Научная статья на тему 'O‘QUVCHI SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA OTAONALARNING HAMKORLIKDAGI FAOLIYATI HAQIDA (ANDIJON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI MISOLIDA)'

O‘QUVCHI SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA OTAONALARNING HAMKORLIKDAGI FAOLIYATI HAQIDA (ANDIJON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’qituvchi / ota-ona mas’uliyati / oila / farzand tarbiyasi / Ota-onalar Kengashi / zamonaviy pedagogik texnologiyalar / hamkorlik / sog’lom muhit / teacher / parental responsibility / family / child upbringing / Parents' Council / modern pedagogical technologies / cooperation / healthy environment

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rustamova Rushana Bahramjonovna

Ushbu maqolada maktab o'quvchilarini tarbiyalashda o'qituvchilar va ota-onalar o'rtasidagi samarali hamkorlikning shakllari, asosiy yo'nalishlari, ota-onalar Kengashini tuzish va faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yish, o'quvchilarning oilalari bilan ish olib borishda qo'llaniladigan an'anaviy va noan'anaviy usullar haqida so'z yuritiladi. Muallif o’qituvchi va ota-onalar o'rtasidagi hamkorlikni tashkil etish muammolarini tahlil qilib, Andijon shahridagi Prezident maktabida amalga oshirilayotgan ishlar misolida samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha amaliy takliflarni keltiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT ACTIVITIES IN COOPERATION OF TEACHERS AND PARENTS IN THE DEVELOPMENT OF STUDENT'S PERSONALITY

This article discusses the forms of effective cooperation between teachers and parents in the education of schoolchildren, the main directions, the formation and proper functioning of the Parent Council, cooperation with students’ families, traditional and non-traditional methods used in carrying out, and discusses the work carried out on this issue. The author analyzes the problems of organizing cooperation between teachers and parents, demonstrates effective cooperation using the example of work carried out at the Presidential School in Andijan. The article provides practical proposals for implementing this cooperation.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHI SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA OTAONALARNING HAMKORLIKDAGI FAOLIYATI HAQIDA (ANDIJON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI MISOLIDA)»

Rustamova Rushana Bahramjonovna,

Andijon shahridagi Prezident maktabi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

О ОиУСН! 5НДХБ!МI RIVOJLANTIRISHDA OlQITUVCHI VД OTД-ONДLДRN!NG HДMKORL!KDДG! FAOL!YAT! HДQ!DД (ДND!JON SHДHRIDДGI PREZ!DENT МДКТДВ! MISOLIDД)

UO'K: 376.1

DOI: 10.34920/SO/VOL_2024_ISSUE_1_9

RUSTAMOVA R.B. O'QUVCHI SHAXSINI RIVOJLANTIRISHDA O'QITUVCHI VA ОТА-ONALARNING HAMKORLIKDAGI FAOLIYATI HAQIDA (ANDIJON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI MISOLIDA)

и$ИЬи maqolada гпа^аЬ o'quvchilarini tarbiyalashda о^1^сЫ1аг va о1а-опа!аг o'rtasidagi $атагаИ ИаткогПкптд shakllari, asosiy уо^а^Мап, о1а-опа!аг Kengashini tuzish va faoliyatini to'g'ri уо1да qo'yish, o'quvchilarning oilalari Ьilan ish oliЬ Ьorishda qo'llaniladigan an'anaviy va noan'anaviy usullar haqida so'z уимй^к Muallif o'qituvchi va ota-onalar o'rtasidagi hamkorlikni tashkil etish muammolarini tahlil qiliЬ, Andijon shahridagi Prezident maktabida amalga oshirilayotgan ishlar misolida samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish Ьo'yicha amaliy takliflarni keltiradi.

Tayach so'z va tushunchalar: o'qituvchi, ota-ona mas'uliyati, оПа, farzand tarЬiyasi, Ota-onalar Kengashi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, hamkorlik, sog'lom muhit.

РУСТАМОВА Р.Б. О ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В СОТРУДНИЧЕСТВЕ УЧИТЕЛЯ И РОДИТЕЛЕЙ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ УЧАЩЕГОСЯ

В данной статье рассмотрены формы эффективного сотрудничества учителей и родителей в воспитании школьников, основные направления, формирование и правильное функционирования Родительского совета, сотрудничество с семьями учащихся, традиционные и нетрадиционные методы, используемые при проведении, обсуждаются проводимые по этому вопросу работы. Автор анализирует проблемы организации сотрудничества учителей и родителей, демонстрирует эффективное сотрудничество на примере работ, проводимых в Президентской школе в Андижане. В статье даны практические предложения по реализации этого сотрудничества.

Ключевые слова и понятия: педагог, родительская ответственность, семья, воспитание детей, Родительский совет, современные педагогические технологии, сотрудничество, здоровая окружающая среда.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

RUSTAMOVA R.B. ABOUT ACTIVITIES IN COOPERATION OF TEACHERS AND PARENTS IN THE DEVELOPMENT OF STUDENT S PERSONALITY

This article discusses the forms of effective cooperation between teachers and parents in the education of schoolchildren, the main directions, the formation and proper functioning of the Parent Council, cooperation with students' families, traditional and non-traditional methods used in carrying out, and discusses the work carried out on this issue. The author analyzes the problems of organizing cooperation between teachers and parents, demonstrates effective cooperation using the example of work carried out at the Presidential School in Andijan. The article provides practical proposals for implementing this cooperation.

Key words and concepts: teacher, parental responsibility, family, child upbringing, Parents' Council, modern pedagogical technologies, cooperation, healthy environment.

Kirish.

Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, barcha sohalarda rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha olishi, o'z navbatida, mehnat bozoridagi kadrlarga bog'liq. Mamlakat taraqqiyotiga hissa qo'shadigan kadrlar esa ta'lim muassasalarida o'qib-ulg'ayadi. Bu, o'z navbatida, ta'lim muassasalarini oldiga hayot sinovlarini munosib yengib o'ta oladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdek zalvorli vazifani qo'ymoqda. Ushbu ko'zlangan maqsadga erishish uchun, yosh avlodning kelgusidagi axlo-qiy-ma'naviy qiyofasini shakllantirish va buning uchun ularga ta'lim-tarbiya beruvchilarni zamon-aviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish juda muhimdir.

Mavzuning dolzarbligi. Yosh avlodning har tomonlama yetuk, bilimdon, vatanparvar shaxslar bo'lib yetishini ta'minlash yo'lida amalga oshiri-layotgan ma'rifiy faoliyatning birlamchi bo'g'ini sifatida ta'lim muassasasi va ota-onalarning ham-korlik faoliyatini samarali tashkil qilinishi hal qilu-vchi ahamiyatga ega. Ota-onalar bilan ishlash pedagogik faoliyatning muhim yo'nalishi hisoblanadi. O'quvchining muvaffaqiyatga erishishi, unga kim-lar va qay tarzda ta'sir qilishiga bog'liq. O'quvchi vaqtini ko'p qismini maktabda va oilada o'tkazadi, shuning uchun ham o'qituvchi hamda ota-onaning hamfikrlikdagi harakati o'quvchining shaxsiy rivoji uchun zaruriy hamkorlikdir. Maktab va ota-ona-larning maqsadi o'quvchini rivojlantirish va jami-yatda munosib o'rin olishiga ko'maklashishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun har ikki tomonning bajarishi shart bo'lgan aniq vazifalari bor. O'quvchining muvaffaqiyati maktab va ota-onalarning samarali muloqoti, hamfikrligi, mua-mmoga to'g'ri yondashuvi, mas'uliyat va shaxsiy javobgarlikni xis etishiga bog'liq.

Tadqiqotning maqsadi. Prezident maktab-lari, ijod va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarda

ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash metodikasini rivojlantirish.

Tadqiqotning obyekti. Andijon shahridagi Prezident maktabi.

Tadqiqotning predmetini Prezident makta-bini ota-onalar bilan ishlash tizimi, shakl, metod va vositalari tashkil qiladi.

Tadqiqotda tizimlilik, umumiylik, qiyosiy-tahl-ildan foydalanildi. Tadqiqotning empirik manbani anketa va so'rovnomalarning natijalari tashkil etdi.

Maqolaning ilmiy yangiligi.

Zamonaviy sharoitda oila va maktab o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning xususiyatlari, o'quvchi shaxsini rivojlantirishda o'qituvchi va ota-onaning hamkorlik faoliyati, yuzaga kelayotgan muammo-larning sabablari aniqlangan.

Oila va maktabning hamkorlikdagi faoliyati Andijon shahridagi Prezident maktabi tajribasi asosida tahlil qilingan.

Ta'lim muassasasida ota-onalarga farzand bilan munosabatlardagi dolzarb muammolarga individual maslahat va yordam ko'rsatuvchi ishonchli xiz-matlarni joriy qilish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

O'qituvchi va ota-onalarni o'quvchining rivo-jlanish istiqbollarini aniqlashga va shunga mos ravishda harakat dasturini ishlab chiqishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy qism. Andijon shahridagi Prezident maktabi faoliyat boshlagan dastlabki yillari-danoq ota-onalar bilan ishlash tizimini to'g'ri yo'lga qo'yish va samarali hamkorlikni tashkil qilish yo'nalishiga alohida e'tibor qaratdi. Mazkur yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, o'qituvchilar jamoasi hamda o'quvchilarning ota-onalaridan olingan so'rovnomalar natijalariga ko'ra hamkorlik jarayonidagi quyidagi muammo-larni mavjudligi aniqlandi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

1. Maktab tomonidan tashkil qilinadi-gan an'anaviy ota-onalar majlisida ikkita muhim masala o'quvchining fanlarni o'zlashtirishdagi va xulq-atvoridagi salbiy o'zgarishlar haqidagi ma'lumotlarga urg'u berilib, tahlil va xulosalarda umumiylik ustuvor, individual yondashuvga kam e'tibor qaratiladi.

2. Ota-onalarning maktab bilan muloqoti o'quvchi tomonidan salbiy harakat sodir etilganda yoki turli nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda faol-lashib, farzandini rivojlantirishga oid masalalarda o'qituvchi bilan hamkorlik qilish, maslaxat olish va birgalikda, hamfikr bo'lib ishlash masalasida faollik sezilarli darajada pastroq ekanligi kuzatildi.

3. O'qituvchilar va ota-onalarning yuzma-yuz muloqot qilishi uchun ko'pincha tomonlarn-ing vaqtidagi nomutanosiblik tufayli ota-onalarni shaxsan ishtirokidan ko'ra, oiladan boshqa bir vak-ilning muloqotga kirishish va ma'lumot almashish-dagi ishtiroki sababli vaziyatni to'g'ri baholashda turli tushunmovchiliklarni yuzaga keltiradi.

4. Tomonlarning muloqotida hamkorlikd-agi harakatlar rejasi emas, muhokama markazida shikoyatlar ustuvorligi tufayli qayta aloqa qilishda uzilish bor.

5. Ma'lumotlar almashish va muloqotlar onlayn formatda ommalashib, ijtimoiy tarmo-qlardagi maxsus guruhlar orqali amalga oshiri-ladi. Maktab hayoti, o'quv jarayonlari, o'tkazilgan tadbir va loyihalar, erishilgan natijalar haqida ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqdagi muloqotlarda ustuvorlik qiladi. Muloqotning bunday shakllida faollik asosan o'qituvchida yuqori bo'lib, ota-ona esa yuborilgan ma'lumotlarni iste'molchisi sifatida munosabatga kirishadi.

6. O'qituvchining ota-onalar bilan individual muloqotd asosan o'quvchini bilim olishi va xulq-atvori xususida ma'lumot berish, yuzaga kelgan vaziyatdan boxabar qilishga yo'nalgan, muammoni yechimiga qaratilgan hamkorlikdagi harakatlar rejasi o'rin olmagan.

Yuqorida keltirilgan mavjud muammolarni bar-taraf etish maqsadida Andijon shahridagi Prezi-dent maktabida ota-onalar bilan hamkorlik qilish, samarali muloqot o'rnatish, hamfikrlikda muam-molarga birgalikda yechim qidirish, muhokama-lar markazida o'quvchini rivojlantirishga oid ikki tomonlama teng harakatga urg'u berish, taklif va tashabbuslarga ochiqlik, o'zaro ishonchli va ijo-biy munosabatlarni o'rnatishga ko'mak beradigan

strategik dastur ishlab chiqildi va quyidagi tizimli ishlar amalga oshirildi.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida»gi qonunining 51-moddasida "Voy-aga yetmagan ta'lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning o'qishi, tar-biyalanishi, jismoniy, ma'naviy va intellektual rivojlanishi uchun mas'uldir"1, - deb belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mir-ziyoyevning "Gap yoshlar tarbiyasi haqida borar ekan, bu borada shoshmaslik, yoshlar va ota-ona-larning talab-istaklaridan kelib chiqib, har tomonlama puxta o'ylab ish tutish kerak"2, - degan fikr-lari har bir pedagogning dasturil amali bo'lishi zarur. Chunki, ta'lim va tarbiya doimo bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. O'z davrida taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy tarbiya vositalarini bolaning hayoti, uning tashqi olam bilan munosabati, hamkorlikdagi ish va muloqotidan iborat deb ta'kidlagan edi.

O'zbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta'lim-tarbiya, madaniyat an'analari tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Kayk-ovusning "Qobusnoma" sidan boshlab, Al-Xoraz-miy, Abu nasr al Farobiy, Beruniy, Ibn Sinolarn-ing nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Xojib, A.Navoiy, A.Avloniy asarlarida sharq xalqlari, xusu-san, o'zbek xalqiga xos bo'lgan ibratli tomonlari ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos bo'lgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, oqi-bat, mehr-shafqat, mehmondo'stlik, ma'rifatga chanqoqlik, ayolni ulug'lash, farzandga mehrli va fidoyi bo'lishlik kabi fazilatlar ochib berilgan.

An'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan ota-onalar majlisini ikki tomonlama manfaatli va sama-rali natija berishiga yo'naltirilgan Ota-onalar kon-ferensiyasi shakllida tashkil qilish yo'lga qo'yildi. Ota-onalar konferensiyasi individual suhbatlar, mutaxassislar maslahati, hamkorlik kelishuvlari, muammoni yechimiga yo'nalgan ikki tomon uchun harakatlar rejasini tuzish, umumiy yondashuvdan individual yondashuvga o'tish imkonini berdi (1-rasm).

Ota-onalarning farzandini ta'lim va tarbiyasiga oid munosabatlarini o'rganish, maktab faoliyatiga oid fikr-mulohazalarini tizimli tahlil qilish uchun, onlayn so'rovnomalar ham tashkil etildi.

1 O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi O'RQ-637-son "Ta'lim to'g'risida»gi qonunining 51-moddasi. - https://lex.uz/docs/-5013007

2 https://www.standart.uz/news/view?id = 1021

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

1-rasm. Ota-onalar yigilishlarini o'tkazishga noan'anaviylik.

Ota-onalar yig'ilishlarini o'tkazishda noan'anaviylik

Psixologik tayyorgarlik

Master-klass

Botalaming ota-onalar bilan birgalikdagi faoliyati

"Seminar - seminar"

"Kitobxonlar konferensiyasi"

Maktab va ota-onalar o'rtasidagi tuzilgan shart-noma, har ikki tomonni munosabatlarini to'g'ri tashkil qilishga huquqiy asos sifatida foydalanil-moqda. Har bir ota-ona shartnomada aks etgan tomonlarning majburiyatlari, huquqlari, muno-sabatlarni tartibga solish qoidalari, maktabning "odob-axloq" Kodeksi, maktabning hamkorlik siyo-satini mazmun-mohiyati haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lmoqda.

Andijon shahridagi Prezident maktabida "Ota-onalar Kengashi" faoliyati yo'lga qo'yilgan. Ota-onalar Kengashi maktabda ta'lim olayotgan o'quvchilarning barcha ota-onalari tomonidan o'z qarashlarini ifodalash uchun tanlangan ota-onalar guruhi bo'lib, Kengash a'zolarining faoliyati maktab jamoasi tomonidan doimiy qo'llab-quvvatlanadi. Ota-onalarning tashabbuslari, taklif va murojaatlari bilan ishlashda Kengash a'zolari maktab jamoasiga amaliy ko'mak berib, sama-rali hamkorlik o'rnatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda (2-rasm).

Maktab jamoasi uchun "Ota-onalar bilan ish-lash, to'g'ri va samarali muloqot o'rnatishga oid zamonaviy metodlar" mavzusida tiz-imli o'quv mashg'ulotlar, mahorat saboqlarini doimiy o'tkazilb borish yo'lga qo'yilgan. Mazkur mashg'ulot va o'quvlar ota-onalar bilan ishlashda maktab jamoasining professional yondashuvini kuchaytirishga xizmat qiladi. Maktab jamoasining

Teatr tomoshalari

"Samimiy suhbat"

Ota-onalarning tajribasiga murojaat qiling

ota-onalar bilan tezkor qayta aloqa chiqishi, ularn-ing murojaatlariga o'z vaqtida asosli munosabat berib borishga odatlanganligi o'zaro munosabat-larda ishonch muhitini mustahkamlab bormoqda.

Pedagogik tavsifnoma (pedagogik feedback) -o'quvchining o'quv choragi mobaynidagi o'zlashtirish ko'rsatkichlari, "soft skills" ko'nikmalari va jamoat ishlaridagi faolligi xususida sinf rahbarn-ing tahliliy ma'lumot varog'i bo'lib, uning yor-damida ota-ona o'z farzandining ta'lim va tarbiya jarayonidagi holati haqida ma'lumotga ega bo'ladi. Ushbu tahliliy ma'lumotning o'ziga xos jihati shun-daki, o'qituvchi ota-onaga farzandini qaysi jihatini rivojlantirishi, tarbiya jarayonida nimalarga e'tibor qaratishi haqida tavsiya berib, birgalikda ishlash bo'yicha takliflar rejasini taqdim etiladi, tomlarning mas'uliyati aniq belgilanadi.

Maktab jamoasi maktabda tashkil etiladigan ijodiy va intellektual tanlovlar, sport musobaqalari, ko'rgazmalar, loyiha taqdimotlari, xayriya aksi-yalari, teatr tomoshalari, konsert dasturlariga ota-onalarni muntazam taklif etib, ularni faol-likka chorlab, maktabdagi jarayonlarga daxldorlik tuyg'usini rivojlantirishga alohida yondashmoqda.

Shuningdek maktab jamoasi ota-onalarni tashabbus va takliflariga ochiq munosabatda bo'lib, o'z faoliyatini yanada rivojlantirishda ularn-ing tashabbuslaridan samarali foydalanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etilgan ota-onalar

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

2-rasm. Ota-onalar yig'ilishlari samaradorligi omillari.

Noan'anaviy ota-onalar yig'ilishlari samarasi- sinf rahbari va oila o'rtasida hamkorlik

O'quvchilarning oilalarini o'rganish, ota-ona va oila a'zolari

Ota-onalarning dunyoviy va diniy qarashlari

Ota-onalarning bilimi, umumiy madaniy darajasi, shaxsiy xususiyatlari

Ota-onaning ta'lim tizimiga, farzandiga munosabati ijobiy tomonga o'zgaradi

guruhlarida kitobni sevishga o'rgatish, yaxshi xulqli bo'lish, atrofdagilar bilan muloqot qilishni o'rganish va bilim olishga kuchli ishtiyoqni shakl-lantirish, kasb tanlash, jamiyatga moslashish, katta hayotga qadam qo'yishda farzandlarga qanday yo'l-yo'riq berish zarur, degan savollar yuzasidan ota-onalar uchun xalqchil tilda ma'lumotlar, video va audio materiallar taqdim etilib, mutolaa uchun kitoblar tavsiya qilib bormoqda.

Xulosalar.

1. Maktab, oila va jamoatchilikning amaliy yordamiga tayanmay turib, hozirgi vaqtda ta'lim-tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilib bo'lmaydi. Tarbiya o'z tabiatiga ko'ra bir maqsadga qaratilgan yagona, uzluksiz jarayon. U hamma joyda maktabda va oilada, hovlida va ko'chada, jamoat to'planadigan joylarda sodir bo'ladi. Ko'pdan-ko'p tarbiyaviy kuchlarning o'quvchi shaxsini tarkib topishiga ta'siri bu kuchlarning bir-biriga muvofiq holda amal qilishini talab etadi.

2. Ota-onalarning aksariyati professional o'qituvchilar emas. Ular bolalarni tarbiyalash va o'qitish sohasida maxsus bilimga ega emasligi bois farzandlari bilan aloqa o'rnatishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Samarali hamkorlik natijasida esa ota-onalar bu masalada soha mutaxassislaridan kerakli tavsiyalarni olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

3. O'qituvchilar va ota-onalar o'rtasidagi axborot almashish, odatda ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladi. Bu nafaqat ota-ona-larni jalb qilishning yaxshi usuli, shuningdek far-zand tarbiyasiga oid savollarga xalqchil tilda ma'lumotlar, video va audio materiallar taqdim etish, mutolaa uchun kitoblar tavsiya qilish uchun qulay imkoniyatdir.

4. Pedagogik jamoa o'quvchilarning ota-onalari bilan bilan muloqotda vazmin va xush-muomali bo'lishi, o'quvchilarning oilaviy sharoitini o'rganib, ota-onaga pedagogik-psixologik yor-dam ko'rsatish ishlarini sifatli tashkil etishi zarur. Agar ota-onalar va o'qituvchilar o'rtasida o'zaro ishonchli munosabatlar o'rnatilsa, ota-onalar o'quv jarayoniga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatishlari mumkin.

5. Ota-onalarning nuqtai nazarini ifodalash, ularning maktab bilan hamkorligini rivojlanti-rish uchun ta'lim muassasasida tashkil etilgan "ota-onalar Kengashi" faoliyatini qo'llab-quvvat-lash, murojaatlarga o'z vaqtida munosabat berish tizimini yo'lga qo'yish asosida o'quvchilarning farovonligini ta'minlash mumkin.

O'quvchi shaxsini rivojlantirishda o'qituvchi va ota-onalarning hamkorligidagi faoliyati muhim-ligini inobatga olib, samarali muloqot o'rnatish, tomonlarning o'zaro hamjihat yondashuvi uchun quyidagi takliflar bizningcha ijobiy natija beradi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)

1. Har bir maktab o'quvchilarning ota-ona-lari bilan ishlashga qaratilgan strategik reja ishlab chiqishi va hamkorlik siyosatini ustuvor jihatlarini belgilashi zarur.

2. Maktab jamoasi uchun "Ota-onalar bilan ishlash, to'g'ri va samarali muloqot o'rnatishga oid zamonaviy metodlar" mavzusida tizimli o'quv mashg'ulotlar, mahorat saboqlarini doimiy o'tkazilib borishi muhim. Bunday mashg'ulotlar ota-onalar bilan hamkorlikda maktab jamoasining professional yondashuvini kuchaytirishga xizmat qiladi.

3. Maktablarning ijtimoiy tarmoqdagi ota-onalar guruhlarida o'quvchilarni tarbiyasini yaxshi-lashga, ota-onalar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan milliy kontentlar, mutolaa qilish uchun kitoblarni tavsiya qilib borish yaxshi samara beradi.

4. Ota-onalarning farzandini ta'lim va tar-biyasiga oid munosabatlarini o'rganish, maktab faoliyatiga oid fikr-mulohazalarini tizimli tahlil qilish uchun, onlayn so'rovnomalar ham tashkil etish,

so'rovnoma natijalarini tahlil qilib, chora-tadbirlar belgilashda tahlil natijalarini inobatga olish hamkorlik jarayonida ishonch muhitini yaratadi.

5. Ota-onalar bilan muloqotda, o'qituvchi o'quvchining rivojlantirishga qaratilgan umumiy harakatlar rejasi, muammoni yechimiga qaratilgan hamkorlik yo'nalishini aniq ko'rsatishi muloqotni davomiyligi va natijadorligini ta'minlaydi.

Yuqoridagi tavsiya etilgan pedagogik o'quv laboratoriyamiz maktab va ota-ona hamkorligi faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi va, o'z o'rnida, o'quvchining o'quv-ma'naviy hayotiga ota-onalarning daxldorlik hisini oshiradi. "O'quvchi - maktab - ota-ona" triadasi doirasida samarali muloqot maydoni, hamkorlikdagi sog'lom muhit ustuvor muassasa tipining yaratilishiga poydevor bo'ladi. Ta'lim muassasalarida ota-onalar ken-gashlari bilan hamkorlik masalalarida, pedagogik yondashuvlarda tanlov imkoniyatini oshiradi. Maktabda ta'lim-tarbiya muhiti va o'quv jarayon-larining tub tendensiya, maqsadlari mexanizmini belgilab olishda asos vazifasini o'taydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi. - T.: 2009. - B. 86-87.

2. Xodjayev B., Urazova M. "Pedagogning loyihalash madaniyati" moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua. - T.: "Iste'dod" nashriyoti, 2016. - 54-55 b.

3. Boshlang'ich ta'limda tarbiya. O'quv-metodik majmua. - Buxoro: 2022.

4. Nishonov U., Tursunov I. «Pedagogika kursi» Toshkent 1997 yil. 3. Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. - Toshkent: "Nodirabegim" nashriyoti, 2021.

5. Babanskiy Y.K. Pedagogika. - M.: 1988.

6. Munavvarov A.K. Pedagogika. - Toshkent: 1996.

7. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. O'quv qo'llanma. - Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti, 2021.

8. Sarsenbayeva R.M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O'quv qo'llanma. - Toshkent: 2019.

9. Dexqanova M.U. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O'quv qo'llanma. - Toshkent: 2019.

10. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T:. Sano standart, 2017.

11. Yo'ldoshev.H.Q. Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi. - T.: 2004.

12. Inomova K.M. Oilada bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi. - Toshkent: Fan, 1999.

3AM0HABMM TAMMM / COBPEMEHHOE OEPA3OBAHME 2024, 1 (134)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.