INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_
FARG'ONA VODIYSI ARXEOLOGIYASI: O'RGANILISHI VA
RIVOJLANISHI
Yuldoshev Farrux Shermat o'g'li
Toshkent iqtisodiyot va pedogogika instituti Ijtiomiy fanlar fakulteti tarix o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11546095
Annotatsiya. Maqolada Farg'ona vodiysi hududida mustaqillikning ilk yillarida arxeologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinib, ularning ayrim jihatlarini yoritib berishga harakat qilingan. Olimlar tomonidan Farg'ona vodiysiga oid elon qilingan asarlar va manba'larning taxlili berilgan. Shuningdekasarlarningnazariy-metodologikjihatlari o'rganildi.
Kalit so'zlar va iboralar: Farg'ona vodiysi arxeologiyasi, arxeologiya yodgorliklari, Chordonatepa, Axsikent, Koson, mug'xona, qurum, Farg'ona ossuariylari, yer osti dahmalari.
Аннотация. В статье анализируются археологические исследования, проведенные в регионе Ферганской долины в первые годы независимости, старается прояснить некоторые их аспекты. Анализировали опубликованные работы ученых о Ферганской долине. Также в статье изучены теоретические и методологические аспекты работы. Ключевые слова и выражения: Археология Ферганской долины, археологические памятники, Чордонатепа, Ахсикент, Косон, мугхана, Курум, Ферганские оссуарии, подземные гробницы.
Abstract. The article analyzes and clarify some aspects of the archeological research conducted in the Fergana Valley region in the early years of independence. Also, there are critical opinions about the development of the field in the first years of independence, its coverage in scientific literature.
Key words and expressions: Archeology of the Fergana Valley, archaeological sites, Chordonatepa, Akhsikent, Koson, mughana, Kurum, Fergana ossuaries, underground tombs
Kirish
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda arxeologiya sohasini yanada rivojlantirish, soha amaliyotini jonlantirish, yer qaridagi qadimiy maskanlar, obidalarni dunyoga tanitish bilan bog'liq faoliyat bir qadar ko'tarildi. Bu borada Farg'ona vodiysi arxeologiyasi o'ziga xos o'ringa ega.
Farg'ona vodiysi tarixi mamlaktimiz tarixining ajralmas bir qismi sifatida muhim ahamiyat kasb etib, uning qadimiy davri tarixi to'liq o'rganilishi davom etayotgan hududlar sirasiga kiradi. Shu jihatdan hududning yozuvsiz davri tarixi faqatgina arxeologiya fani orqaligina ochiqlanishi mumkin.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Farg'ona vodiysining qadimgi manzilgohlarini arxeologik jihatdan o'rganilish ishlari aslida XIX asrning ikkinchi yarmida, aniqrog'i 1885-yilda Rossiya imperiyasining arxeologik komissiyasi topshirig'i bilan Farg'onaga qilgan safari chog'ida Axsikentda, Kosonda (Qadimgi Koson shahri - Mug'tepa va Mug'qal'a yodgorliklari) va Farg'ona vodiysi tog'oldi hududlaridagi mug'xonalarda qazishmalar olib borgan taniqli sharqshunos olim N.I.Veselovskiy faoliyati bilan bog'liq [19. 46-50]. Ma'lumotga e'tibor qaratsak hozirgi kunda vodiy hududida arxeologik tadqiqotlarning boshlanganiga deyarli 140 yil to'ldi. Shu davr mobaynida arxeologiya sohasida keng ko'lamli tadqiqotlar amalga oshirildi. Vodiy hududida tarixiy taraqqiyot davrining turli bosqichlariga oid arxeologik yodgorliklar aniqlandi, ularni o'rganilishida yirik ekspeditsiyalar faoliyat olib bordi [1; 2; 3; 6; 14; 15; 17; 18].
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_
Shunday bo'lishiga qaramay birinchidan, hudud arxeologiya yodgorliklarining har tomonlama o'rganilishi, ikkinchidan, Farg'ona vodiysi arxeologiyasining o'rganilishi tarixi masalalari hali to'liq o'z yechimini topganicha yo'q. O'ylaymizki biz tanlagan tadqiqot mavzusi vodiy arxeologik yodgorliklarini mustaqillik davrida o'rganilishi borasida debocha sifatida ma'lum ma'noda ayrim masalalarni oydinlashtirish imkonini beradi.
Misol tariqasida ochiqlab gapirganda mustaqillikning dastlabki yillarida vodiy arxeologik yodorliklarini o'rganish borasida sezilarli ishlar (bu yerda dala tadqiqotlari nazarda tutilgan) amalga oshmadi. Buni birgina O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining "Fan" nashriyoti tomonidan "O'zbekiston moddiy madaniyati tarixi" jurnalida chop etilgan Farg'ona vodiysiga bag'ishlangan maqolalarda ham kuzatish mumkin. Chunki, 1991-1992-yillarda chop etilgan ilmiy jurnalda nashr qilingan tadqiqotlar natijalari mustaqillikning dastlabki yillarida amalga oshirilmagan. Bu tadqiqtlar biroz avvalgi davrlarda, jumldan, Andijon viloyati Chordonatepa yodgorligidagi qazishmalar 1983-1984-yillarda [4. 132-137], O.A.Papaxristuning Axsikent qora metallurgiyasi bo'yicha tadqiqotlari 1980-1985-yillarda [24. 149-154], B.X.Matboboevning Chust bo'yicha izlanishlari 1982-1983-yillarda [23. 16-22], B.Abdulgazievaning Andijon viloyati Marxmat tumanidagi arxeologik yodgorliklarni ro'yxatdan o'tkazish ishlari esa 1981 -1982-yillarda [3. 122-133] amalga oshirilganligini kuzatish mumkin.
Bunday tadqiqotlardan yana biri S.R.Baratov tomonidan ham olib borilgan. Tadqiqotchi 1983-1989-yillardan Namangan viloyatining shimoliy va shimoli-g'arbiy qismida "mug'xona" va "qurum" deb nomlangan qabr-qo'rg'onlarni ochib o'rgangan [9; 10; 11]. Lekin uning tadqiqot natijalari mustaqillikning dastlabki yilida dissertatsiya sifatida himoya qilingan [8. 24], keyingi natijalar esa hatto 1996-yilda nashrdan chiqqan "O'zbekiston moddiy madaniyati tarixi" jurnalida chop etilgan [7. 35-40].
Natijalar va muhokama
Bundan ko'rinadiki, Farg'ona vodiysi arxeologik yodgorliklarida 1980-yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijalari faqatgina mustaqillikning dastlabki davrlarida nashr yuzini ko'rgan.
Bu ma'lumotlardan Farg'ona vodiysi hududida, jumladan uning O'zbekiston hududida mustaqillikning dastlabki davrida umuman arxeologik tadqiqotlar olib borilmagan, degan xulosa chiqarish noto'g'ri.
Shu o'rinda mustaqillikning ilk yillarida vodiyda davom ettirilgan arxeologik tadqiqotlarni ham alohida ta'kidlash joiz. Ulardan biri B.X.Matboboev va A.Anarbaev tomonidan Namangan viloyati Pop tumanidagi Munchoqtepa qabr-qo'rg'oni va oilaviy xilxonasida 1987-1993-yillarda olib borilgan izlanishlar hisoblanadi [1. 223-249; 20. 52-54; 22. 58-66]. Bu yerdagi tadqiqotlar har qalay boshqalariga nisbatan to'xtab qolmagan va dunyoga mashhur topilmalarni O'zbekiston tarixi faniga taqdim etgan.
Eng ahamiyatlisi tadqiqotlar davomida bu yerdan O'rta Osiyoda yagona hisoblangan yer osti dahmalari topilib, ularda mayitlar qamishdan to'qilgan tobutlarga qo'yilgan va ochib o'rganilish jarayonida ushbu tobutlarning aksariyat qismi bus-butun chiqqan.
Bundan tashqari 1993-yilda chop etilgan "O'zbekistonda ijtimoiy fanlar" jurnalida B.X.Matboboev tomonidan "Farg'ona ossuariylari" nomi ostida maqola chiqarilgan [21. 43 -47]. Unda Farg'ona vodiysi hududidan topilgan "ostadon"lar tahlil qilinib, islom d ini kirib kelguncha hududdagi aholining diniy qarashlari va e'tiqodi to'g'risida to'htalib o'tilgan. Muallif ushbu topilmalarni qachon topilgani to'g'risida alohida aytib o'tmagan bo'lsada, maqoladan ularning mustaqillikning ilk yillarida aniqlanganini sezish mumkin.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024
Mustaqillikning dastlabki yillarida nashrdan chiqqan, lekin asosiy arxeologik qazishmalar 1982-1984-yillarda olib borilgan tadqiqotlardan biri, bu Farg'ona vodiysining eng yirik yodgorligi Axsikentning XV ob'ektidagi A.Anarbaev va S.Ilyasovalar tomonidan amalga oshirilgan izlanishlar hisoblanadi [5]. Ushbu maqolada mualliflar yodgorlikning XV ob'ekti yuqori qatlamlarida 4 ta qurilish davrini ajratib ko'rsatgan holda uni X-XIII asrlar bilan davrlashgan. Davrlashtirish asosan stratigrafik usulda olingan moddiy madaniyatni ko'rsatuvchi sopol buyumlarning qatlamma-qatlam o'zgarib borishi va rivojlanishiga ko'ra amalga oshirilgan [5. 164 -174]. To'g'ri bu uslubda davrlashtirish bugungi kunda radiokarbon tahlili natijalari kabi o'zini oqlamasada, lekin o'z davri uchun yodgorliklar qatlamlarini eng to'g'ri davrlashtirish hisoblangan.
Shu o'rinda arxeologiya tadqiqoti bo'yicha ba'zi mulohazalarni keltirib o'tishni joiz deb bilamiz. Ma'lumki hozirgi vaqtda respublikamizda "arxeologiya" sohasi tushunchasi talaba yoshlar o'rtasida turli talqinda tushiniladi. Misol uchun, oliy talim muassasalarining tarix va arxeologiya yo'nalishida arxeologiya sohasi fan sifatida dars jarayonlarida o'qitiladi. Bu yerda faqatgina fanning predmeti, maqsadi, vazifalari, uning fan sifatida paydo bo'lishidan rivojlanishiga qadar bo'lgan jarayonlar, umuman dunyo hamda yurtimiz arxeologiyasi to'g'risida tushunchalar beriladi. Albatta bunda arxeologiyaning davriy ketma-ketligi bo'yicha umumiy ma'lumotlar ham o'rin olgan. Uning ikkinchi bosqichi amaliyot sohasi bo'lib, unda talaba yoshlar belgilangan dala tadqiqoti mavsumida ma'lum bir arxeologiya yodgorligida amaliy ko'nikmalardan o'tishini nazarda tutadi. Ma'lum ma'noda bu jarayonni ham ikki bosqichga ajratish mumkin. Birinchisi, bu dala amaliyoti, qidiruv, qazuv, tekshiruv bo'lsa, ikkinchisi, topilmalarni xona, laboratoriya sharoitda tozalash, qayta ishlash, chizish yoki rasmga olish kabilar hisoblanadi. Afsuski ba'zi oliy ta'lim muassasalarida aynan shu amaliyot "o'talmaydi". Bugungi kunda sohalarni rivjlantirish, ayniqsa amaliy ko'nikmalarni olmasdan, dala sharoitida tadqiqotlarni olib borishni tushunmasdan to'laqonli mutaxassis bo'lish imkoni yo'q. Fan tarmoqlari ichida aniq va tabiiy fanlar qatorida ijtimoiy-gumanitar sohalardan biri hisoblangan arxeologiyaning ham "amaliyot" qismi bo'lmasligi fan rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Bundan tashqari, arxeologiya soha sifatida Fanlar akademiyasi tarkibidagi ilmiy tadqiqot institutida rivojlanib keldi. To'g'ri, mustaqillikning dastlabki yillarida sohani rivojlantirish, yodgorliklarda keng ko'lamli tadqiqotlarni amalga oshirish, tadqiqot natijalarini rivojlangan mamlakatlardagi soha bo'yicha qo'lga kiritilgan natijalar kabi nashrdan chiqarish ishlari bir oz oqsadi. Lekin yangi davlat uchun bu tabiy hol bo'lgan deyish masalaga ijobiy yondashuvni keltirib chiqaradi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida soha mutaxassislari fan rivojiga salmoqli hissa qo'shishga intilishdi. Butun O'rta Osiyoning ajralmas o'tmishi hisoblangan vodiy osori -atiqalari, yodgorliklari bo'yicha arxeologik tadqiqotlarni amalga oshirishga harakat qilindi. Misol tariqasida yurtimizda keng ko'lamda qadimgi shaharlar yubiley yoshlarini nishonlash arafasida ularda arxeologik tadqiqotlar amalga oshirildi. Shunday shaharlardan biri qadimgi Marg'ilon bo'lib, mutaxassislar tomonidan uning qadimgi manzilgohlari saqlangan Qizlartepa yodgorligida keng ko'lamli izlanishlar olib borildi va Marg'ilon shahrining 2000 yillik yubiley yoshi nishonlandi [6]. Bu boradigi tadqiqotlar 1994-1999 yillarda Mag'ilon otryadi tomonidan amalga oshirilgan bo'lib [6. 160], mustaqillikning dastlabki yillarida Farg'ona vodiysida amalga oshirilgan keng ko'lamli tadqiqotlardan biri hisoblanadi.
Geografik jihatdan vodiyning janubiy qismi hisoblangan Farg'ona viloyati hududida ham arxeologiya yodgorliklari o'rganilishi imkon qadar davom ettirildi. Viloyat hududida ikkita otryad tadqiqot olib borib, birnchisi Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzey
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_
hamkorligida Farg'ona viloyati o'lkashunoslik muzeyi faoliyat olib borgan bo'lsa [2. 365; 14. 1634], ikkinchi otryad O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Quva otryadi faoliyati hisoblanadi [25. 88].
Dastlabki yillarda olib borilgan tadqiqot natijalari arxeologiya sohasidagi eng yaxshi xulosalarni chiqarish imkonini bergan bo'lsada, hududning to'laqonli tarixini tiklash uchun yetarli bo'lmagan. Keng ko'lamli tadqiqotlar natijalari yirik kitoblar tarzida nashrdan chiqarilmadi. Ular kichik hajmdagi maqola va tezislardan nariga o'ta olmadi. Misol tariqasida Farg'ona viloyat o'lkashunoslik muzeyining 100 yilligiga bag'ishlab chiqarilgan to'plamda viloyatda deyarli 1950 -yillardan to umrining oxirigacha arxeologik tadqiqot olib borgan olima N.G.Gorbunovaning va ushbu olimaning shogirdi G.P.Ivanovning vodiy arxeologiyasi muammolarini umumlashtirgan yirik maqolalari o'rin olgan [13. 138-150; 16. 115-137]. Lekin bu ko'p yillik arxeologik qidiruv va qazuv tadqiqotlarining kichik hajmdagi ko'rinishi xalos. Afsuski olima va uning sh ogirdi tomonidan ohirgi tadqiqotlar natijalariga bag'ishlangan yirik bir ish yozilmadi. To'g'ri bu yerda N.G.Gorbunovaning 1986-yil Oksfordda nashr qilingan kitobini inobatga olish kerak albatta [2. 365]. Shunday bo'lsada, bu tadqiqotdan keyingi izlanishlar yirik hajmdagi kitob sifatida o'z aksini topmadi.
Xulosa
Farg'ona vodiysi hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning ba'zilari to'g'risida to'xtalib o'tar ekanmiz, uning mustaqillik davri ilk yillaridagi holati yuzasidan ayrim qirralarni ochib berishga harakat qildik. Bir maqolada bu mavzuni to'laqonli tarzda tahlil qilish imkoni yo'q. Shu jihatdan bu boradagi izlanishlarni davom ettirgan holda keyingi tadqiqotlarda ilmiy asoslangan yangi xuloslar chiqarishga harakat qilamiz. Kichikroq ko'lamdagi tadqiqotimiz mustaqillikning dastlabki yillarida Farg'ona vodiysi hududidagi arxeologik tadqiqotlarni amalga oshirishda iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga kelganini ko'rsatmoqda. Lekin soha mutaxassislari va fan rivojini qo'llab-quvvatlovchilar arxeologiya tadqiqotlari rivojlanishiga harakat qilishgan.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati:
1. Anarbaev, Matbabaev B. An Early Medieval Urban Necropolis in Fergana // Silk Road Art and archaeology. The institute of Silk Road Studies. Kamakura. 1993-1994. III. p. 223-249.
2. Матбабаев Б.Х., Батиров А.Р. Костяные изделия Чустского поселения // ИМКУ. Вып. 26. - Ташкент. Фан, 1992. - С. 16-22.
3. Абдулгазиева Б. Археологические памятники Мархаматского района Андижанской области // ИМКУ. Вып. 26. - Ташкент. Фан, 1992. - С. 122-133.
4. Абдулгазиева Б. Исследование поселения Чордона // ИМКУ. Вып. 25. - Ташкент. Фан, 1991. - С. 132-137.
5. Анарбаев А., Ильясова С.Р. Раскопки ремесленного квартала на городище Эски-Ахси // ИМКУ. Вып. 27. - Самарканд. РЕГИСТАН, 1996. - С. 164-174.
6. Анарбаев А., Максудов Ф.А. Древний Маргилан (Из истории земледельческой и городской культуры Ферганы). - Ташкент: Фан, 2007. - 161 с.\
7. Ширинов Т.Ш., Матбобоев Б.Х., Иванов Г.П. Ах,мад ал-Фаргоний даврида ^убо шадри. - Тошкент. Фан, 1998. - 88 б.