Научная статья на тему 'Texnologik mashina va ishchi organlarining ishonchlilik korsatkichlari va uni oshirish yo‘llari tadbiqi'

Texnologik mashina va ishchi organlarining ishonchlilik korsatkichlari va uni oshirish yo‘llari tadbiqi Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
593
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologik mashina / ishonchlilik / ishonchlilikni oshirish / ishonchlilikni baholash / buzilmasdan ishlashlik / umrboqiylik / umrboqiylik koeffitsiyenti / yeyilish / xizmat muddati / chidamlilik / ekspluatatsiya davri / texnologik mashina / ishonchlilik / ishonchlilikni oshirish / ishonchlilikni baholash / buzilmasdan ishlashlik / umrboqiylik / umrboqiylik koeffitsiyenti / yeyilish / xizmat muddati / chidamlilik / ekspluatatsiya davri

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Qirg‘izov Husniddin Turg‘unboyevich, Xo‘janazarov Sherbek Faxriddin O‘g‘li

Hozirgi kunda mamlakat iqtisodiyoti va rivojini ishlab chiqarish korxonalari, yirik zavodlar va firmalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mazkur korxonlarni turli ishlab chiqarish jihozlari bilan ta’minlash, yirik mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarilgan texnologik mashina va mexanizmlarni ishonchliligini oshirish dolzarb masala bo‘lib kelmoqda. Ushbu maqolada texnologik mashina va ishchi organlarini ishonchlilik yo‘llarini tadbiq qilish, ishonchlilikni oshirish bo‘yicha yechimlar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Применение показателей надежности технологических машин и рабочих органов и пути повышения

Сегодня экономику и развитие страны невозможно представить без производственных предприятий, крупных заводов и фирм. Обеспечение этих предприятий различным производственным оборудованием, повышение надежности технологических машин и механизмов, выпускаемых на крупных машиностроительных предприятиях, стало актуальным вопросом. В данной статье приведены решения по реализации методов повышения надежности технологических машин и рабочих органов, а также по повышению надежности.

Текст научной работы на тему «Texnologik mashina va ishchi organlarining ishonchlilik korsatkichlari va uni oshirish yo‘llari tadbiqi»

UDK 631.3.004

TEXNOLOGIK MASHINA VA ISHCHI ORGANLARINING ISHONCHLILIK KO'SATKICHLARI VA UNI OSHIRISH YO'LLARI TADBIQI

Qirg'izov Husniddin Turg'unboyevich NamMQI, t.f.n.dotsent. [email protected]. +998 94 150 28 67

Xo'janazarov Sherbek Faxriddin o'g'li NamMQI, magistrant, [email protected]. +998 93 306 64 87

Annotatsiya. Hozirgi kunda mamlakat iqtisodiyoti va rivojini ishlab chiqarish korxonalari, yirik zavodlar va firmalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Mazkur korxonlarni turli ishlab chiqarish jihozlari bilan ta'minlash, yirik mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarilgan texnologik mashina va mexanizmlarni ishonchliligini oshirish dolzarb masala bo'lib kelmoqda. Ushbu maqolada texnologik mashina va ishchi organlarini ishonchlilik yo'llarini tadbiq qilish, ishonchlilikni oshirish bo'yicha yechimlar berib o'tilgan.

Аннотация. Сегодня экономику и развитие страны невозможно представить без производственных предприятий, крупных заводов и фирм. Обеспечение этих предприятий различным производственным оборудованием, повышение надежности технологических машин и механизмов, выпускаемых на крупных машиностроительных предприятиях, стало актуальным вопросом. В данной статье приведены решения по реализации методов повышения надежности технологических машин и рабочих органов, а также по повышению надежности.

Annotation. Today, the economy and development of the country cannot be imagined without production enterprises, large factories and firms. Providing these enterprises with various production equipment, increasing the reliability of technological machines and mechanisms produced in large machine-building enterprises has become an urgent issue. This article provides solutions for the implementation of reliability methods of technological machines and working bodies, and for increasing reliability.

Kalit so'zlar: texnologik mashina, ishonchlilik, ishonchlilikni oshirish, ishonchlilikni baholash, buzilmasdan ishlashlik, umrboqiylik, umrboqiylik koeffitsiyenti, yeyilish, xizmat muddati, chidamlilik, ekspluatatsiya davri.

Ключевые слова: технологическая машина, надежность, повышение надежности, оценка надежности, эксплуатация без повреждений, срок службы, коэффициент ресурса, износ, срок службы, долговечность, срок службы.

Key words: technological machine, reliability, reliability improvement, reliability assessment, operation without damage, lifetime, coefficient of lifetime, wear, service life, durability, service life.

O'zbekiston Respublikasining bugungi kunini yirik mashinasozlik korxonalari, turli mexanizm va jihozlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda chet el investitsiyasining kirib kelishi sababli ko'plab mashinasozlik korxonalari jahon andozalari talablariga javob bera oladigan darajada qayta tiklanmoqda, yiriklashmoqda va yangidan qurilmoqda [1, 2].

Ma'lumki, mashinasozlik sohasining tobora rivojlanib borishi zamonaviy texnologik mashina va jihozlarga bo'lgan talab va ehtiyojni kuchaytiradi [3].

O'zbekiston iqtisodiyotida tub o'zgarishlarning amalga oshirilishi, Respublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yo'nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo'liga izchil

o'tayotganligi, mamlakat eksport salohiyati kengayayotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni qo'ydi. Jumladan, mashinasozlik sanoatini rivojlantirish xalqimizni yuqori sifatli mashinalar va jihozlar bilan ta'minlash mashinasozlik sanoati xodimlari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Albatta. bu vazifalarni bajarish uchun turli-tuman mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning sifatini yaxshilash, yangi yuksak samarali texnikaga ega bo'lgan korxonalarni yaratish kerak bo'ladi. Hozirgi vaqtda Vatanimiz mashinasozlik korxonalari fan-texnikaning so'ngi yutuqlari asosida ishlab chiqarilgan jihozlar bilan to'ldirilmoqda [4,5,6].

Hozirgi kunda texnologik mashina va jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash quyidagi yo'nalishlar bo'yicha takomillashib va rivojlanib bormoqda:

- mashina va jihozlarning sifatini, ishonchliligi va xizmat muddatini oshirish;

- mashina va jihozlarni qulay mehnat sharoiti va texnik estetika talablari asosida loyihalash;

- mashina va jihozlardan samarali foydalanish;

- mashinalar va jihozlarga texnik xizmat ko'rsatishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va qo'llash;

- texnologik mashina va jihozlardan to'g'ri va oqilona foydalanish.

Bulardan tashqari, yangi rusumdagi texnologik mashina va jihozlarning yaratilishi bo'yicha olib borilayotgan ilmiv-amaliy izlanish va kuzatuvlardan xabardor bo'lish lozim [7,8].

Mashinasozlikda texnologik mashina va jihozlarini loyihalashda mashina va jihozlardan to'g'ri va oqilona foydalanish, mashina va mexanizmlarning samarali ishlashini ta'minlash darajasida loyihalashni talab etadi. To'g'ri loyihalangan, ishlatilish jarayonida o'z vaqtida texnik xizmat ko'rsatilgan har qanday texnologik mashina va jihozlar uzoq muddat buzilmasdan ishlaydi. Bu esa uning ishonchlilik ko'rsatkichi yuqori ekanligini bildiradi [9].

Ishonchlilik bu mashinaning ish qobiliyatini ma'lum muddat ichida yoki ma'lum bajargan ish hajmida saqlab turish xususiyati.

Ishonchlilik nazariy va amaliy ishonchlilikka bo'linadi. Nazariy ishonchlilik jihozni konstruksiyalash (loyihalash) jarayonida ta'minlanadi. Amaliy ishonchlilik jihozni yasashda ta'minlanadi va uni to'g'ri saqlash va ishlatishda muayyan darajada saqlab turiladi. Ishonchlilik miqdoriy ko'rsatkichlarini aniqlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qonunlariga asoslangan ishonchlilik nazariyasi qo'llaniladi. Bu nazariyaning asosiy vazifasi mashinaning buzilish va nosozliklarini oldindan ro'y berish ehtimolini aniqlash va ular ro'y berishining oldini olishdir. Texnologik mashinaning ishonchliligini oshirishning asosiy yo'li bu uning konstruksiyasini soddalashtirishdir, ya'ni mashinani tashkil qilgan ishchi organlar (detallar) konstruksiyasi qancha sodda bo'lsa, ularning ishdan chiqish ehtimoli shuncha kichik bo'ladi va aksincha [10,11,12,13].

Buzilish orasidagi ish hajmi jihozni ta'mirlashning rejali ogohlantirish sistemasidagi ta'mirlash davriyligi strukturasi va ta'mirlash orasidagi davrni aniqlashning ilmiy asoslanishi uchun muhim ko'rsatkich hisoblanadi.

Buzilmasdan ishlashlik bu mashinaning ma'lum bajargan ish hajmida yoki ma'lum muddat ichida ish qobiliyatini saqlab turish xususiyatidir [14].

Texnologik mashinaning umrboqiyligi bu mashinaning o'z ish qobiliyatini chegara holatiga yetguncha texnik ko'rik va ta'mirlash uchun tanaffuzni hisobga olgan holda saqlash xususiyati. Umrboqiylikning miqdor ko'rsatkichlari bo'lib, jihozning chegara holati, xizmat muddati va resursi, umrboqiylik koeffitsiyenti xizmat qiladi [15].

Umrboqiylik koeffitsiyenti (UK) bu mashinaning texnik ishlatish koeffitsiyenti bo'lib, u nazorat qilinayotgan mashinaning ma'lum bir davr ichida mahsulot ishlab chiqargan vaqt

(MIChV) ning shu davrga to'g'ri keladigan ishlatish vaqti (IV) ning ta'mirlashga va texnik xizmatga ketgan vaqt bilan (TV) yig'indisiga nisbatidir.

UK=MIChV IV + TV

Bu koeffitsiyent miqdori qancha 1 ga yaqin bo'lsa, shuncha texnologik mashina umrboqiy bo'ladi [16,17].

Texnologik mashina va ishchi organlarini ishonchliligi uning buzilmasliligi, chidamliligi, ekspulatatsiya davrining uzoqligi, issiqbardoshliligi, yeyilishga chidamliligi, zvenolarining tartibli harakati bilan baholanadi. Boshqacha qilib aytganda, ishonlilik-sifatning vaqt bo'yicha yoyilmasidir.

Texnologik jihoz ishlayotgan paytida uning detal-juftliklari bir-biriga nisbatan qo'zg'almas turadi yoki aylanma (yoki ilgarilanma-qaytarma) harakatda bo'ladi. Harakatlanayotgan detallar yuzasi orasidagi ishqalanish natijasida vaqt o'tishi bilan detallar yuzasidan metall zarrachalar tushib, yuzalar plastik deformatsiyaga uchraydi va detal o'lchami asta-sekin o'zgarib (kamayib) boradi. Bu jarayon natijasi detallarning yeyilishi deyiladi. Yeyilish tezligi va hajmiga quyidagi sabab va omillar ta'sir qiladi:

1. Detall yasalgan material sifati;

2. Ishqalanish va qo'ndirish yuzalarining mexanik ishlov berish sifati;

3. Moylash rejimi va sifati;

4. Detall harakat tezligi va detallarga tushadigan solishtirma bosim kattaligi;

5. Detall ishlaydigan muhit sharoiti, harorati;

Detal yasalgan material sifati. Ishqalanayotgan detal yuzalarining turli xil materiallardan yasalgani, materiallarning qattiqlik va ishqalanishga turg'unlik xususiyati detallar yeyilish darajasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bir juftlik bo'lib ishlayotgan ikkita detallning birini (tayyorlanishi bo'yicha murakkab va mas'uliyatli detalni) qattiqroq, yeyilishga turg'un materialdan, ikkinchisini esa - nisbatan yumshoqroq, kichik ishqalanish koeffitsiyentiga ega bo'lgan materialdan yasalishi tavsiya etiladi. Masalan, val-vtulka juftligida val qattiq po'lat materialdan, vtulka bo'lsa yumshoqroq po'lat, cho'yan va boshqa yumshomroq mariallardan tayyorlanadi.

Ishqalanish va qo'ndirish yuzalarining mexanik ishlov berish sifati. Detallarni mexanik ishlov berish sifatsiz o'tkazilgan bo'lsa, detal yuzasidagi mikro notekisliklar yeyilish jadalligini belgilaydi.

Moylash rejimi va sifati. Detallarning ishlashini uzaytirish uchun moylash materialini to'g'ri tanlab, ishqalanish yuzasiga to'g'ri aniq yetkazish lozim. Shuningdek, moylash rejimining normal holatini tanlash kerak. Mashinalarning ekspluatatsion ishonchliligi ko'p jihatdan ularning to'g'ri moylanishiga, moylash materiallarini tanlashga va moylash moslamalarining dizayniga bog'liq.

Detal harakat tezligi va detallarga tushadigan solishtirma bosim kattaligi. Yuqori aylanish chastotasi bilan ishlayotgan mashina detallari kam aylanish chastotasi bilan ishlayotgan detallarga nisbatan, boshqa teng sharoitlarda, tezroq yeyiladi. Solishtirma bosim qancha ko'p bo'lsa, ishqalanayotgan yuzalar shuncha tez yeyiladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: solishtirma bosim oshishi bilan moy detallar orasidan siqib chiqariladi, quruq ishqalanish kuchayadi.

Detal ishlaydigan muhit sharoiti, harorati va boshqalar. Changli sharoitlarda ishlayotgan jihozlarda chang zarrachalari detallar orasiga kirib, moylash materialining sifatini tushiradi, detallar orasida abraziv zarrachalar paydo qiladi, shuning uchun bunday detallar tez yeyiladi. Yeyilish tezligi yana atrof-muhitning harorati, namligi va xizmat ko'rsatayotgan ishchi-

chilangarlarning malakasiga bog'liq [18].

Jihozlarning buzilish va nosozlik sabablaridan asosiylari quyidagilardan iborat:

- jihozni yig'ayotganda aylanadigan qismlarini muvozanatlashtirish, chilangarlik -yig'ish, payvandlash va boshqa ishlarning sifatsiz bajarilishi;

- jihozni o'rnatish, sozlash - foydalanish va ta'mirlash ishlarining qoniqarsiz bajarilishi;

- jihozni ishlatish vaqtida qoniqarsiz texnik xizmat ko'rsatish.

Silliq va pogonali vallarning xarakterli zarar ko'rishi: charchash, mustahkamlik va qattiqlik etarli bo'lmaganligi sababli valning burilish deformatsiyasiga uchrashi; yeyilish sabablari: podshipniklar, tishli uzatma g ildiragi, yulduzcha va shkiv qonadigan val bo'yinchasi va sapfalarining shakli va holatining o'zgarishi; shponkaning val materialidan qattiqroq materialdan tayyorlanganligi yoki shponkani noto'g'ri qondirish sababli valning shponka ariqchalarining yeyilishi; val rezbalari va markaziy teshiklarining yeyilishi va h.k [19].

Texnik qurilmaning "ishonchlilik" va "umrboqiylik" tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.

Mashinaning umrboqiyligini oshirish uchun undan foydalanish davomida, texnik ko'rikdan o'tkazish va ta'mirlash talablarini to'liq bajarish, detallarni tanlashda ish qobilyatidan kelib chiqib mustahkam va tannarxi arzon materiallardan foydalanish, detallarga mexanik ishlov berish aniqligi yuqori bo'lishi kerak [20].

Umuman ishonchlilik muammosi bashorat qilish masalalari bilan bog'liqdir. Texnologik mashina va ishchi organlarining ilk bosqichlarida aniq ekspluatatsiya sharoitlari uchun ishonchlilikni baholash talab etiladi.

Texnika yetarli darajada puxta bo'lmasa, ish vaqtida buzilishlar va nuqsonlar paydo bo'lib, mashina va uskunalar to'xtab, ish rejalari bajarilmay qoladi, texnikani qayta tiklash va ta'mirlash uchun ortiqcha ashyo va mehnat sarf bo'ladi, mashinalarning barvaqt yeyilish sababli ehtiyot qismlariga bo'lgan talab oshadi, texnika o'zining ish qobiliyatini yo'qotishi sababli yangi texnikani me'yoridan ortiqcha chiqarishga to'g'ri keladi, mashina va uskunalar yetarli darajada puxta bo'lmaganligi sababli ish va tayyorlanadigan mahsulot sifati pasayadi, buzilishlarni tuzatish xarajatining oshishi, ishlash muddati kam bo'lgan uskunalar almashtirilishi sababli mahsulot tannarxi ko'tariladi, xo'jaliklarda texnikaga xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash sohasida ishlaydigan odamlar soni oshadi [21].

Texnologik mashina va ishchi organlarini ishonchliligini oshirishga qaratilgan asosiy konstruktiv tadbirlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1. Texnologik mashinaning loyiha ko'rinishini oddiylashtirish, tarkibiy qismlar sonini ularni maqbullashtirish yo'li bilan qisqartirish.

2. Texnologik mashinaning ishonchliligini cheklaydigan qismlarni puxtaroq qismlar bilan almashtirish.

3. Detallar uchun ko'pga chidamli materiallarni tanlash va ularning muqobil birikmasini

topish.

4. Detallarning mustahkamlik zaxirasini oshirish yo'li bilan mashina qismlarining uzoq ishlashini ta'minlash. Bu yo'l xomashyo, energiya, mashina narxi va vaznini kamaytirishga bo'lgan talablar bilan cheklanadi.

5. Texnologik mashina qismlarini atrof muhitning salbiy ta'siridan saqlash.

6. Texnologik mashinaga uning texnik holati va asosiy qismlarining buzilganligi to'g'risida xabar beruvchi turli datchiklar va nazorat-o'lchash qurilmalarini o'rnatish.

7. Texnologik mashina qismlarining maqbul tarzda joylashtirib, uning eng bo'sh (puxtaligi juda kam) qismlariga oson yaqinlashishini ta'minlash yo'li bilan ta'mirlashga yaroqliligini oshirish. Rostlash va tez yeyiladigan detallarni almashtirishni oddiylashtirish.

8. Detallarning ishlash va ishqalanuvchi sirtlarini moylash sharoitini yaxshilash. Birikmalarning maqbul haroratda ishlashini ta'minlash [22].

Texnika murakkablashgan, undan foydalanish sohasi kengaygan, avtomatlashtirish darajasi ko'tarilgan, yuklama va tezliklar oshgani sari ishonchlilik talablari ham uzluksiz oshib boradi. Bunday sharoitlarda ish qismlarining buzilmay ishlashi va ko'pga chidamli bo'lishi talablari bilangina cheklanib qolmaydi. Ishonchlilikni oshirish masalalari texnikaning samaradorligini oshirish, ashyolarni, mehnat va energiya resurslarini tejash, texnikaning raqobatga chidamliligini oshirishning asosiy omillaridan biri bo'lib qoladi.

ADABIYOTLAR

1. Sherbek, X. J., & Javohir, Q. (2022, November). TEXNOLOGIK MASHINA VA ISHCHI ORGANLARINI ISHONCHLILIGINI OSHIRISH OMILLARI. In Conference Zone(pp. 297-300).

2. Мелибаев, М., Ортитов, Х., Хужаназаров, Ш., & Абдумаликов, А. (2022). Машина трактор агрегатларининг иш шароитларида носозликлар сабабларини бах,олаш. Science and Education, 3(3), 284-290.

3. Мелибаев, М., & Абдуллажонов, Б. С. (2022). Машинасозликда деталларни улчамини назорат к;илишда метрологик таъминот. Таълим ва ривожланиш тах,лили онлайн илмий журнали, 2(4), 109-115.

4. Киргизов, Х. Т. (2022). Прогрессивные системы смазки. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 138-144.

5. Shertayloqov, G. A. M., Karimov, I. K., & Xojanazarov, S. F. O. (2021). Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi. Scientific progress, 2(2), 631-634.

6. Нишонов, Ф. А., Мелибоев, М., Кидиров, А. Р., & Акбаров, А. Н. (2018). Буксование ведущих колес пропашных трехколесных тракторов. Научное знание современности, (4), 98-100.

7. Djuraev, A., Kеnjaboyеv, S. S., & Akbarov, A. (2018). Development of Design and Calculation of Frictional Force in Rotational Kinematic Pair of the Fifth Class with Longitudinal Grooves. Development, 5(9).

8. Алимджанова, Д., Акбаров, А., & Муйдинова, Н. К. (2017). Способ повышения эффективности горения угольного топлива в кольцевой печи. In Issues of modern education in the condition of globalization. Collection international scientific conference.

9. Акбаров, А. Н. (2018). Обжиг кирпича твёрдым топливом взамен газа. Научное знание современности, (4), 40-43.

10. Отаханов, Б. С., & Киргизов, Х. Т. (2014). Обоснование диаметра ротора бесприводного ротационного рыхлителя с гибким рабочим органом. Вестник развития науки и образования, (4), 8-10.

11. Киргизов, Х. Т. (2021). Результаты исследований по выбору типа рабочих органов для полосной обработки.Universum: технические науки, (3-2), 14-17.

12. Киргизов, Х. Т. (2020). Угол установки почвосдвигающей пластинки к направлению движения. In Актуальные вопросы совершенствования технической эксплуатации мобильной техники (pp. 61-64).

13. Киргизов, Х. Т. (2020). Оптимизация параметров почвосдвигающей пластинки. Universum: технические науки, (5-1 (74)), 45-46.

14. Meliboev, M., Negmatullaev, S. E., & Abdullajanov, B. (2022). Pnevmatik bo'lmagan shinalarning asosiy xususiyatlarining o'rganishini ko'rib chiqish. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 133-137.

15. Негматуллаев, С. Э., Мелибаев, М., Абдуллажонов, Б., & Ортиков, Х. (2022). Влияние шероховатости поверхности на износостойкость деталей машин. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 505-509.

16. Djuraev, A., Madrakhimov, S., Bobomatov, A., & Mahmudov, A. (2022, June). Development of a resource-saving design and substantiation of the parameters of the composite cam lobe mechanism of the weaving machine. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2467, No. 1, p. 060008). AIP Publishing LLC.

17. Baxodir, E., Azimjon, M., & Hayitali, O. (2022). Paxtani yetishtirishdagi iqlimiy sharoitni undan olinadigan tola sifat ko 'rsatkichlariga ta'siri. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 89-94.

18. Бобоматов, А. Б. А., Мирзабаев, Б. М. Б., & Махмудов, А. М. А. (2022). Ип йигириш корхоналарига автоматлаштириш, замонавий ахборот тизимларини жорий этиш ва дастурий таъминотлар оркали сифатни назорат килиш хдмда самаралиш иш тизимларини яратиш. O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali, 7(8), 388-395.

19. Негматуллаев, С. Э., & Кенжабоев, Ш. Ш. (2021). Особенности тестового контроля при изучении общепрофессиональных дисциплин транспортных направлений. In Современные автомобильные материалы и технологии (САМИТ-2021) (pp. 224-227).

20. Melibayev, M., Hasanov, M., Ortiqov, X., & Yusufjonov, Z. (2022). Traktor pnevmatik shinasining o 'rtacha ishlash resurs muddatini aniqlash. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 160-168.

21. Baxodir, E., & Asadbek, A. (2022). Gidravlik va mexanik presslar yordamida suv tashish mashinalarining muvozanatdan chiqib ketishini oldini olish usullari. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 1-4.

22. Bakhodir, E., & Ramshid, A. (2022). Comparative Analysis of Coal Products Extracted From Central Asian Coal Deposits. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 2(5), 9-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.