UDK 621.01
O'SIMLIKLARDAN MOYI SIQIB OLISH QURILMASINING TAKOMILLASHGAN
SIRPANISH PODSHIPNIGI
Akbarov Alisher Normatjonovich NamMQI, t.f.f.d., PhD. [email protected]
Annotatsiya. Maqolada o'simliklardan moy siqib oluvchi moy siqish mashinasi ishchi vali hisoblangan shnekli val tayanchlaridagi sirpanish podshipniklarining takomillashgan konstruksiyasi va ularning yeyilish darajasini kamaytirish bo'yicha tadqiqotlar tahlili keltirib o'tilgan.
Аннотация. В статье представлен анализ улучшенной конструкции подшипников скольжения на опорах вала Шнека, который считается рабочим валом маслосжимной машины для отжима масла с заводов, и исследования по снижению степени их скашивания.
Abstract. The article presents an analysis of the improved design of sliding bearings on the supports of the screw shaft, which is considered to be the working shaft of an oil-squeezing machine for extracting oil from factories, and studies to reduce the degree of their mowing..
Kalit so'zlar: moy siqish mashinasi, val, kinematik juft, ishqalanish, yeyilish, tortish usuli, konstruksiya
Ключевые слова: маслопресс, вал, кинематическая пара, трение, изгиб, способ вытягивания, конструкция.
Key words: oil press, shaft, kinematic pair, friction, bending, pulling method, construction.
KIRISH.
Yog'-moy sanoatida moylarni moyli xom-ashyodan siqib olish uchun shnekli presslarning har xil konstruksiyalari ishlatilmoqda [1-3]. Hamma shnekli moy siqish mashinasi bir xil turdagi ishchi organlarga, tuzilish sxemasiga va ishlash prinsipiga egadir.
Shnekli moy siqish mashinasi asosiy ishchi organlari tarkibiga shnekli val va zeyerli silindridir kiradi. Mashinada texnologik jarayolarni bajarish orqali olingan mahsulotlari siqib olingan moy va kunjaralar hisoblanadi. Yordamchi organlarga moy siqish mashinasi ta'minlovchi qurilmasi, bosim va kunjara qalinligini rostlagichi bilan harakatlantiruvchi mexanizm kiradi. Moy siqish mashinasining hamma ko'rsatilgan asosiy va yordamchi organlari cho'yanli staninada yig'iladi. Shnekli val staninaga sirpanish podshipniklari yordamida o'rnatiladi.
Ma'lumki texnologik mashinalar va jihozlarning ekspluatatsiya jarayonida yuritgichlar tomonidan sarf bo'ladigan barcha mexanik energiyalarning hammasi foydali ishlarni bajarish uchun sarf bo'lmasligi o'z isbotini topgan. Sarf bo'layotgan energiyaning ma'lum bir qismi texnologik mashinalar ish bajarish jarayonida ishchi organlar orasidagi ishqalanishni yengish uchun sarf bo'ladi [4]. Kuzatishlar natijasi shuni ko'rsatadiki o'simlik yog'ini ishlab chiqaruvchi moy siqish mashinasi shnekli valining tayanchi hisoblangan sirpanish podshipningining bronza vtulkasi ko'p holda 1000 soatdan ko'pi bilan 3000 soatgacha ishlar ekan. Buning asosiy sababi moy siqish mashinasining ishchi organi hisoblangan sirpanish podshipnigidagi tashqi silindrning yeyilish darajasi yuqori bo'lishi, ushbu ishchi organ ichki silindri ishqalanuvchi yuzalarning bir tekis moylash imkoniyatlariga ega emasligi bilan baxolandi.
Shunday ekan ishqalanuvchi yuzalar qisqa muddatlarda yemirilishining elementar sabablarini o'rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
МЛТЕШЛЬЬЛЯ УЛ МЕТОБЬЛК.
Texnologik mashinalar ishchi organi hisoblangan vallarining notekis aylanishi natijasida ау1апта tebranishlar ог^Ы vujudga kelib, ау1апта kinematik juftlikda Ьо'у1ата va ko'ndalang tebranishlami кеШпЬ chiqaradi. Ви esa o'z navbatida vtulka va val orasida zararli ta'sirlami ortib ketishiga sabab Ьо'^ь
Sirpanish podshipnigining ishonchli ishlashini ta'minlash uchun eng birinchi navbatda texnologik mashinalardagi sirpanish podshipniklarini konstruksiyalarini Ш^'п joriy qilish muhim.
Yuqoridagi muammolami bartaraf etish maqsadida о^тНк moyini ishlab chiqarish uchun yangi takomillashgan qiya Ьо'у1ата ariqchaga ega bo'lgan sirpanish podshipnigi konstruksiyasi ishlab chiqildi.
Takomillashgan sirpanish podshipnigining silindri quyidagi 1-rasmda keltirilgan.
Tavsiya etilayotgan takomillashgan sirpanish podshipniklari о^тНк yog'ini ishlab chiqarish uchun qo'llaniladigan moy siqish texnologik mashinasining ishlash rejimlarini inobatga olgan holda joriy etildi. Mayjud sirpanish podshipnikka nisbatan taklif etilayotgan takomillashgan sirpanish podshipnigi silindrlarining yeyilish darajasi ko'rsatkichlarini solishtirish maqsadida uning ichki va tashqi silindrlarining yeyilish miqdori hamda og'irligining o'zgarish д1утайапш уа уеуШзИ]ас1а1^ш ¡вМазИ vaqtiga bog'liq Ьо1с1а о'щапПсН.
1-rasm. Qiya Ьо'у1ата ariqchaga ega bo'lgan takomillashgan sirpanish podshipnigi
silindri
Tavsiya etilayotgan sirpanish podshipnigi o'simlik yog'ini ishlab chiqarish uchun qo'llaniladigan moy siqish texnologik mashinasining ishlash rejimlarini inobatga olgan holda joriy etildi. Mayjud sirpanish podshipnigiga nisbatan taklif etilayotgan sirpanish podshipnigi silindrlarining yeyilish darajasi ko'rsatkichlarini solishtirish maqsadida uning ichki уа tashqi silindrlarining yeyilish miqdori hamda og'irligining o'zgarish qiymatlarini va yeyilish jadalligini ishlash vaqtiga bog'liq holda о'^ашЫь
Dastlab mayjud уа taysiya etilayotgan aylanma kinematik juftlikni tashkil etadigan ichki va tashqi silindrlarini yeyilish darajasini aniqlashning tortish usuli ощаН og'irliklari o'lchandi [5,6] (2-rasm).
Sirpanish podshipnigining tashkil etuychi organlari hisoblangan ichki уа tashqi silindrlami og'irliklarini o'lchashda o'lchash aniqligi yuqori Ьо'^Ыш ta'minlash maqsadida, laboratoriya sharoitida yuqori aniqlikka ega bo'lgan laboratoriya tarozisidan foydalanildi. O'lchash natijalari 1-jadyalrda batafsil keltirilgan.
2-rasm. Mavjud va tavsiya etilgan sirpanish podshipnigini tashkil etuvchi ichki va tashqi
silindrlarini tortish jarayoni
Taklif etilayotgan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlik konstruksiyasining mavjud konstruksiyaga nisbatan ichki silindrining tashqi yuzalariga ochilgan bo'ylama ariqchalar soni va ularning o'lchamlari hamda tashqi silindr (vtulka) ning materiali bilan farqlangani bois ushbu ichki va tashqi silindrlarning yeyilish darajasining o'zaro farqlari o'rganildi[7-10].
1-tashqi silindr, 2-ichki silindr.
3-rasm. Beshinchi sinf aylanma kinematik juft elementlari
NATIJALAR.
Sirpanish podshipniglarida quyidagi nosozliklar ko'proq kuzatiladi:
- sirpanish podshipnigi tashqi silindri (sapfa) notekis yemirilishi va darzlar hosil bo'lishi;
- ichki va tashqi silindrlar orasida hosil bo'ladigan ishqalanish kuchlari ta'sirida notekis yemirilishi;
- tashqi silindr (sapfa) yeyilishi ta'sirida shnekli val texnologik mashinaning zeyr kamerasi markazidan uzoqlashishi;
- aylanma kinematik juftliklar silindrlari orasida hosil bo'lgan notekis yeyilish hisobiga texnologik mashinalardan chiqadigan shovqin miqdorining ortishi.
Tajribaviy tadqiqotlar uchun o'lchashning xar ikki jarayoni yakunlangandan so'ng quyidagi formula yordamida yeyilish jadalligi aniqlandi.
m 1,- m ,
bosh yakun
£bir = " ,
bunda mbosh - na'munaning tajriba oldidan massasi; myakun - na'munaning tajribadan keyingi massasi; t - tajriba vaqti.
Olingan natijalar asosida kinematik juftlikning tashqi silindridagi yeyilish darajasini ichki silindrga ochilgan bo'ylama ariqchalar soniga bog'liqligini aks ettiruvchi grafiklari qurildi. 4 -
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, № 4 (13)
46
rasm.
4-rasm. Sirpanish podshipnigining tashkil etuvchi tashqi silindri yeyilish darajasini ichki
silindrga ochilgan bo'ylama va qiya bo'ylama ariqchalarga bog'liqlik grafigi.
MUHOKAMA.
Tajriba-sinov natijalaridan shuni ko'rish mumkinki, aylanma harakat qilayotgan moy siqish mashinasi texnologik valining aylanish tezligi 24-25 ayl/min tezlik bilan harakatlantirilganda kinematik juftlikning ichki silindriga mavjud ya'ni amalda qo'llanilayotgan bo'ylama ariqchalarsiz konstruksiyasini 60 N-m texnologik qarshiligi ostida 250 soat ishlatilganda po'lat va bronzadan tayyorlangan tashqi silindrning umuiy vaznini mos ravishda 0,634 va 0,560 foizi yeyilishga sarflangan bo'lsa, bo'ylama ariqchalar soni 6 tani tashkil etganda bu ko'rsatkich 0,450 va 0,448 foizlarni, ariqchalar soni 9 ta bo'lganda 0,406 va 0,401 foizlarga teng bo'lishini kuzatish mumkin. Kinematik juftlik ichki silindridagi bo'ylama ariqchalar soni 12 ta bo'lganda esa po'lat va bronzadan tayyorlangan tashqi silindrning yeyilish darajasi 0,419 va 0,416 foizlarni tashkil etdi.
Bo'ylama ariqchaning aylanish o'qiga nisbatan qiyalik burchagi ß=5 va ß=10 gradus qilib tayyorlanib, tajribada sinalganda, ushbu kinematik juftliklarning yeyilish darajasi bo'ylama ariqchali (ß=0) kinematik juftliklarning yeyilish darajasiga nisbatan mos ravishda 6-10 foizga kamaydi.
XULOSA. Olib borilgan ilmiy-tajribaviy tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, tavsiya etilayotan sirpanish podshipniklarining konstruksiyasining kinematik va dinamik parametrlarini inobatga olgan holda amaliyotga joriy etish natijasida texnologik mashinaning eksplutatsiya jarayonida ularning energiya va resurstejamkorligiga erishish mumkinligi o'z tasdig'ini topdi.
ADABIYOTLAR
1. Y.Q.Qodirov. Yog'-moy mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi. T.: Sharq., 2007.
-240 b.
2. ИДодиров, Д.Равшанов, О.Юнусов. Усимлик мойлари ишлаб чикариш технологияси. Т.: Иктисод-молия , 2014. -294б
3. П. Илхдмджанов., ^.П.Саркаев., А.Б.Иулчиев. Ёг-мой саноати корхоналари ускуналари, Т.: Шарк нашриёти, 2007. -176б
4. Жураев А. Ж. и др. Машина ва механизмлар назарияси //Т.: Гофур Гулом. -
2004.
5. O'.Ikromov. Tribonika (Ishqalanish va yeyilish). Oliy texnika o'quv yurtlari uchun darslik.T.: O'zbekiston nashriyoti, 2003. - 336 b
6. I.V.Kragelskiy. Treniye i iznos. Izd.2-ye pererab, i dop, izd-vo "Mashinostroyeniye" 1968, 480 str.
7. Djuraev, A., Kenjaboyev, S. S., & Akbarov, A. (2018). Development of Design and Calculation of Frictional Force in Rotational Kinematic Pair of the Fifth Class with Longitudinal Grooves. Development, 5(9).
8. Кенжабоев, Ш. Ш., & Акбаров, А. Н. (2021). УСИМЛИК МОЙИ ИШЛАБ ЧЩАРИШ ПРЕССИДАГИ БЕШИНЧИ СИНФ АЙЛАНМА КИНЕМАТИК ЖУФТЛИГИНИ ТАДЖИК ЭТИШ ^УРИЛМАСИ. МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 4, 14.
9. Sharipovich, K. S., Normatjonovich, A. A., Xusainovich, B. A., & Qahramonqizi, M. N. (2022). Fifth Class Rotary Kinematic Pair Research Device in a Vegetable Oil Production Press. INTERNATIONAL JOURNAL OF SPECIAL EDUCATION, 37(3).
10. Жураев, А. Ж., Кенжабоев, Ш. Ш., & Акбаров, А. Н. (2022). Буйлама арикчали бешинчи синф айланма кинематик жуфтликдаги ишкаланиш кучи моменти х,исоби. Механика и технология, 4(9), 29-35.