimiga qarshi kurashda Ashina avlodidan chiqqan hukmdorlar yetakchilik qiladi.

Ilk o'rta asrlar davrida ham Farg'onaning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti qo'shni hududlarga yaqin bo'lgan. Bizga ma'lumki, Mug' tog'idan topilgan Sug'd hujjatlariga qaraganda, jamiyatning yuqori tabaqasi bir xil bo'lmagan. Xususan, eng yuqori tabaqa hukmdor qatlam bo'lib, yuqorida aytilgandek, ularning kelib chiqishi yuechji qabilalariga borib taqaladi. Keyingi qatlam katta yer egasi - dehqonzodalar hisoblangan. Arab manbalarida ularni malik va sohiblar, deb ham tilga olingan. Masalan, Samarqand podshosi G'urak va Panjikent hukmdori Divashtich dehqon yoki azim deb atalgan. Shu bilan birga, o'rta hol, o'ziga to'q yer egalari ham dehqon,

deb yuritilgan. Asosan, ushbu dehqonlarning bolalari hukmdor yirik yer egasi dehqonzoda - azimlarning xizmatida bo'lishgan.

Ilk o'rta asrlarda antik davrdagi shahar va shahar tipidagi urbanizatsiyalashgan qarorgohlaming asosiy qismi o'z faoliyatini davom ettiradi. Poytaxt shaharlar Fa^'ona (Axsikat) va Qubo (Quva) kengayadi, Bob (Pop) Qirqhujradan Balandtepa hududiga ko'chadi. Shahar qurilish madaniyatida ijobiy o'zgaгishlaг sodir bo'ladi. Qurilish texnikasi va texnologiyasida mahalliy an'ana^ bilan birga innovatsion yangiliklar qo'llaniladi. Birinchidan, paxsa va xom g'ishtlami tayyorlashda loyga ishlov berish yaxshilanadi; ikkinchidan qurilishda paxsa va xom g'ishtlami ishlatish ma'lum bir tartibga solinadi. Yuqoridagilarning hammasi turar joylar qurilishida o'z aksini topgan. Masalan, poytaxt shahar Fa^'ona (Axsikat) da ochilgan turar joy qoldig'i milodiy eraning VI asr oxiri - VIII asming boshlariga oid bo'lib, kazarma vazifasini bajargan. Bu yerda ba'zi bir xonalaming 50-60 sm. balandlikda saqlangan devorlarida qizil va qo'ng'iï rang qoldiqlari aniqlangan. Markaziy Fa^'onadagi Kalamushtepa yodgorligi o'mida joylashgan shahar va Go'rtepa yodgorligidagi urbanizatsiyalashgan qarorgoh ilk o'rta asr oxirlarida vayronaga aylanadi. Bunga asosiy sabab yer osti suvlarining ko'tarilishi va tuproqning sho'rianishidn\ Bu davrda yangi kanallar qazilib, yuzlab gektar qo'riq va bo'z yerlar o'zlashtirilgan bo'lsa ham, lekin, melioratsiyaning nozik tomonlari hali kashf qilinmagan edi. Markaziy Fa^'onaning relyefi va tuprag'i yer osti suvining tez ko'tarilishiga moyil. Shuning uchun oradan ma'lum vaqt o'tgach, doimiy sug'oгishlaг tufayli yer osti suvi ko'tarilib, tuproq sho'riashadi. Natijada, dehqonchilik qilinayotgan yuzlab gektar yerlar ishdan chiqib, shahar va qishloqlar vayronaga aylanadi.

Birmuncha keyin hayot shahristonga ko'chadi, ayrimlarida rabod shahristonga qo'shilib ketadi. Bu kabi holat Markaziy Osiyoni Rossiya tomonidan istilo etilishiga qadar kuzatilgan. Undan so'ng esa aksariyat shaharlar "yangi" va "eski" qismlarga bo'lingan. Shu kabi bo'linishni Andijon, Xo'jand, O'zgan, Koson va boshqa shaharlar misolida ko'rish mumkin. O'гta asrlarda ushbu shaharlar turli sabablarga ko'ra o'z ahamiyatini yo'qotganlaг va maydonlari qisqarib borgan. Ayrimlarida hayot to'xtagan, ba'zilari esa hanuzgacha saqlanib qolganlar.

Adabiyotlar:

1. Yuldashev S. V-X asrlarda Farg'ona vodiysidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisrodiy va madaniy jarayonlar. Farg'ona: Classic, 2021. - 224 b.

2. https://islamansiklopedisi.org.tr/ Beläzuri. Futuh-ul-Buldan.

3. История ат-Табари. - С. 210., Ибн ал-Асир. Пер. П.Г.Булгакова. - С.

100.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.