Xayitova Sh.M.
University of Business and Science Nodavlat Oliy Ta'lim muassasasi Ijtimoiy Fanlar kafedrasi o'qituvchisiNamangan viloyatiKosonsoy tumani
Beknazarov B.E.
O'RFA Milliy Arxeologiya markazi ilmiy xodimi
FARG'ONA VODIYSI SHAHARLARIDA ANTROPOGEN LANDSHAFT VA SHAHARLAR TARAQQIYOTI(KOSONSOY TUMANI YODGORLIKLARI MISOLIDA)
Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg'ona vodiysi shaharlarijumladan Kosonsoy va Chust tumanlarida antropogen landshaft, aholining xo'jalik faoliyati,shaharlar taraqqiyoti, madaniyati, hunarmandchilik turlari,Farg'ona shaharlarining arxeologik tadqiqqilinishi, Kosonsoy-Mug'tepa, Nog'oratepa, Go'rmiron qishloqlaridagi yodgorliklari,, ularning o'rganilishiga oid malumotlar yoritilgan.
Kalit so'zlar: Farg'ona vodiysi,antropogen landshaft,xojalik faoliyat,shahar taraqqiyoti, madaniyat, hunarmandchilik, Kosonsoy tumani yodgorliklari.
Khaitova Sh.M. teacher
University of Business and Science Non-State Higher Education Institution Department of Social Sciences, Kosonsoy District, Namangan Region
Beknazarov B.E. researcher
ORFA National Archaeological Center
ANTHROPOGENIC LANDSCAPE AND URBAN DEVELOPMENT IN CITIES OF FERGANA VALLEY (EXAMPLE OF MONUMENTS OF
KOSONSOY DISTRICT)
Annotation. This article covers the anthropogenic landscape, economic activities of the population, urban development, culture, types of crafts in the cities of Fergana Valley, including Kosonsoy and Chust districts, archaeological research of Fergana cities, Kosonsoy Mugtepa, Nogoratepa, Gormiron monuments, and their study.
Key words: Key words: Fergana valley, anthropogenic landscape, economic activity, urban development, culture, handicrafts, monuments of Kosonsoy district.
Arxeologiyada, umuman, ilm-fanda odam naslining paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi antropogenez jarayoni deb nomlanadi. Antropogenez
atama sifatida ilk bor 1839-yilda R. Xuper tomonidan tuzilgan "Tibbiyot bo'yicha lug'at" asarida tiiga olinadi. (Abduqayumov.A,2023 B.25) Ushbu lug'atda antropogenez atamasi odam avlodlari kelib chiqishi jarayonini o'rganuvchi fan ekanligi qayd etilgan. Farg'ona vodiysi ham o'ziga xos qadim tarixga ega shahar bo'lib,dastlab uni Parkana,Davan,Yangi Marg'ilon(1907
yilgacha),Skobelev(1907-1924 yillarda) nomlari bilan atalgan.Kishilik jamiyatining daholaridan biri Arnold Toynbi vodiyga "Qadimgi Farg'ona -jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biridir" deb ta'rif berishi bejiz emas. Farg'ona vodiysi O'rta Osiyodagi yirik tarixiy-madaniy o'lkalardan biri hisoblanib, u O'rta Osiyoning shimoliy-sharqiy qismida, Sirdaryo va uning irmoqlari havzasida joylashgan. U shimolda Chotqol, Qurama, Oto'ynoq, sharqda Farg'ona, janubda Oloy, Turkiston tog' tizmalari bilan chegaralangan. Vodiyning g'arbiy chegaralari tarixiy-geografik jihatdan Xo'jabaqirgansoy havzasi bo'lib, undan keyingi hududlar Sug'diyona-Ustrushona tarixiy-madaniy o'lkasi hisoblangan (Anorboyev A.2017 B.15). To'g'ri, ba'zi manbalarda Xo'jand qadimgi Farg'ona xududiga kiritilgan va Xo'jabaqirgansoy havzasi vodiy hududi hisoblangan. Qadimgi Farg'ona Baqtriya, So'g'd, Xorazm kabi Turonzaminning yirik tarixiy-madaniy o'choqlaridan biri hisoblanib, umumbashariyat madaniyatiga qo'shgan munosib hissasi tufayli.
"Farg'ona sivilizatsiyasi" degan nom ostida jahon tarixiga kirgan. Adabiyotlarda "O'rta Osiyo javohiri" deb nom olgan Farg'ona vodiysi suv manbalariga boy, iqlimi mo'tadil, tuprog'i unumdor bo'lib, bu zaminda insonni yashab mehnat qilishi uchun juda qulay tabiiy shart-sharoitlar mavjud bo'lgan. U insoniyat tarixining ibtidosidayoq eng qadimgi odamzot ajdodlarining makonlaridan biri bo'lgan. Jumladan, Janubiy Farg'onadan topilgan tosh qurollari va odam suyaklariga qaraganda, bu o'lka Markaziy Osiyoda insoniyatning eng qadimgi vakillari paydo bo'lgan, shakllangan mintaqalar qatoriga kiradi. O'rta Osiyoning yirik dehqonchilik makonlaridan biri Farg'ona vodiysi o'z geografik joylashuviga ko'ra qadimdan Sharq bilan Janubi-g'arb mamlakatlarini bog'lovchi savdo-iqtisodiy va madaniy ko'prik vazifasini bajarib keldi. Farg'ona vodiysi bir tomondan dunyoga ko'plab yirik kashfiyotlar, yangiliklar bergan Xitoy, ikkinchi tomondan yuksak rivojlangan Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining yorqin namunasi bo'lgan Messopotamiya, hamda O'rta Osiyoning janubiy hududlarining madaniy-xo'jalik ta'siridan bahramand bo'ldi. Shu bilan birga asrlar osha tarixiy taraqqiyot davomida vodiy o'ziga xos o'ringa ega bo'lib, yuksak dehqonchilik madaniyati, rivojlangan hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlaridan biri bo'lib qoldi. Ammo ilk o'rta asrlar davri deb nomlangan va V-VIII yuz yilliklarni o'z ichiga olgan katta tarixiy davr ayrim sabablarga ko'ra tadqiqotchilar diqqat e'tiboridan chetda qoldi. Farg'ona vodiysi ilk o'rta asrlar davri madaniyati va tarixi Choch, Utrushona, So'g'd, Xorazm kabi boshqa tarixiy o'lkalarga nisbatan kam tadqiq etilgan.
Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra vodiyda eng qadimgi dehqonlar makonlari mil. avv. II ming yillikka taalluqli va ular Chust madaniyati yodgorliklari deb
yuritiladi. Aynan shu davrdan boshlab paydo bo'lgan ziroatchilik an'analari sug'orma dehqonchilikning eng oddiy usullari asosida keyingi ming yilliklarda ham davom ettirildi. Tabiiy ravishda mazkur arxeologiya yodgorliklari suv manbalari bo'yida yoki uning yaqinida joylashgan (Anorboyev A.2017 B.15). Farg'ona vodiysidagi ilk dehqonchilik manzillarining daryo va soylar yaqinidagi vohalarda joylashishi arxeologik jihatdan ham qayd etilgan.Suv manbalariga qarab yashash makonlarining joylashgani keyingi tarixiy davrlarda ham kuzatiladi. Bu haqda Sho'rabashot va Marhamat madaniyatlari yodgorliklari bo'yicha rus arxeologlari N.I.Veselovskiy, B.A.Latinin, A.N.Bernshtam, Yu.A.Zadneprovskiy, N.G.Gorbuno-va, B.Abdulgazieva asarlarida yaxshi ma'lumotlar berilgan. (Abduqayumov.A,2023 B.25)
Farg'ona vodiysi qadimiy shaharlaridan biri qadimgi Kosonsoy vodiyning eng qadimiy manzilgohlaridan biri bo'lib unda Mug'tepa va Mug'qal'a,Navjarteppa,Yumaloq shayx mozor, Go'rmiron kabi arxeologik yodgorliklari mavjud. Qadimiy Koson shahri 2000 yildan ko'proq tarixga ega bo'lib, u uzoq o'tmishda Farg'ona vodiysida o'ziga xos xususiyatga ega ko'hna shaharlardan biri bo'lgan. O'zR FA Arxeologiya instituti (hozirda Milliy arxeologiya markazi)ning Axsikent ekspeditsiyasi olib borgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki, Kosonsoy havzasidagi eng qulay yerlar shu davrda o'zlashtirilib, dehqonchilik qilingan. Kosonsoy havzasining o'rta va quyi oqimlarida miloddan avvalgi X-IX asrlardan boshlab, sun'iy sug'orib dehqonchilik qilish yo'lga qo'yilgan. Anchagina yerlar o'zlashtirilgan va keyinchalik, miloddan avvalgi III-II asrlarga kelib Kosonsoy havzasining yuqori qismida dehqonlar yashaydigan qarorgohlar paydo bo'lgan. XII asrda esa Koson Qoraxoniylar saltanatining poytaxt shaharlaridan biriga aylangan. Bu yerda Qoraxoniylar davlatining xazina-xonalaridan biri joylashgan bo'lib, tanga pullar zarb qilingan. Temur va temuriylar davrida hamda so'nggi o'rta asrlarda Koson, ya'ni Kosonsoy shahri shimoliy Farg'onaning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo'lgan. Miloddan avvalgi I asrda Kosonsoyning chap sohilida strategik jihatdan qulay tabiiy tepalikda, ya'ni hozirgi Mug'tepa (Mug'qal'a) arxeologiya yodgorligi o'rnida qadimgi Koson shahriga asos solingan. Mug'qal'a arxeologik yodgorligi 2 qismdan iborat va ular Ark va Shahriston.Har ikki qismi
kuzatuv minoralari bo'lgan mudofaa devori bilan o'ralgan. Mug'qal'a yodgorligi Farg'onaning "harbiy poytaxti" bo'lgan.
■ Mecmo pacnmo.ncemte pacKonoK
U qadimgi Farg'ona podsholarining yozgi qarorgohi sifatida tarix solnomalariga kirgan. Eramizning VI asridan arablar istilosigacha Koson shahri Turk xoqonligining ishonchli vakillari tomonidan idora etilgan. Ushbu davrga doir shahar arki va qal'aning salobatli mudofaa devorlarining qoldiqlari saqlanib qolgan. Shaharda kulolchilik, amaliy san'at va hunarmandchilik yuksak darajaga yetgan. (A.Anorboyev.2002.B.92) IX-X asrlarga kelib shahar o'zining avvalgi siyosiy mavqeini yo'qota boshlagan. So'ngra u hozirgi Kosonsoy shahrining o'rniga ko'chgan hamda Kosonsoy vohasining iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi. Bu haqda qadimiy Xitoy manbalarida, jumladan, sayyoh va olimlar Chjan Syan, Syuan Szan, arab tarixshunoslari Yaqubiy, Istahriy, Maqdisiy, Ibn Xurdodbek, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida, shuningdek, XVI asrda yashagan tarixchi olim Muhammad Ibn Vali Kosoniy, keyinchalik taniqli tarixshunos va sharqshunos olimlar N.Y.Bichurin, M.S.Andreyev, V.V.Bartold, A.N.Bershntam, N.A.Latinin, Y.A.Zadneprovskiy, A.Anorboyev asarlarida ma'lumotlar mavjud. Birinchi bo'lib Koson (Mug'tepa) vayronalarini 1895-yilda N.Sherbina-Kramarenko kelib ko'rdi. U o'z hisobotida boy arxeologik qimmatga ega bo'lgan materiallar olish mumkinligini qayd etgan.
U o'z hisobotida boy arxeologik qimmatga ega bo'lgan materiallar olish mumkinligini qayd etgan. Kosondagi ilmiy izlanishlarni 1946-yilda A.N.Bershntam davom ettirgan. Olimning fikricha, shaharda madaniy qatlamlar balandligi 10 metrni tashkil etadi. Mug'tepaning sakkizta joyida ilmiy tekshirish ishlari olib borildi. A.N.Bernshtam Koson eramizdan avvalgi davrdagi harbiy istehkom, madaniy markaz shahar poytaxti bo'lgan, degan xulosaga keldi. Mug'tepa va Mug'qal'a yodgorliklarini o'rganish 1951-1983-yillarda
Y.A.Zadneprovskiy tomonidan olib borildi. Olim o'z ilmiy izlanishlarida shahar madaniy qatlamlarining eramizdan avvalgi II-I asrlar davrini, ya'ni antik davrini o'rgandi. Qazish ishlari natijasida qadimgi shaharning minorasi qisman ochildi. Y.A.Zadneprovskiy Koson shahri eramizdan avvalgi Davan podsholigining poytaxti bo'lgan va u IV-VII asrlarda Farg'ona davlatining markazi hisoblangan, degan fikrni olg'a surdi. (Anorboyev.A2002.B.94)
Hozirgi kunda Kosonsoy shahrida Mug'qal'a arxeologik yodgorligidan tashqari IX-XVII asrlarda yaratilgan Shayx Sulton Jaloliddin Somoniyning G'o'zapoya mozor masjidi majmui, Jome' masjidi, Sadpiri Komil masjidi, Gungalak yer osti hammomi, Yusupxon Eshon maqbarasiNog'oratepa yodgorligi,Yumaloqshayx mozor va boshqa bir qator me'moriy obidalar mavjud.
Xulosa qilib aytganda, Koson-Kosonsoy shahri Farg'ona vodiysining shimoliy-sharqida joylashgan, xalq amaliy san'ati, me'morchiligi, hunarmandchiligiga ega bo'lgan madaniyat maskani va Buyuk ipak yo'lidagi qadimiy shahar sifatida o'zbek xalqi tarixida munosib o'rin egallagan. Tarixiy yozma manbalar va olib borilayotgan arxeologik ilmiy qazilmalar natijasi shuni ko'rsatadiki, Kosonsoy Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Axsikent, Termiz, Toshkent kabi ko'hna shaharlari qatorida O'zbekistonda davlatchilik asoslarining rivojlanishida hamda siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishida katta ahamiyat kasb etgan. Qadimiy Koson shahri eramizdan oldingi II asr o'rtalarida tog'oldi hamda vodiy dehqonlari o'rtasidagi aloqa markazi, Farg'ona vodiysida hukmronlik qilgan Davan podsholigi, buyuk Kushonlar saltanati, turk xoqonligi, Somoniylar, G'aznaviylar, Qoraxoniylar saltanatida poytaxt, harbiy-siyosiy markaz, ilm-fan, hunarmandchilik, savdo, tijorat ishlari taraqqiy etgan iqtisodiy shahar maqomiga ega bo'lgan. Xulosa qilib aytganda, milodiy eradan avvalgi II -I asrlarda Kosonsoy havzasining qadimgi dehqonchilik va shaharsozlik madaniyati asosida paydo bo'lgan Koson-Kosonsoy shahri 2100-2200 yillik
uzluksiz tarixga egadir. Demak, ushbu yodgorlik atrofida ham obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib, qayta ilmiy tadqiqot ishlarini o'tkazishda yosh arxeolog tadqiqotchilarni jalb etish, Respublika miqiyosidagi ichki va tashqi sayohlik yo'nalishlarini ochish hamda xizmatini yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1. Abduqayumov.A. Arxeologiya: tosh davri. -Toshkent.2023
2. Anorboyev.A. Farg'onning antik va o'rta asrlar davri shahar madaniyati.Dok.Disser. -Toshkent.2017.
3. Anorboyev A.Farg'onaning qadimgi shaharlari va ularning markaziy Osiyo tarixida tutgan o'rni. -Toshkent.2022.
4. Аскаров А. А. Узбек халкининг келиб чикиш тарихи. Тошкент, 2015.
5. Матбобоев.Б. Кадимги Фаргонанинг илк урта асрлар даври маданяти. Самарканд. 2009