Научная статья на тему 'O‘QUVCHIYOSHLАRDА MILLIY G‘URUR TUYG‘USINI RIVOJLАNTIRISHDА KITOBLАRNING O‘RNI'

O‘QUVCHIYOSHLАRDА MILLIY G‘URUR TUYG‘USINI RIVOJLАNTIRISHDА KITOBLАRNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy g‘urur / shaxs / ma’naviyat / afsona / rivoyat / ma’naviy qadriyatlar / qadriyatlar / ma’naviy meros / хalq og‘zaki ijodi. / national pride / personality / spirituality / myth / narrative / spiritual values / values / spiritual heritage / oral folk art.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Iskandarovаbdullayev M. E.

Ushbu maqolada milliy g‘urur tushunchasi, milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirish hamda bugungi kun o‘quvchi yoshlаridа milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlаntirishdа kitoblаrning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDENT THE ROLE OF BOOKS IN DEVELOPING A SENSE OF NATIONAL PRIDE IN YOUNG PEOPLE

This article examines the concept of national pride, the role and importance of books in the formation and development of a sense of national pride, as well as in the development of a sense of national pride among today's readers.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHIYOSHLАRDА MILLIY G‘URUR TUYG‘USINI RIVOJLАNTIRISHDА KITOBLАRNING O‘RNI»

IskandarovAbdullayev M. E.

Andijon davlat universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi v.b. dotsenti, (PhD)

O'QUVCHI- YOSHLARDA MILLIY G'URUR TUYG'USINI RIVOJLANTIRISHDA KITOBLARNING O'RNI

Annotatsiya. Ushbu maqolada milliy g'urur tushunchasi, milliy g'urur tuyg'usini shakllantirish va rivojlantirish hamda bugungi kun o'quvchi -yoshlarida milliy g'urur tuyg'usini rivojlantirishda kitoblarning o'rni va ahamiyati haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so 'zlar: milliy g 'urur, shaxs, ma 'naviyat, afsona, rivoyat, ma 'naviy qadriyatlar, qadriyatlar, ma 'naviy meros, xalq og 'zaki ijodi.

Abdullayev M. E., PhD associate professor Department of general pedagogy Andijan State University

STUDENT - THE ROLE OF BOOKS IN DEVELOPING A SENSE OF NATIONAL PRIDE IN YOUNG PEOPLE

Abstract. This article examines the concept of national pride, the role and importance of books in the formation and development of a sense of national pride, as well as in the development of a sense of national pride among today's readers.

Keywords: national pride, personality, spirituality, myth, narrative, spiritual values, values, spiritual heritage, oral folk art.

Qadimdan ma'lumki insonlar atrof muhitda ro'y berayotgan voqea-hodisalarga o'z munosabatini bildirgan. Bu munosabatlar kitoblarda o'z ifodasini topgan. Insonning his-tuyg'ulari so'zlar, matnlar, rasmlar orqali yozma manbalarda muxrlangan. Shu asosda ajdodlarimiz dunyo, tabiat, jamiyat, hayvonot olami, o'simliklar, tog'lar, suvlarning paydo bo'lishi haqidagi ma'lumotlarni o'zida mujassamlashtirgan hikoyalar yaratganlar. Yoshlar esa o'z xis-tuyg'ularini turli she'rlar va qissalarda bayon qilganlar. Ushbu hikoyalar va qissalarda xalqimizning ruxiyati, milliy mentaliteti, urf-odatlari, tarbiyaviy qarashlari ham aks ettirilgan. Bora-bora ular pedagogik qadriyat darajasiga ko'tarilgan va keyingi avlodlarni milliy g'urur, mardlik, jasorat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.

Qabila-urug'ning mard va jasur yigitlari to'g'risida, ularning g'aroyib qahramonliklari haqida afsona va rivoyatlar paydo bo'lgan. Bularning hammasi hali yozuv madaniyati vujudga kelmasdan oldin jamoa-jamoa bo'lib yashayotgan

aholi o'rtasida dastlab og'zaki shaklda tarqalgan. Bugungi kunda ular pedagogik qadriyat sifatida yosh avlodda milliy g'urur tuyg'usini shakllantirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Milliy g'urur-shaxs, ijtimoiy guruhning muayyan millatga mansubligidan faxrlanish hissi. Bu tuyg'u o'zini-o'zi anglash shakllaridan biri bo'lib, ajdodlar qoldirgan moddiy, ma'naviy meros, o'z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi, qadr-qimmati, obro'-etiboridan faxrlanish hissini ifodalaydi"1. Milliy g'urur insonlarda quyidagi shakllarda o'z ifodasini topadi: -o'z xalqi, millatining erishgan yutuqlari, qadriyatlari, milliy boyliklari, urf-odatlari, an'analaridan faxrlanish, uning hayotidagi o'ziga xos xodisalarga befarq bo'lmaslik;

-o'z xalqi, millatining ravnaqi uchun fidoyilik ko'rsata olish; -o'z xalqi, millatining asrlar davomida yaratgan ma'naviy, madaniy, moddiy boyliklarini asrab-avaylash;

-xalqning milliy urf-odatlari, an'analari, qadriyatlarini e'zozlash va avaylab-asrash, ko'paytirish;

-o'z millatini qadrlashini kundalik amaliy faoliyatida namoyon eta olish kabilar.

Shu bilan bir qatorda milliy g'urur egasi boshqa xalqlar va millatlarning vakillariga alohida hurmat-e'tibor bilan qarash, ularning madaniy boyliklarini qadrlay olish tuyg'usiga ega bo'ladi. Boshqa millat vakillarining madaniyati, urf-odatlari, an'analarini qadrlagan holda milliy g'ururni millatchilik va soxta millatparvarlikdan farqlay oladi. Bunday sifatlarni yosh avlodga ta'lim-tarbiya jarayonida singdirish zaruriyati bugungi kunda ayniqsa kuchaymoqda.

Yosh avlod uchun milliy g'urur tarbiyasi muhim ahamiyatga ega bo'lib, mazkur jarayonda o'quvchilarda o'zlikni anglash, vatanparvarlik, millat taqdiri uchun qayg'urish, fidoyilik sifatlari tarkib topadi. Bunday yondashuv natijasida o'quvchi-yoshlarda o'z ajdodlari va bugungi vatandoshlarining yutuqlaridan faxrlanish, ularni avaylab-asrash va ko'paytirishga intilish, jaxon xalqlarining ilg'or madaniyati bilan o'z xalqi madaniyatining yutuqlari bilan qiyoslash, undan faxrlanish tuyg'usi shakllantiriladi. Millatning jahon maydonida o'zligini namoyon qilishi uchun hissa qo'shish, innovatsion texnologiyalarni o'zlashtirish asosida xalqning yutuqlarini ko'paytirishga bo'lgan intilish kuchayadi. Buning natijasida yoshlar sog'lom dunyoqarashga, milliy g'ururga ega bo'lib, vatan ravnaqi uchun tinmay harakat qilishga intiladilar. Ularda fidoyilik hissi yuksaladi. Bu jarayonda kitoblarning imkoniyatlaridan unumli foydalanish talab etiladi. Kitoblarda o'zbek xalqining o'tmishi, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosi, tajribalari ifoda yetilgan bo'lib, ulardan o'quvchi-yoshlarni xabardor qilish orqali milliy g'urur tuyg'usi shakllantiriladi.

1 "Ma'naviyat": asosiy tushunchalar izohli lug'ati/O'zR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. 760 bet. B. 411.

Kitoblar insonni ma'naviy boyitib, uni ma'rifiylik kamolati sari yetaklaydi. Insonni shaxs sifatida shakllanishiga ma'naviy tafakkuri ildizining mustahkamligiga bog'liq. Bu mustahkamlik esa kitob o'qish, o'qigan kitobninig eng muhim jihatlarini ilg'ab, anglab olishdan iboratdir.

Kitobxonlik masalasi bo'yicha mamlakatimizda ko'plab islohatlar amalga oshirilmoqda. Yurtboshimizining 2017 yil 13 - sentiyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobhonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora tadbirlar dasturi to'g'risida"gi PQ - 3271 sonli qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodlarning ma'naviy - ahloqiy hamda intelektual rivojlanishi uchun muhim qadam bo'ldi 2.

Bugungi kunda kitobxonlikni tashkil qilishda axborat - kutubxona muassasalariga, ta'limning barcha tizim va bo'g'inlariga murakkab, masuliyatli vazifalar yuklandi. Kitob insonga ta'sir etishning eng qulay vositasidir, u inson xis tuyg'usiga ahloqiga, hatti-harakatiga, dunyoqarashiga ta'sir etadi. Buyuk ajdodlarimiz merosiga, urf odatlarimizga millatga, istiqlolga fidoiylik tuyg'ularini tarkib toptirish, har qanday qiyinchiliklardan chiqishga yo'l topa oladigan shaxsni tarbiyalash tushunchalarini qamrab oladi. Inson ma'naviyatining o'ziga xos jixatlari kitobhonlik bilan amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Kitob o'qigan inson fikrlay oladi. Bu borada faylasuf D. Dekart "Men fikrlay boshlaganimdagina mavjud bo'laman "deb, aytgan edi. Fikr insonni olamga, insonga, tabiatga va jamiyatga bo'lgan munosabatida vujudga keladi. Shuningdek, fikr insonda maqsadni, mohiyatni anglashga imkon yaratadi.

Shuni aytish joiski, insonlardagi fikrlar o'z navbatida tafakkurni shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo'shadi.

Biz bilamizki, tafakkur miyaning bir nuqtasidagi faoliyati natijasi emas, balki miya po'stlog'ining bir qancha nuqtalari faoliyati assotsiatsiyasi natijasidir. Binobarin, tafakkurda, ya'ni fikr yuritishda qator aqliy jarayonlar - analiz, sintez taqqoslash, abstraktsiya, umumlashtirish va boshqa jarayonlar faol ishtirok etadi. Shundan keyin biz ular natijalari asosida xukm, xulosa chiqaramiz, bir to'xtamga kelamiz. Bizda muayyan tushuncha yuzaga keladi, buni miya po'stlog'ining ixtisoslashgan xujayralari - nuqtalari faoliyati assotsiatsiyalanadi. Demak, qisqa qilib aytganda, miyaning aqliy-intellektual qobiliyati shu ixtisoslashgan nuqtalarning kanchalik rivojlanganligiga bog'lik. Uni rivojlantirishning manbai esa bu - kitobdir. Inson kitob mutola qilar ekan, shu nuqtalar juda sekin, sezilmas darajada rivoj olib boradi. Chunki odam kitob o'qish jarayonida ichki nutq bilan bir vaqtda fikr yuritadi. Qancha ko'p fikr yuritsa, shuncha ko'p miya nuqtalari takomil topadi, rivojlanadi. Bu - xaqiqatda ham nina bilan quduq qazishning o'zginasidir. Lekin oy-kunlar o'tadi, yillar ortda qoladi, inson kitob mutolaa qilishda davom etar ekan, bora-bora miya rivojlanib boradi. Rivojlangan miya oddiy odamni murakkab insonga aylantiradi. Murakkab inson esa ko'p

2 Qarang. Sh.M.Mirziyoev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom yettirib,yangi bosqichga ko'taramiz.T.O'zbekiston.2017-y.530-b.

kashAyotla^a, ko'p yaratuvchanlikka, ko'p donolikka qodfr bo'ladi. Meni inson qilgan kitobdir desalar xech ikkilanmay ishoning. Albatta, qanaqa kitob o'qishga qarab miyaning u yoxud bu nuqtalari rivojlanadi. Chunonchi, badiiy kitoblar xis-tuyg'ulami, trnmush mashmashalaгini yechishni, xayotiy muammolami xal qilishni, go'zallikni sevishni, yomondan yaxshini, adolatdan adolatsizlikni, oqdan qorani ajratishni, mehг qo'yish, sevish, nafratlanish, g'azablanish kabi xislatlami o'гgatsa, ilmiy kitoblaг fanlaming qay biг soxasini o^gatadi, bilim beгadi, miyani ixtisoslaydi va xokazo.

Hulosa qilib aytganda, badiiy kitob xayotga o^gatsa, ilmiy kitob mutaxassislikka o'гgatadi. Umuman olganda kitob o'qigan o'quvchi-yoshlarda dunyoqaгashi o'sadi, dunyoni taniydi shuningdek yovuzlikdan nafratlanish tuyg'usini paydo qiladi. Eng asosiysi shundaki, o'quvchi-yoshlaTda milliy g'uгuг tuyg'usi rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh.M.Mimyoev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom yettirib,yangi bosqichga ko'taгamiz.T.O'zbekiston.2017-y.530-b.

2. "Ma'naviyat": asosiy tushunchalaг izohli lug'ati.O'zR Pгezidenti huzuгidagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O'zbekiston faylasuflaгi milliy jamiyati. - T.: G'afrn- G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. 760 bet. B. 411.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.