Научная статья на тему 'AVTOMOBILLARDA ISHLATILADIGA MOYLASH MATERIALLARINING EKSPLUATATSION SAMARADORLIKKA TA’SIRI'

AVTOMOBILLARDA ISHLATILADIGA MOYLASH MATERIALLARINING EKSPLUATATSION SAMARADORLIKKA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

803
245
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil / ekspluatatsiya / ishqalanish / yeyilish / moylash materiallari / motor moyi / moy quvushqoqligi / ekspluatasin samaradorlik

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Akmal Xxx Azimov, Jamshid Hamroyev

Ushbu maqolada, avtomobillarning ekspluatasion samaradorligini oshirishda, ularda ishlatiladigan moylash materiallarining sifatining ta‟siri tahlil etildi. Shuningdek dvigatel foydali ish koeffitsiyenti motor moyining sifatli tanlanishiga, o‟z vaqtida almashtirilishiga bog‟liqligi o‟rganildi. Bundan tashqari ekspluatatsion sharoitga mos qovushqoqlikka ega moylash materiallarining tanlanishi transport vositasining barcha parametrlarining samaradorligiga ijobiy ta‟sir ko‟rib chiqildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBILLARDA ISHLATILADIGA MOYLASH MATERIALLARINING EKSPLUATATSION SAMARADORLIKKA TA’SIRI»

^^pecialists^n^heFieldoimÊamÊpmÊm

AVTOMOBILLARDA ISHLATILADIGA MOYLASH MATERIALLARINING EKSPLUATATSION SAMARADORLIKKA TA'SIRI

Akmal XXX Azimov

Jizzax politexnika instituti assistanti [email protected]

Jamshid Hamroyev

Jizzax politexnika instituti assistanti j amshid 1990@gmail. com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada, avtomobillarning ekspluatasion samaradorligini oshirishda, ularda ishlatiladigan moylash materiallarining sifatining ta'siri tahlil etildi. Shuningdek dvigatel foydali ish koeffitsiyenti motor moyining sifatli tanlanishiga, o'z vaqtida almashtirilishiga bog'liqligi o'rganildi. Bundan tashqari ekspluatatsion sharoitga mos qovushqoqlikka ega moylash materiallarining tanlanishi transport vositasining barcha parametrlarining samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rib chiqildi.

Kalit so'zlar: avtomobil, ekspluatatsiya, ishqalanish, yeyilish, moylash materiallari, motor moyi, moy quvushqoqligi, ekspluatasin samaradorlik.

Avtoransport vositalarining ekspluatatsiya qilish samaradorligini oshirish, uni doimiy va tez amalga oshirish barcha sohalarning rivojlanish ko'rsatgichini oshirib, xalq xo'jaligini iqtisodiy samaradorligini belgilab beradi. Ya'ni avtomobillar ekspluatatsiya jarayonlarining oqilona amalga oshirilishi xom-ashyoni ishlab chiqarish sanoatiga, tovarlarni esa o'z vaqtida iste'molchilarga sifatli, arzon yetkazib berish vazifasini bajaradi, bu o'z navbatida mamlakat iqtisodiyotining samaradorlikni oshirishiga olib keladi.

Avtomobillarning ekspluatatsiyasini samarali tashkil etish va yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi "Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 125-son qarorida ham avtomobillarning texnik sozligini doimiy ravishda nazorat qilish va transport vositalarini texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi, tekshiriladigan (baholanadigan) parametrlar, normativlar, majburiy texnik ko'rikdan o'tkazishning davriyligi

April 21-22

802

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-802-806

Specialists in the Field

va texnik holatni baholashning soddalashgan tartibini joriy qilish maqsadida qator muhim bo'lgan tadbirlar belgilandi.

Avtomobilni ekspluatatsiya qilish samaradorligini oshirish usullaridan biri sifatida ekspluatatsion materiallarning xususiyatlari va imkoniyatlaridan oqilona foydalanishni ko'rib chiqish mumkin. Avtomobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan tavsiya etilgan yonilg'i-moylash materiallari va masus suyuqliklarning xususiyatlari hisobga olish juda muhimdir. Ekspluatatsion materiallar, polimer va kompozit materiallarning qo'llanishi [4], ulaming sifat ko'rsatgichlarini hisobga olib avtomobillarda ishlatish yuqori samaradorlik ko'rsatgichlarini yuzaga keltiradi.

Avtomobillarda ishlatiladiga ekspluatatsion materiallar ichida moylash materiallarini samarali qo'llanilishi avtomobillarning ishlash muddatini belgilovchi asosiy ko'rsatgichlardan hisoblanadi.

Har qanday mashinada ishqalanadigan detallarni moylash uchun turli moylash materiallari ishlatiladi. Ular avtomobilning ishonchli ishlashini ta'minlovchi muhim ko'rsatgichlardan biri hisoblanadi. Shuningdek moylash materiallari har bir ishqalanuvchi detal ishlash muddatini uzaytirib, shovqinni pasaytiradi [3] va qo'llanilayotgan agregat yoki mexanizmning foydali ish koeffitsiyentini oshirib beradi.

Avtomobillarda moylash materiallarining sifati va ish sharoitiga mos kelishi, ishqalanuvchi detallarning uzoq vaqt ishonchli ishlashini ta'minlovchi omillardan biridir [1].

Moylash materiallari suyuq (moylar) va mazsimon (plastik moylar) turlarga bo'linadi.

Barcha turdagi moylar bir qator vazifalarni bajarishi lozim, ulardan eng asosiylari quyidagilardir [2]: detallarning yeyilishini kamaytirish; ishqalanishni yengishga sarflanadigan energiyani kamaytirish; detallar orasidagi tirqishlarni zichlash (masalan, dvigatel silindri gilzasi va porshen orasidagi tirqishni); qizigan detallarni moy tizimi bo'yicha moy aylanishi hisobiga qisman bo'lsa-da sovitish; ishqalanuvchi yuzalarda hosil bo'lgan yemirilish mahsulotlarini filtrlovchi qurilmagacha surib kelish; metall sirtlarni korroziyadan himoya qilish.

Motor moylarining dvigatelga ishlashiga kuchli ta'siri ko'rsatadi. Moyning holati va sifati barcha dvigatel mexanizmlarining ishlash muddatini belgilaydi va ishlash samaradorligiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Transport vositalarida ishlatiladigan moylash materiallari sifatini oshirish, avtomobilning ekspluatatsiyasini yaxshilaydi va xizmat muddatini uzaytirib

April 21-22

^^pecialists^n^heFieldoimeSmePmem

beradi. Moylash materiallarini almashtirish muddatlarining to'g'ri tanlanishi ham dvigatel ishlash muddatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Avtomobillarda ishlatiladigan umumiy moylash materiallari asosan neftdan olinadi (mineral va neft moylari), shu bilan birga hayvonot va o'simlik moylari ham ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan moy turlariga nisbatan bugungi kunga kelib, asosan motor moylariga ishlatiladigan sintetik moylar ommolashib bormoqda va sifat jihatdan ustunlik qilmoqda.

Umuman barcha moylash materiallari avtomobillarda ishlatilishi uchun quydagi sifat ko'rsatgichlariga ega bo'lishi lozim:

- avtomobil detallarini yeyilishini va ishqalanishni yengishga kam quvvat sarflanishini, shuningdek, detallaming tozaligini ta'minlashi kerak.

- ishqalanuvchi sirtlarini korroziyalanishdan saqlashi.

- ishqalanish joylardagi zazorlar va tutashmalardan oson o'tishi, sovuq vaqtda dvigatel qismlarining oson aylanishini ta'minlashi kerak.

- kuyishga bo'ladigan sarf minimal darajada bo'lishini ta'minlaydigan optimal tarkibga ega bo'lishi kerak.

- tashish va uzoq vaqt saqlash davomida ekspluatatsion xossalarini saqlab qolishi kerak.

Moylash materiallariga qo'yiladigan eng asosiy talablardan biri qovushqoqlik xususiyatining me'yorida bo'lishi hisoblanadi. Moylash materiallari ichida motor moylarining to'g'ri tanlanishi ekspluatasiya jarayonining samarali amalga oshirilishini ta'minlaydi. Agregat va uzellarda moyning normal ishqalanish hosil qilishi, ularni sovitishi, zichlikni ta'minlashi, osongina yurgizib yuborish ko'rsatgichlari qovushqoqlikka bog'liqdir. Shuningdek ekspluatatsiya sharoitiga mos qovushqoqlik ko'rsatgichiga ega motor moylarini tanlash dvigatel foydali ish koeffitsiyentining oshishiga va ishlash muddatining uzayishiga zamin yaratadi.

Bizga ma'lumki motor moylari qovushqoqlik ko'rsatgichi bo'yicha markalanadi va shu ko'rsatgich bo'yicha mos ishlash sharoiti tanlanib ekspluatatsiya qilinadi (1-rasm).

Avtomobillarda ishlatiladigan barcha moylash materiallari harorat o'zgarishiga qarab qovushqoqligi turli xil bo'lgan moylarni tanlashadi va ishlatishadi. Motor moylarining qovushqoqligi mexanizmlar ishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Qovushqoqligi juda ham past bo'lgan moylar detallar orasidagi tirqishdan osongina oqib chiqib ketadi, natijada detallarning yeyilishi jadallashadi, shovqin kuchayadi [7] va moylash materialining sarfi ortadi. Shu bilan birga moy qovushqoqligi yuqori bo'lganida, o'zaro ishqalanuvchi

April 21-22

804

^^pectaUstsjnJheFedofTrampmem

detallar orasidagi tirqishga moy yetkazib berish qiyinlashadi, buning natijasida ham detallarning yeyilishi jadallashadi. Shu bilan birga, moylangan yoki moy vannasiga cho'ktirilgan detallarni harakatlantirish uchun energiya sarf ortib ketadi.

1-rasm. Motor moylarining qovushqoqlik ko'rsatgichlari bo'yicha ishlatish sharoitlari

Xulosa qilib aytganda, avtomobillarning ekspluatasion samaradorligini oshirishda, ularda ishlatiladigan moylash materiallarining sifati juda muhim hisoblanadi. Avtomobilning harakatini vujudga keltirib beruvchi davigatel ishi, mexanizm detallarining doimiy ishqalanishi natijasida yuzaga keladi va uning foydali ish koeffitsiyentining oshishi, detallar ishlash muddatining uzayishi motor moyining sifatli tanlanishiga, o'z vaqtida almashtirilishiga bog'liqdir. Bundan tashqari ekspluatatsion sharoitga mos qovushqoqlikka ega moylash materiallarining tanlanishi transport vositasining barcha parametrlarining samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. K. J. Matkarimov, B. J. Mahmudov, A. A. Norqulov. Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar: o'quv qo'llanma. - Т.: Noshir, 2013. - 324 b.

2. Z.X. Alimova. Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar. -Т.: «Fan va texnologiya», 2011,160 bet

3. Akmal Azimov, & Jamshid Hamroyev (2021). Jizzax shahri Sharof Rashidov shoh

April 21-22

805

ko'chasida avtomobil shovqiniga ta'sir etuvchi omillar tahlili va shovqin muhofazasini tashkil etish metodlari. Academic research in educational sciences, 2 (11), 1079-1088.

4. Akmal Azimov (2020). Avtomobilsozlik sanoatida polimer va kompozit materiallardan foydalanishning samaradorlik ko'rsatgichlari. Academic research in educational sciences, (1), 61-67. doi: 10.24411/2181-1385-2020-00010

5. Akmal Azimov, & Abdularim Muxtarov (2021). Avtotransport korxonalarida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishchilarini kompetensiyaviy yondoshuv asosida tayyorlash va malakasini oshirish metodikasi. Academic research in educational sciences, 2 (1), 258-265. doi: 10.24411/2181-1385-2021-00033

6. Akmal Azimov , & Abdukarim Muxtarov (2021). Yo'lovchi tashuvchi avtotransport korxonalarining samaradorligini belgilovchi omillar tahlili. Academic research in educational sciences, 2 (4), 1395-1340. doi: 10.24411/2181-1385-202100749

7. Акмал Азимов, & Джамшид Хамроев (2021). Диагностика двигателя автомобиля по стандартным нормам шума. Academic research in educational sciences, 2 (3), 165-173. doi: 10.24411/21818. Azimov, A., & Khamroev, J. (2022). The role of the driver in the effective organization of road safety. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(4), 116-121.

April 21-22

806

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.