Научная статья на тему 'XVIII-XIX ASRLARDA FARG’ONA VODIYSIDA HUNARMANDCHILIKNING RIVOJLANISHINI O’RGANISHDA YОZMA VA BOSMA MANBALARLARDAN FOYDALANISH'

XVIII-XIX ASRLARDA FARG’ONA VODIYSIDA HUNARMANDCHILIKNING RIVOJLANISHINI O’RGANISHDA YОZMA VA BOSMA MANBALARLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
509
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
hunarmanchilik / kulolchilik / temirchilik / misgarlik / yog’och o’ymakorlik / zargarlik. / craftsmanship / pottery / blacksmithing / masters of copper / cutting wood / jewelry

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jaloldinova Shaxnoza Xasanboevna

Ilmiy ma’ruzada XVIII-XIX asrlarda Fargona vodiysida hunarmandchilikning rivojlanishi masalalari o’rganilgan. Xunarmandchilik taraqqiyotiga ta’sir etgan asosiy omillar tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF WRITTEN AND PRINTED SOURCES IN THE STUDY OF THE DEVELOPMENT OF HANDICRAFTS IN THE FERGANA VALLEY IN THE XVIIIXIX CENTURIES

The scientific report examined the development of handicrafts in the Ferghana Valley in the 18th and 19th centuries. The main factors influencing the development of handicraft on the basis of historical sources are analyzed

Текст научной работы на тему «XVIII-XIX ASRLARDA FARG’ONA VODIYSIDA HUNARMANDCHILIKNING RIVOJLANISHINI O’RGANISHDA YОZMA VA BOSMA MANBALARLARDAN FOYDALANISH»

XVIII-XIX ASRLARDA FARG'ONA VODIYSIDA HUNARMANDCHILIKNING RIVOJLANISHINI O'RGANISHDA YОZMA VA BOSMA MANBALARLARDAN

FOYDALANISH Jaloldinova Shaxnoza Xasanboevna

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6615295

Annotatsiya. Ilmiy ma'ruzada XVIII-XIX asrlarda Fargona vodiysida hunarmandchilikning rivojlanishi masalalari o'rganilgan. Xunarmandchilik taraqqiyotiga ta'sir etgan asosiy omillar tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: hunarmanchilik, kulolchilik, temirchilik, misgarlik, yog'och o'ymakorlik, zargarlik.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПИСЬМЕННЫХ И ПЕЧАТНЫХ ИСТОЧНИКОВ ПРИ ИЗУЧЕНИИ РАЗВИТИЯ РЕМЕСЕЛ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ В XVIII-XIX ВВ

Аннотация. В научном докладе были рассмотрены вопросы развития ремесленничества в Ферганской долине в ХВИИИ-ХИХ вв. Проанализированы основные факторы, влияющиэ на развитиэ ремесленничества на основе исторических источников.

Ключевые слова: ремесленничество, гончарноэ дело, кузнечноэ дело, мастера медники, резаниэ по дереву, ювелирноэ дело.

USE OF WRITTEN AND PRINTED SOURCES IN THE STUDY OF THE DEVELOPMENT OF HANDICRAFTS IN THE FERGANA VALLEY IN THE XVIII-

XIX CENTURIES

Abstract. The scientific report examined the development of handicrafts in the Ferghana Valley in the 18th and 19th centuries. The main factors influencing the development of handicraft on the basis of historical sources are analyzed.

Key words: craftsmanship, pottery, blacksmithing, masters of copper, cutting wood, jewelry.

KIRISH

Mo'g'illar bosqini oqibatida Markaziy Osiyoning barcha hududida bo'lganidek, Farg'o na vodiysida ham madaniy inqiroz yuz bergan edi. Bu davrda hunarmandchilikning barcha sohasida inqirozni kuzatish mumkin. Achinarli joyi shundaki, Far g'ona vodiysi bu davrda butun bir jang maydoniga aylanib qolgan edi. Chingizxon avlodlari goh bir tomon, goh ikkinchi tomondan Farg'ona vodiysi uchun egalik da'vosi bilan chiqar edi. O'zaro munosabatlarni oydinlashtirish uchun esa, Farg'ona vodiysi jangoh vazifasini o'tagan. Farg'ona vodiysidagi yirik shaharlar vayron qilinardi. Qishloqlar dan ommaviy ko'chib ketish, yoki butun boshlik qishloqlarni qirg'in qilish oddiy hol bo'lib qolgan edi [3, 57-b.].

Faqatgina temuriylar davriga kelib bunday bosh-boshdoqlikka chek qo'yildi. Mo'g'illar qirg'inidan omon qolgan ayrim shahar va qishloqlar asta sekin o'z qaddini tiklay boshlagan. Afsuski, O'zgan, Quva, Avval, Rishton, O'sh, Pop va yana bir qancha shaharalar deyarli vayron bo'lgan edi. Andijon, Marg'ilon va Axsikent shaharlari esa, o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko'tarildi. Temuriy shahzodalarning barchasi mana shu shaharlardan turib vodiyni idora etardilar.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bu davr hunarmanchiligi, asosan, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari hunarmanchiligidan andaza olib faoliyat ko'rsatgan. Shunday bo'lsada, ayrim shaharlarning o'z hunarmanchilik maktablari vujudga kelib, yangi-yangi maxsulotlar, usullar bilan dovrug' qozona boshladi. Masalan, Marg'ilon ipakchilik va ipak mahsulotlari ishlab chiqarishga, Axsikent kulolchilik, temirchilik va po'latdan yasalgan jang qurollari ishlab chiqarishga, Rishton kulolchilikka ixtisoslasha borgan [4, 24-b.].

Yuqorida tilga olingan hunarlar bu davrga kelib san'at darajasiga yetdi. Bizgacha saqlanib qolgan sirli sopol idishlarning aksariyati temuriylar davrining mahsulotlaridir.

SHuningdek, bu davrda toq-kon ishlari tartibga solinib, qazib olinayotgan xom ashyolar davlat nazoratiga o'tkazilgan. Farg'onadan oltin va kumush singari qimmatbaho metallar, mis, neft, lojuvard, simob, qo'rg'oshin va boshqa turdagi foydali qazilma boyliklar qazib chiqarilgan.

Mo'g'illar va temuriylar hukmronligi davrida ham pul munosabatlari, asosan, mis tangalar vositasida olib borildi. Temuriylar davriga kelib pul islohoti tez-tez amalga oshirib turilgan. Shuning uchun ham bu davrga xos tangalarni zarb qilish jarayonida birdaniga bir nechta tanga zarbdan chiqarish holati uchrab turadi. Bunda tanga zarb qilingan shahar, hukmdor va sana bir necha tangada ifodalanadi. Natijada bir tangada sana, ikkinchi tangada hukmdor nomi, yana boshqa tangada zarb qilingan joy ko'rsatilgan. Hatto bir hukmdor nomi ustiga boshqa bir hukmdorning nomi bitilgan tangalar ham uchrab turadi (bu ko'rinish hukmdorlarning almashib turishi bilan bog'liq).

TADQIQOT NATIJALARI

Temuriylar davlati inqirozidan keyin, Farg'ona vodiysi yana talon-taroj maydoniga aylandi. Shayboniy va ashtarxoniylarning Farg'onadagi hokimiyati nomigagina edi holos. Zotan, ular Farg'onaga o'zlarining eng ishonchli vakil larini noyib qilib qo'ysalar-da bu yerdan olinadigan yillik soliqdan boshqa narsaga da'vo qilmaganlar. Hatto Farg'ona vodiysidan yig'il gan harbiy qo'shin ham shu yerning noyibiga bo'ysungan. Oqibatda Farg'ona vodiysining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sustroq kechdi.

XVIII asr boshlarida Buxoro xonligining zaiflashib qolganligidan foydalanib, uning sharqiy viloyati - Farg'onaga Sharqiy Turkiston xonlari va ko'chmanchi qalmoqlar tez-tez talonchilik hujumi uyushtirib turishdi. Buxorodan panoh bo'lmagach, Farg'ona vodiysidagi mayda qabilalarning o'zaro birlashish jarayoni bosh landi.

MUHOKAMA

XVIII asrning o'rtalariga kelib, Farg'onada Ming urug'i vakillari Qo'qon shahri atrofidagi qishloqlarni birlashtirib yangi xonlik barpo qildi. Oradan xech qancha faqt o'tmay Qo' qon xonligi Markaziy Osiyoning eng yirik, qudratli va tez taraqqiy etayotgan davlatlaridan biriga aylandi. Qo'qon xonligi davri Farg'ona vodiysining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish davri bo'ldi. Farg'ona vodiysidagi me'moriy obidalarning aksariyati shu davrga mansub. Hunarmandchilikning barcha turlari o'z rivojlanish taraqqiyoti cho'qqisiga ko'tarildi. Ayniqsa, misgarlik, kulolchilik, yog'och o'ymakorlik, zargarlik, me'morchilik, ipak mahsulotlari ishlab chiqarish misli ko'rilmagan darajada rivojlandi.

Qo'qon xonligi hududida, asosan, shu davlatning oltin, kumush va mis pul birliklari muomalada bo'lgan. Ayrim hollarda Buxoro, Eron va Afg'onistonning tillo va kumush tangalari, Rossiyaning kumush rubllari mol ayirboshlashda qo'llanilgan. Bularning hammasi savdo munosabatlarining rivojlanganligidan dalolat beradi.

Qo'qon xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach Farg'ona vodiysidagi hunarmandlarning ko'pi tazyiq ostiga olindi. Masalan, misgarlik, temirchilik va mayda metallurgiya ustaxonalarining faoliyati chegaralab qo'yildi. Ularda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi kamaydi va asosan, uy-ro'zg'or buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi. Rossiyadagi zavod-fabrikalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Vodiyning ichki bozorlarini egallashi natijasida bu yerdagi hunarmandlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari raqobatga bardosh berolmay qoldi. CHinni, shisha, metal va boshqa buyumlar deyarli Rossiyadan olib kelinadigan bo'ldi. Oqibatda hunarmandlarning aksariyati arzon, bir xil turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga majbur bo'ldi. SHunday bo'lsada, nozik did bilan ishlangan ko'pgina buyumlar o'z haridorini topgan va ular oilaning qimmatbaho jihozi sifatida ardoqlangan [2, 2-b.].

XULOSA

1876 yilda Rossiya imperiyasi Turkiston general gubernatorligi tarkibida Farg'ona viloyat harbiy gubernatorligi tashkil etildi. Uning hududi butun Farg'ona vodiysining egallagan bo'lib, Qo'qon, Namangan, Marg'ilon, Andijon va O'sh uezdlariga bo'lingan edi. Bu uezdlar 1924 yilda yangi ma'muriy bo'linish oqibatida yanada qisqardi. Endi Farg'ona viloyati tarkibida Andijon, Namangan, Marg'ilon va Qo'qon uezdlari saqlanib qoldi. O'sh uezdi esa, RSFSR tarkibidagi Qoraqirg'iz avtonom respublikasining uezdlaridan biriga aylandi.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar

[1]. O'zR Prezidentining "Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ'ib qilish tizimini ya'nada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017 y. 24.05. PQ-2995-son qarori.

[2]. Batrakov V.S. Xarakternbie chertbi narodnogo remeslennichestva Ferganskoy dolinbi v period Kokandskogo Xanstva // trudbi SAGU. Novaya seriya. Vbip. LXII. Gumanitarnbie nauki. Tashkent, 1955.

[3]. Sprishevskiy V.I. Narodnoe remeslennichestvo Ferganbi XVII-XIX vv. Rukopisb. Arxiv Muzeya Istorii narodov Uzbekistana. Tashkent,1947.kniga 14.

[4]. Litvinskiy B.A Narodnbie prombisli Zapadnoy Ferganbi. Arxelogicheskie pamyatniki Ferganbi. (XVII-XIX vv.n.e.) M.1955.

[5]. SH.Karimov.,R.SHamsutdinov. Vatan tarixi. Toshkent., O'qituvchi, 1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.