Научная статья на тему 'GAZ BALLONLI AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH ISHLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH ORQALI XAVFSIZLIKNI OSHIRISH'

GAZ BALLONLI AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH ISHLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH ORQALI XAVFSIZLIKNI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
1784
208
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil / gaz baloni / texnik xizmat ko‘rsatish / reduktor / dvigatel / rostlash / bosim / kunlik xizmat ko‘rsatish / car / gas tank / maintenance / gearbox / engine / adjustment / pressure / daily maintenance.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Hamraqulov Yorqin Murtazaqulovich, Yaxyoeva Madina Qo’chqorovna

Ushbu maqola gaz ballonli avtomobillarga tizimli texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish orqali xavfsizlikni oshirish yo‘llari keltirilgan. Bunda gaz balonning past bosimli reduktor filtri to‘rini tozalash uchun krestovinadagi ma-gistral ventil berkitiladi, gazni ishlatib bo‘lib o‘t oldirish tizimi o‘chiriladi, filtrlovchi elementni bo‘shatib chiqariladi, to‘rni yechib olinadi va uni benzinda, asetonda yoki boshqa qandaydir erituvchida yuviladi, so‘ng siqilgan havo bilan purkaladi. Bundan tashqari texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini davriyligini va doimiyligini hisobga olgan holda, bu ishlarni samaraliy tashkil etish gaz balonli avtomobillarnini xavfsizlik va ekspluatasion samaradorlik ko‘rsatgichlarini oshiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASING SAFETY BY SYSTEMATIC MAINTENANCE OF GAS CYLINDER VEHICLES

This article presents ways to improve safety through systematic maintenance of vehicles with gas cylinders. In this case, to clean the filter type of the low-pressure gas cylinder reducer, the main valve in the crosspiece is closed, the ignition system is switched off with gas, the filter element is released, the mesh is removed and washed in gasoline, acetone or some other solvent, and then sprayed with compressed air. In addition, taking into account the frequency and consistency of maintenance work, the effective organization of these works will increase the safety and operational efficiency of gas-cylinder vehicles.

Текст научной работы на тему «GAZ BALLONLI AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH ISHLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH ORQALI XAVFSIZLIKNI OSHIRISH»

GAZ BALLONLI AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH ISHLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH ORQALI

XAVFSIZLIKNI OSHIRISH Assistent Hamraqulov Yorqin Murtazaqulovich Magistr Yaxyoeva Madina Qo'chqorovna Jizzax Politexnika instituti Tel: 90 516-30-22 e-mail: [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqola gaz ballonli avtomobillarga tizimli texnik xizmat ko 'rsatish ishlarini amalga oshirish orqali xavfsizlikni oshirish yo 'llari keltirilgan. Bunda gaz balonning past bosimli reduktor filtri to 'rim tozalash uchun krestovinadagi magistral ventil berkitiladi, gazni ishlatib bo'lib o't oldirish tizimi o 'chiriladi, filtrlovchi elementni bo 'shatib chiqariladi, to 'rni yechib olinadi va uni benzinda, asetonda yoki boshqa qandaydir erituvchida yuviladi, so 'ng siqilgan havo bilan purkaladi. Bundan tashqari texnik xizmat ko 'rsatish ishlarini davriyligini va doimiyligini hisobga olgan holda, bu ishlarni samaraliy tashkil etish gaz balonli avtomobillarnini xavfsizlik va ekspluatasion samaradorlik ko 'rsatgichlarini oshiradi.

Kalit so'zlar: avtomobil, gaz baloni, texnik xizmat ko'rsatish, reduktor, dvigatel, rostlash, bosim, kunlik xizmat ko'rsatish.

Аннотатсия. В данной стате представлени пути повишения безопасности за счет проведения работ по систематическому техническому обслуживанию автомобилей с газовими баллонами. При этом для очистки типа филтра редуктора низкого давления газобаллонного перекривают магистралний вентил в крестовине, отключают систему зажигания с помощю газа, освобождают филтрующий элемент, снимают сетку и промивают ее в бензине, асетоне или каком-либо другом растворителе, а затем распиляют сжатим воздухом. Кроме того, учитивая периодичност и постоянство работ по техническому обслуживанию, эффективная организатсия этих работ повисит показатели безопасности и эксплуатасионной эффективности газобаллонних автомобилей.

Ключевие слова. автомобил, бензобак, техническое обслуживание, редуктор, двигател, регулировка, давление, ежедневное обслуживание.

Abstract: This article presents ways to improve safety through systematic maintenance of vehicles with gas cylinders. In this case, to clean the filter type of the low-pressure gas cylinder reducer, the main valve in the crosspiece is closed, the ignition system is switched off with gas, the filter element is released, the mesh is removed and washed in gasoline, acetone or some other solvent, and then sprayed with compressed air. In addition, taking into account the frequency and consistency

of maintenance work, the effective organization of these works will increase the safety and operational efficiency of gas-cylinder vehicles.

Keywords: car, gas tank, maintenance, gearbox, engine, adjustment, pressure, daily maintenance.

KIRISH

So'nggi yillarda avtotransport vositalarini ekologik toza yoqilg'i turlari, shu jumladan siqilgan tabiiy gaz bilan ta'minlash borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, avtomobillarni gaz bilan to'ldirish kompressor stansiyalarining soni 670 taga yetdi va avtotransport vositalarining 50 foizdan ortig'i muqobil yoqilg'i sifatida siqilgan tabiiy gazdan foydalanmoqda.

Ushbu sohada xavfsizlik masalalarini tartibga solish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Avtomobillarni gaz bilan to'ldirish kompressor stansiyalari tarmog'ini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichli o'tkazish, hamda ularda gazballon asbob-uskunalarini xavfsiz ishlatishni ta'minlash qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil 11 oktyabrdagi 815-son qarori va «Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2017 yil 22 dekabrdagi 1010-son qarori qabul qilindi. Shu bilan birga, avtomobillarni gaz bilan to'ldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini to'ldirishda, gaz balloni uskunalarining birikkan joylari zichligi va ishonchliligini davriy sinovdan o'tkazishda, shuningdek, jismonan va ma'nan eskirgan gaz ballonlaridan foydalanish oqibatida belgilangan talab va tartiblarni buzish holatlari uchramoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Gaz ballonli avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish ishlarini tizimli tashkil etish orqali xavfsizlikni oshirish obyektiv ochib berildi. Gaz balonlarning shakllanish davri tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Hamraqulov O., Magdiev Sh.ning Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi nomli ilmiy maqolasi mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatda avtomobil sanoati shiddat bilan rivojlana boshladi. Avtomobillar soni keskin oshib bormoqda. Avtomobil yonilg'isi sifatida qo'llaniladigan benzin va dizel yonilg'ilariga bo'lgan talabning o'sishi ularga muqobil yonilg'ilardan foydalanishni taqazo etmoqda. Hozirgi kunda tannarxi jihatidan arzon bo'lgan tabiiy gazlardan avtomobillarning yonilg'isi sifatida foydalanish keng yo'lga qo'yildi. Motor yonilg'isi sifatida qo'llaniladigan tabiiy gaz boshqa yonilg'i turlaridan ancha arzon turadi. Shu sababli xozirda Respublikamizda avtomobillarning taxminan 70-80 % qismi tabiiy gaz

63

yonilg'isida harakatlanmoqda . Shuning uchun avtomobillarga gaz uskunalarini o'rnatish va ularga texnik xizmat ko'rsatishni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Gaz ballonli uskunalar bilan jihozlangan avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

- avtomobil yoki uni tashkil etuvchi qismlarga issiqlayin ta'sir etish usullari qo'llanilsa, masalan, payvandlash ishlari bilan bog'liq ochiq olovli ishlar, quritish kameralarida avtomobilni quritish va shu kabilar, quyidagi ishlar bajariladi:

1) gaz ballonidan gazlar chiqarilib yuboriladi;

2) dvigatel va gaz jihozlari qismlarida qolgan qoldiq gazlar chiqarib tashlanadi;

3) ballonlar neytral gaz bilan shamollatiladi;

4) barcha jumraklar yopiladi;

5) ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng gaz asboblari to'liq tekshirilib chiqiladi.

- avtomobil elektr jihozlarini ta'mirlash va ularga texnik ko'rsatish ishlarini bajarishda quyidagishlar bajariladi: ballondagi barcha jumraklar yopiladi; dvigateldagi qoldiq gazlar chiqariladi va kapot yuklar solinadigan orqa qism qopqog'i ochilib gaz hidi bo'lmasligiga erishiladi.

Boshqa ishlar avtomobillarga bajariladigan jarayonlar asoslarida olib boriladi.

Suyultirilgan va siqilgan gazlar uchun mo'ljallangan gaz uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish ko'pgina umumiylikka ega. Ballondagi bosimi 20 MPa bo'lgan, siqilgan gazda ishlaydigan avtomobillarning gaz qurilmalariga xizmat ko'rsatish birmuncha murakkabroq. Gaz ballonli uskunalarga texnik xizmat ko'rsatishni maxsus tayyorgarlikdan o'tgan va guvohnomaga ega bo'lgan malakali chilangarlar o'tkazishi mumkin.

Asosiy nosozliklar. Ular birinchi navbatda tizim germetikligining buzilishiga va gazning sizib chiqishiga bog'liq. Reduksiyalovchi uzelning klapanini va korpus detallarining birikmalarini germetik emasligi - yuqori bosim reduktorining asosiy nosozliklaridan biri hisoblanadi. Drossel zaslonkalari ochilganda reduktorning chiqishida bosimning keskin pasayishi filtrni ifloslanganligidan dalolat beradi.

Past bosimli gaz reduktorining asosiy nosozliklari - dvigatel ishlamayotganda klapanlar orqali gazni qo'yib yuborishi hamda gazni umuman yoki etarli darajada uzatmasligi hisoblanadi.

Birinchi bosqich klapanining nogermetikligini past bosim manometri yoki eshitish orqali aniqlash mumkin. Ikkinchi bosqich klapanining nogermetikligi dvigatelning o't olishini qiyinlashtiradi, salt ishlash rejimida dvigatelning ishlashini yomonlashtiradi, dvigatel to'xtagach gaz kapot osti bo'shlig'iga sizib chiqadi.

Birinchi bosqich diafragmasi germetikligining buzilishi natijasida birinchi bosqich prujinasining rostlash gaykasidagi teshik orqali gazning sizib

chiqishi hosil bo'ladi. Ikkinchi bosqich diafragmasining germetikligi buzilganda, gaz, shu bosqichni rostlash nippelining qopqog'i orqali sizib chiqadi.

Kundalik xizmat ko'rsatishda, gaz ballonlarining mahkamlanishi va gaz tizimining hamma birikmalari germetikligi ko'rish orqali tekshiriladi. Past bosimli gaz reduktoridan quyqum to'kiladi. Benzin o'tkazuvchi birikmalarda va elektromagnitli klapan-filtrda benzinning tomchilashi bor yoki yo'qligi tekshiriladi.

1-TXK da KXK da bajariladigan ishlardan tashqari, yuqori bosimli gaz reduktorining saqlash klapanining ishlashi ham tekshiriladi. Magistral, to'ldirish va sarflash ventillarining shtoklaridagi rezbalar moylanadi. Magistral va yuqori bosimli reduktor filtrlarini filtrlash elementlari echib olinadi, tozalanadi va o'z o'rniga o'rnatiladi. Gaz tizimining germetikligi siqilgan azot va siqilgan havo bilan tekshiriladi.

2-TXK da KXK va 1-TXK da bajariladigan ishlardan tashqari, past va yuqori bosimli reduktorlarning germetikligi tekshiriladi va lozim bo'lganda chiqishdagi bosim hamda saqlash klapanining ishga tushish bosimi rostlanadi (yuqori bosimli reduktorda). Past bosimli reduktorning birinchi va ikkinchi bosqichidagi bosim qiymati ham rostlanadi..

Quyida gaz o'tkazgichlar va birikmalarning nogermetikligini bartaraf etish tartibi keltirilgan 1-rasm.

>

ra3 yTKa3ruHnap Ba ôupuKManapHH HorepMeTHKnuru KyHugaruna 6apTapa$

-

I

ro^OpH ÔOCHMHH

pegyKTop Ba ôannoHnap opacugaru TpyÔKaHH TatMupnam ëKH

anMamrapum ynyH ôannoHnapHH cap^nam Beffrannapu ôepKHTH-nagu, TH3HMgarn ra3 HH^apHÖ wôopnnraHgaH cyHr KHCMnapra

a^paranagu

>_

BnpHKManapHHHr HorepMeTHKnnrH raÖKanapHH KymuMHa ôypam ônnaH Ty3arnnagH. Arap 6y Haru^a ôepMaca, y xpnga ôupuKMa KHCMnapra mpamnagu, TpyÖKa yHHHH Hunnen ôunaH ôupranuKga Kecuô TamnaHagu

ffluKacTnaHraH pe3HHanu mnaHrnap anMamTupunagu

1-rasm. Birikmalarning nogermetikligini bartaraf etish tartibi.

Yuqori bosimli reduktor gazning bosimini reduktordan chiqishda 1,2 MPa bo'lishini ta'minlashi kerak. Rostlash ishlarini bajarishda bosimni ko'paytirish uchun vint soat strelkasi bo'yicha aylantiriladi.

Past bosimli reduktor filtrining to'rini tozalash uchun krestovinadagi magistral ventil berkitiladi, gazni ishlatib bo'lib o't oldirish tizimi o'chiriladi, filtrlovchi elementni bo'shatib chiqariladi, to'rni echib olinadi va uni benzinda, asetonda yoki boshqa qandaydir erituvchida yuviladi, so'ng siqilgan havo bilan purkaladi. Reduktorni avtomobilda rostlash mumkin, buning uchun qisqa chiqarish quvurining teshigiga, pezometrni ulaydigan trubkasi bo'lgan tiqin o'rnatiladi. Birinchi bosqich bo'shlig'ini kirish joyiga filtr shtuseriga ulangan shlang orqali, kompressorda 0,22 -

0.6.MPa bosimgacha siqilgan havo uzatiladi. Birinchi bosqich bo'shlig'idagi gaz bosimi 0,18 - 0,20 MPa bo'lishi lozim.

So'ngra ikkinchi bosqich klapanining ochilishi rostlanadi. Buning uchun qopqoq echib olinadi, kontrgayka bo'shatiladi va rostlash vintini, ikkinchi bosqich klapanidan havo chiqishi boshlanguncha bo'shatiladi (yeshitish bilan aniqlanadi). Rostlash vintini 1/8 - 1/4 marta aylantirib qotiriladi, klapan orqali chiqayotgan havoni to'xtashini eshitish orqali aniqlab, so'ng kontrgayka qotirib qo'yiladi.

Reduktorni rostlashda, avval, ikkinchi bosqich klapan tekshiriladi: tekshirishni ikkinchi bosqich diafragmasining sterjeni bo'yicha amalga oshiriladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ахметов Л.А., Иванов В.И., Ерохов В.И. «Экономическая эффективност и эксплуатационные качества газобаллонных автмобилей». -Т.: Узбекистан, 1984. 198 бет.

2.Hamraqulov O., Magdiev Sh. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Jizzax. "Adolat", 2005.-262b.

4. Umirov, I. I. O'., & Hamraqulov, Yo. M. (2020). Avtomobillardan chiqayotgan gazsimon chiqindilarning atmosferaga aralashishi. Academic research in educational sciences, (1).

5. Odilov, N. (2020). THE ANALYSIS OF THE DEVELOPMENT OF GAS CYLINDER SUPPLY SYSTEM. Academic research in educational sciences, (3).

6. Suvanov, U., Hamraqulov, Y., & Agzamov, J. (2021). TRANSPORT VOSITASINING TEXNIK HOLAT MASALALARI. Academic research in educational sciences, 2(2).

7. Murtazakulovich, H. Y., & Qo'Chqorovna, Y. M. (2021). YER USTI TRANSPORT TIZIMLARIDA TAShIShNI TAShKIL ETIShDA YUKSIZ

QATNOVLARNI OPTIMAL REJALAShTIRISh. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1).

8. Odilova, S. S. Q., & Odilov, N. E. O. (2021). Muqobil yonilg'ilardan motor yonilg'isi sifatida foydalanish istiqbollari. Academic research in educational sciences, 2(1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.