Научная статья на тему 'OʻQUVCHINING KAMOL TOPISHIDA OʻQITUVCHI VA OTA-ONA HAMKORLIK MUNOSABATLARINING SAMARALI USULLARI'

OʻQUVCHINING KAMOL TOPISHIDA OʻQITUVCHI VA OTA-ONA HAMKORLIK MUNOSABATLARINING SAMARALI USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
seminar / trening / motivatsiya / individual / umumiy oʻrta ta’lim / muassasa / maktab.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Botirova Mashhura Mansurjon Qizi

Ushbu maqola oʻqituvchi va ota-ona hamkorligi munosabati orqali oʻquv jarayonini tashkil etish, oʻquvchilar uchun qulay oʻqitish muhitini yaratish, ularning oʻrganishini taʼminlash, oʻqitish sifatini oshirish va yetuk avlod boʻlib kamol topishida katta samara beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻQUVCHINING KAMOL TOPISHIDA OʻQITUVCHI VA OTA-ONA HAMKORLIK MUNOSABATLARINING SAMARALI USULLARI»

O'QUVCHINING KAMOL TOPISHIDA O'QITUVCHI VA OTA-ONA HAMKORLIK MUNOSABATLARINING SAMARALI USULLARI Botirova Mashhura Mansurjon qizi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10801640

Annotasiya. Ushbu maqola o'qituvchi va ota-ona hamkorligi munosabati orqali o'quv jarayonini tashkil etish, o 'quvchilar uchun qulay o'qitish muhitini yaratish, ularning o'rganishini ta'minlash, o'qitish sifatini oshirish va yetuk avlod bo'lib kamol topishida katta samara beradi.

Kalit so'zlar: seminar, trening, motivatsiya, individual, umumiy o 'rta ta'lim, muassasa, maktab.

Аннотация. Данная статья оказывает большое влияние на организацию образовательного процесса, создание комфортной среды обучения учащихся, обеспечение их обучения, повышение качества образования, взросление зрелого поколения посредством сотрудничества учителей и родителей.

Ключевые слова: семинар, тренинг, мотивация, индивидуальный, общее среднее образование, учреждение, школа.

Abstract. This article has a great effect on organizing the educational process, creating a comfortable learning environment for students, ensuring their learning, improving the quality of education, and growing into a mature generation through the cooperation of teachers andparents.

Keywords: seminar, training, motivation, individual, general secondary education, institution, school.

Yosh avlod - ertangi kun egasi, jamiyatning taraqqiy etishdagi muhim ustunidir. Ularning ilmli, madaniyatli, ma'rifatli bo'lib kamol topishi, ma'naviy salohiyatga ega bo'lishi, dunyo miqiyosida tengdoshlariga har sohada ibrat bo'lib kuchga to'lishi ta'lim va tarbiyaga bog'liq ekanligini dunyo tan olgan. Sifatli ta'lim, chiroyli tarbiya o'qituvchi va ota-onadan kuchli mas'uliyat, j avobgarlik hamda ularning o'zaro hamkorlik munosabatlarini talab qiladi. Yuqoridagi jumlalar maktabgacha ta'lim, oila muhiti, umumiy o'rta va barcha maktablar bir-biriga aloqador jarayonlar ekanini ko'rsatadi.

Farzand asosiy tarbiyani oiladan oladi, O'zbekistonning milliy mentalitetidan kelib chiqib qaraydigan bo'lsak, bunga ko'proq ona mas'ul. Moddiy tomonlama ta'minlashni ota o'z bo'yniga olgan. Shunday ekan, har bir ona farzandi voyaga yetgunga qadar ahamiyatli bo'lib, ustozlari bilan o'zaro hamkorlik munosabatlarida bo'lishi, farzandidagi kamchiliklarni ko'ra bilib, uni o'rganishi va maktab darajasidagi o'zlashtirish jarayonlarini nazoratga olib turishi kerak. Aytmoqchimanki, har bir ona farzandining tarbiyasiga qattiq turib, maktabda olayotgan bilimlarini mustahkamlash uchun yetarlicha vaqt ajratib, farzandining ustozi bilan to'g'ri hamkorlik munosabatlarini yo'lga qo'ya bilsa, ustozlarning bilim berishi osonroq, o'quvchilarning yangi bilimni qabul qilishi esa yengilroq bo'ladi.

Maktab so'zi arab tilidan olingan bo'lib, o'zbek tilida "darslik" yoki "ilmiy ta'lim muassasasi" ma'nolarini anglatadi. Umumiy ma'noni anglashda, maktab o'quvchilar uchun o'zlarini tayyorlash, ta'lim olish va bilim olish imkoniyatini ta'minlaydigan joydir. "Maktab" so'zi, aslida, o'quvchilarni ijodiy, ma'rifatli va adolatli shaxslarga aylanishida muvaffaqiyatga erishish uchun ta'lim beruvchi ilmiy ta'lim muassasasi. Maktab ko'proq ta'lim dargohi, tarbiya emas. Tarbiyaga javobgarlik tomonlari ham bor, lekin bu narsa ko'proq ota-ona zimmasidagi mas'uliyat. Bola nima bo'lgan taqdirda ham, ko'rganini qiladi va asosiy tarbiyani oiladan,

maktabgacha ta'lim muassasalaridan oladi. Shunday ekan, muallimlar tarbiyasiga emas ilmiga javobgar shaxslardir. Sinf rahbarlari tomonidan o'tilgan tarbiya soatlarining amaliy tomonlarini oilada ko'rinishi kerak. Mana shu masalalar ota-onalar va o'qituvchilarning o'zaro hamkorlik munosabatlarini talab qiladi.

Umumiy o'rta ta'lim tashkiloti o'quvchilari oilalari bilan hamkorlikning maqsadlari va shartlari o'zaro munosabatlarni tashkil etishning muhim tarkibiy qismidir. Hamkorlik turli shakllarda va usullarda olib borilishi mumkin, muhimi birlashish va o'sayotgan yosh avlodni barkamol bo'lib kamol topishida birgalikda harakat qilishdir. Albatta, har bir ota-ona o'z farzandining kelajagi uchun befarq emas. Shuningdek, ustozlar har doim ota-onalar bilan uzviy aloqada bo'lishi, yig'ilishlar, ular uchun qiziqarli va foydali treninglar o'tkazib turish kerak.

Ta'lim sohasida ish olib borganlar, o'rganuvchilar tomonidan juda ko'plab ota-ona va o'qituvchilarning hamkorligi bo'yicha yo'nalishlar, bosqichlar tuzib chiqilgan. Jahon tajribalari va hamkorlikning turlaridan kelib chiqqan holda asosiy va ta'sir natijasini ko'rsa bo'ladigan bosqichlarini tanlab olsak:

• Ota-onalarning maktab ma'muriyati bilan ochiq muloqoti.

Ochiq muloqot tadbir sifatida uyushtirilib, ilmiy va ijodiy yutuqlarga erishgan o'quvchilarning ota onasini taqdirlash, madaniy va ma'rifiy chiqishlar bilan, tadbir jarayonida ota-onalarning ham ishtirokini jalb etish, o'quv yili davomida ikki marotaba o'tkazish nazarda tutilgan.

• Sinf rahbari tomonidan ota-onalar uchun treninglar.

Sinf rahbari tomonidan ota-onalar uchun treninglar, motivatsiya beradigan o'quv bilimlarini ko'rib, ochiq muloqot tashkil etish va bilimli o'quvchilarning ota-onasini rag'batlantirish. O'quv yilining har ikki choragida bir marota o'tkazilishi nazarda tutilgan.

• Ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtirib, seminar tashkil etish.

Hamkorling bu bosqichi yuqorida keltirilgan bosqichlarning eng asosiysi bo'lib, o'tkazilish

tartibiga alohida urg'u beriladi. Bunda sinf rahbari barcha o'quvchining har bir fandan o'zlashtirish darajasini bilishi, odob-axloqidan xabardor bo'lishi kerak. Bu masalalar bo'yicha ota-onalari bilan yakka tartibda gaplashib olishi, farzandi haqidagi ma'lumotlarni ularga yetkazishi va birgalikda o'quvchining ijobiy o'sishida harakat qilishi lozim. Ushbu yakka tartibdagi uchrashuvda yutuqlari, qiziqishlari, umuman olganda, barcha ijobiy tomonlari haqida farzand va ota-onaning oldida gaplashib olishi, kamchiliklari, o'zlashtirolmayotgan fanlari, salbiy harakatlari haqida ota-onaning o'zinigina ogohlantirish darkor. Ushbu bosqich har chorak so'ngida o'tkazilishini yo'lga qo'yish lozim.

Xulosa o'rnida ayta olamanki, agar ota-ona va o'qituvchilarning o'rtasida yuqoridagi hamkorlik bosqichlari chiroylii yo'lga qo'yilsa, o'quvchilarning ta'lim sifatida katta o'zgarish bo'lishiga ishonchim komil. Bu borada har bir ota-ona ustozlarni hurmat qilishi, ularning maslahatiga ko'ra farzandini ustida ishlashi maqsadga muvofiq. Albatta, bu jarayon maktab ma'muriyati va sinf rahbaridan mahorat, bilim, saviya, kuch, haqqoniylik, ochiqlik, o'quvchilarga muhabbat tuyg'ularini talab qiladi. Bunga yechim berib ketadigan bo'lsam, sinf rahbarlari maoshi ko'tarilishi va shunga yarasha ulardan faoliyati davomida ma'suliyat talab etilib, ota-ona va o'quvchilar bilan ishlay bilishi, oila va maktab o'rtasidagi ko'prik vazifasini bajara olishi kerak .

REFERENCES

1. Nishonov U., Tursunov I. «Pedagogika kursi» Toshkent 1997-yil.

2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekistonning asosiy ustuni - bilim, ta'lim va tarbiya bo'ladi: Daryo yangiliklari

3. O.XacaHÖoeBa, XO^HKOB Ba Gom^a^ap. Oana negarorHKacH. TomKeHT. 2007 HH^.

4. www.ziyonet.uz

5. www.aim.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.