Научная статья на тему 'O‘QYOYSIMON PANJALAR VA AYLANMA ISHCHI ORGANLARNI ISHLASH JARAYONIDA MASSASINI O`ZGARISHINI QIYOSIY TAHLILI'

O‘QYOYSIMON PANJALAR VA AYLANMA ISHCHI ORGANLARNI ISHLASH JARAYONIDA MASSASINI O`ZGARISHINI QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tuproq / resurs / massa / abraziv yeyilish / ishchi organlarning ishonchliligi / ishchi organ / eksperimental panja. / Soil / resource / mass / abrasive wear / reliability of working bodies / working body / experimental pawl.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Kuvandikov Yo.T.

Tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning abraziv sharoitda ishlaganida ularning ishchi organlari yeyilishining o‘ziga xos xususiyati, yeyilish miqdorining kattaligi bo‘lib, ular yeyilish ishchi organlarning geometrik formasi bilan birga massalarini ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF CHANGES IN THE MASS DURING THE WORKING PROCESS OF STUDY PAWS AND ROTARY WORKING ORGANS

The peculiarity of the wear of the working parts of soil-cultivating machines when working in abrasive conditions is the size of the amount of wear, which causes the geometrical shape of the working parts to change as well as their mass.

Текст научной работы на тему «O‘QYOYSIMON PANJALAR VA AYLANMA ISHCHI ORGANLARNI ISHLASH JARAYONIDA MASSASINI O`ZGARISHINI QIYOSIY TAHLILI»

УДК 631.316.022

Kuvandikov Yo.T.

Jizzax politexnika instituti O'zbekiston Respublikasi, Jizzax shahar

O'QYOYSIMON PANJALAR VA AYLANMA ISHCHI ORGANLARNI ISHLASH JARAYONIDA MASSASINI OZGARISHINI QIYOSIY

TAHLILI

Annotasiya. Tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning abraziv sharoitda ishlaganida ularning ishchi organlari yeyilishining o 'ziga xos xususiyati, yeyilish miqdorining kattaligi bo'lib, ular yeyilish ishchi organlarning geometrik formasi bilan birga massalarini ham o 'zgarishiga sabab bo 'ladi.

Kalit so'zlar. Tuproq, resurs, massa, abraziv yeyilish, ishchi organlarning ishonchliligi, ishchi organ, eksperimental panja.

Kuvandikov Yo.T.

Jizzakh Polytechnic Institute Republic of Uzbekistan, Jizzakh city

COMPARATIVE ANALYSIS OF CHANGES IN THE MASS DURING

THE WORKING PROCESS OF STUDY PAWS AND ROTARY

WORKING ORGANS

Abstract. The peculiarity of the wear of the working parts ofsoil-cultivating machines when working in abrasive conditions is the size of the amount of wear, which causes the geometrical shape of the working parts to change as well as their mass.

Keywords. Soil, resource, mass, abrasive wear, reliability of working bodies, working body, experimental pawl.

Bugungi kunda qishloq xo'jaligini texnik ta'minotini rivojlantirish xalq xo'jaligining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Bunda qishloq xo'jalik faoliyatini olib borish obyekti tuproq hisoblanadi va unga ishlov beradigan mashinalarga, jumladan kultivatorlarga, seyalkalarga va pluglarga alohida e'tibor qaratiladi.

Tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning abraziv sharoitda ishlaganida ularning ishchi organlari yeyilishining o'ziga xos xususiyati, yeyilish miqdorining kattaligi bo'lib, ular yeyilish ishchi organlarning geometrik formasi bilan birga massalarini ham o'zgarishiga sabab bo'ladi.

Paxta qator oralariga ishlov berishga mo'ljallangan KXU-4M kultivatorining o'qyoysimon panjalarining xizmat muddatiga qo'yilgan talablarga asosan yangi o'qyoysimon panja kamida 30 ga maydonga ishlov berishi OST Uz

23.002-98 da 30 gektargacha ishlov berishi ko'rsatib o'tilgan. Amalda foydalanilayotgan o'qyoysimon panjalarning massalarining o'zgarishi to'rt marta o'lchandi, yangi panja va ustunning birgalikdagi o'rtacha og'irligi 3142, 5 gram 1) 12 ga 3052 gramm; 2) 15(27) ga 2767, 5 gramm; 3) 10, 5(37, 5) ga 2702, 5 gramm; 4) 10(47, 5) ga 2618, 5 gramm ekanligi aniqlandi. Ammo bugungi kunda kultivator o'qyoysimon panjalarining resursi kamligi va yaroqsizlikga chiqarilayotgan panjalarning massasi yangi o'qyoysimon panja massasining 83, 32 % ini tashkil etmoqda.

Bundan ko'rinib turibdiki amalda foydalanilayotgan o'qyoysimon panjalar o'tacha 524 garamm massasini yoqotib qolgani yaroqsizlik (metallalom)ga chiqib ketmoqda. Ozbekiston respublikasining metallurgiya sanotida metal quyish yahshi rivojlanmaganligi va xorijdan keltiriladigan qimmatbaho metalni xalq xo'jaligiga keltiradigan zararini xisoblaymiz.

Resplikamizda bir yilda yaroqsizlikga chiqirilgan o'qyoysimon panjalarning umumiy og'irligi

M = (m — myey) • n

bu yerda: m-yangi o'qyoysimon panjalar og'irligi; myey=524 gr. yaroqsizlikga chiqirilgan o'qyoysimon panjaning yeyilish natijasida yo'qotgan og'irligi; «-resplikamizda bir yilda yaroqsizlikga chiqarilgan o'qyoysimon panjalarning soni.

S2 ^yey) • $met.narxi

Bitta o'qyoysimon panjani metallalomga topshirishda xalq xo'jaligi ko'radigan zararini xisoblaymiz.

Sbitta.zarar ^ya ^2 ^ya ^yey) • $met.narxi

Resplikamizda bir yilda yaroqsizlikga chiqarilgan o'qyoysimon panjalar xisobiga ko'radigan zarar.

^umum.zarar ^ • ^bitta.zarar

Bu ishlatilayotgan ishchi organlarni tayyorlash texnologiyasi jahonning ilg'or ilmiy-texnik yutuqlari asosidagi texnologiyalardan ancha ortda qolganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ishchi organlarning ishonchliligi va xizmat muddatini sezilarli darajada orttirish talab etiladi.

Shu maqsadda Jizzax politexnika instituti «Umumtexnika fanlari» kafedrasidaeksperimental ishchi organ ishlab chiqildi. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi intellektual mulk agentligi tamonidan № FAP 01985 raqam bilan «Kultivator uchun aylanma ishchi organ» nomli foydali model patentlashtirildi. Jizzax viloyati Zafarobd tumani "Yorqin Said Xojakbar" fermer xo'jaligida hozirgi kunda amalda foydalanilayotgan o'qyoysimon panjalar va eksperimental ishchi organlarning (abraziv) eyilish dinamikasini qiyosiy tadqiq etishga doir dala tajribalari o'tkazildi.

Tajriba davomida eksperimental ishchi organlarning massasining o'zgarishi yetti marta o'lchandi, ya'ni ishchi organlarning massalarining o'zgarishlari yangisining o'rtacha og'irligi 1, 265 kg; 1) 12 ga 1, 18 kg; 2) 15(27) ga 1, 105 kg; 3) 10, 5(37, 5) ga 0, 99 kg; 4) 10(47, 5) ga 0, 98 kg; 5) 8(55, 5) ga

0, 975 kg; 6) 15(70, 5) ga 0, 97 kg; 7) 16(86, 5) ga 0, 965 kg ni tashkil etdi. Eksperimental panja 86, 5 ga maydonga ishlov berganda ham qisman resursi qoladi, shu holatdagi massasi yangi eksperimental panja massasining 76, 3 % ini tashkil etmoqda. Eksperimental va amalda foydalanilayotgan panjalar og'irliklari o'zgarishlari grafiklari 5.1-rasmda keltirilgan.

2

0 10 20 30 40 50 60 70 80 F{ga) 100

5.1-rasm. Amaldagi (1) va eksperimental (2) panjalar og'irliklari o'zgarish

grafigi.

Demak eksperimental panja yaroqsizlikga chiqarilayonganda, amalda foydalanilayotgan o'qyoysimon panja yaroqsizlikga chiqarilayotgandagi massalarini farqi 7 % ni tashkil etmoqda.

Uchinchi o'lchasdayoq amalda ihlatilyotgan o'qyoysimon panjalarning resursi deyarli tugadi va yaroqsizlikga chiqariladigan xolatga keldi, y'ani numshuq qismi 27, 8 mm eyilib 2, 2 mm resursi qoldi. Xujjatlarda amalda foydalanilayotgan o'qyoysimon panjalarning tumshuq qismi 30 mm eyililganda yaroqsizlikga chiqarilishi ko'rsatilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Нуриев К.К. рекомендации по выбраковке рабочих органов плугов и культиваторов:-Ташкент: Издательство "Фан" АН РУз. 2008 год.

2. Г. Н. Синеоков., Теория и расчёт почвообрабатывающих машин / М.: Машиностроение, 1977. - 328 с.

3. Тухтакузиев А. Имомкулов ^Б. Тупрокни кам энергия сарфлаб деформациялаш ва парчалашнинг илмий-техник асослари. - Тошкент: KOMRON PRESS, 2013. - 120 б.

4. Нуриев К. К., Кувандиков Ё. Т., Кабилов Б. У. У. ИССЛЕДОВАНИЕ ИЗМЕНЕНИЯ ОСНОВНЫХ ПАРАМЕТРОВ ЛЕЗВИЯ СЕРИЙНОЙ СТРЕЛЬЧАТОЙ ЛАПЫ КУЛЬТИВАТОРА ПРИ АБРАЗИВНОМ ИЗНОСЕ //Universum: технические науки. - 2023. - №. 11-2 (116). - С. 50-53.

5. Кувандиков Ё. Т. ОБОСНОВАНИЕ ДЛИНЫ НОСКА И ВЫСОТЫ СКАЛЫ ПОВОРОТНОГО РАБОЧЕГО ОРГАНА КУЛЬТИВАТОРА //Universum: технические науки. - 2024. - Т. 2. - №. 1 (118). - С. 15-18.

6. Кобилов Б. У. У. ИССЛЕДОВАНИЯ ВЫЧИСЛЕНИЯ

СОПРОТИВЛЕНИЯ СКОЛЬЖЕНИЯ ПЛИТОЧНЫХ ПОКРЫТИЙ, АРМИРОВАННЫХ СТЕКЛОВОЛОКНОМ //Universum: технические науки. - 2022. - №. 6-2 (99). - С. 19-21.

7. Tursunbayevich K. Y. TUPROQNING UNUMDOR QATLAMINI SAQLASH MASALALARI //INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS. -2024. - Т. 2. - №. 24. - С. 298-300.

8. Nuriev K., Kuvandikov Y. RESULTS OF THE STUDY OF THE BENDING DYNAMICS OF EXPERIMENTAL ARROW-SHAPED CLAWS //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. D11. - С. 370-375.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.