Научная статья на тему 'AVTOMOBILLARDA SIQILGAN VA SUYULTIRILGAN GAZ YONILG’ILARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIK KO’RSATGICHLARI'

AVTOMOBILLARDA SIQILGAN VA SUYULTIRILGAN GAZ YONILG’ILARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIK KO’RSATGICHLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1883
181
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport / avtomobil / suyultirilgan va siqilgan gaz / gaz ballon / ekspluatatsion / tabiiy gaz / benzin / dizel / dvigatel. / transport / automobile / liquefied and compressed gas / gas cylinder / operational / natural gas / gasoline / diesel / engine.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Hamraqulov Yorqin Murtazaqulovich, Haydarov Bahodir Jumabayevich

Ushbu maqolada avtomobillarda siqilgan va suyultirilgan gazlardan foydalanishning eng asosiy samaradorlik ko’rsatgichlari keltirib o’tilgan. Avtomobillarning atrof muhitga salbiy ta’sirlarini kamaytirishda gaz yonilg’ilaridan foydalanish ekologik ko’rsatgichlarni yaxshilash bilan birga dvigatel ish samaradorligini va ishlash muddatini ham uzaytirishi, detallarning uzoq muddat o’z holatini saqlab turishi va boshqa bir qator ijobiy ko’rsatgichlarga erishish mumkin bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFICIENT PERFORMANCE OF COMPRESSED AND LIQUID GAS FUELS IN VEHICLES

This article lists the most basic indicators of the efficiency of the use of compressed and liquefied gas in cars. The use of gas fuel in reducing the negative impact of cars on the environment will not only improve environmental performance, but also extend the performance and service life of the engine, maintain the condition of parts for a long time and achieve a number of other positive indicators.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBILLARDA SIQILGAN VA SUYULTIRILGAN GAZ YONILG’ILARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIK KO’RSATGICHLARI»

Scientific Journal Impact Factor

O

AVTOMOBILLARDA SIQILGAN VA SUYULTIRILGAN GAZ YONILG'ILARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIK

KO'RSATGICHLARI

Assistent Hamraqulov Yorqin Murtazaqulovich Magistr Haydarov Bahodir Jumabayevich Jizzax Politexnika instituti

[email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomobillarda siqilgan va suyultirilgan gazlardan foydalanishning eng asosiy samaradorlik ko 'rsatgichlari keltirib o 'tilgan. Avtomobillarning atrof muhitga salbiy ta 'sirlarini kamaytirishda gaz yonilg 'ilaridan foydalanish ekologik ko 'rsatgichlarni yaxshilash bilan birga dvigatel ish samaradorligini va ishlash muddatini ham uzaytirishi, detallarning uzoq muddat o 'z holatini saqlab turishi va boshqa bir qator ijobiy ko 'rsatgichlarga erishish mumkin bo 'ladi.

Kalit so'zlari: transport,avtomobil, suyultirilgan va siqilgan gaz, gaz ballon, ekspluatatsion, tabiiy gaz, benzin , dizel, dvigatel.

Abstract: This article lists the most basic indicators of the efficiency of the use of compressed and liquefied gas in cars. The use of gas fuel in reducing the negative impact of cars on the environment will not only improve environmental performance, but also extend the performance and service life of the engine, maintain the condition ofparts for a long time and achieve a number of other positive indicators.

Keywords: transport, automobile, liquefied and compressed gas, gas cylinder, operational, natural gas, gasoline, diesel, engine.

O'zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchi sanoqli davlatlardan bin hisoblanadi. Bugun yurtimiz ko'chalarini to'ldirib yurgan yengil va yo'lovchi tashishga mo'ljallangan ishonchli, qulay, xavfsiz avtotransport vositalari aholi uzog'ini yaqin, mushkulini oson qilmoqda. Sohaga zamonaviy texnologiyalarning izchil tatbiq etilayotgani, modernizatsiyalash ishlarining jadallashgani jahon standartlariga mos avtotransport vositalari ishlab chiqarish imkonini yaratayotir.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 10 fevraldagi "Avtomobillarni gaz bilan to'ldirish kompressor stantsiyalari va avtomobillarga gaz quyish stantsiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori asosida olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, o'z samarasini

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

bermoqda . Bu borada O'zbekiston Ekologik harakati, O'zbekiston Savdosanoat palatasi hamda poytaxtimizdagi "Gazomir - PRO" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan avtotransport vositalarini ekologik toza muqobil yonilg'i turlariga o'tkazish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni alohida ta'kidlab o'tish joizdir.

Hozir Yer sharidagi milliardga yaqin avtomobil atmosferaga yiliga 300 mln. t ga yaqin har xil zaharli gazlar, chang, qurum va boshqa qattiq zarrachalar chiqarib ifloslamoqda. Bundan tashqari avtomobilni og'ir vaznli bo'lishi ham yonilg'i sarf ortishiga, bu esa o'z navbatida bugungi kundagi eng dolzarb ekologik muammo bo'lgan atrof-muhitga chiqadigan zaharli gazlar va shovqin (dvigatel shovqini) miqdorining oshishiga sabab bo'lmoqda .

Gaz ballonli avtomobil -siqilgan yoki suyultirilgan yonuvchi gazlarda ishlovchi avtomobil bo'lib, gaz ballonlari avtomobil shassisiga, ba'zan tepasiga o'rnatiladi. Tabiiy gazlar, neftni qayta ishlash va qazib olishda yo'lakay olinadigan gazlar va tosh ko'mirni qayta ishlab olinadigan koks gazlari siqilgan holatda bo'ladi. Siqilgan gaz ballonga metan gazi 20 MPa gacha bosim bilan haydaladi. Suyultirilgan gazlar: propan-butan va propilen-butilen odatdagi haroratda suyultirilib, ballonlarga 1,6 MPa bosim bilan haydaladi; suyultirilgan metan gaz atmosfera bosimida va —161,3° haroratda suyultirilib, 1 MPa bosim bilan izotermik ballonlarga haydaladi . Gaz ballonli avtomobilning suyuq yonilg'ida ishlaydigan avtomobillardan afzalligi shundaki, bunda dvigatel detallari kam yeyiladi, qisish darajasini oshirish hisobiga dvigatel quvvatini oshirish imkoni bo'ladi, yonilg'i tejaladi, dvigateldan chiqadigan gazlarning zaharliligi kamayadi.

Hozirgi kunda transport vositalaridan chiqadigan tutun gazlar atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Transport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlarni kamaytirish uchun transport vositalarini yilning har choragida bir marta ekologiya ko'rigidan o'tkazib turish lozimdir. Ekologiya ko'rigida transport vositalaridan chiqadigan gazlar miqdori gaz-tutun o'lchagich vositalari yordamida tekshiriladi va diagnostika qilinadi. Boshqarmamizda zaruriy gaz-tutun o'lchagich vositalari bilan jihozlangan diagnostika punkti faoliyat ko'rsatayapti. Tutun va gaz miqdori belgilangan me'yorlardan yuqoriligi aniqlangan hollarda transport vositalari diagnostika qilinib, qayta ta'mirlangandan keyingina ulardan foydalanishga ruxsat berilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining avtomobil parki mamlakatda va chet ellarda ishlab chiqarilgan avtobuslar, yuk avtomabillari va engil avtomabillarning yangi

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

o

modellari bilan muttasil to lib bormoqda. Respublikamiz avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida avtomobillarni konstruktsiyasi va uning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash, muqobil energiya manbalarida ishlashini takomillashtirish talab etiladi. Bundan tashqari, avtomobillarni siqilgan va suyultirlgan gaz yonilg'isiga o'tkazilishi, ularga polimer va kompozit materiallarning qo'llanilishi ham yoqilg'i tejash standartlariga to'la mos keladi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning konstruktsiyasiga (asosan kuzov va kabina qismiga) polimer va kompozit materiallarning qo'llanilishi , eng asosiysi siqilgan va suyultirlgan gaz yonilg'isiga o'tkazilishi, qator ekologik ko'rsatgichlariga ijobiy tasir etadi.

Bunga quyidagi sabablar bilan erishiladi:

1.Yonuvchi aralashma tarkibi va yonish jarayonlarini yaxshilanishi;

2.Yonilgi uzatish va o't oldirish tizimlarining takomillashuvi;

3.Dvigatel ishini boshqaradigan elektron tizim chiqindi gazlarni neytrallagich, benzin buglarine tutib oluvchi tizim qo'llanishi. Benzinli avtomobillarda konstruktsiyani yahshilaydigan eng samarali usullar quyidagilardan iborat:

- chiqindi gazlarni qayta pirqilyatsiya qilish (NOx miqdorini 40-60% kamaytiriladi) va ikki komponentli katalitik neytrallagichi qollash (CO va CxHy miqdorini 75-90% kamaytiriladi);

- kirish kollektoriga yonilg'i purkalishini boshqarish (chiqindi gazlarning zaharligini 25-30% kamaytriladi);

- doza bilan purkash, electron boshqarish tizimi va uch komponentli neytrallagichni qamrab olib ish jarayonlarini va chiqindi gazlarini boshqaradigan kompyuter tizimini qollash;

- ko'p klapanli dvigatel tsilindrlariga dozalab purkashni boshqarish (zaryad uyurmali harakat qiladi va chiqindi gazlarning zaharliligi EVRO-3 meyorlariga keladi-CO 2,3 g/km gacha CxHy 0.2....0.3 g/km gacha); 76

- uglerod bodomli so'rbentlarni qollash hisobiga benzinlarning meyoriy ko'rsatkichlarini boshqarish (benzindan engil uglevodorodlar buglanib chiqishi 8595% kamayadi). Dizel avtomabillarida;

- turbonadduv va hovani oraliq sovutish (NOx va qattiq zarralar 30% gacha kamayadi);

- Chiqindi gazlarni katalatik oksidlaydigan neytrallagichni start neytrallagich bilan birga qollash (CO -85-95, CxHy -75 -80, NOx 20% kamayadi);

- purkash bosimini 18.20 MPA gacha etkazish va uni electron boshqarish (yonilg'i juda mayda zarralarga aylanadi, tez va toliq yonadi, qattiq zarralar 40- 60%

Scientific Journal Impact Factor

o

gacha kamayadi). Seriyali oddiy ishlab chiqarilayotgan avtomabillarni chiqindi gazlarni zaharligini kamaytiruvchi qurilmalar bilan jihozlash;

- o'toldirishning kontaktsiz tizimini kollash (dvigatel quvvati 3-5 % ortadi yonilg'I 7% zararli chiqindilar 15.. .20 % kamayadi);

- o't oldirishning kontaktsiz tizimini majburan salt yurgazadigan ekonomayzer bilan birga qollash (zararli chiqindilar 30% kamayadi);

- ikki komponentli katalotik neyrallagich (har 160 000 km yoldan so'ng almashtiriladi);

- neytrallagich ichiga ornatiladigan katalizator ish jarayonida chiqindi gazlarning suyuq va qattiq komponentlari bilan ifloslanadi, sulfat bilan qoplanadi.

Shuning uchun har 20.25 000 km dan keyin siqilgan havo bilan purkalishi 3,4 soat davomida issiq suvda chayilishi, keyin quritilishi kerak. Bunday regeneratsiya 3 marta otkazilgandan keyin katalizator alishtiriladi:

- yonilg'i sifatida siqilgan tabiiy gaz yoki suyultirilgan gaz (propan) ishlatishi;

- tormoz kolodkalrida va ilashma disklari tarkibida azbest va qorg'oshin bolmagan ust qo'ymalar ishlatish (30% azbest va 5% changhavoga tarqamaydi);

- yonilg'i sarfi va atrof muhit ifloslanishini kamaytirish maqsadida mamlakat avtomobil sanoatida ishlab chiqarilgan atomabillar konstruktsuyasi muttasil takomillashtirib borilmoqda.

Atrof muhitni avtomobil transportining zararli tasiridan himoya qilish asosan 2 xil yo'nalishda ish olib boriladi:

1- avtomobillar va uning dvigateli konstruktsiyalarini takomillashtirish;

2- ekspluatatsiyadagi avtomobillarning zararli ishlashiga qarshi kurash.

Avtomabillarni yangi modellari va modefiqatsiyalari mavjud avtomabillariga

nisbatan murakkablashib, ularning tuzilishida zamonaviy asboblar va qurilmalar paydo bolyabdi. Lekin avtomabillardan samarali foydalanish nafaqat konstruktsiyalarni takomillashishiga bogliq, balki uni ko'p hollarda ekspluatatsiya jarayonidagi texnik hizmat ko'rsatish sifati ham belgilaydi.

Avtomobillar va uning dvigateli konstruktsiyalarini takomillashtirish, dvigatel ish rejimini takomillashtirish, har xil yordamchi jihozlardan va yuqori sifatli yonilg'idan foydalanish, texnik xizmat va tamirlash ishlarini oz vaqtida va sifatli bajarish va kam zararli, gazotrubinali, ichki yonuvchi dvigateli, elektromobillar, injektorli dvigatellar ishlab chiqarish bilan amalga oshiriladi.

MUHOKAMA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, avtomobil dvigatellarida benzin va dizel yonilg'ilari ishlatilishi natijasida atrof- muhit va odamlar uchun katta zarar hisoblanib, zaharli gazlar chiqishi, dvigatel ortiqcha qizib ishlashi bilan katta ekspluatatsion va ekologik muammolarni keltirib chiqaradi, bu muammolarni yechishda avtomobillarga muqobil energiya manbalari sifatida siqilgan va suyultirilgan gaz yonilg'ilarini ishlatilishi ko'plab samarali natijalarni beradi. Avtomobillarda gaz yonilg'isidan foydalanish, dvigatel ishlashida detallarni me'yorida, uzoq vaqt ishlashini ta'minlab, atrof muhit uchun ekologik toza yonilg'i sifatida foydalaniladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori "Avtomobillarni gaz bilan to'ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich o'tkazish chora-tadbirlari", VM 30-son, 10.02.2007.

2. Yusuf Rashidov "Gaz ta'minoti tizimi", "Yangi nashr" nashriyoti T.- 2010, 96-bet.

3. Murtazaqulovich, H. Y., & Qo'Chqorovna, Y. M. (2021). GAZ BALLONLI AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO 'RSATISH ISHLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH ORQALI XAVFSIZLIKNI OSHIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(2).

4. Suvanov, U., Hamraqulov, Y., & Agzamov, J. (2021). TRANSPORT VOSITASINING TEXNIK HOLAT MASALALARI. Academic research in educational sciences, 2(2).

5.Murtazakulovich, H. Y., & Qo'Chqorovna, Y. M. (2021). YER USTI TRANSPORT TIZIMLARIDA TASHISHNI TASHKIL ETISHDA YUKSIZ QATNOVLARNI OPTIMAL REJALASHTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).

6. YMHpoB, H. H. y., & X,aMpaKynoB, Ë. M. (2020). ABTOMOÔHnnapgaH HHKaëTraH ra3CHMOH HHKUHgnnapHHHr amoc^epara apanamnmn. Academic research in educational sciences, (1).

7. Azimov, A., & Muxtarov, A. (2021). Avtotransport korxonalarida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishchilarini kompetensiyaviy yondoshuv asosida tayyorlash va malakasini oshirish metodikasi. Academic research in educational sciences, 2(1).

8. Azimov, A., & Muxtarov, A. (2021). YO'LOVCHI TASHUVCHI AVTOTRANSPORT KORXONALARINING SAMARADORLIGINI

Scientific Journal Impact Factor

О

BELGILOVCHI OMILLAR TAHLILI. Academic research in educational sciences, 2(4), 1395-1340.

9. Azimov, A. (2020). AVTOMOBILSOZLIK SANOATIDA POLIMER VA KOMPOZIT MATERIALLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIK KO'RSATGICHLARI. Academic research in educational sciences, (1).

10. Азимов, А., & Хамроев, Д. (2021). Диагностика двигателя автомобиля по стандартным нормам шума. Academic research in educational sciences, 2(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.