Научная статья на тему 'O`QUVCHILARNING SOG`LOM VA IJODKOR BO`LISHINI TA’MINLASH TA’LIMNING VAZIFALARIDAN BIRI'

O`QUVCHILARNING SOG`LOM VA IJODKOR BO`LISHINI TA’MINLASH TA’LIMNING VAZIFALARIDAN BIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

52
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`QUVCHILARNING SOG`LOM VA IJODKOR BO`LISHINI TA’MINLASH TA’LIMNING VAZIFALARIDAN BIRI»

OQUVCHILARNING SOGLOM VA IJODKOR BOLISHINI TA'MINLASH - TA'LIMNING VAZIFALARIDAN BIRI

F. A. Toshboyeva

Sho'rchi tuman 16-maktabning ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

Har bir bola o'ziga xos dunyo. Shu bois, biz kattalarning munosabati ham o'ziga xos bo'lishi lozim. Agar biz sog'lom va iqtidorli bola tarbiyalamoqchi bo'lsak, birinchi o'rinda ongini shakllantirishimiz, o'z obraziga ijobiy qarashni shakllantirishimiz kerak.

Biz tarbilayotgan o'quvchilar tirishqoq, talabchan, izlanuvchan, yangilikka intiluvchan bo'lsagina kelajakka ildam qadam tashlay oladi. Chunki vaqt bir nuqtada to'xtab qolmasdan, tez fursatlarda rivojlanish talab qilinadi. Yoshlarimiz yaratuvchan, ijodkor, shaxslar bo'lishi uchun umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan vaqtlaridayoq zarur bilim, ko'nikma va malakalarni egallashi lozim. Ayniqsa boshqa fanlar bilan birgalikda san'at va adabiyot, kitobxonlik va ijodkorlik qobliyatlarini shakllantirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud.

O'zbek xalqining yosh avlodni tarbiyalashda hayotga tayyorlashda kop asrlar qo'llangan usul va vositalari, tadbr shakllari, o'ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta' lim-tarbiya haqidagi g'oyalari hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o'tmishda k'oplab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga asos bo'lgan. Faylasuflarning donnish so'zlarini tinglash va ularning aytgan so'zlarini dasturi amal qilib olgan shogirdlar muvaffaqiyatga erishganlar. Buyuk allomalardan biri Abu Rayxon Beruniy asarlarida yosh avlodga bilim berishning turli yo'llari va vositalari haqida tushunchalar berilgan bo'lib, ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash xususida to'xtalib o'tgan.

Bizga ma'lumki yosh avlodni tarbiyalash va ularning bilimli, saloxiyatli kadrlar bo'lib etishishi uchun ta'limga turli yangidan yangi yangiliklar, qarorlar qabul qilinmoqda. Shunday muhim qarorlardan biri O'bekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2019 yil 19 mart kuni Yoshlarga e'tiborni kuchaytirish maqsadida videoselektor yig'ilishida ta'kidlab o'tgan, Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muxim tashabbus qarori qabul qilindi. Ushbu qaror mamalakatimizdagi barcha ta'lim muassasalarida katta bir imkoniyatlar eshigini ochdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Oquvchi yoshlar o'rtasida beshta yo'nalish bo'yicha iqtidorli o'quvchilar aniqlab olinib, maktab, tuman va respublika bosqichlarida ishtiroki taminlanayotgani maqsadga muvofiqdir. Oquvchi yoshlar o'rtasida olib boriayotgan bunday tadbirlar o'zini anglay bilishiga, o'ziga bo'lgan ishonchga, bilim darajasining oshishiga, kuchli bo'lishga undaydi shu bilan birga manaviy kamolatining ham ortib borishiga katta ta' sir etadi.

Kelajagimiz bo'lgan o'quvchi yoshlarimizning beshta muhim tashabbusdan biri bu musiqa, fan va adabiyot yo'nalishlariga qiziqshini orttirish uchun Ozbekistonimizda yashab ijod qilayotgan mashxur shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, badiiy kechalar hamda konsertlar tashkil etish muhim masalalardan biridir. Bugungi kunda yoshlarni ortimizdan ergashtirish uchun juda katta bilim, saviya, kuchli aratorlik kerak bo'ladi. Musiqa insonlarni bir-biriga yaqinlashtirsa, adabiytot qalban birlashtiradi, Ilm-fan esa insonlarni kamolatga etaklaydi.

Bugungi kunda yurtmizda rivojlanib borayotgan sport yo'nalishi bo'yicha turli sport inshoatlari qurilgan bo'lib, har bir talim muassasasida olib borilayotgan turli sport to'garaklari va tadbirlar yoshlarning sport bilan shug'ullanishiga keng yoT ochib berdi. Barchamizga ayon bo'lish kerakki, qayerda beparvolik va loqaydlik xukm sursa, eng muhim masalalar oz bolarchilikka tashlab qo'yilsa, o'sha yerda manaviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. O quvchi yoshlarimizning kelajakda insoniyat taraqqiyotiga hissa qo'shishlari uchun biz avvalo yoshlarni to'g'ri yo'naltira olishimiz muhim masalalardan biridir. Yuqorida aytilayotgan beshta muhim tashabbus ham yoshlarning inteliktual rivojlanishida, bilim darajasi oshishida muhim rol o'ynaydi.

Prezident takidlaganidek, taraqqiyot taqdirini manaviy jihatdan etuk yoshlar hal qiladi. Yoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnalogiyni egallash qobiliyati, manaviy barkamolligi, mustaqil tafakkuri bilan birga shakillanadi. Zotan, aqliy zakovat va ruhiy-manaviy salohiyat marifatli insonning ikki qanoti hisoblanadi.

Beshta muhim tashabbusning kompyuter texnalogiyalaridan to'g'ri foydalana olish va uning imkoniyatlarini o'rgatish uchun o'quvchi yoshlarga qulay imkoniyatlar eshigini ochdi. Kompyuterda ishlay olishni bilgan o'quvchilar turli internet saydlaridan foydalanib, Turli nufuzli davlatlarning oliygohlariga onlayn tarzda imtixonlar topshirib nufuzli institutlarda talaba bo'lish imkoniyatiga ega boTmoqda. Bu ham maktab yoshidan kompyuter texnalogiyalarini yaxshi o'zlashtirganligi, to'garaklarning oz vaqtida olib borilganlini anglatadi.

TaTim muassasalarida olib borilayotgan beshta muhim tashabbusning o'quvchi yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilinishi yoshlar bilan ishlash bo'yicha yetakchilari va maktab manaviy-marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, jismoniy tarbiya,

musiqa, mehnat, informatika va fan o'qituvchilaridan juda katta ma'suliyatni talab etadi. Quyidagi soha vakillaridan intiluvchanlik, zukkolik va mahoratlilik talab etiladi. Zero o'qituvchi o'quvchi yoshlarni har bir yo'nalish bo'yicha qiziqtira olmasa, yoshlarni yetaklay olmaymiz.

Eng avvalo ta'lim muassasalarida sog'lom muhit bo'lishi zarurdir. Ta'lim berishda asosiy masalalaridan biri o'quvchi yoshlar o'rtasida sog' lom muhitni yaratish, ularning bo'sh vaqtlarini to'g'ri va mazmunli o'tkazishida biz o'qituvchilarga juda katta ma'suliyat yuklaydi.

REFERENCES:

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: O'zbekiston, 2017. -488b.

2. Karimov I. A. Yuksak ma'naviyatli -yengilmas kuch. -T.: Ma'naviyat, 2008.

3. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar: O'quv qo'llanma. T.G'afforova. -T.: Tafakkur, 2011.-160 b.

4. Абдуллаева, Гульчекхра Абдулладжоновна (2020) «ЗНАЧЕНИЕ НРАВСТВЕННЫХ ПОТРЕБНОСТЕЙ В ВОСПИТАНИИ ИНДИВИДУАЛЬНОСТИ», Научный вестник Наманганского государственного университета : Вып. 2: Вып. 6, статья 83.

5. Хайдарова, Х. Р. (2021). ОТА-ОНАЛАРНИНГ ВИРТУАЛ ПЕДАГОГИК МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ АМАЛИЙ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.