ARXEOLOGIK TADQIQOTLARDA QADIMGI FARG'ONA-EYLATON SHAHAR XAROBASI
Xakimov Abdumuxtor Abduxalimovich
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti "O'zbek tili va ijtimoiy fanlar" kafedrasi mudiri t.f.f.d
(PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.12621826
Farg'ona vodiysi xududlarida shaharlarning paydo bo'lishi, shakllanishi jarayonining asosiy omillari va rivojlanish bosqichlari yetarli darajada o'rganilmagan. Bu jarayonning asosiy sabablari shundaki, sovet davri qadimshunoslik asarlarining ko'pchiligida (asosan "markaz"lik olimlar va o'zimizdagi ayrim tadqiqotchilar ishlarida) Farg'ona vodiysi O'rta Osiyo sivilizatsiyalari chegaralari joylashgan chekka o'lka sifatida (periferiya) yoritilgan bo'lib, Farg'ona shaharlarining tarixi uzoq o'tmishga borib taqalishi asosan inkor etilgan. Xaqiqat nuqtai nazaridan aytish kerakki, "markaz"dan bo'lgan boshqa bir olim Yu.A. Zadneprovskiy (Leningradlik, hozirgi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri) vodiyda urbanizatsiya jarayonlarini so'nggi bronza-ilk temir davridan (miloddan avvalgi I ming yillik boshlari) boshlangani xaqidagi g'oyani o'tgan asrning 70-yillarida olg'a surdi va mazkur fikrni doim himoya qildi [E.X.MaT6o6oeB, 3.3.Mampa6oB: 280].
Qadimgi Farg'onaning eng yirik urbanizatsiya bosqichi vodiyning Eylaton madaniyati yodgorliklarida namoyon bo'ladi. Bu madaniyat miloddan avvalgi VII-VI-III asrlarga oid bo'lib Andijonning shimoli-g'arbidan 20 kilometrdan uzoqroqda joylashgan. Mazkur madaniyatning yaqingacha yagona bo'lib kelgan Eylaton (maxalliy nomlanishi Shahri Xaybar) yodgorligi me'moriy qoldiqlari arxeologik nuqtai nazardan B.A.Latinin [B.A.^aTHHHH: 109-170], Yu.A.Zadneprovskiy [ro.A.3agHenpoBCKHH: 29-45], T.G.Oboldueva [T.r.06o.gyeBa: 38-47], N.G.Gorbunova [H.r.rop6yHOBa: 99-107], hamda B.X.Matboboev [E.X.MaT6a6aeB: 77-78] lar tamonidan tadqiq etilgan.
Hozirgu kunda ushbu shahar madaniyatining katta qismi buzilib ketgan. Faqat ichki shahar mudofaa devorlarining ozgina qismi va ichki shahardagi bir nechta tepaliklar saqlanib qolgan. XX asrning 30-yillarida esa B.A.Latinin boshchiligidagi Sankt-Peterburgdagi Moddiy madaniyat akademiyasi ekspeditsiyasi a'zolari tomonidan olib borilgan izlanishlarda ikki qator mudofaa devorlari borligi aniqlangan. Ichki shahar 500x400 metr o'lchamdagi parallelogram shakliga ega. Tadqiqot olib borilgan vaqtda ichki devorlardan 500 metr narida tashqi devorlar aniqlangan. O'shanda tuzilgan yodgorlik rejasi va ta'rifga ko'ra yodgorlikning shimoliy tamonidagi tashqi devorlar 2200 metrgacha uzunlikda ekanligi, sharqiy qism devor uzunligi 900 metrni tashkil etib, u hozirgacha saqlanib qolgan Kultepaga qadar davom etgan. Yodgorlikning maydoni tashqi devor o'ragan qismi 200 gektar, ichki devor himoyalagan qismi 20 gektarni tashkil etadi. Keyingi tadqiqotlar natijasida tuproq uyumlari ostida balandligi 4 metrgacha saqlanib qolgan devor qoldiqlari topilgan. Ushbu devorlar bo'ylab bir-biridan 50-60 metr masofada kuzatuv minoralari joylashgan. 1952 yilda Yu.A.Zadneprovskiy boshchiligidagi Pomir-Oloy ekspeditsiyasining guruhi Eylatonning ichki shahar qismida arxeologik qazishmalar olib borgan [ro.A.3agHenpoBCKHH: 29-45]. Hozirda shahar ichining janubiy qismi botqoqqa aylangan, chekkalari esa paxta maydonlariga aylantirilgan. Aynan shu yerdan qalin madaniy qatlamlar aniqlangan. Mazkur joy yodgorlikning yashash uchun o'zlashtirilgan eng qadimiy qismi bo'lganligi ehtimoldan xoli emas. Chunki eng qadimgi topilmalar asosan ichki shahar qismidan qazib olingan. Garchi Eylatonda ark aniqlanmagan bo'lsa-da, fikrimizcha mazkur masalaga uzil-
kesil nuqta qo'yishga erta, negaki, Eylatonning o'tgan asrda tushirilgan xaritasida ark vazifasini bajarishi mumkin bo'lgan eng baland nuqta qayd etilgan. Afsuski, bu tepalik XX asrning 30-40 yillarida vayron qilingan. Olib borilgan dastlabki qazishmalarda turarjoy sifatidagi imoratlar qoldig'i qayd etilmagan. Faqat 1952 yilda o'tkazilgan qayta izlanishlarda uncha katta bo'lmagan xonalardan iborat uylarning xarobalari aniqlangan. Mazkur imoratlarning devorlari 80-90sm qalinlikdagi paxsadan ko'tarilgan bo'lib, 50 smgacha balandlikda saqlanib qolgan. Eylaton yodgorligi materiallarini Chust madaniyati materiallari bilan solishtirish orqali Yu.A.Zadneprovskiy arxeologiya fanida alohida Eylaton madaniyatini asoslab berdi va uni miloddan avvalgi VII-IV asrlar bilan sanalaydi [ro.A.3agHenpoBCKHH: 167].
Keyinchalik 1960 -1963 yillarda Eylatondagi qazishmalarni davom ettirgan T.G.Oboldueva mudofaa devori, minora hamda ichki shaharning darvozabonlar xonasi bilan birga darvozaxonani va to'g'ri burchak shaklidagi kichkina xonani kovlab tadqiq qiladi [T.r.Oôo^gyeBa: 38-47]. Rejada to'g'ri to'rtburchak shaklidagi minora yirik hom g'ishtdan tiklangan bo'lib, paxsa-loy asosiga qurilgan. Devor va minoraning saqlanib qolgan qismi balandligi 3,5 metrga teng. Butun perimetr bo'ylab qad rostlagan minoraning darvoza tomonidagi qa'riga (mehrob singari) darvozabonlar uchun mo'ljallangan mo'jazgina xona qurilgan [T.r.Oôo^gyeBa: 192].
XX asr 80-yillarining oxiri va mustaqillik yillarida Eylaton shahar madaniyati, xususan, Farg'ona vodiysi davlatchiligi va antik davr shaharsozligi masalalari bo'yicha asosan FA Arxeologiya institutining professori, tarix fanlari doktori, B.X.Matboboev boshchiligidagi ekspeditsiyasi tadqiqot ishlarini olib bordi [E.X.MaTÔaGaeB: 77-78]. Tadqiqot natijalariga ko'ra, Eylaton ikki qator mudofaa devorlari ya'ni ichki va tashqi mudofaa devorlari bilan o'ralganligini qayd etadi. Devorlar yagona loyiha asosida xom g'isht va guvaladan ko'tarilgan. Devorlarning qalinligi 4 metrga teng bo'lib, saqlanib qolgan qismining balandligi 2,5 metr keladi. Devorlar yer sathi ustiga qurilganidan kelib chiqib, ular mazkur manzilgohning dastlabki o'zlashtirish davridayoq barpo etilganini taxmin qilsa bo'ladi. Minoralar deyarli kvadrat ko'rinishga ega bo'lib, devor chizig'idan bo'rtib chiqqan. Bu esa shahar devoriga yaqinlashib kelayotgan dushman hamlasini yaxshi ko'rishga va uni barcha yo'nalishlar bo'yicha bartaraf etish imkonini berardi. Ayrim joylarda mudofaa devorlariga qo'shdevorlar bunyod etilgan bo'lib, bu bilan butun istehkom tizimidan foydalanish muddati uzaytirilib mustahkamligi ham orttirilgan. Eylatonning mudofaa qo'rg'onlari pishiq-puxta bunyod qilingani va bu istehkom o'z davri me'morchiligining ilg'or namunasi ekanligini ishonch bilan ta'kidlash mumkin. Qolaversa, Eylaton yon-atrofda istiqomat qilgan barcha aholi uchun dushmandan jon saqlaydigan ishonchli mudofaa maskani bo'lgan. Ichki va tashqi devor o'rtasidagi kamida 180 gektarlik maydon shu maqsadlarda xizmat qilgan. Shularni nazarda tutib, Eylaton devorlarini barpo etishda butun aholi ishtirok etgan va qurilish ishlari yillar davomida to'xtovsiz olib borilgan. Mudofaa devorlari eramizdan avvalgi III asrga qadar, shahardagi hayot noma'lum sabablarga ko'ra to'xtab qolgan davrgacha saqlanib qolgan. Taxminan 2200 yil avval Eylaton noma'lum sabablarga ko'ra tashlandiq, o'lik shaharga aylangan. Shu davrlarda Eylatondan uzoq bo'lmagan yerda To'rtko'l shahar-qa'lasi bunyod etilgan.
Uning maydoni 9 gektar bo'lib, rejaga asosan dumaloq shaklga ega. Yodgorlikning shimoli-g'arbiy burchagida qadimiy ark saqlanib qolgan. Mo'jazgina qa'la-shaharni baquvvat mudofaa devorlari va kuzatuv minoralari himoya qilib turgan. Eng qiziq jihati shuki, mazkur minoralar Eylaton yodgorliklaridan farqli ravishda bir vaqtning o'zida ham kuzatuv, ham turarjoy maskani vazifasini o'tagan. Aftidan minoralar ikki qavatli qilib qurilgan. Yuqori qavati
yon-atrofni kuzatish imkonini bergan bo'lsa, pastki qavatda uylarda bo'lgani kabi oziq-ovqat mahsulotlari saqlangan. Bu kabi uslubda barpo etilgan inshootlarni tarixda uchratish mumkin. To'rtko'ltepaning mudofaa qo'rg'oni bo'ylab old tomondan qo'shimcha ravishda handaqlar qazilganki, bu dushmanning devorga yaqinlashishini yanada qiyinlashtirgan. Qa'la-shahar yon atrofdagi aholiga xavf-xatar tug'ilgan paytlarda jon saqlashi uchun ishonchli istehkomga aylanib, Eylaton o'rnini egallagan. Aftidan, mazkur Eylaton bosqichi Farg'onaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. Aynan Eylaton bosqichining shunday ilg'or uslublari tufayli antik davrdan boshlab shaharsozlik madaniyati yangi yuqoriroq darajaga ko'tarilgan, shaharlar soni ortgan [Б.Х.Матбобоев, З.З.Машрабов: 22].
Eylaton shahar xarobasining tarixi shakllanish bosqichi yuzasidan tadqiqotchilar doirasida xali-hanuz tortishuvlar mavjud bo'lsa-da, uning ulkan maydoni va qudratli mudofaa istehkomlari miloddan avvalgi I ming yillik o'rtalarida Farg'ona vodiysidagi yirik va eng qadimiy shaharlardan biri mavjud bo'lganligidan dalolat beradi.
Xullas, Farg'ona vodiysining so'nggi bronza va ilk temir davri yodgorliklarini o'rganilishiga doir shu kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar vodiydagi ilk shaharsozlik madaniyati va ular asosida shakllana boshlagan ilk davlatchilik masalalarini ilmiy tadqiq etish uchun yetarli imkoniyatlar beradi. Bundan tashqari shu yillar davomida Andijonning eski shahar qismida eng qadimgi davr qatlamlari aniqlandi va o'rta asrlar Arkichi g'arbiy tarafida 15-20 gektarlik maydonda 2600-2400 yillarga oid Andijon shahrini eng qadimgi o'zagi qurilish qoldiqlari 100-150 sm qalinlikda qayd etildi [А.А.Хакимов: 74-78]. Natijada, ayrim olingan bir shaharda urbanizatsiya jarayonlarini paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari xususiyatlari taxlil etildi [Б.Х.Матбабаев, З.З.Машрабов: 98-101]. Arxeologik ishlar Andijon shahri o'zining 2500 yillik tarixi davomida joxon sivilizatsiyasi rivojiga munosib hissa qo'shgan shaharlaridan biri bo'lganligidan darak beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Хакимов A.A. Илк шахарсозлик маданиятига оид археологик тадкикотлар тарихидан (Кадимги Эйлатон мисолида) // Сохибкирон юлдузи-2020-№4.(42).
2. Горбунова Н.Г. Некоторые особенности формирования древних культур Ферганы // АСГЭ-1984-Вып. 25.-С. 99-107.
3. Заднепровский Ю.А. Городище Эйлатан (к вопросу о датировке памятника) // СА 1960-№3.-С. 29-45.
4. Заднепровский Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы // МИА-1962-№118. С. 167.
5. Латынин Б.А. Некоторые итоги работ Ферганской экспедиции 1934 г. // АСГЭ-1961-Вып. 3.-С. 109-170.
6. Матбабаев Б.Х. К открытию древнего поселения Эйлатанской культуры на территории Андижана // Цивилизaция Центральной Азии: земледельцы и скотоводы. Традиции и современность. ТД международной конференции.-Самарканд. 2002.-С. 77-78.
7. Матбабаев Б.Х., Машрабов З.З. Древний и средневековый Андижан-Ташкент, 2011.-С. 98-101.
8. Матбобоев Б.Х., Машрабов З.З. Андижон тарихи.-Т.: Шар;, 2014.-280 б.
9. Оболдуева Т.Г. О датировке стен Эйлатана // СА-№4-С. 192.
10. Оболдуева Т.Г. Раскопки 1960 года на городище Эйлатан // КСИА-1962-Вып 91.-С. 38-47.