Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSI ARXEOLOGIK TADQIQOTLARIDA ALEKSANDR NATANOVICH BERNSHTAM ILMIY FAOLIYATI'

FARG‘ONA VODIYSI ARXEOLOGIK TADQIQOTLARIDA ALEKSANDR NATANOVICH BERNSHTAM ILMIY FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
125
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
A.N.Bernshtam / arxeologiya / O‘rta Osiyo arxeologiyasi / arxeologik ekspeditsiya / Farg‘ona arxeologiyasi / Pomir-Oloy arxeologik ekspedisiyasi. / A.N. Bernshtam / archeology / Central Asian archeology / archaeological expedition / Ferghana archeology / Pamir-Aloy archaeological expedition.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Turdixo‘jayeva, Mahliyo

Maqolada etnograf, arxeolog, sharqshunos olim A.N.Bernshtamning arxeologik faoliyati va Farg‘ona vodiysi arxeologiyasiga qo‘shgan munosib hissasi ilmiy tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada farg‘onashunos olimning vodiyga amalga oshirgan arxeologik ekspeditsiyalari hamda ularning natijalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC ACTIVITY OF ALEXANDR NATANOVICH BERNSHTAM IN THE ARCHAEOLOGICAL RESEARCH OF THE FERGANA VALLEY

The article analyzes the archaeological activity of the ethnographer, archaeologist, orientalist A. N. Bernshtam and his significant contribution to the archeology of the Ferghana Valley. The article also describes the archaeological expeditions of the farganologist to the valley and their results.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSI ARXEOLOGIK TADQIQOTLARIDA ALEKSANDR NATANOVICH BERNSHTAM ILMIY FAOLIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

FARG'ONA VODIYSI ARXEOLOGIK TADQIQOTLARIDA ALEKSANDR NATANOVICH BERNSHTAM ILMIY FAOLIYATI

Mahliyo Turdixo'jayeva

TDSHU doktoranti

ANNOTATSIYA

Maqolada etnograf, arxeolog, sharqshunos olim A.N.Bernshtamning arxeologik faoliyati va Farg'ona vodiysi arxeologiyasiga qo 'shgan munosib hissasi ilmiy tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada farg'onashunos olimning vodiyga amalga oshirgan arxeologik ekspeditsiyalari hamda ularning natijalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: A.N.Bernshtam, arxeologiya, O'rta Osiyo arxeologiyasi, arxeologik ekspeditsiya, Farg'ona arxeologiyasi, Pomir-Oloy arxeologik ekspedisiyasi.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется археологическая деятельность этнографа, археолога, востоковеда А. Н. Бернштама и его значительный вклад в археологию Ферганской долины. Также в статье описаны археологические экспедиции ученого-фарганолога в долину и их результаты.

Ключевые слова: А. Н. Бернштам, археология, среднеазиатская археология, археологическая экспедиция, ферганская археология, Памир-Алойская археологическая экспедиция.

ABSTRACT

The article analyzes the archaeological activity of the ethnographer, archaeologist, orientalist A. N. Bernshtam and his significant contribution to the archeology of the Ferghana Valley. The article also describes the archaeological expeditions of the farganologist to the valley and their results.

Keywords: A.N. Bernshtam, archeology, Central Asian archeology, archaeological expedition, Ferghana archeology, Pamir-Aloy archaeological expedition.

KIRISH

"Raqiblarimga qarshi kurashda, men yomon ko'rganlarga qarshi kurashda men hamma joyda sudralib yuraman va agar dushman arxeologiyaga yashiringan bo'lsa, men arxeologiyani o'rganaman va uni arxeologiya bilan mag'lub qilaman"

(A.N.Bernshtam)

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

O'rta Osiyo tarixi va arceologiyasining taniqli tadqiqotchisi A.N.Bernshtam

qisqa vaqt ichida katta miqdordagi ilmiy materiallar qoldira olgan farg'onashunosdir. O'rta Osiyoning xususan, Farg'ona vodiysining qadimgi va o'rta asrlar tarixi va arxeologiyasining tarixiy-madaniy holatlarini rivojlantirish uchun poydevor yaratdi2. U tarixchi-sharqshunos sifatida S.E.Malov va A.N.Samoyilovichning eng ko'zga ko'ringan vakillari bo'lgan rivojlangan sharq maktabining ajoyib ilmiy an'analarini tadqiq etgan3. Olimning O'rta Osiyo tarixi va arxeologiyasi, ayniqsa ko'chmanchi xalqlar tarixi bo'yicha asarlari katta ahamiyatga ega4. Bernshtam ishining eng muhim qismi arxeologik tadqiqotlar va ekspeditsiyalar bilan ajralib turadi5. Uning ilmiy merosi olimning ilmiy qiziqishlari doirasi juda keng ekanligidan dalolat beradi. A.N. Bernshtamning har yillik arxeologik tadqiqotlar to'plami uning XX asr o'rtalarida O'rta Osiyo tarixi va madaniyatini o'rganishda ancha ilgarilab borganligini isbotlay olgan. O'rta Osiyoda chorak asr davomida faoliyat yuritgan arxeolog, ma'lum ma'noda ekspeditsiyalarga rahbarlik qilishi man etilgan qadimgi Qirg'izistonning kashfiyotchisi deya Berntashmga Masson baho bergan6. Darhaqiqat, u etnogenez, O'rta Osiyo va Qozog'iston turkiy xalqlarining qadimgi tarixi va madaniyati, shu jumladan etnologiya, tilshunoslik, arxitektura, folklor, numizmatika va epigrafiya va albatta arxeologiya sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan juda qiziqdi. Ularni har tomonlama tarixiy tekshirish uchun ko'p harakat qilgan. Arxeologik ishlari butun O'rta Osiyo mintaqasini qamrab oldi. Olim Semirechye, Janubiy Qozog'iston, Kenkol vodiysi, Tyan-Shan, Pomir-Oloy va albatta Farg'ona hamda boshqa tog'li va pasttekisliklarda ishlar olib bordi. Xronologik nuqtai nazardan, tadqiqotchi qadimgi va o'rta asrlar tarixining deyarli barcha davrlarini o'rgana olgan7.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Alohida hududlarni o'rganish (Farg'ona vodiysi va boshqalar) unga bir vaqtning o'zida butun O'rta Osiyo tarixidagi muhim muammolarni yechishga yordam berdi.

Aleksandr Natanovich Bernshtam 1910 yil 1 oktabr oyida Kerchda tavallud topgan etnograf, arxeolog va sharqshunos olimdir. Natanovich O'rta Osiyodagi eng yirik sovet tarixchilari va arxeologlaridan biri sifatida yorqin iste'dodga, ish qobiliyatiga va maqsadga muvofiqlikka ega bo'lib, tarixiy sharqshunoslikning o'nlab sohalarida katta o'rin egallagan. Aleksandr Natanovich o'zining ilmiy faoliyatini talabalik yillarida turkiy xalqlarning etnologi sifatida boshlagan va aspirantura yillarida (1931 - 1934) kuchli tilshunoslik bo'yicha tahsil olgan.

2 Cвиридов. А.Н. Эволюция взглядов А.Н. Бернштама на проблемы культурогенеза в Южном Казахстане и Средней Ази (конец I тыс. до н.э. - начало I тыс. н.э.)//Хроника, библиография, историография известия нанрк серия общественных паук. М-2010. № 1.-C.250

3 https://silkadv.com/en/content/aleksandr-bernshtam

4 Заднепровский Ю. А. Александр Натанович Бернштам // КСИИМК. 1960. Вып. 80. -С. 58.

5 Yrd. Dog. Dr. Cengiz Buyar .Türk tarihi aragtirmacisi olarakan. Berngtam ve eserleri// Manas sosyal ara§tirmalar dergisi 2016. -S.190.

6 Смирнов Н.Ю. Возвращёная рукопись (из публицистического наследия А.Н. Бернштама). // Археологические вести . Вып. 17. СПб: 2011. -С. 353-365.

7 Александр Натанович Бернштам.//Краткие собшения. о докладах и полевых исследованиях института истории материальной културы. 80.M-1960.-C 5

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Arxeologik manbalarga asoslanib, u bir nechta hududlarning qisqacha tarixini aytib bera olgan hamda yangi arxeologik madaniyatlarni joriy qildi. Asosiy ilmiy muammolarni o'rganishga, shuningdek individual arxeologik materiallarni umumlashtirishga hamda o'ziga ma'lum bo'lgan turli manbalarni, shu jumladan ekspeditsiyalarda, arxivlarda yoki nashr etilgan nashrlarda olgan arxeologik, etnografik, geografik va boshqa manbalarni jalb qilgan holda har tomonlama kirishdi. Bunday tadqiqot usuli, hatto kichik maqolalarda ham o'rganilgan tarixiy voqea to'g'risida yaxlit tasavvur berishga imkon berdi. Bugungi kunda ham ilmiy dunyo Bernshtam asarlarini katta hurmat bilan baholaydi8.

A.N. Bernshtamning Markaziy Tyan-Shan va Farg'ona-Oloyning tarixiy-arxeologik ocherklari asari 1941 va 1944-1948 yillardagi dala tadqiqotlari, asl topilmalar asosida yozilgan. O'sha yillardagi ekspeditsiyalar yangi arxeologik hududlarni - Arpa, Oqsoy, Oq-Tala va Pomir va Oloyning borish qiyin bo'lgan hududlarini tadqiq etgan9. Topilgan yodgorliklarning xronologik doirasi aniqlanib, A. N. Bernshtam Tyan-Shan va Farg'ona-Oloyning qadimgi aholisining tarixiy va madaniy o'tmishi masalalarini yoritib beradi, ularning etnik tasnifini qat'iy xronologik tartibda yoritadi. Shu bilan birga, topilgan material yozma manbalar ma'lumotlar bilan birgalikda ko'rib chiqiladi. "Qirg'iz SSR tarixi" ning birinchi jildida A.N.Bernshtamning qirg'izlar etnogenezi haqidagi nuqtai nazari to'g'ri bayon etilmaganligini ham ko'rish mumkin 10 . 1947-1948-yillarda A.N.Bernshtam boshchiligidagi Pomir-Oloy ekspeditsiyasi Pomir va Namangan viloyatida razvedka ishlarini olib bordi. Yu.A.Zadneprovskiy va S.S.Sorokin ishtirokidagi ushbu ekspeditsiya Tojikistondagi bir qancha qabrlarni o'rgandi, arxeologik yodgorliklarni ochdi11

1946-1948-yillarda professor A.N.Bernshtam rahbarligida Pomir-Oloy arxeologik ekspedisiyasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan qazuv ishlari asosida Axsikentning tarixiy arxeologik obyekt ekanligi xususida qiziqarli ma'lumotlar qo'lga kiritilgan. A. N. Bernshtam tadqiqot natijalariga asoslanib shaharda ilk hayot Kushon saltanati davrida boshlangan, biroq, Axsikentning gullab-yashnashi Turk xoqonligi davriga to'g'ri kelgan va keyingi davrlarda (IX-X asrlar) Farg'onaning yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan degan fikrni bildirgan edi va Axsikent yodgorligining loyihasini chizgan, ayrim joylarda qazilma ishlarini

8 Турдихужаева М.М. Aleksandr Natanovich Bernshtamning Farg'ona arxeologiyasi rivojiga qo'shgan hissasi// UzAcademia 25 iyul 2020 B. 33-36

9 https://time.kg/istoricheskie-lichnosti-kyrgyzstana/3193-bernshtam-aleksandr-natanovich.html

10 Кожобеков М.Ч.. Scientific heritage of A.N. Berstam in the academy of sciences foundations of the kyrgyz repuЫic//Журнал «Инновации в науке» № 7 (68), Часть 1, 2017 . -C.19-23

11 Бернштам А.Н., Историко-археологические очерки Центрального Тянь-Шаня и Памиро-Алая // МИА. №26.1952; Турдихужаева М.М. Фаргона водийсида амалга оширилган археологик экспедициялар тарихидан // Фаргона водийси тарихининг долзарб муаммолари . Н-2020. -Б.60-63.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

o'tkazgan12. Keyinchalik 1950-52-yillari faoliyat ko'rsatgan Qirg'iziston, Farg'ona, Pomir va Janubiy Qozog'istondagi sakkizta ekspeditsiyalarida ishtirok etgan A.N.Bemshtam rahbarligida tuzilgan Pomir-Farg'ona kompleks ekspeditsiyasi sobiq SSSR FA tomonidan tashkil etilib, o'z oldiga O'rta Osiyo arxeologiyasi va etnografiyasini o'rganishni asosiy vazifa qilib olgan. Ekspeditsiya a'zolari qadimdan yashab o'tgan o'troq dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullangan aholi madaniyati, tarixiga doir muhim kashfiyotlar qildilar. Bu ekspeditsiya davriy jihatdan ham, hududiy tomondan ham keng qamrovli ish olib bordi, jumladan, Tyanshan, Pomir, Oloy, Farg'ona kabi yirik geografik nuqtalarda ilk bor arxeologik tadqiqotlar o'tkazdi. Ayniqsa, qadimgi Farg'ona tarixida ma'lum bo'lmagan jez va ilk temir davri arxeologik yodgorliklarining ochilishi ushbu ekspeditsiyaning muhim natijasi deyishimiz mumkin. Bularga Chust shahri yaqinidagi Buonamozor, Andijon viloyati, Jalolquduq tumanidagi Dalvarzin, Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Eylaton, Marhamat shahri yaqinidagi Mingtepa kabi arxeologik yodgorliklar kiradi13. Bu yodgorliklar O'rta Osiyo tarixida muhim ahamiyatga ega albatta14. Dovon qirolligi davridagi Farg'onaning iqtisodiyoti, madaniyati va siyosiy tarixining rivojlanishidagi bir qator muammoli masalalarda A.N.Bernshtam tadqiqotlari alohida o'ringa ega15. A.N.Bernshtam ilk marta vodiy ilk o'rta asrlar madaniyati tarixini ta'riflab berdi16. Pomir-Oloy(1946-1948) 17 va Pomir-Farg'ona(1950-1952) 18 arxeologik ekspeditsiyalari tekshiruvlari natijasida Kosondagi Mug'qal'a, Axsikent va Pop yaqinidagi bir guruh yodgorliklari (Ayritom, Munchoqtepa, Balantepa) o'rganildi19. Va ularning natijalari tahlil qilindi. Biz A.N.Bernshtamni Farg'ona vodiysining ilk o'rta asrlar davri madaniyatini kelib chiqishini birinchi marta o'rtaga tashlagan tadqiqotchi deb aytishimiz mumkin. Arxeolog tomonidan Farg'ona vodiysida Farg'ona arxeologik ekspeditsiyasi, Qo'qon-So'x, Xaqulobod, Uchqo'rg'on, Namangan, Uch daryo vodiysidagi Qo'rg'on dashtlarida arxeologik va qazish

12 Холдоров З. Ахсикент - Фаргона водийси сивилизасиясининг маркази//"Узбек давлатчилиги тарихида Ахсикент ша^рининг урни" Н-2018.-Б .33

13 Бернштам . А.Н . Историко-археологические очерки Центрального Тянь-Шаня и Памиро-Алая. М-1952.

14 Турдихужаева М.М. Фаргона водийсида амалга оширилган археологик экспедициялар тарихидан // Фаргона водийси тарихининг долзарб муаммолари . Н-2020. -Б.60-63.

15 Бернштам А.Н. Древняя Фергана. - Ташкент, 1951. Длужневская Г. В археологические исследования В центральной Aзии и &бири в 1859-1959 годах (по документам научного архива института истории материальной культуры ран) Санкт-Петербург 2011 . -C. 142.

16 Матбобоев. Б. Кддимги Фаргонанинг илк урта асрлар даври маданияти. Самарканд- 2009.-Б. 14

17 Yrd. Dog. Dr. Cengiz buyar türk tarihi aragtirmacisi olarak A.N. Berngtam ve eserleri// Manas sosyal ara§tirmalar dergisi 2016. -S.198.

18 Воропаева В.А.Основоположник научной археологии Кыргызстана ( о Бернштаме А.Н.) https://time.kg/istoricheskie-lichnosti-kyrgyzstana/3193-bernshtam-aleksandr-natanovich.htmI

19 Горбунова Н.Г. Керамика поселений Ферганы первых веков нашей эры //ТГЭ.Том 20. - Л., 1979. -C. 114-145.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

joylarini aniqlash bo'yicha 9 ta tadqiqot o'tkazildi20. Bundan tashqari olimning Древняя Фергана nomli asari21 Farg'ona vodiysi tarixida muhim ahamiyatga ega. Asar 7 bobdan iborat bo'lib, unda qadimgi Farg'ona madaniyatning kelib chiqishi, Dovon tarixi, Kushon qal'alari, turklar va arablar davrida Farg'ona kabi masalalar yoritilgan. Bundan tashqari A.N. Bernshtam Saymalitosh qoyatosh sur'atlarini ham mahorat bilan o'rgangan, Qirg'izistonning O'sh viloyati g'arbiy mintaqalarida qidiruv ishlarini olib borgan. Farg'ona va Namangan viloyati , shuningdek, Marhamatning qadimgi shaharchasi, Gurmiron qabristonlari, Oqbayit qabristoni va Oloy vodiysi tog'larida qazish ishlarini amalga oshirgan. Bernshtam ishtirok etgan ekspeditsiyaning hisobot hujjatlari O'zbekiston SSR va Qirg'iziston SSR Tarix institutining mablag'lari bilan to'ldirilgan22.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, A. N. Bernshtam hayoti davomida 180 ga yaqin maqola va kitoblar chop qildi. va u turli jurnal va gazetalarda 70 ga yaqin eslatmalar va yangiliklar maqolalarini nashr etdi. Aytish lozimki, uning ba'zi asarlari tugallangan bo'lsa, ba'zilari tugallanmagan, chop etilmagan. Bernshtam o'z davrida nashr etilgan asarlarni diqqat bilan kuzatib borgan va tarix sohasidagi ko'plab asarlarni tanqid qila olgan. Uning Farg'ona vodiysi arxeologiyasidagi e'lon qilgan tadqiqotlari va tekshiruv natijalari bugungi kunda o'z ahamiyatini hali yo'qotmadi. Uning ilmiy tadqiqotlari Farg'ona vodiysi arxeologiyasidagi o'z yechimini kutayotgan muammolarni o'rganishda muhim manba bo'lib hizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Александр Натанович Бернштам. Краткие собшения. о докладах и полевых исследованиях института истории материальной културы. 80.Москва-1960.

2. Бернштам . А.Н . Историко-археологические очерки Центрального Тянь-Шаня и Памиро-Алая. Москва-1952.

3. Бернштам А.Н., Древняя Фергана. Ташкент-1951.

4. Длужневская Г. В археологические исследования В центральной Aзии и ^бири в 1859-1959 годах (по документам научного архива института истории материальной культуры ран) Санкт-Петербург-2011.

20 Длужневская Г. В археологические исследования В центральной Aзии и ^бири в 1859-1959 годах (по документам научного архива института истории материальной культуры ран) Санкт-Петербург 2011 . -С130-

21 Бернштам А.Н., Древняя Фергана. - Ташкент, 1951. 45 а

22 Длужневская Г.В. Археологические исследования в Центральной Aзии и &бири в 1859-1959 годах (по документам научного архива института истории материальной культуры ран) Санкт-Петербург 2011 .С 42; Турдихужаева М.М. Farg'ona vodiysi arxeologik ekspeditsiyalar tarixshunosligi//Scientific progress.№5 ^2021 -B.262-267

XULOSA

131.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

5. Заднепровский Ю. А. Александр Натанович Бернштам // КСИИМК. Москва-1960. Вып. 80.

6. Cвиридов. А.Н. Эволюция взглядов А.Н. Бернштама на проблемы культурогенеза в Южном Казахстане и Средней Ази. Хроника, библиография, историография известия нанрк серия общественных паук. Москва-2010. № 1.

7. Yrd. Dog. Dr. Cengiz Buyar .Türk tarihi aragtirmacisi olarak a.n. Berngtam ve eserleri// Manas sosyal ara§tirmalar dergisi. Kиргизтан- 2016.

8. Холдоров. З Ахсикент-Фаргона водийси сивилизасиясининг маркази//Узбек давлатчилиги тарихида Ахсикент шахрининг урни мавзусидаги халкаро илмий-амалий анжуман материаллари (2018 йил 10 ноябрь, Наманган, Узбекистон) Наманган-2018.

9. Матбобоев Б^., Кадимги Фаргонанинг илк урта асрлар даври маданияти (V-VIII асрлар археологик манбаларининг тарихий тахлили асосида): 1ф.д., дисс.- Cамарканд, 2009.

10. Турдихужаева М.М. Фаргона водийсида амалга оширилган археологик экспедициялар тарихидан // Фаргона водийси тарихининг долзарб муаммолари . Н-2020. -Б.60-63.

11. Турдихужаева М.М. Aleksandr Natanovich Bernshtamning Farg'ona arxeologiyasi rivojiga qo'shgan hissasi// UzAcademia 25 iyul 2020 B. 33-36

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.